Latest posts

️Training Institute for Lawyers
2 Jun, 07:53
forwarded from @training_institute_for_lawyers
⚡️6 oylik masofaviy qayta tayyorlash kurslariga kirish imtihon kunlari ma'lum!📆Kurslarga kirish imtihonlari suhbat tarzida joriy yilning 8-11-iyun kunlari o'tkaziladi.💼Talabgorlar quyidagi hujjatlarni imtihonga o‘zlari bilan olib kelishlari lozim: 📌ID karta (pasport) asli va nusxasi; 📌oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi (asli va nusxalari); 📌3.5x4.5 o‘lchamdagi rangli fotosurat.🔵 Hujjat topshirgan barcha talabgorlardan tegishli hujjatlari bilan birga belgilangan vaqtda Toshkent shahar, Mirobod tumani, Hamal ko‘chasi 29-v manziliga yetib kelishlarini so'raymiz.📍Lokatsiya uchun bu yerga bosing:
1,220Open in Telegram
️Training Institute for Lawyers
13 Apr, 06:56
forwarded from @training_institute_for_lawyers
📣 6 oylik kurslarga qabul boshlanmoqda!➡️ Masofaviy ta'lim shaklida tashkil etiladigan Oliy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlanmoqda.✅ Kurslarga barcha oliy ma'lumotli shaxslar hujjat topshirishlari mumkin.⏰ Hujjatlarni qabul qilish 13-apreldan 13-mayga qadar (shu kuni ham) qabul.minjusttraining.uz sayti orqali amalga oshiriladi.✉️ Talabgorlar hujjat topshirishda Id-karta (pasport), oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplomni elektron shaklda ilova qiladilar.♻️ Qabul kvotasi: 100 nafar (faqat o'zbek guruhi uchun); to‘lov-kontrakt miqdori: 17 003 252 so‘m.❗️ Bitiruvchilarga diplom berilib, yuridik xizmat, davlat xizmatlari
1,730Open in Telegram
️Training Institute for Lawyers
22 Jan, 04:07
forwarded from @training_institute_for_lawyers
🌍Xalqaro darajada rivojlanish uchun ajoyib imkoniyat!🏛Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan yuridik kadrlar va boshqa soha mutaxassislari hamda sohaga qiziquvchilar uchun rivojlangan xorijiy davlatlarda qisqa muddatli stajirovkalar tashkil etilmoqda.📌 STAJIROVKA QUYIDAGI DAVLATLARDA TASHKIL ETILADI:🇸🇬 Singapur 🇯🇵 Yaponiya 🇹🇷 Turkiya 🇵🇱 Polsha 🏴 Angliya 🇦🇿 Ozarbayjon🎯 STAJIROVKA DAVOMIDA:▪️Xorijiy davlatlarning yuridik amaliyoti va institutsional tajribasi bilan tanishish; ▪️Yuridik soha, huquqni qo‘llash, ta'lim va boshqa sohalar bo‘yicha tashrif va uchrashuvlar; ▪️Trening va boshqa tadbirlar; ▪️Madaniy-ma’rifiy va turistik dasturlar.
2,070Open in Telegram
️Training Institute for Lawyers
10 Nov 2025, 06:03
forwarded from @training_institute_for_lawyers
#OAV_bizhaqimizda"Xalqaro shartnoma huquqi va investitsiya kelishuvlari" mavzusidagi o‘quv kursiminjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
️Training Institute for Lawyers
10 Nov 2025, 06:03
forwarded from @training_institute_for_lawyers
#OAV_bizhaqimizda“Xalqaro shartnoma huquqi va investitsiya kelishuvlari” mavzusida o‘qitish kurslari tashkil etildi.
️Training Institute for Lawyers
7 Nov 2025, 15:21
forwarded from @training_institute_for_lawyers
📘 “Baker Botts” (Buyuk Britaniya) firmasi o‘z sessiyalarini yakunladi!Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida o‘tkazilayotgan “Xalqaro shartnoma huquqi va investitsiya kelishuvlari” mavzusidagi professional o‘quv kursi doirasida “Baker Botts” yuridik firmasining ekspertlari tomonidan o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yakuniga yetdi.🔹 Alistair Wishart va Nabil Khodadad tinglovchilar bilan loyihani amalga oshirish bosqichlari, xatarlarni taqsimlash yondashuvlari, EPC shartnomalarini muzokara qilish strategiyasi hamda energetika sohasida loyiha moliyalashtirishning o‘ziga xos jihatlarini muhokama qildilar.🔹 Patrik Lyons Yevrobond “Sukuk” sertifikati kabi xalqaro moliyaviy vositalarning tuzilishi, asosiy hujjatlar, AQSh huquqiy tizimi hamda Islom moliyasiga oid tuzilmalar haqida ma’lumot berdi.🔹 Kursning uchinchi kuni Dr. Johannes


