gram news
Elektron kitoblar channel avatar

Elektron kitoblar

@kitoblar_pdf

Elektron kitoblarni bepul yuklab oling va mutolaa qiling. Reklama xizmati: t.me/reklama_servis/139 📩 @kitobxonrobot

ProjectsENBooks

17,700subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Elektron kitoblar

    13 Sept, 03:54

    📚 Jahon adabiyotidan o‘zbek kitibxonlar tomonidan eng ko‘p o‘qiladigan hikoyalar:1. Jek London. «Hayotga muhabbat» 2. Mixail Sholoxov. «Inson taqdiri» 3. Anton Chexov. «Semiz va oriq», «Xameleon», «O‘g‘il bolalar», «Gʻilof bandasi» 4. Ivan Turgenev. «Mumu» 5. Frans Kafka. «Evrilish» 6. Agata Kristi. «Tilsimli shaxmat», 7. Edgar Allan Po. «Morg ko‘chasidagi qotillik» 8. O‘Genri. «So‘nggi yaproq» 9. Anna Frank. «Chordoq hikoyalari» 10. Rabindranat Tagor. «Nur va soyalar» 11. Aziz Nesin. «Xushtak afandim» 12. Ivan Franko. «Feruza» 13. Murodboy Nizanov. «Odam qanday qariydi?» 14. Chingiz Aytmatov. «Askar bola» 15. Uilyam Folkner. «Emili uchun atirgul» 16. Akutagava Ryunoske. «Do‘zax azoblari» 17. Benjamin Franklin. «Hushtak» 18. Ernest Xeminguey. «Yomg‘irda qolgan mushuk» 19. Mark Tven. «U o‘lganmi yo tirik?» 20. O‘ktoy Oqbol. «Yoshlik qaytib kelmaydi»📚 @kitoblar_pdf
  • Elektron kitoblar

    12 Sept, 15:01

    📱 ONLAYN TURK TILI KURSITurk tilini noldan o‘rganmoqchimisiz? B1, B2 yoki C1 sertifikatiga tayyorlanmoqchimisiz?Unda sizni sifatli va tizimli ONLAYN darslarimizga taklif qilamiz! 🌟📚 KURS DASTURI:✅ Haftada 7 kun ta’lim 🎥 3 kun — video dars 🔴 3 kun — jonli onlayn dars 📝 Har yakshanba test va sinovlar 📖 So‘z yodlash va muntazam nazorat ✍️ Uy vazifalari beriladi va tekshiriladi 🗣 Gapirish, tinglash, o‘qish va yozish ko‘nikmalari rivojlantiriladi 🎓 Sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik🌟 NEGA AYNAN BIZ?✅Tartibli va tushunarli darslar ✅ Har bir o‘quvchiga individual yondashuv ✅Natijaga 100 foiz kafolat beramiz ✅ Uyda, istalgan joydan turib o‘qish imkoniyati💰 KURS NARXI: 350 000 SO‘MBugun boshlang — ertaga gapirishni boshlang 🇹🇷✨ 📆Darslar 16 sentabrdan boshlanadi 📌 Muhum eslatma darsga faqat qatnashmoqchi bo‘lganlar yozsin📩 Ro‘yxatdan o‘tish uchun:👉 @Ziyosh_1229🔥 JOYlar SONI CHEKLANGAN! Hoziroq yoziling! Natijalarimiz bilan bu yerda tanishishingiz mumkin https://t.me/Turktili_Ziyodahoca/84
    Image from a post by Elektron kitoblarImage from a post by Elektron kitoblar
  • Elektron kitoblar

    12 Sept, 13:25

    Oskar Uayld, Dorian Greyning portretiHayot insonning qalbini shakllantirar ekan, buni jismini barbod etish hisobiga qiladi. Tabiatda hamma narsa mukammal, o'z qoidalari bo'yicha yashaydi, o'ladi. Biz aqlli bo'la borganimiz sari, kuch - quvvatimiz kamayadi. So'zlarimizga ma'no kirar ekan, husnimiz so'lib boradi. Qalbimiz shakllanganda sezamizki, jismimiz o'z umrini yashab bo'lgan bo'ladi.📚 @kitoblar_pdf
    Image from a post by Elektron kitoblarImage from a post by Elektron kitoblar
  • Elektron kitoblar

    11 Sept, 05:21

    SEVGI O‘LIMIYomg‘ir tinmay yog‘di kun bo‘yi, Yomg‘irli kun kabi ezildi dardim. Yaydoq ko‘chalarda jim yurgan ko‘yi Sening izlaringni axtardim.Ufqlarda esa achchiq bir tuman Mening ko‘zlarimga quyardi zahar. Uvishgan qalbimni sokinlik bilan Ezar edi bo‘m-bo‘sh bu shahar.Endi sen tutmassan aslo qo‘limni, O‘tgan sevgim uchun ochmassan aza, Oh, qanday o‘lim bu, sevgi o‘limi Unga na qabr bor va na janoza.✍Abdulla ORIPOV📚 @kitoblar_pdf
    1,200152Open in Telegram
  • Elektron kitoblar

