gram news
Dang‘ara tumani hokimligi channel avatar

Dang‘ara tumani hokimligi

@dangarahokimligi

Dang‘ara tumani hokimligi rasmiy kanali Veb-sayt: dangara.uz Facebook: https://www.facebook.com/Dangaramatbuot Instagram: www.instagram.com/dangaratumanihokimligi Fuqarolar murojaati uchun: dangara_murojaat_bot https://t.me/dangarahokimligi

ProjectsENPolitics

10,300subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Dang‘ara tumani hokimligi

    22 Sept, 13:37

    📊 Pensiyaga kechroq chiqish: qo‘shimcha moliyaviy manfaatPensiya yoshiga yetgan, ish haqi yuqori va ishlash imkoniyati bor fuqarolar uchun pensiyaga chiqishni biroz kechiktirish qo‘shimcha moliyaviy manfaat berishi mumkin.Xususan: ✔️2028-yildan pensiya hisoblashda inobatga olinadigan ish haqi chegarasi 6 million so‘mdan 6 million 600 ming so‘mga oshirilishi nazarda tutilmoqda; ✔️pensiyaga chiqishni 6 oy kechiktirganda hisobga olinadigan ish haqi chegarasi 7 million 100 ming so‘mgacha oshirilib, pensiya miqdori 8 foizga ko‘payishi ko‘zda tutilmoqda; ✔️pensiyaga chiqishni 12 oy kechiktirganda esa ushbu chegara 7 million 600 ming so‘mgacha yetib, pensiya miqdori 15 foizga oshishi mumkin.Ya’ni, ishlashni davom ettirgan fuqaroning qo‘shimcha mehnati pensiya miqdorida ham aks etishi ko‘zda tutilmoqda.Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
  • Dang‘ara tumani hokimligi

    22 Sept, 13:30

    HURMATLI TABIIY GAZ ISTE’MOLCHILARI!2026-yil 23-sentabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Qizilmusht MFY, Yangi Hayot qishlog‘ida joylashgan “Dang‘ara-2 GRS” gaz taqsimlash shoxobchasida “Farg‘ona magistral gaz tarmoqlari” tomonidan olovli ishlar olib borilishi munosabati bilan quyidagi mahallalar hududida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:🔹 Yangi Zamon MFY 🔹 Qashqar MFY 🔹 Minglar MFY 🔹 Aravon MFY 🔹 Istiqlol MFYShu munosabat bilan, hurmatli iste’molchilardan xonadonlaridagi gaz jihozlarini qarovsiz qoldirmaslik, gaz ta’minoti tiklangach esa gaz jihozlaridan foydalanishda ehtiyotkorlik choralariga qat’iy rioya qilish so‘raladi.Vaqtinchalik noqulayliklar uchun “Dang‘aratumangaz” mas’uliyati oldindan uzr so‘raydi.
    Image from a post by Dang‘ara tumani hokimligiImage from a post by Dang‘ara tumani hokimligi
  • Dang‘ara tumani hokimligi

    22 Sept, 12:29

    #mol_mulk_soligʻi #yer_soligʻi📆 Kalendarni tekshirib qo‘ying: 15-oktabr yaqin!Joriy yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer solig‘ining ikkinchi yarmini to‘lash muddati 15-oktabrda yakunlanadi.To‘lov yo‘llari qulay:📱 mobil ilovalar orqali💳 mahallaga biriktirilgan soliq inspektorining “SAYT” terminali orqali🏦 bank kassalari orqali⚠️ Muddati o‘tgan har bir kun uchun penya hisoblanadi.Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
  • Dang‘ara tumani hokimligi

    22 Sept, 09:35

    ❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish
  • Dang‘ara tumani hokimligi

