gram news
Dildora_bookaholic channel avatar

Dildora_bookaholic

@dildora_bookaholic

Kitoblarda qolgan hislarim ❤️‍🩹

ProjectsUZBooks

1,950subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Dildora_bookaholic

    18 Sept, 14:32

    #sovgʻalar1. Mahindan 2. Nurali Qahramondan 3. Lestatdan 4. OʻzimdanBaxtliman 🫠
    Image from a post by Dildora_bookaholicImage from a post by Dildora_bookaholicImage from a post by Dildora_bookaholicImage from a post by Dildora_bookaholic
    58125122Open in Telegram
  • Dildora_bookaholic

    14 Sept, 10:36

    Hozir mana shu kitobni oʻqiyapman. Bu yozuvchi oʻzbek kitobxonlariga “Musallas mamlakati” kitobi orqali tanish. Men uni oʻqimaganman.“Qurbaqa” asari Xitoydagi “bir oilaga bir farzand” siyosati haqida. Koʻpincha bu haqda gap ketganda, uning siyosiy, iqtisodiy oqibatlariga e’tibor qaratiladi. Yozuvchi esa alohida insonlarning taqdiriga qanday ta’sir qilganiga e’tibor qaratgan. Aholiga majburan kontraseptik vositalarni qoʻllash, rejadan tashqari homilador boʻlganlarni majburan abort qildirish (hatto muddati katta boʻlsa ham), mana shu siyosatni deb necha-necha oilalar vayron boʻlganiga guvoh boʻlamiz.Kitobda partiyaning chaqigʻiga har doim “labbay” deb javob qaytarish kerakmi, hatto u vijdon amriga qarshi boʻlsa hammi degan savol oʻrtaga tashlanadi. Bosh qahramon bilan shu savolga javob izlayapmiz, oxiri nima boʻladi bilmaymam, lekin kitob hozirdan yuragimni chilparchin qilib boʻldi 💔
    Image from a post by Dildora_bookaholicImage from a post by Dildora_bookaholic
    1,070931Open in Telegram
  • Dildora_bookaholic

    13 Sept, 18:04

    ​​“Sartr inson erkinligini tavqi la’nat oʻlaroq koʻradi va oʻzi ham shu qarash bilan yashaydi. “Inson ozod boʻlishga mahkumdir”, deydi u. Ha, mahkum, chunki oʻzini oʻzi yaratmagan, ammo baribir ozod. Bu dunyoga uloqtirilgan-u, endi qilgan har bir ishiga oʻzi mas’ul.Yustayn Gorder – Sofiyaning dunyosiFaylasuflarning asarlarini dabdurustdan oʻqib ketolmaysiz. Avval ularning yashagan davri, qaysi oqimga tegishliligi, gʻoyalari haqida atroflicha tushunchaga ega boʻlib, keyin asarning oʻzini oʻqishga kirishsangiz boʻladi.Yustayn Gorderning “Sofiyaning dunyosi” mana shu kirish vazifasini oʻtab beradi. Asarda 15 yoshli qizga falsafa tarixi – mifologiyadan tortib to zamonaviy falsafagacha sodda, tizimli qilib tushuntirilgan. Faylasuflarning nazariyalarini hayotiy misollar bilan izohlagani ularni yanada tushunarli qilgan.Kitobni endi boshlaganingizda Sofiyaning qarashlari yosh
    1,100152Open in Telegram
  • Dildora_bookaholic

    12 Sept, 18:30edited

    Ilk tarjimam chiqdi, oʻrtoqlar 🥹Bu men uchun oddiy kitob emas, mehnatimning ilk mevasi, tarjimonlik yoʻlida ilk qadamim.Birinchi marta mana shu kitobni nashr qilish taklifi bilan Ma’mura opaning oldilariga borganimda, bajonidil qabul qildilar, qoʻllab-quvvatladilar, yoʻl-yoʻriq koʻrsatib ustozlik qildilar. Tarjima ustida 5 oyga yaqin ishladim, nashrga tayyorlash ishlari bilan 1 yildan oshiqroq vaqt ketdi. Mana bugun kitobga termilib oʻtiribman 🫠Shu fursatdan foydalanib noshirim Ma’mura opaga, kitob muharrirlari Akmal, Sardorga, nashriyot jamoasiga, qoʻllab-quvvatlagan doʻstlarimga, yaqinlarimga minnatdorlik bildiraman. Yaxshiyam borsizlar 🫶🏼Buyurtma berish uchun @Sotuv_Zabarjad ga yozinglar. Tanish-bilishlarni bittalab tekshirvolaman 🤪
    Image from a post by Dildora_bookaholicImage from a post by Dildora_bookaholicImage from a post by Dildora_bookaholic
    1,85040109522Open in Telegram
  • Dildora_bookaholic

