Latest posts

Adpi.uz | Rasmiy kanal
22 Sept, 13:32
Birinchi prorektor talabalar turar joylarida yoshlar bilan uchrashdiAndijon davlat pedagogika institutida talabalar turar joylarida yashayotgan yoshlar bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini o‘rganish va mavjud sharoitlarni yanada yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda.22-sentabr kuni institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Muhammadjon Parpiev talabalar turar joylarini aylanib, bu yerda istiqomat qilayotgan yoshlar bilan suhbatlashdi.Jarayon davomida talabalar turar joylaridagi mavjud sharoitlar, xonalar va umumiy foydalanish hududlarining holati bilan yaqindan tanishildi. Yoshlarning yashash va ta’lim olish jarayonida duch kelayotgan masalalari, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi hamda turli ijtimoiy-ma’rifiy tashabbuslarda faol ishtirok etishi bilan bog‘liq jihatlar yuzasidan fikr almashildi.Ayniqsa,




Adpi.uz | Rasmiy kanal
22 Sept, 12:53
forwarded from @adpiyoshlari
ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “ZAKOVAT QUIZ” BOSHLANMOQDA: 1-TUR UCHUN RO‘YXATDAN O‘TING!Andijon davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilarning intellektual salohiyatini oshirish, mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda bilimdon yoshlarni bir maydonda birlashtirish maqsadida “Zakovat Quiz” intellektual o‘yini yo‘lga qo‘yilmoqda.Mazkur intellektual bellashuv institutning kunduzgi, kechki ta’lim shakllarida tahsil olayotgan talabalari, magistrantlar hamda professor-o‘qituvchilar uchun ochiq. Ishtirokchilar jamoaviy tarzda turli yo‘nalishlardagi savollarga javob berib, o‘z bilim, tezkor fikrlash va mantiqiy mushohada yuritish qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazadilar.“Zakovat Quiz”ning 1-turi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Har bir jamoa 8 nafar ishtirokchidan iborat bo‘lishi lozim. Ro‘yxatdan o‘tish uchun @adpiyoshlari_bot manziliga #


Adpi.uz | Rasmiy kanal
22 Sept, 12:46
Andijon davlat pedagogika institutida “Transformatsiya bo‘limi” ish faoliyatini boshladiAndijon davlat pedagogika institutida ta’lim jarayonlarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, boshqaruv tizimiga yangi yondashuvlarni joriy etish hamda raqamli transformatsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish maqsadida “Transformatsiya bo‘limi” o‘z faoliyatini boshladi.Yangi bo‘lim institut faoliyatining turli yo‘nalishlarini tahlil qilish, mavjud jarayonlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, zamonaviy boshqaruv va raqamli yechimlarni amaliyotga tatbiq etish kabi vazifalarni amalga oshiradi.Shuningdek, bo‘lim tomonidan ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, ish jarayonlarini optimallashtirish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ilg‘or tajribalarni institut faoliyatiga joriy etishga qaratilgan loyihalar ustida ish olib




Adpi.uz | Rasmiy kanal
22 Sept, 12:33
forwarded from @eduuz
#SavolJavobPedagog xodimlar farzandlariga 30 foizlik kontrakt chegirmasi qanday qo‘llanadi❓Chegirma kimlarga beriladi❓Mazkur imtiyoz Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyul bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 3849-raqami qo‘shma qarorda belgilangan Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatidagi xodimlarning farzandlariga tatbiq etiladi.Ma’muriy-boshqaruv, texnik va xo‘jalik xodimlari mazkur pedagogik lavozimlar ro‘yxatiga kirmaydi.Chegirmadan qanday foydalaniladi❓1️⃣ Talaba kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali to‘lov-kontrakt shartnomasini olish bo‘yicha ariza yuboradi. 2️⃣ Tizim orqali talabaning pedagog farzandi ekanligi elektron tarzda tekshiriladi va tasdiqlanadi. 3️⃣ Tasdiqlanganidan so‘ng 30 foizlik chegirma qo‘llaniladi.Ariza 2 ish kun ichida ko‘rib chiqiladi va chegirma bir o‘quv yili davomida bir marotaba qo‘llaniladi.Endi eng muhim savol: qancha
Adpi.uz | Rasmiy kanal
22 Sept, 11:54
ADPIDA “ZAKOVAT QUIZ” INTELLEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILADIAndijon davlat pedagogika institutida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Zakovat Quiz” intellektual o‘yini tashkil etiladi.Intellektual bellashuv 25-sentyabr kuni soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi. Unda institut kafedralari, tyutorlar, dekanatlar hamda bo‘limlar kesimida shakllantirilgan 8 nafardan iborat jamoalar ishtirok etishi mumkin. Shuningdek, bir kafedradan 2 tagacha jamoaga qatnashish imkoniyati beriladi.O‘yin davomida jamoalar turli yo‘nalishlardagi mantiqiy, ilmiy-ma’rifiy va umumiy bilimga asoslangan savollar orqali o‘z bilimdonligi, tezkor fikrlashi hamda jamoaviy ishlash mahoratini sinovdan o‘tkazadi.“Zakovat Quiz”da ishtirok etish istagidagi jamoalar @adpiyoshlari_bot orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.Barcha professor-o‘qituvchilar va institut