    22 Sept, 07:00

    Dang‘ara tumani hokimi Mang‘it mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan sayyor qabul o‘tkazdi.🔷Qabul davomida fuqarolar tomonidan oqova suv tizimi, elektr ta’minoti, piyodalar yo‘lakchasi barpo etish va boshqa ijtimoiy-maishiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.🔷Murojaatlarning har biri mas’ullar ishtirokida o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.🔷Shuningdek, tuman hokimi mahallada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari ish jarayoni bilan tanishib, tadbirkorlarning mavjud muammolari va takliflarini o‘rgandi.🔷Aholi va tadbirkorlarning murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish va muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.💻𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚|📝𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚|🔵Facebook|🌐D
    Image from a post by Dang‘ara tumani hokimligiImage from a post by Dang‘ara tumani hokimligiImage from a post by Dang‘ara tumani hokimligiImage from a post by Dang‘ara tumani hokimligi
  • Dang‘ara tumani hokimligi

    22 Sept, 06:46

    Dang‘ara tumani hokimining navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tadi🗓 23-Sentabr, chorshanba kuni ⏰ Soat 10:00 da 👤 Dang‘ara tumani hokimi tomonidan📍 Manzil: Pishqaron MFY, Xalq qabulxonasiFuqarolar bilan ochiq muloqot ruhida o‘tadigan navbatdagi qabulda har bir murojaat e’tibor markazida bo‘ladi.Takliflar, tashabbuslar va muammolar mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqilib, ularning yechimi yuzasidan aniq choralar belgilanadi.💻𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚|📝𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚|🔵Facebook|🌐Dangara.gov.uz
    Image from a post by Dang‘ara tumani hokimligiImage from a post by Dang‘ara tumani hokimligi
  • Dang‘ara tumani hokimligi

    22 Sept, 05:48

    BIZNESNI RO'YXATGA OLISH TARTIBI QANDAY BO'LADI?BATAFSIL INFOGRAFIKADA 🔼
    Image from a post by Dang‘ara tumani hokimligiImage from a post by Dang‘ara tumani hokimligiImage from a post by Dang‘ara tumani hokimligiImage from a post by Dang‘ara tumani hokimligi
  • Dang‘ara tumani hokimligi

    22 Sept, 05:12

    MUXLISLAR DIQQATIGA!24 sentyabr kuni kechki soat 19:00 da Farg‘onadagi muhtasham "Istiqlol" stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eron milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Shu kuni "Istiqlol" stadioni sariq-qora emas, oq-ko‘k rangga burkanadi. Chiptalarni esa stadion kassalarida xarid qilishingiz mumkin bo‘ladi. Milliy terma jamoamizni "Istiqlol" stadionida qo‘llab-quvvatlang.Olg‘a O‘zbekiston, olg‘a oq bo‘rilar!Telegram | Instagram | farfa.uz | YouTube | Facebook
  • Dang‘ara tumani hokimligi

    22 Sept, 04:10

    Dang‘ara tuman hokimligida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusida “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy loyihasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi.🔷Tadbir Dang‘ara tumani hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Dang‘ara tumani bo‘linmasi hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida o‘tkazildi.🔷Seminarda tuman hududidagi ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari uslubchilari, maktab maslahatchilari, mahalla faollari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.🔷Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarning mazmun-mohiyati, yurtimizning kelgusi taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etuvchi ustuvor
    Image from a post by Dang‘ara tumani hokimligiImage from a post by Dang‘ara tumani hokimligiImage from a post by Dang‘ara tumani hokimligiImage from a post by Dang‘ara tumani hokimligi
  • Dang‘ara tumani hokimligi

    22 Sept, 03:14

    🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni
    Image from a post by Dang‘ara tumani hokimligiImage from a post by Dang‘ara tumani hokimligiImage from a post by Dang‘ara tumani hokimligiImage from a post by Dang‘ara tumani hokimligi
  • Dang‘ara tumani hokimligi

