Latest posts

“Adolat” SDP | Toshkent shahri
22 Sept, 10:21
РАҚАМЛИ САВОДХОНЛИКНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛИЙ МАШҒУЛОТБМТ Тараққиёт Дастури ва Ўзбекистон Республикаси Коррупцияга қарши курашиш агентлиги ҳамкорлигида, Европа Иттифоқи томонидан молиялаштирилаётган лойиҳа доирасида 2026 йил 22 сентябрь куни Тошкент шаҳри Миробод тумани «Сарикул» маҳалласида аҳолининг рақамли саводхонлигини оширишга қаратилган амалий машғулот ўтказилди.Мазкур мастер-класс Халқ депутатлари Тошкент шаҳар Кенгаши депутати Т.Б. Матибаев томонидан ташкил этилди ва ўтказилди. Тадбир давомида иштирокчиларга электрон платформаларидан самарали ва мустақил фойдаланиш тартиби амалий тарзда ўргатилди. Қатнашчилар My.gov.uz орқали зарур давлат хизматлари ва маълумотларини излаш ва олиш, My.soliq.uz орқали солиқ хизматларидан онлайн фойдаланиш, шунингдек, E-anticor.uz платформасида коррупцияга қарши курашиш соҳасидаги электрон ресурслардан фойдаланиш бўйича амалий кўникмаларга эга




“Adolat” SDP | Toshkent shahri
21 Sept, 05:40edited
#tugilgan_kun #Adolat_SDP🎊 Bugun 21-sentyabr Shavkat Shuxratovich(Mirzo Ulug’bek tuman Kengashi deputati) ning tavallud kuni.💐 Shu munosabat bilan "Adolat" SDP Toshkent shahar Kengashi jamoasi Shavkat Shuxratovichni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi!Tinchlik, salomatlik, baxt, omad, oilaviy xotirjamlik xamisha xamroh bo‘lsin! Martabangiz doimo ulug‘ bo‘lib, yurtimiz ravnaqi yo‘lida xizmat etishdan charchamang.Hurmat bilan “Adolat” SDP Toshkent shahar Kengashi jamoasiBizni kuzating👇🏻 Telegram | Instagram | Facebook


“Adolat” SDP | Toshkent shahri
18 Sept, 12:02
“Uch avlod uchrashuvi” — avlodlar davomiyligi va qadriyatlar uyg‘unligiJoriy yilning 17-sentabr kuni “Adolat” SDP Yashnobod tumani raisi va deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan tumandagi 244-sonli umumta’lim maktabida “Oila — bu uch avlodning bir-biriga mehr, hurmat va mas’uliyatidir” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi.Tadbir davomida o‘quvchilar, mahalla faollari hamda mehnat faxriylari ishtirokida samimiy davra suhbati o‘tkazildi. Unda katta avlod vakillari o‘zlarining hayotiy va mehnat yo‘llari, orttirgan tajribalari, bosib o‘tgan mashaqqatli va sharafli yo‘llari haqida yoshlar bilan fikr almashdilar.Uchrashuvda avlodlar o‘rtasidagi mehr-oqibat, kattalarga hurmat, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash, yoshlarni vatanparvarlik va mas’uliyat ruhida tarbiyalash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.#AdolatSDP #UchAvlodUchrashuvi




“Adolat” SDP | Toshkent shahri
18 Sept, 12:00
🇺🇿 “MILLIY MADHIYA — MILLIY G‘URURIMIZ”Yurtimiz bo‘ylab Vatan madhini ulug‘lash, yosh avlod qalbida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.“Milliy madhiya — milliy g‘ururimiz” shiori ostida Bektemir tumani, "Мussafo" maxallasida tashkil etilgan tadbirda Davlat madhiyasining mazmun-mohiyati, uning xalqimiz hayotidagi o‘rni va Vatanimizga bo‘lgan yuksak hurmat timsoli ekanligi haqida fikrlar bildirildi.Tadbirlar davomida ishtirokchilar tomonidan Davlat madhiyasi ijro etilib, uning har bir satrida mujassam bo‘lgan Vatanga sadoqat, milliy iftixor, ozodlik va bunyodkorlik g‘oyalari alohida ta’kidlandi.Zero, Madhiya — shunchaki kuy va so‘zlar uyg‘unligi emas. U — xalqning tarixi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan muqaddas timsoldir.🇺🇿 Vatan madhiyasi yangragan joyda milliy g‘urur, birlik va