Adpi.uz | Rasmiy kanal
22 Sept, 11:23
🌟 YANGI TIL VA FAN KURSLARIGA QABUL BOSHLANDI!🎓 ADU va ADPI talabalari uchun maxsus imkoniyat!📚 Bizda siz quyidagi yo‘nalishlarda tahsil olishingiz mumkin: 🌍 TIL KURSLARI: 🔹 Ingliz tili — Beginner darajasidan Advanced darajasigacha 🔹 Rus tili — grammatika va so‘zlashuvni mukammal o‘rganing 🔹 Nemis tili — boshlang‘ich darajadan akademik bosqichgacha 🔹 Turk tili — tezkor va samarali metodlar asosida 🔹 Koreys tili — noldan yuqori bosqichlargacha🎯 MILLIY SERTIFIKAT FANLARI: 📘 Ona tili — nutq va yozma savodingizni kuchaytiring 📗 Matematika — asosiy formulalar va test strategiyalarini o‘rganing 📙 Biologiya — eng kerakli nazariy va amaliy bilimlarni egallang🕒 Dars vaqtlari: 🌅 07:00–12:00 — ertalabki guruhlar 🌆 12:00–20:00 — tushdan keyingi guruhlar
Adpi.uz | Rasmiy kanal
22 Sept, 11:10
SPORTSEVAR USTOZLAR DIQQATIGA!1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Andijon davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etiladi.🏆 Musobaqalar quyidagi sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladi:🏐 Voleybol (ayollar) Jamoa tarkibi — 8 nafar. 🗓 25-sentabr | ⏰ 14:00 📍 ADPI 1-sport zali⚽️ Mini futbol (erkaklar) Jamoa tarkibi — 7 nafar. 🗓 25–26-sentabr | ⏰ 14:00 📍 Mini futbol arenasi🏓 Stol tennisi Jamoa tarkibi — 1 nafar erkak va 1 nafar ayol. 🗓 26-sentabr | ⏰ 14:00 📍 ADPI 1-sport zali


Adpi.uz | Rasmiy kanal
22 Sept, 09:58
DUAL TA’LIM — AMALIYOT BILAN UYG‘UN JARAYONAndijon davlat pedagogika institutida dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan 3–4-bosqich talabalari uchun ta’lim jarayonini amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan navbatdagi mashg‘ulot o‘tkazildi. Unda talabalarga tadbirkorlik asoslari bo‘yicha nazariy va amaliy tushunchalar berildi.Mashg‘ulot davomida tadbirkorlik faoliyatining mazmuni, biznes g‘oyani shakllantirish va uni amaliyotga tatbiq etish bosqichlari, bozor talabini o‘rganish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda faoliyatni rejalashtirish masalalari yoritildi. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatida tashabbuskorlik, mas’uliyat, mustaqil qaror qabul qilish va moliyaviy savodxonlikning ahamiyati amaliy misollar asosida tushuntirildi.Dars jarayonida talabalar turli amaliy vaziyatlar asosida topshiriqlarni bajardilar, tadbirkorlik g‘oyalarini shakllantirish




Adpi.uz | Rasmiy kanal
22 Sept, 09:47
Institutda “Kelajak soati” darslari davom etmoqdaAndijon davlat pedagogika institutida “Kelajak soati” loyihasi doirasida “Jamiyatda yashash qoidalari: ijtimoiy odob va mas’uliyat” mavzusida ma’rifat soati o‘tkazildi.Navbatdagi mashg‘ulotni institut rektori, professor B.M. Rasulov olib bordi. Dars davomida jamiyatda yashashning muhim qoidalari, insonlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, muomala madaniyati va ijtimoiy mas’uliyat tushunchalarining mazmun-mohiyati haqida batafsil fikr yuritildi.Ta’kidlanganidek, ijtimoiy odob insonning kundalik hayotdagi xatti-harakati, muomalasi va atrofdagilarga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi. Jamoat joylarida belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish, boshqalarning huquq va manfaatlarini hurmat qilish, suhbatdoshni tinglash, o‘z fikrini madaniyatli tarzda ifodalash kabi jihatlar jamiyatda sog‘lom va o‘zaro hurmatga asoslangan muhitni




Adpi.uz | Rasmiy kanal
12 Sept, 09:17
forwarded from @eduuz
#Mirziyoyev #Olmazor #talabalar #taqdimotPrezident Shavkat Mirziyoyevga talabalar shaharchasidagi yangi raqamli xavfsizlik tizimi taqdim etildiPrezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishish chogʻida talabalar shaharchasida xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan yangi raqamli tizim bilan tanishdi.Talabalar shaharchasida tashkil etilgan vaziyatlar markazi orqali hududdagi holatni real vaqt rejimida kuzatish, turli maʼlumotlarni yagona tizimda jamlash va tezkor tahlil qilish imkoniyati yaratildi.Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/218393👉 На русском 👉 In EnglishFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