    21 Sept, 15:16

    Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari diqqatiga!Ertaga, 22.09.2026-yil kuni Dang‘ara tumani Yashik MFY hududida joylashgan 110/35/10 kVli “Yangiyo‘l” nimstansiyasida ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.Ishchi xodimlarga xavfsiz ish sharoitini ta’minlash maqsadida mazkur nimstansiyadan elektr energiyasi bilan ta’minlanuvchi quyidagi hududlarda elektr ta’minoti soat 09:00 dan 17:00 gacha vaqtincha o‘chiriladi:Dang‘ara tumani: Qiyali qo‘rg‘oncha, Teliming, Sanam, Soyshildir, Mang‘it, Boriqum, Oqtepa, Shopolat, Yashik, Qoramulla, Katta Boybucha, Urganji, Tumor, Qumqiyali, Qiyali, Istiqlol, Uymovut, Taypoq, Kichik Turk, Oltiqush, Navbahor, Uvaysiy, Katta Amirobod MFYlari Qo‘qon shahri: Ganjiravon, To‘laboy MFYlariKeltiriladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.Dang‘ara TETK ma’muriyati💻𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚|
    Image from a post by Dang‘ara tumani hokimligiImage from a post by Dang‘ara tumani hokimligi
  • Dang‘ara tumani hokimligi

    21 Sept, 15:13

    🔥 Chirchiqda narkolaboratoriya tashkil qilgan shaxslar ushlandi ❗️ DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Chirchiq shahrida joylashgan ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonni ijaraga olib, giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro qo‘lga olindi.2000 va 2002-yillarda tug‘ilgan mazkur shaxslar “Telegram” messyenjeridagi xorijlik kuratorlari tomonidan kontrabanda yo‘li bilan yetkazib berilgan “gashish moyi” va yarim tayyor mahsulotlarni qayta ishlab, “gashish” giyohvandlik vositasini tayyorlashgan.Xonadon ko‘zdan kechirilganda, taxminiy og‘irligi 400 gr bo‘lgan “gashish”, 5 kg yarim tayyor mahsulot, narkotiklarni quritish uchun mo‘ljallangan elektr pech, mikser, qo‘lqoplar, himoya vositalari, tarozi va
  • Dang‘ara tumani hokimligi

    21 Sept, 10:39

    Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi: bir el, yagona xalq bo‘lib, Qoraqalpog‘istonning ulkan imkoniyatlari va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarib, hudud taraqqiyoti va odamlarning farovon hayoti yo‘lida yanada yuksak marralarga erishamiz. — Поездка Президента в Каракалпакстан: сплоченной страной, единым народом, в полной мере реализуя огромные возможности и потенциал Каракалпакстана, мы достигнем новых высот в развитии региона и повышении благосостояния людей.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
  • Dang‘ara tumani hokimligi

    21 Sept, 06:08

    ✅E-AKSION.UZ savdo platformasida Farg‘ona viloyati bo‘yicha mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarilgan tadbirkorlik uchun yer uchastkalari bilan tanishing!⭐Farg‘ona shahridan (ko'rish) ⭐Marg'ilon shahridan (ko'rish) ⭐Quvasoy shahridan (ko'rish) ⭐Qo'qon shahridan (ko'rish) ⭐Bag'dod tumanidan (ko'rish) ⭐Beshariq tumanidan (ko'rish) ⭐Buvayda tumanidan (ko'rish) ⭐Dang'ara tumanidan (ko'rish) ⭐Yozyovon tumanidan (ko'rish) ⭐Oltiariq tumanidan (ko'rish) ⭐Qo'shtepa tumanidan (ko'rish)
    Image from a post by Dang‘ara tumani hokimligiImage from a post by Dang‘ara tumani hokimligi
  • Dang‘ara tumani hokimligi

    21 Sept, 04:27

    Sud faoliyatida ochiqlik va shaffoflik🔷Jamiyatda qonunustuvorligini ta’minlash, fuqarolar huquq va erkinliklarini kafolatli himoya qilishda muhim o‘rin tutadi.🔷So‘nggi yillarda sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida olib borilgan islohotlar fuqaro va tadbirkorlarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish imkonini bermoqda.🔷Hech kimga sir emas, fuqarolarning sudlar faoliyati va sud ishlari to‘g‘risida erkin axborot olish huquqini ta’minlanishi ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi. Mazkur huquq esa, ochiq va oshkora sud muhokamasida ishtirok etish, sud organlaridan ma’lumot so‘rash va sudlar faoliyati to‘g‘risida hamma uchun ochiq bo‘lgan ma’lumotlarni olish orqali ta’minlanadi.Rustamov Jamol, jinoyat ishlari bo‘yicha Dang‘ara tuman sudining raisiBatafsil: https://gov.uz/oz/dangara/news/view/221771
    Image from a post by Dang‘ara tumani hokimligiImage from a post by Dang‘ara tumani hokimligi
  • Dang‘ara tumani hokimligi