2,070Open in Telegram
️Training Institute for Lawyers
5 Nov 2025, 15:34
forwarded from @training_institute_for_lawyers
📚 Mediatorlarni tayyorlash kurslari uchun qabul davom etmoqda✅ O‘zbek va rus tillarida ✅ Nazariy bilim + amaliy ko‘nikma ✅ Xalqaro tajriba asosida ✅ An'anaviy va masofaviy shaklda👨🏫 Darslar kimlar tomonidan olib boriladi?🔹 Shakurov Rafik — Institut dotsenti, nizolarni hal qilish metodikasini chuqur o‘rgatadi 🔹 Zafar Raxmonov — Institut dotsenti, huquqni qo‘llash amaliyotida mediatorlik tamoyillarini o‘rgatadi 🔹 Xodjimuxamedova Dilbar — Institut katta o‘qituvchisi, psixolog. Mediatsiyada stressga chidamlilik, hissiy intellekt va kommunikatsion ko‘nikmalar bo‘yicha mutaxassis 🔹 Medetbaeva Aqsungul — Institut o‘qituvchisi, amaliy mediatorlik darslari olib boradi📊 1000+ professional mediatorlar bizning tayyorgarlik dasturimizdan o‘tgan!📞 Ro‘yxatdan o‘tish va ma’lumot: +998 91 191 47 84minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
1,280Open in Telegram
️Training Institute for Lawyers
5 Nov 2025, 15:34
forwarded from @training_institute_for_lawyers
🎓 TDYU talabalari uchun institutda ochiq eshiklar kuni!Bugun Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.📚 Tadbir davomida talabalar institut faoliyati, o‘quv jarayoni, elektron kutubxona, xalqaro ilmiy bazalar va malaka oshirish dasturlari bilan yaqindan tanishdilar.👩🏻🏫 Shuningdek, ular institut professor-o‘qituvchilari bilan muloqotda bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.🤝 Tadbir yosh yuristlarda kasbiy bilim va ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash, ularni amaliy faoliyatga tayyorlashga xizmat qildi.minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram


1,260Open in Telegram
️Training Institute for Lawyers
5 Nov 2025, 15:34
forwarded from @training_institute_for_lawyers
📣 Institut vakillari Tojikistonda o‘tkazilgan qonun ustuvorligi bo‘yicha milliy forumda ishtirok etdilarTojikiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan Dushanbe shahrida “Qonun ustuvorligi bo‘yicha 11-milliy forum” bo‘lib o‘tdi.🇹🇯 Forumning asosiy maqsadi — MDH mamlakatlari vakillarini yagona muloqot maydonida birlashtirish, o‘zaro tajriba almashish, huquqiy islohotlar borasidagi ilg‘or tajribalarni muhokama qilish hamda mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.🎙 Direktor Yesemurat Kanyazov forumda kirish so‘zi bilan chiqish qildi hamda birinchi sessiyada — “Adolatga erkin kirish inson huquqlarini himoya qilishning konstitutsiyaviy kafolati sifatida” mavzusida shuningdek, u “Raqamlashtirish sharoitida fuqarolik huquqi: raqamli mulk, smart shartnomalar va elektron dalillar” mavzusida ma’ruza o‘qidi.🔹 Tadbir




️Training Institute for Lawyers
5 Nov 2025, 15:34
forwarded from @training_institute_for_lawyers
Ekspertlar va tinglovchilarni qabul qilish jarayoni minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
️Training Institute for Lawyers
5 Nov 2025, 15:34
forwarded from @training_institute_for_lawyers
Biz tayyormiz! ➡️Tez fursatda “Xalqaro shartnoma huquqi va investitsiya kelishuvlari” mavzusida professional o‘qitish kursi boshlanadi minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
️Training Institute for Lawyers
5 Nov 2025, 15:34
forwarded from @training_institute_for_lawyers
Biz tayyormiz!➡️Tez fursatda “Xalqaro shartnoma huquqi va investitsiya kelishuvlari” mavzusida professional o‘qitish kursi boshlanadiminjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
️Training Institute for Lawyers
4 Nov 2025, 12:23
forwarded from @training_institute_for_lawyers
🎓 Xalqaro darajadagi yuridik ko‘nikmalarni chuqur egallashni istagan mutaxassislar uchun qulay imkoniyat!5-25-noyabr kunlari Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Institutida “Xalqaro shartnoma huquqi va investitsiya kelishuvlari” mavzusida professional o‘qitish kurslari tashkil etiladi.Ushbu kurs mashg‘ulotlari “White & Case”, “Foley Hoag”, “Squire Patton Boggs”, “Curtis”, “Mayer Brown”, “CMS”, “Baker Botts” kabi xalqaro miqyosda tan olingan yuridik firmalar ekspertlari tomonidan olib boriladi.🗣 Mashg‘ulotlar sinxron tarjima asosida — o‘zbek, rus va ingliz tillarida tashkil etiladi.🎖 Kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga Adliya vazirligi tomonidan xalqaro darajadagi sertifikat beriladi.✈️ Shuningdek, eng faol bitiruvchilarga xorijiy tashkilotlarda amaliyot (stajirovka) o‘tash imkoniyati yaratiladi.📍 Manzil: Xamal ko‘chasi,