    12 Sept, 14:10

    forwarded from @zabarjadmedia

    🎉 “Chipollinoning sarguzashtlari” kitobi sotuvdaJanni Rodarining eng mashhur ertak-qissalaridan biri – Chipollinoning sarguzashtlari meva va sabzovotlar yurtidagi piyoz oilasi haqida hikoya qiladi. Bosh qahramon Chipollino timsolida bolalarga rostgoʻylik, halollik, adolatparvarlik kabi fazilatlarni oʻrgatadi.Kitob nomi: Chipollinoning sarguzashtlari Muallif: Janni Rodari Muqova: yumshoq Narxi: 40 000 soʻm✍️ Xarid uchun: @Sotuv_Zabarjad +998904400560🚚 Butun O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish xizmati mavjud!🕊@ZabarjadMedia – eng yaxshisini ilinamiz!
    Image from a post by Dildora_bookaholicImage from a post by Dildora_bookaholic
    884113Open in Telegram
  • Dildora_bookaholic

    9 Sept, 04:34

    10k 🎉Trenddagi kitoblarni oʻqimasang, instagramda auditoriya yigʻolmaysan, deyishgandi 😌
    Image from a post by Dildora_bookaholicImage from a post by Dildora_bookaholic
    1,270521471Open in Telegram
  • Dildora_bookaholic

    5 Sept, 08:31

    #tez_kunda Navbatdagi yangiligimiz – Janni Rodarining “Chipollinoning sarguzashtlari” kitobi chiqishiga ham sanoqli kunlar qoldi 🎉 Janni Rodarining eng mashhur ertak-qissalaridan biri – Chipollinoning sarguzashtlari meva va sabzovotlar yurtidagi piyoz oilasi
    2,650561464Open in Telegram
  • Dildora_bookaholic

    5 Sept, 08:11

    forwarded from @zabarjadmedia

    #tez_kundaNavbatdagi yangiligimiz – Janni Rodarining “Chipollinoning sarguzashtlari” kitobi chiqishiga ham sanoqli kunlar qoldi 🎉Janni Rodarining eng mashhur ertak-qissalaridan biri – Chipollinoning sarguzashtlari meva va sabzovotlar yurtidagi piyoz oilasi haqida hikoya qiladi. Bosh qahramon Chipollino timsolida bolalarga rostgoʻylik, halollik, adolatparvarlik kabi fazilatlarni oʻrgatadi.📜 Kitob oʻzbek tiliga ilk bor toʻliq tarjima qilindi.@ZabarjadMedia – eng yaxshisini ilinamiz!
    Image from a post by Dildora_bookaholicImage from a post by Dildora_bookaholic
    1,25020653Open in Telegram
  • Dildora_bookaholic

    4 Sept, 08:10

    forwarded from @zabarjadmedia

    #tez_kundaMilan Kunderaning “Mavjudlikning chidab boʻlmas yengilligi” kitobi sanoqli kunlarda kitobxonlar qoʻliga yetib boradi 🎉“Mavjudlikning chidab boʻlmas yengilligi” chexiyalik yozuvchi Milan Kunderaning qalamiga mansub, adabiyotshunoslar XX asr Yevropa adabiyotining choʻqqisi, deya e’tirof etgan asar. Mazkur kitob insondagi murakkab his-tuygʻular, chigal munosabatlar haqida hikoya qiladi.@ZabarjadMedia – eng yaxshisini ilinamiz!
    Image from a post by Dildora_bookaholicImage from a post by Dildora_bookaholic
    9821533Open in Telegram
  • Dildora_bookaholic

    14 Aug, 14:42

    Ikki kundan beri hech Asaxiyga yetolmayotgandim, shu kitobni olamam deb. Bugun oʻzlari yuborib qolishdi.Kitobda sodda tilda falsafa tarixi yoritilgan. Menimcha koʻpchilikka qiziq mavzu. Oʻqiymiz.
    Image from a post by Dildora_bookaholicImage from a post by Dildora_bookaholic
    2,85041444Open in Telegram
  • Dildora_bookaholic

    13 Aug, 12:26

    The New York Times nashri triller janrida XXI asrda yozilgan eng yaxshi 50 ta kitob roʻyxatini e’lon qildi. Orasida 4 tasini o‘qigan ekanman (12, 23, 26, 36).Siz roʻyxatdan qaysilarni oʻqigansiz?
    Image from a post by Dildora_bookaholicImage from a post by Dildora_bookaholicImage from a post by Dildora_bookaholicImage from a post by Dildora_bookaholic
    2,6102021Open in Telegram
  • Dildora_bookaholic