“Adolat” SDP | Toshkent shahri
17 Sept, 05:09
#deputatlar_nazorati #deputatlik_faoliyati❗️Миробод туманида коррупциянинг олдини олиш ва тизимда очиқликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди🏛 Миробод туманида ижтимоий соҳа, соғлиқни сақлаш ва таълим тизимида коррупциянинг олдини олиш, очиқлик ва жамоатчилик назоратини кучайтиришга бағишланган тадбир бўлиб ўтди.🔎 Тадбир Ўзбекистон Республикаси Коррупцияга қарши курашиш Миллий кенгаши раиси топшириғи асосида “Коррупциядан холи ҳудуд” лойиҳаси доирасида ташкил этилиб, унда амалга оширилаётган ишлар ҳамда келгусидаги устувор вазифалар муҳокама қилинди.👥 Тадбирда Халқ депутатлари Тошкент шаҳар Кенгаши депутати Тошпўлат Матибаев томонидан “Йўл харита” ижроси, маиший коррупциянинг олдини олиш, фуқароларда коррупцияга нисбатан муросасиз муносабатни шакллантириш борасида амалга оширилаётган чора-тадбирлар ҳақида батафсил ахборот берилди.🤝 Шунингдек, тадбирда Халқ депутатлари




“Adolat” SDP | Toshkent shahri
16 Sept, 09:26edited
#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #sotsiologiya📚 «KORRUPSIYA SOTSIOLOGIYASI — SOCIOLOGY OF CORRUPTION»Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, sotsiologiya fanlari doktori, professor Toshpo‘lat Matibayevning «Korrupsiya sotsiologiyasi — Sociology of Corruption» nomli darsligi Dubayda ingliz tilida xalqaro nashr sifatida chop etildi.Mazkur nashr professor Toshpo‘lat Matibayevning ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati, sotsiologiya yo‘nalishidagi tadqiqotlari hamda jamiyat taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim ijtimoiy jarayonlarni chuqur o‘rganishga qaratilgan izlanishlarining amaliy natijalaridan biridir.📖 Darslikda korrupsiya hodisasiga faqat huquqiy yoki iqtisodiy muammo sifatida emas, balki jamiyat hayotiga ta’sir qiluvchi murakkab ijtimoiy hodisa sifatida yondashilgan. Unda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvining ijtimoiy sabablari va oqibatlari,


“Adolat” SDP | Toshkent shahri
15 Sept, 10:47
#Milliy_madhiya #Milliy_g‘urur #Yangi_Toshkent_MFY🇺🇿 Madhiyamiz — Vatanimizga sadoqat ifodasiOlmazor tuman Yangi Toshkent MFY hududida fuqarolar va yoshlar ishtirokida “Milliy madhiya — milliy g‘urur” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Unda O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi xalqimizning ezgu orzu-intilishlari, Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbati va yurtimizga sadoqatini ifoda etuvchi muqaddas ramzlardan biri sifatida e’tirof etildi.Tadbir davomida madhiyamizning mazmun-mohiyati, uning xalqimiz hayotidagi o‘rni hamda davlat ramzlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishning ahamiyati haqida atroflicha fikr yuritildi.Ayniqsa, yoshlar qalbida yurtga daxldorlik, milliy iftixor va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.🇺🇿 Madhiyamiz — Vatanimiz sha’ni, xalqimiz g‘ururi va mustaqilligimizning jarangdor timsolidir.https://t




“Adolat” SDP | Toshkent shahri
14 Sept, 05:31
#Milliy_madhiya #Milliy_g‘urur #Uchtepa_tumani #238_maktab🇺🇿 Vatan madhiyasi — qalblarda aks-sadoUchtepa tumanidagi 238-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida “Milliy madhiya – milliy g‘urur” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.Tadbirda Davlat madhiyasining xalqimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati, uning yoshlar tarbiyasidagi ma’naviy qiymati haqida fikrlar bildirildi. O‘quvchilarga davlat ramzlarini e’zozlash va ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lish har bir fuqaroning Vatan oldidagi muhim burchlaridan biri ekani tushuntirildi.Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchilarning milliy g‘ururini yuksaltirish, ona Vatanga sadoqat va faxr tuyg‘ularini kuchaytirishga qaratilgan fikr-mulohazalar almashildi.🇺🇿 Madhiyamiz yangragan on — qalblarda Vatan




