Latest posts

Dr. Algorithm
7 Sept, 08:38
forwarded from @farkhod_com
Akalar bilan uchrashuv 😎O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif qildilar.U yerda Murodjon Normatov, Sardor o‘ga, Akrom Obidov, Hurshid Usmon, Amirbek Shomurodov va Saidolim Djurayev bilan to‘rtta fikr almashdik.Uchrashuvda – oila, farzand tarbiyasi, ish joyidagi muammolar, kimning ofisida kofe mashinasi borligi, qariganda soch to‘kilishi mavzularini umuman gaplashmadik. 80% vaqtimizni o‘sha hamma hozir gaplashadigan SUN’IY INTELLEKT mavzusiga sarfladik. Bahs bo‘ldi, hamma fikrini bildirdi, sun’iy intellektni ish jarayoniga integratsiya qilish haqida gaplashdik.Qiziq joylari:🔸 Kompaniya egalari SI’ni o‘rganib olib, SI hammaning ishini qila oladi degan fikrda. Bu o‘z navbatida, xodimning tez ishdan charchashiga olib kelyapti, xodimdan 2–3 kishining ishini bir kishi qilish talab qilinyapti.🔸 Hamma ichki ma’lumotlarni SI uchun jamlash bilan band. Kimdir
Dr. Algorithm
7 Sept, 08:38
forwarded from @farkhod_com



Dr. Algorithm
4 Sept, 09:29
Maktab + SI + RasmBugun farzandim maktabidan maktub oldim.Ajablantirgani uchun bu haqida yozishni ma’qul topdim.Maktab har yili farzandingiz rasmini qayerda chop etish mumkin ekani haqida ruxsat so‘raydi. Siz uning rasmini veb sahifada, ijtimoiy tarmoqda va hatto devoriy gazetada chop etish mumkin ekaniga ruxsat/rad berasiz.Bir tomondan bu qulay, farzandingiz rasmini ijtimoiy tarmoqda ko‘rmaysiz. Ikkinchi tomondan esa, jamoa bo‘lib safarga chiqishganida tushgan rasmlarini hamma ko‘ra olmaydi.Endi esa yangilik!Maktab bolalar rasmlarini olishda ularning yuzini rasmga olmaslik, ijtimoiy tarmoqqa qo‘ymaslikka o‘zi qaror qildi.Hozirgi kungi SI davrida Shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi muammo bo‘lib turgani uchun, DeepFace kabi narsalar chiqib ketgani uchun, farzandingiz rasmini ijtimoiy tarmoqqa chiqarmaslikni o‘zligi tavsiya qilishmoqda.Maktab ma’muriyati esa, rasmlarni


Dr. Algorithm
1 Sept, 07:37
Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan, erkin va ozod bo‘lsin.Raqamli olamda o‘z o‘rni bilan e'tiborda tursin.Barchani Mustaqillik bayramimiz bilan tabriklayman!01.09.2026 London @DrAlgorithm


Dr. Algorithm
29 Aug, 07:01
Jet lag va 15 daqiqa qoidasiSamolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kirdingiz. Lekin asl askiya ertasi kuni ertalab boshlandi... 😴Chet davlatdan qaytgach miya butunlay boshqa vaqt mintaqasida yashashni davom ettiradi. Siz soat millariga qaraysiz - 08:00. Miya esa xotirjamgina: "E, do‘stim, hozir bizda erta tong-ku, kel, yana 4 soat uxlab olaylik" deydi.Ushbu holatda ko‘pchiligimiz nima qilamiz?Albatta, o‘zimizga "Vatandoshlik qasamyodi"ni beramiz: "Bo‘ldi, ertadan yangi hayot! Soat 06:00 da turib, yuguraman, nonushta qilaman va dunyoni zabt etaman!" deb 6:00 ga budilnik qo‘yamiz.Natija esa hammaga tanish: 06:00 - Budilnik jiringlaydi. 06:15 - Budilnik jiringlaydi. 06:16 - Budilnikka nisbatan ichki nafrat va "Snooze" (yana 5 daqiqa) tugmasi. 09:00 - Ko‘zlar shishgan, kayfiyat "Nol", o‘zingizni xuddi tunda beton qorgandek his qilasiz.Osiyo va Yevropa orasida