    21 Sept, 03:45

    DANG‘ARA TUMANI IIB BOSHLIG‘I TOMONIDAN FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI🔷Dang‘ara tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan fuqarolarning murojaatlarini tinglash, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish hamda qonuniy yechim topish maqsadida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.🔷 Qabul davomida fuqarolar tomonidan huquq-tartibot, oilaviy va ijtimoiy masalalar, bandlik, ishga joylashish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, profilaktika ishlari, shuningdek, boshqa turdagi murojaatlar bildirildi.🔷 Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha o‘rganilib, amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi. Joyida hal etish imkoniyati mavjud bo‘lgan masalalar bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.🔷 Qo‘shimcha o‘rganish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishni talab qiladigan murojaatlar
    Image from a post by Dang‘ara tumani hokimligiImage from a post by Dang‘ara tumani hokimligiImage from a post by Dang‘ara tumani hokimligiImage from a post by Dang‘ara tumani hokimligi
  • Dang‘ara tumani hokimligi

    21 Sept, 03:38

    DANG‘ARA TUMANIDA “IJTIMOIY PROFILAKTIKA HAFTALIGI”🔷O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash maqsadida Dang‘ara tumanida “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida keng qamrovli profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.🔷 21–26 sentabr kunlari tumanning kriminogen vaziyati og‘ir, shuningdek, “qizil” toifada qolib kelayotgan mahallalarida aholi bilan manzilli uchrashuvlar, targ‘ibot-tushuntirish ishlari hamda profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda.🔹 Mahallalarda huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlari o‘rganilib, ularni barvaqt aniqlash va bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda; 🔹 ijtimoiy himoyaga muhtoj, muammoli va profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan individual profilaktik ishlar
    Image from a post by Dang‘ara tumani hokimligiImage from a post by Dang‘ara tumani hokimligi
  • Dang‘ara tumani hokimligi

    21 Sept, 03:11

    🟣Pensiya huquqini shakllantirish: yangi imkoniyatlarUyda farzand tarbiyalayotgan, yaqiniga g‘amxo‘rlik qilayotgan yoki o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning kelajakdagi pensiya huquqini shakllantirish bo‘yicha yangi mexanizmlar taklif etilmoqda.Xususan: ✔️ ishlaydigan fuqaro ishlamaydigan ota-onasi, opa-singlisi, aka-ukasi yoki voyaga yetgan farzandi uchun oyiga 152 ming so‘m miqdorida ixtiyoriy ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin bo‘ladi; ✔️ o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar yiliga 440 ming so‘m yoki oyma-oy 37 ming so‘mdan ijtimoiy soliq to‘lash orqali bir yillik ish stajiga ega bo‘lishi nazarda tutilmoqda; ✔️ o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari bo‘yicha kafolatlarni yaratish taklif
  • Dang‘ara tumani hokimligi

    20 Sept, 13:45

    #Qonunchilikdagi_yangiliklar❗️ Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladiHukumat qarori (501-son, 17.09.2026 y.) bilan pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi.🔰 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab har yili davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida chegirma joriy etiladi.📌 Chegirma davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlariga tatbiq etiladi.❌ Chegirma : ▪️ oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlarida; ▪️ O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallarida ; ▪️qo‘shimcha va
  • Dang‘ara tumani hokimligi

    20 Sept, 12:40

    📌 O‘zbekiston ko'plab millat va elat vakillari bir oiladek ahil, tinch-totuv umrguzaronlik qilayotgan bag‘rikeng diyor.Bu samimiy do‘stlik va hamjihatlik muhitini ushbu fikrlar asosida bolalarga saboq berayotgan fidoyi o‘qituvchi siymosida yaqqol ko‘rish mumkin.https://t.me/Rasmiy_axborot_official