“Adolat” SDP | Toshkent shahri
14 Sept, 05:26
#Milliy_madhiya #Milliy_g‘urur #Uchtepa🇺🇿 Milliy madhiya — milliy g‘ururimizUchtepa tumanidagi ma’daniyat bo’limida “Milliy madhiya – milliy g‘urur” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi xalqimizning milliy o‘zligi, Vatanga sadoqat va yurtga daxldorlik tuyg‘ularini mujassam etgan muqaddas davlat ramzlaridan biri ekanligi ta’kidlandi.Tadbir davomida ishtirokchilarga Davlat madhiyasining yaratilish tarixi, mazmun-mohiyati va yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, davlat ramzlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, Vatanga muhabbat va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhini yosh avlod qalbiga singdirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.🎓 Mazkur tadbir o‘quvchilarda milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, ona Vatanga bo‘lgan mehr va faxr hissini




“Adolat” SDP | Toshkent shahri
11 Sept, 09:22
#Toshkent_shahar_Kengashi✅ Fuqaro qabuli vaqtida muammo joyida o’rganildi!2026yil 11-sentyabr kuni Xalq deputatlari Toshkent Shahar deputati T.B.Matibayev Mirobod tumani “Sihatgoh” sanatoriyasida Temiryo’lchilar MFYda yashovchi fuqarolar I.Maripov hamda M. Jo’rayevalarni qabul qilib ularning muammolari tinglandi.✍️Fuqarolarning so’zlariga ko’ra, yomg’irli ob-havo vaqtida ko’chadagi suvlar ularning hovlisida to’planib qolishi va hattoki bu suvlar ularning uylarini ichki qismlariga ham zarar etkazishini ma’lum qilib ushbu muammoni yog’ingarchiliklar boshlanguniga qadar bartaraf etish bo’yicha amaliy yordam so’rab murojaat qilishdi.📍Ushbu murojaatni deputat joyida o’rganish maqsadida fuqaroning xonadoniga borib muammoni o’rgandi va uni bartaraf etish choralarini ko’rish uchun tegishli tashkilotlarga xabar berildi.https://t.me/Adolat_SDPT




“Adolat” SDP | Toshkent shahri
11 Sept, 08:28edited
#tugilgan_kun #Adolat_SDP🎊 Bugun 11-sentyabr Shomurodov Shoxrux Jumaqulovich ( Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputat yordamchisi) ning tavallud kuni.💐 Shu munosabat bilan "Adolat" SDP Toshkent shahar Kengashi jamoasi Shomurodov Shoxrux Jumaqulovichni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi!Tinchlik, salomatlik, baxt, omad, oilaviy xotirjamlik xamisha xamroh bo‘lsin! Martabangiz doimo ulug‘ bo‘lib, yurtimiz ravnaqi yo‘lida xizmat etishdan charchamang.Hurmat bilan “Adolat” SDP Toshkent shahar Kengashi jamoasiBizni kuzating👇🏻 Telegram | Instagram | Facebook


“Adolat” SDP | Toshkent shahri
11 Sept, 06:31
Мактаб ва боғчани таъмирлаш ишларига баблағ ажратилди.Халқ депутатлари Тошкент шахар депутати Таспўлат Матибоев сайланган “Файзиобод” махалласи худудидаги 135-мактабгача таълим ташкилоти хамда 214-умумтаълим мактаби таъмирталаблиги, масалани ижобий хал этишда депутатлардан амалий ёрдам сўраб мурожаат тушганди.Халқ депутатлари Тошкент шахар депутати Таспўлат Матибоев бошчилигида Миробод туман Кенгаши депутатлари Татьяна Грибанова, Мақсуджон Машарипов, Алишер Эшматов мазкур масалани жойига чиқиб махалла еттилиги, мактаб ва боғса маъмурияти кўчабоши ва ёшлар иштирокида ўргандилар.Хақиқатда хар иккала ижтимоий соха объекти таъмирталаблиги маълум бўлди.Халқ депутатлари Тошкент шахар депутати Таспўлат Матибоев ва махаллий Кенгаш депутатлари Татьяна Грибанова, Мақсуджон Машарипов, Алишер Эшматов томонидан кўрилган чора-тадбирлар натижасида Халқ депутатлари Тошкент шахар Кенгашининг 2026-йил 4-августдаги VII-25-118-14-0-K/26-сонли қарори билан Миробод туманидаги 135-мактабгача таълим ташкилоти хамда 214-умумтаълим мактаби ободонлаштириш ишлари учунжами 967 млн. 768 минг 800 сўм миқдорида маблағ ажратилди.Тез орада боғча ва мактабни лойихалаш, таъмирлаш ишлари бошлаб юборилади. Мазкур қарор ижроси депутатлар томонидан назоратга олинган.⚡️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring⚡️ 🌐 Facebook 💬 Telegram 📸 Instagram 📱 Web.