Dr. Algorithm
28 Aug, 06:09
Zamon siznikiHafta ajoyib oʻtdi.20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim.Bir vaqtlar AT rivojlanishi davrida faol boʻlgan "Dinozavrlar" bilan koʻrishdim. Hozir Vatandan uzoqda yashayotgan boʻlsalar ham, Oʻzbekiston haqida, yurtdoshlarimizga foydali boʻlish haqida oʻylab kelishmoqda.Hozir Oʻzbekiston internetida faol emas, lekin shu faollikni oshirish haqida gaplashdik. Nasib qilsa, yangilik boʻlishi kerak.Shu bilan birga turli "Networking" (tanish orttirish) uchrashuvlari boʻldi. Bir biriga foydali boʻladigan tanishlarim koʻp ekan. Faqat bir joyda koʻrishishmagan ekan.Falonchini tanisanmi, pistonchini bilasanmi?degan gaplar boʻlar edi. Ancha esdan chiqqan edi. Shuni tiklanayotganini va ijobiy tomonga tiklanayotganini his qildim.Tanishlaringiz koʻp boʻlsa - yaxshi, Bir biriga foydali tanishlaringizni bir biriga tanishtirish - a'lo.Yoshlarga
Dr. Algorithm
21 Aug, 09:46edited

Dr. Algorithm
15 Aug, 20:28

Dr. Algorithm
13 Aug, 12:59edited
🎙 Mehmon: Aziz Mirzayev (https://t.me/pro_aim) 🎤 Moderator: Sardor Dushamov (https://t.me/Sardoroga_blog) 📅 18-avgust ⏰ 22:00 📺 YouTube’da jonli efirTexnogap #11'da ko‘rishguncha.TelegramSardor og'a | AI bilan rivojlanamizAssalomu alaykim Efirda Texnogap #11: Dasturchilar uchun AI agentlar bilan SDLC pipeline AI agentlar endi shunchaki kod yozib beradigan vosita emas. Ularni dasturiy ta’minot ishlab chiqish jarayonining turli bosqichlariga qanday qo‘shish mumkin? Bu safar…
Dr. Algorithm
13 Aug, 10:04
Google Gemini Desktop app haqida eshitganmisiz?Google Gemini Desktop appini yaqinda o‘rnatib ko‘rdim va menga kerak bo‘lgan bitta imkoniyati yoqdi.Bu biron bir matnni yozish o‘rniga, ovoz bilan gapirib berish.Bu imkoniyat menga xohlagan dasturimda ishlaydi, xoh u PyCharm bo‘lsin, xoh u biror bir hujjat bo‘lsin, yoki Telegramga ham.Buni nima qulay tarafi bor?Hamma hozir prompt yozayotgan paytda eng qiyini shu promptni yozib/aytib berish. Ayni shu narsani, ayni aytib berishni endi rostdan ham yozish emas, aytib berish orqali qilish mumkin bo‘lib qoldi.Aslida Gemini Brainstorming degan narsasi bor edi, lekin u dasturning ichida ishlar edi. Ya’ni siz u bilan gaplashib bo‘lganingizdan keyin kerakli matnlarni nusxalab olsangiz kerak bo‘lar edi.Hozir esa xohlagan dasturga xohlagan matnni xohlagan tilda gapirtirib qo‘ysangiz bo‘ladigan narsa chiqaribdi.Ishingiz oson bitsin.