    10 Sept, 11:11

    ​​#TavsiyaElizabet Harmon ​​— jasurlik, oʻziga boʻlgan ishonch, yuksak gʻurur. Bu sifatlar aynan 8 yoshlik qizaloqda mujassam edi. Ayovsiz avtohalokat qizaloqni yetimxonada yashashga majbur qildi. Ushbu dargohda u oʻzi uchun yangi dunyoni kashf qildi...Albatta, to'g'ri aytdingiz, bu ​​— shaxmat olami edi. Bu olamga kirishiga turtki bo'lgan inson esa yetimxona farroshi janob Sheybel hisoblanadi. Sheybel qizaloqqa toʻgʻri, ammo murakkab yoʻlni koʻrsatdi. Bu yoʻlda davom etolganiga Harmonning kuchli irodasi sabab.Ketma-ket gʻalabalar... Balki bu gʻalabalarga yana bir turtki oiladir? Yaʼni, Elizabetni asrab olgan oila. Harmonning yonida yelkadosh bo'lgan, oz boʻlsa-da unga onalik mehrini bergan Uitli xonim.Harmon shu darajada tezkor ediki, 20 daqiqada bahsni yakunlar edi. Raqiblarining barchasi erkaklar. Shaxmat bo'yicha jahon chempionlarini ham ayovsiz magʻlub qilar edi. Lekin
    1,27021Open in Telegram
  • Elektron kitoblar

    10 Sept, 09:01

    🎉 Bitta kitob oʻqiganga iPhone 17 Pro Max!🔥 10 kun davomida bir dona kitob o‘qib, iPhone 17 Pro Max smartfonini qo‘lga kiriting. “Mutolaa marrasi” kitobxonlik marafonida “Chol va dengiz” asarini 15-25-sentyabr kunlarida 20 daqiqadan o‘qishingiz yetarli!🎁 Sovg’alar bilan tanishing: 🥇 1-o’rin: iPhone 17 Pro Max va 1 yillik Mutolaa Premiun; 🥈 2-o’rin: Planshet va 1 yillik Mutolaa Premiun; 🥉 3-o’rin: Quloqchin va 1 yillik Mutolaa Premiun; 🏅 4-50-o’rinlar: 1 yillik Mutolaa Premium• Marra qoʻshilish uchun havola: https://mutolaa.com/davra/post/474753Mutolaa ilovasini yuklab oling
    Image from a post by Elektron kitoblarImage from a post by Elektron kitoblar
  • Elektron kitoblar

    10 Sept, 05:57

    785poll1Open in Telegram
  • Elektron kitoblar

    10 Sept, 05:56

  • Elektron kitoblar

    9 Sept, 15:16

  • Elektron kitoblar

    9 Sept, 07:34

    #SavodxonlikAyirish (ъ) yoki tutuq (’) belgisiAyirish (ъ) yoki lotin alifbosidagi tutuq (’) belgisining ahamiyatini koʻpchilik munosib baholamaydi. Quyida usiz soʻzlarning maʼnosi oʻzgarib ketadigan holatlardan misollar keltiramiz:Daʼvo — daʼvo qilmoq, arz qilmoq Davo — davo topmoq, shifo topmoqSurʼat — keskin, joʻshqin surʼatdagi ish Surat — suratga olmoq, rasmga tushirmoqSheʼr — sheʼr yodlamoq Sher — yirtqich hayvonTaʼrif — insonni taʼriflamoq Tarif — qimmatroq tarifga oʻtmoqTaʼqib — taʼqib qilmoq, quvmoq Taqib — tugmani taqib
  • Elektron kitoblar

    8 Sept, 05:49

    ✍ Imom Zarnujiy 📖 "Ilm olish sirlari"Hadisi sharifda taʼkidlanganidek, “Ilm o‘rganish har bir muslim va muslimaga farzdir”. Maʼlumki, har bir ishni oxiriga yetkazish va uni mukammal ado etish uchun unga oid ilmlarni o‘rganish asosiy omil hisoblanadi. Insonga hamma ilmlarni o‘rganishi farz emas. Balki, hozir bajarilishi lozim bo‘lgan amalning ilmini bilishi kerak. Shunda bajaradigan ishi nuqson va kamchiliklardan holi va ilm asosida qilinganidan mukammal bo‘ladi. Ushbu kitobda ilm olishga oid barcha zaruriy masalalar atroflicha yoritilgan. Mazkur asar ilm olish istagida bo‘lgan har bir kishiga dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi, inshoolloh.📚 @kitoblar_pdf
    1,420file321Open in Telegram
  • Elektron kitoblar