️Training Institute for Lawyers
31 Oct 2025, 21:11
forwarded from @training_institute_for_lawyers
🎓 Xalqaro darajadagi huquqshunos bo‘lishni istaysizmi?🌍 5-25-noyabr kunlari Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Xalqaro shartnoma huquqi va investitsiya kelishuvlari” mavzusida professional o‘qitish kurslari tashkil etiladi!Bu kurs — xalqaro miqyosda tan olingan yuridik bilimlarni chuqur o‘rganish imkoniyati.📚 Kurs doirasida siz: ⚖️ Xalqaro shartnoma huquqining amaliy jihatlarini; 💼 Investitsiya kelishuvlarining zamonaviy tahlil usullarini; 🤝 Nizolarni hal etishning ADR mexanizmlarini; 🌐 Jahon savdo tashkiloti huquqini; 🏗 Davlat-xususiy sherikchiligi masalalarini chuqur o‘rganasiz.👨💼 Mashg‘ulotlar “White & Case”, “Foley Hoag”, "Squire Patton Boggs" , “Curtis”, “Mayer Brown”, “CMS”, “Baker Botts” kabi jahon miqyosidagi yuridik firmalar mutaxassislari tomonidan olib boriladi.🗣 Mashg‘ulotlar sinxron tarjima
️Training Institute for Lawyers
13 Oct 2025, 13:40
forwarded from @tsulofficial
#qabul🏛Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malaksini oshirish instituti doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul e'lon qiladi!✅Quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka qabul qilinadi:📌05.01.09 – Hujjatshunoslik. Arxivshunoslik. Kutubxonashunoslik. 📌12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi. 📌12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq.🗂Doktorantura uchun talab etiladigan hujjatlar 🗂Tayanch doktorantura uchun talab etiladigan hujjatlar 🗂Mustaqil izlanuvchilik uchun talab etiladigan hujjatlar⏳Hujjatlar 2025-yilning 5-noyabrga qadar qabul qilinadi.🌐Hujjatlar daraja.ilmiy.uz sayti orqali elektron qabul qilinadi.📞(71) 200 02 35 / (90) 930 70 74 📧uzmarkaz@exat.uz / yurmarkaz@adliya.uz
1,420Open in Telegram
️Training Institute for Lawyers
10 Oct 2025, 13:29
forwarded from @training_institute_for_lawyers
⚡️ Adliya vaziri Akbar Tashkulov institut faoliyati bilan tanishdi➡️Video lavha aynan shu haqidaminjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
️Training Institute for Lawyers
10 Oct 2025, 12:05
forwarded from @training_institute_for_lawyers
⚡️ Adliya vaziri Akbar Tashkulov institut faoliyati bilan tanishdi✅Bugun Adliya vaziri Akbar Tashkulov, vazir o‘rinbosari Sherzod Rabiyev, vazirlik tizimidagi tegishli tashkilot rahbarlari Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga tashrif buyurdi.➡️Tashrif davomida mehmonlar institutning o‘quv jarayoni, moddiy-texnik bazasi, tinglovchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda professor-o‘qituvchi va xodimlar faoliyati bilan batafsil tanishdilar.✅Shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan o‘quv tizimi, amaliy mashg‘ulotlar jarayoni, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining yangi yo‘nalishlari taqdimoti o‘tkazildi.Akbar Tashkulov institut jamoasi bilan suhbat davomida yuridik kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish, o‘quv dasturlarini


1,480Open in Telegram
️Training Institute for Lawyers
9 Oct 2025, 05:35
forwarded from @training_institute_for_lawyers
⚡️Malaka attestatlari topshirildi!📜Oliy ta’lim tizimida huquqiy fanlardan dars beradigan pedagog kadrlarning malaka oshirish kursi yakunida bitiruv ishini himoya qilish shaklidagi attestatsiya komissiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga malaka attestatlari berildi.🎓 Tegishli attestatlar kurs tinglovchilariga Institut direktori Y.Kanyazov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.✨ Tadbir davomida tinglovchilarga kasbiy faoliyatlarida yuksak muvaffaqiyatlar, ilmiy izlanishlarida samaradorlik, huquqiy ta’limni takomillashtirish, zamonaviy o‘quv jarayonlariga ilg‘or metodlarni joriy etish hamda yurtimizda huquqiy madaniyatni yuksaltirish yo‘lida muvaffaqiyat tilaklari bildirildi.🤝 Tinglovchilar o‘z navbatida Institut rahbariyati va professor-o‘qituvchilarga kurs davomida ko‘rsatilgan e’tibor, ilmiy-uslubiy ko‘mak va samimiy munosabat uchun minnatdorchilik izhor etdilar


1,200Open in Telegram
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