    12 Aug, 08:08

    #iqtibosKutish. Oh, inson bu hayotda quvonch, gʻazab, qaygʻu, nafrat kabi tuygʻularni boshdan kechiradi. Lekin bu tuygʻular – hayotimizning faqat bir foizi, xolos. Qolgan toʻqson toʻqqiz foizi kutishdan iborat. Baxtning qadam tovushlari eshitilmayaptimi deb damimizni yutib eshikka quloq tutamiz. Oh, inson hayoti buncha abgor boʻlmasa. Aslida hech kim bu dunyoga kelganidan mamnun emas. Har kuni ertalabdan kechgacha nimanidir ilhaq kutadi. Oʻta achinarli.Osamu Dazai “Botayotgan quyosh” asaridan
    2,2801984221Open in Telegram
  • Dildora_bookaholic

    7 Aug, 15:37

    Xazinabooksda 35% gacha chegirmalar boʻlayotgan ekan, maksimal chegirma amal qilsin deb ikkita qimmat-qimmat kitob tanladim. Dazaining kitobini ham oldindan buyurtma berib, chegirma narxda oldim.Moliyaviy savodxonlik kursimga qabul ochiq, yozilishinglar mumkin 🤪😂
    Image from a post by Dildora_bookaholicImage from a post by Dildora_bookaholicImage from a post by Dildora_bookaholicImage from a post by Dildora_bookaholic
    2,59030108311Open in Telegram
  • Dildora_bookaholic

    30 Jul, 04:30

    Bu orada Booker mukofotiga longlist e’lon qilindi. Roʻyxat bilan tanishib chiqsangiz, oʻzingiz uchun yaxshi asarlar kashf qilasiz.Amazon savatchamda John of John, The things we never say bor edi, roʻyxatdan “Helen of Nowhere”ga qattiq qiziqib qoldim, aksiga olib aynan shu kitob amazonda juda tez tugab qolyapti 🥲
    Image from a post by Dildora_bookaholicImage from a post by Dildora_bookaholicImage from a post by Dildora_bookaholic
    2,540171Open in Telegram
  • Dildora_bookaholic

    28 Jul, 08:29

    forwarded from @zabarjadmedia

    #sotuvdaKitob nomi: Kirka Muallif: Madlen Miller Muqova: qattiq Narxi: 70 000 soʻm✍️ Murojaat uchun: @sotuv_zabarjad +998904400560🚚 Butun O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish xizmati mavjud!@zabarjadmedia – eng yaxshisini ilinamiz!
    2,009video113211Open in Telegram
  • Dildora_bookaholic

    27 Jul, 09:34

    Kecha Nolanning “Odissey”ini koʻrdim. Oskarni hozirdan uyiga olib boraveringlar.
    1,95027821Open in Telegram
  • Dildora_bookaholic

    24 Jul, 08:07

    Fonga Garri Potter muzikasini qoʻyib tomosha qilinglar 🫠
    2,430video286Open in Telegram
  • Dildora_bookaholic

    24 Jul, 07:58

    Potteromanlar, yaqinroq kelinglar 😍 Sizlarni havasingizni (yoki hasadingizni 🤪) keltiradigan kitoblar bilan keldim. Oʻzim uzoq kutgan, chiqqanidan beri xayollarimni oʻgʻirlagan kitoblarga nihoyat erishdim. Boyagina Amazon bagʻridan yetib keldi. Videolarda
    Image from a post by Dildora_bookaholicImage from a post by Dildora_bookaholicImage from a post by Dildora_bookaholic
    2,110233Open in Telegram
  • Dildora_bookaholic

    22 Jul, 06:12

    Ishga har kuni vaqtli kelishga motivatsiya.Tuzuk nashrini topolmaganim uchun oʻqimay yurardim. Nihoyatda chiroyli yozilgan ekan. Oxirgi marta oʻzbek adabiyotidan “Lolazor”ni oʻqib shunaqa mazza qilgandim.
    Image from a post by Dildora_bookaholicImage from a post by Dildora_bookaholic
    1,9803215Open in Telegram
  • Dildora_bookaholic

    10 Jul, 12:20

    Qoʻlimda katta-katta ikkita kitob bilan doʻkonga kirdim.Sotuvchi: Rostakasim kitoblami?P.S. kitoblar yangi 🌚
    Image from a post by Dildora_bookaholicImage from a post by Dildora_bookaholic
    2,68031264Open in Telegram