    7 Sept, 05:20

    ✍️ Rashod Nuri Guntekin 📖 "Muhabbat simfoniyasi"Turk yozuvchisi Rashod Nuri Guntekin 1925-yilda yozilgan “Muhabbat simfoniyasi” romanida turli sotsial qatlamlardan chiqqan qahramonlarning yashash tarzlarini ko‘rsatarkan, davrning ijtimoiy-siyosiy sharoitini ham e’tibordan chetda qoldirmaydi.📚 @kitoblar_pdf
    1,640file221Open in Telegram
  • Elektron kitoblar

    6 Sept, 06:35

    ​​#bilasizmi📊 Kitoblarga oid rekordlarDunyoga mashhur "Guinness world records" tashkiloti kitoblar bilan bogʻliq rekordlarni ham qayd etib borishadi. Quyida ulardan baʼzilarini misol oʻrnida keltiramiz.💰 "Bay psalm book" deb nomlanuvchi ibodat kitobi dunyodagi eng qimmat bosma kitob hisoblanadi. Kitob Nyu-Yorkdagi Sotheby's auksionida 14 165 000 AQSH dollariga sotilgan. Mazkur kitob 1640-yilga mansub. Uni sotib olgan Devid Rubenshteyn "Forbes" jurnalining eng boy odamlar roʻyxatidan joy olgan.👧🏻 Doroti Strayt eng yosh kitob nashr ettirgan adiba hisoblanadi. Uning "Dunyo qanday boshlangan?" nomli asari 4 yoshligida 1964-yil avgustida Pantheon Books nashriyoti tomonidan chop etilgan.👦🏻 Singapurlik Saarh Khanna Sohum ikki tilda kitob yozgan eng jajji muallifdir. Uning "Bahaybat Tuo va loviya poyasi" asari 2007-yil 6 yosh-u 60 kunligida nashrdan chiqqan.🧟‍♂ J. K. Rouling
    Image from a post by Elektron kitoblarImage from a post by Elektron kitoblar
    1,80042Open in Telegram
  • Elektron kitoblar

    5 Sept, 05:03

    ​​​#Tasiya🌸“Qon hidi” asarini o‘qib...Urush... Unda qatnashish, oʻlimlarni koʻp koʻrish, unga koʻnikib ketish inson uchun bir fojia boʻlsa, urushdan tirik qaytish yana bir fojiadir. Urushdan qaytganlarni koʻrib koʻpchilik havas qiladi, qirgʻindan omon chiqdi deb suyunadi. Aslida-chi? Aslida urush koʻrganlar avvalgi hayotida yashay oladimi? Aslo! Endi ularni xotiralar tinch qoʻymaydi. Urushda oʻldirgan insonlari tushlariga kirib undan jon talab qilishadi. Bu ahvolda yana qancha tirik qolish mumkin? Urushda ruhini, qalbini tashlab kelgan insonni tirik deyish mumkinmi?Abdurashid Nurmurodovning mazkur romani ham urush haqida. Afgʻon urushi haqida. Nima uchun jang qilayotganini ham tushunmay, qoʻliga qurol olib odam oʻldirishga moslashib ketgan, urushdan keyin esa qon hidini sogʻinib yashagan taqdirlar haqida.“Qon hidi”! Asarning nomiyoq oʻquvchini
    1,600321Open in Telegram
  • Elektron kitoblar

    4 Sept, 04:06

    #maktubot«Assalomu alaykum!Men Sizni esladim.Balki gunoh ish qilgandirman, lekin o‘z enamdek bo‘lib qolgan mehribon qo‘shnimizning ko‘nglidan o‘tolmay, maktubingizni oldim. Javob yozaymi-yozmaymi deb, bir haftani o‘tkazdim. Axir bu maktubning ortida inson ko‘ngli turibdi-ku, deb o‘yladim so‘ng. Allohning o‘zi kechirsin!O‘sha kuni olamning rangi boshqacha edi debsiz va bu go‘zallikning ijodkorini xato aytibsiz. Hamma narsaga qodir faqat Allohdir. Alloh taolo beadad va betimsol husn sohibidir. Ul zoti mukarram o‘zining beadad jamolining beadaddan bir ulushini biz bandalariga ham ato etmish. Bizlar bundan iftixor qilmog‘imiz va Yaratganga shukronalar aytmog‘imiz lozim. Biz barchamiz go‘zalmiz.Hozirgi aytadigan gapimni nokamtarlikka yo‘ymagaysiz. Illo uning ma’nosini keyinroq tushungaysiz, inshoolloh.Siz Farhod bo‘lolmassiz, men esa Shirin. Siz Otabek emassiz, lekin men
    1,710521Open in Telegram
  • Elektron kitoblar