“Adolat” SDP | Toshkent shahri
10 Sept, 16:45edited
🇺🇿 «Milliy madhiya — milliy g‘urur»Joriy yilning 7-sentabr kuni “Milliy madhiya — milliy g‘urur” mavzusida Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 192-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbir Shayxontohur tumani “Adolat” SDP deputati D.Sh.Islamova boshchiligida o‘tkazilib, unda Davlat madhiyasining xalqimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati, milliy g‘urur hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Tadbir davomida ishtirokchilarga Davlat madhiyasi — Vatanimiz mustaqilligi, xalqimizning ezgu orzu-intilishlari va milliy o‘zligimiz timsoli ekani haqida atroflicha tushunchalar berildi.Shuningdek, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va yurt taqdiriga daxldorlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy dunyoqarashini yanada boyitish borasida fikr almashildi.https://t.me/Adolat_SDPT
“Adolat” SDP | Toshkent shahri
10 Sept, 16:04
РАҚАМЛИ САВОДХОНЛИКНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛИЙ МАШҒУЛОТБМТ Тараққиёт Дастури ва Ўзбекистон Республикаси Коррупцияга қарши курашиш агентлиги ҳамкорлигида, Европа Иттифоқи томонидан молиялаштирилаётган лойиҳа доирасида, Халқ депутатлари Тошкент шаҳар Кенгаши депутати, профессор Т.Б.Матибаев ҳамда Миробод туман Киберхавфсизлик раҳбари Т.Собировлар томонидан, 2026 йил 10 сентябрь куни Тошкент шаҳри, Миробод тумани «Банокатий» маҳалласида аҳолининг рақамли саводхонлигини ошириш бўйича амалий машғулот ўтказилди.Тадбир давомида иштирокчиларга My.gov.uz платформасидан фойдаланиш тартиблари амалий тарзда ўргатилди. Қатнашчилар платформа орқали ўзларига керакли давлат хизматлари ва маълумотларини мустақил равишда излаш ҳамда олиш кўникмаларига эга бўлдилар. Шунингдек, тадбирга келган фуқаролар My.soliq.uz ва E-anticor.uz платформаларининг имкониятлари ва улардан фойдаланиш тартиби бўйича ҳам тушунчаларга эга бўлиб, ўзларини қизиқтирган саволларга батафсил жавоблар олдилар.Тадбирда жами 20 нафар аҳоли иштирок этди.




“Adolat” SDP | Toshkent shahri
10 Sept, 05:06
🇺🇿 Vatan madhiyasi — qalblar ifodasi Yakkasaroy tumanida joylashgan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida davlat ramzlariga hurmat, milliy o‘zlik va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. “Milliy madhiya — milliy g‘urur”




“Adolat” SDP | Toshkent shahri
10 Sept, 05:02
🇺🇿 «Milliy madhiya — milliy g‘urur» Joriy yilning 7-sentabr kuni “Milliy madhiya — milliy g‘urur” mavzusida Toshkent shahridagi Mendeleyev nomidagi universitetda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston “Adolat” SDP deputati B. Nurmatov boshchiligida o‘tkazilib, unda Davlat




“Adolat” SDP | Toshkent shahri
10 Sept, 04:58
🇺🇿 «Milliy madhiya — milliy g‘urur» Joriy yilning 8-sentabr kuni Yashnobod tumani «Fazogir MFY» binosida aholi bilan ochiq muloqot hamda “Milliy madhiya — milliy g‘urur” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida aholi bilan suhbat o‘tkazilib, yurtimizda amalga



Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