Dr. Algorithm
12 Aug, 13:59edited
Shu kishi bilan onlayn master klass qilishni o'ylagandim. Ko'pchilik dasturchilarga foydali bo'lardi.Mavzu: Dasturchilar uchun AI agentlar bilan SDLC pipeline qurish
Dr. Algorithm
11 Aug, 08:30
Xakaton + SI - yangi darajaUzTech UK jamoasi yangi loyiha boshladi. Xakaton yordamida yangi bilim ulashish va mutaxassislarni tanitish.Bu loyiha hamjamiyatimiz a'zolaridan chiqdi va oʻzligi tashkil etishmoqda.Dasturchi boʻlish shart emas - degan joyi rosa yoqdi.Nafaqat dasturlash va balki biznes jarayonlarni, balki hayotimizda, turmush tarzimizda boʻladigan ishlarni ham SI yordamida osonlashtirish mumkin ekanini koʻrsatib berishmoqchi.https://t.me/UzTechUK/169Shu kuni Londonda boʻladigan 20 kishi kela oladi ekan. Qatnashish niyatida boʻlganlar, roʻyxatdan oʻtishi kerak.Tadbir tafsilotlarini YouTube kanalda berilsa kerak.#shunaqaGaplar11.08.2026 London @DrAlgorithmTelegramUzTech UK🇬🇧 Mini Xakaton - UzTech UK Assalomu alaykum, do‘stlar! AI bo‘yicha 10 qismli darslarimizni tugatib oldik. Endi eng qiziq qismi - o‘rganganlarimizni amaliyotda sinab ko‘rish qoldi. Kelasi Juma, 14-Avgust kuni, birinchi UzTech Mini Xakatoni bo‘lib o‘tadi.…
Dr. Algorithm
7 Aug, 17:16edited
Biz boshladik: 👉 📱 https://youtu.be/lHj5ThRkfXQ Savollaringiz bo‘lsa, ushbu post ostida yozib qoldiring. 📱😎📱📱 uztech.uk/social
Dr. Algorithm
7 Aug, 17:14
forwarded from @uztechuk
Biz boshladik:👉 📱 https://youtu.be/lHj5ThRkfXQSavollaringiz bo‘lsa, ushbu post ostida yozib qoldiring.📱😎📱📱 uztech.uk/social
Dr. Algorithm
6 Aug, 18:01
Mavzu: Ustoz-Shogird uchun Skill yaratish Speaker: Shakhzod Bakhromov
Dr. Algorithm
4 Aug, 07:44
UzTech UK jamoasidan SyurprizMa'lumki Buyuk Britaniyada (UK) UzTech UK nomli AT jamoamiz bor. Jamoamizda alohida Dasturchilar guruhimiz bor.Guruhimiz faol a'zolaridan biri Samandar bizni lol qoldirdi. Yuqoridagi video Instagramga chiqqanida bildik. Cambridge safarida turli savollar berib, vaqtimizni maroqli oʻtkazgan inson bunday hunarlari borligini biz ham oʻzidan eshitmadik. 😮📱 https://www.instagram.com/reel/Dba_NtPtH_A/?igsh=NGNzajk0aHQwZHY4Oʻzbekistonda Kulgilektual loyihasi bor. Unda turli mehmonlarga mantiqiy savollar berilar ekan. Men buni videodan bildim.Samandar shu koʻrsatuvning har bir qismini koʻrib, savollar, mehmonlar, ularning reytingi kabi ma'lumotlarni yigʻgan. Hatto videoning qaysi qismida savol berilganini ham belgilagan.Shunday iqtidorli yoshlarni koʻrsam rosa hursand boʻlaman.Samandar
Dr. Algorithm
1 Aug, 09:22

Dr. Algorithm
17 Jul, 17:29
forwarded from @uztechuk
Biz boshladik:🇬🇧📱 https://youtu.be/vJj2Y9YkNrs 👈Savollaringiz bo‘lsa, ushbu post ostida yozib qoldiring.🔗 uztech.uk/social
Dr. Algorithm
16 Jul, 15:27
Ertaga katta tadbirimiz bor.👉 https://t.me/UzTechUK/158UKda o‘qib, ishlab kelayotgan, o‘zining Startuplari bor bo‘lgan akamiz bilan suhbat bo‘ladi.Dasturchi sifatida qanday qilib ish topish, suhbatlarda qanday savollar berilishi haqida bo‘ladi.Online ham qilamiz. Havolani suhbat boshlanishidan biroz oldin beramiz.Vaqtingiz bo‘lsa, siz ham keling, savollar bo‘lsa hozirdan yozib qo‘ying, akaga yetkazamiz.Balki sizning ham dasturchi sifatida ish topishingiz uchun foydali bo‘lar. Shart emas faqat UKda ish topish, boshqa davlatlar ko‘p. Lekin ko‘pchiligida kirish mantig‘i va savollari o‘xshash bo‘ladi.Ertaga suhbatda kutamiz. 👉 https://t.me/UzTechUK/15816.07.2026 London @DrAlgorithmTelegramUzTech UK🇺🇿 UzTech - IT Hamjamiyati 🇬🇧 Assalomu alaykum, do‘stlar! UKda Software Engineer sifatida ish topishda nimalarga e‘tibor berish kerak? CV, interview yoki ish beruvchi talablari? Ular aslida kimni qidiradi? Ertaga bo‘lib o‘tadigan meetup'imizda aynan shu…
Dr. Algorithm
16 Jul, 13:37
Agar tepadagi post sizda ko‘rinmagan bo‘lsa, demak Telegramni yangilash kerak.Men Telegramning yangi shaklida maqola yozib ko‘rgan edim. Shunga ko‘rinmasligi mumkin.16.07.2026 London @DrAlgorithm
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