    3 Sept, 02:54

    ✍️ Abu Homid G'azzoliy 📖 "Mukoshafat-ul qulub" (Qalblar kashfiyoti)Ming yillardan buyon butun dunyoda “Hujjatul Islom" unvoni bilan ulugʻlanib ‎kelayotgan Imom Abu Homid Gʻazzoliy asarlari Islom dini mohiyatini barcha nozik ‎jihatlarigacha eʼtiborga olingani, teran tafakkur va idrok etilgani, tushuntirilgani ‎bilan ajralib turadi. Eʼtiqodiy masalalarga alohida xassoslik, mehr-muhabbat bilan ‎yoʻgʻrilgan bu sifatlar, shubhasiz, oʻquvchilarni xam insonning dunyoga kelishidagi ilohiy ‎xikmat, yashashdan maqsad hamda vazifalari haqida chuqur oʻylashga undaydi.‎📚 @kitoblar_pdf
    2,820file4Open in Telegram
  • Elektron kitoblar

    2 Sept, 04:55

    ✍️ Shukrullo 📖 "Kafansiz ko'milganlar"Boshidan o‘tkazgan qiyinchiliklarini, to‘g‘rirog‘i, xo‘rliklarini eslash insonni yana bir karra og‘ir azobga ro‘baro‘ qiladi. Uni yozish esa... Qatag‘onlik davri tasviri, undan ham og‘iri o‘zining «xalq dushmani» deb ayblanishi haqida yozish, mahbusligini eslash, qamoq voqealari, lager hayoti, so‘zsizlik...Ushbu asar Shukrulloning avtobiografik qissasi bo‘lib, o‘quvchiga qatag‘on davri haqida tirik lavhalarni namoyish etadi.Shukrullo ham qatag‘onlik davrining ikkinchi to‘lqini jabrini chekkan, Sibirga badarg‘a etilgan o‘zbek ijodkorlaridan biri, sho‘ro hukumati lagerlarida og‘ir azob-uqubatlarni o‘z boshidan kechirgan jabrdiydalardan biri hamdir.📚 @kitoblar_pdf
    3,150file4Open in Telegram
  • Elektron kitoblar

    30 Aug, 05:07

    ✍️ Chingiz Aytmatov, Muxtor Shoxonov 📖 "Cho‘qqida qolgan ovchining ohi-zori"XX asrning buyuk yozuvchisi Chingiz Aytmatov bilan taniqli qozoq shoiri, yirik jamoat arbobi Muxtor Shoxonovning samimiy suhbatlaridan tashkil topgan ushbu kitob insoniyatga boʻlgan cheksiz ishonch va mehr-muhabbat mahsulidir. Nega men bu kitobni hamma oʻqishi kerak, deb hisoblayman bilasizmi? Chunki bu kitob sizni, meni oʻrab turgan atrofdagi barcha narsa haqida, nafaqat atrofdagi, balki, qalbimizdagi, ongimizdagi barcha narsalar haqidadir. Bu kitobni o‘qib tugatganingizdan keyin rostdan ham bilim va tassavvur doirangiz ancha oshganini, dunyoqarashingiz ancha yuksalganini his qilasiz.📚 @kitoblar_pdf
    2,930file4Open in Telegram
  • Elektron kitoblar

    29 Aug, 05:52

    YANA SHE’RIMGA(Sonet)She’rim! Yana o’zing yaxshisan, Boqqa kirsang, gullar sharmanda. Bir men emas, hayot shaxsisan, Jonim kabi yashaysan manda.Yuragimning dardi — naqshisan, Qilolmayman seni hech kanda! O’t bo’lurmi ishqi yo’q tanda? Dardimsanki, she’rim yaxshisan.Sen orada ko’prik bo’lding-da, Geyne bilan o’rtoq tutindim. Lermontovdan ko’mak o’tindim.Butun umrim sening bo’yningda. Saharda qon tupursam, mayli.
    Image from a post by Elektron kitoblarImage from a post by Elektron kitoblar
    2,62065Open in Telegram
  • Elektron kitoblar

    28 Aug, 11:00edited

    #audiokitoblar💎Yangi audio kitoblar📖Ahmad Lutfiy Qozonchi. Hazrat Umar (roziyallohu anhu) 📖Ahmad Muhammad Tursun. Siz qanday yashamoqchisiz? 📖Akrom Malik. Ramazon kundaligi 📖Artur Konan Doyl. Yoʻqolgan dunyo 📖Baxt tuhfalari 📖Bodo Shefer. G‘oliblar qonuni 📖Imom G‘azzoliy. Qirq qudsiy hadis 📖Kaykovus. Qobusnoma 📖Lev Tolstoy. Iqrornoma 📖Lev Tolstoy. Oilaviy baxt 📖Mehmet Yildiz. Izlash 📖Mirkarim Osim. Zulmat ichra nur 📖M