gram news
Fikrat channel avatar

Fikrat

@fikratt

Kitoblardan va aqldan fikrlar✍🏻 11.09.22 📌Muallifi Fikrat bo'lgan postlarni manba bilan oling.

ProjectsUZBooks

1,730subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Fikrat

    22 Jul, 10:29

    forwarded from @tohirbektojmuhammad

    Ne sharaf, zulmga zulm deyolsang, Boshingda har kuni sinsada to'qmoq. Shaytondan qo'rqmaslik naqadar go'zal, Ne go'zal yagona Allohdan qo'rqmoq!@tohirbektojmuhammad
    Image from a post by FikratImage from a post by Fikrat
  • Fikrat

    13 Aug 2025, 11:53

    Bir bolaning o‘sishini kuzatayotganda, aslida “inson” deb ataladigan borliqning o‘sish bosqichlariga har lahzada guvoh bo‘lasiz. Bir bolaning fe’l-atvorini his qilish, his-tuyg‘ularining rivojlanishini, idrokidagi o‘zgarishlarni kundan kunga kuzatish va uning hayot hamda o‘limga oid savollariga duch kelish — bu ham katta bir tajriba emasmi?
  • Fikrat

    11 Aug 2025, 08:01

    Kishi gapirmay tinglashga, o‘z fikrini bildirmay boshqasining fikrini tushunishga bir soat ham chidamaydi.Albatta bu nafsga oid holatdir va nafsning turtkilari uni tinglash yoki sukut saqlab tafakkur qilishga sabrsiz qilib qo‘yadi. Go‘yoki ichida bir narsa uni gapirishga majbur qilayotgandek, chidolmaydi. Holbuki o‘sha vaqtda uzoq gapirish hammani bezovta qilishini biladi, lekin ko‘p hollarda o‘zini tiyolmaydi.Tinglashni bilmagan odam kuzatuvchanlikdan mahrum bo‘ladi, suhbatlari mazmunsizlashadi, vaqt o‘tishi bilan so‘zi boy beradi.Qadimgilar bunga “so‘zning shahvati” deb atashgan. Haqiqiy gapirish lazzati — nafsni tarbiyalashga loyiq narsalardan biridir.
  • Fikrat

    10 Aug 2025, 17:04

    Agar bir kun sizdan “Nega g‘amginsiz?” deb so‘rashsa, rostini ayting va ularga: “Kam istig‘for aytganim va Qur’on o‘qishni tark etganim sababli” deb javob bering.
    Image from a post by FikratImage from a post by Fikrat
  • Fikrat

    26 Jul 2025, 18:15

    Image from a post by FikratImage from a post by Fikrat
  • Fikrat

    25 Jul 2025, 07:57edited

    Inson o’rganishni maqsad qilgan borliqdir. Shunchaki o’rganish uchun o’rgansangiz ham, endi siz o’rganmagan inson emassiz. Haqiqatni kashf etmoq yoki kashf qildim deb o’ylamoq insonni o’zgartiradi. Inson o’z bilimiga qarshi tura olmaydigan mavjudotdir. Altay
  • Fikrat

    25 Jul 2025, 07:41

    Inson o’rganishni maqsad qilgan borliqdir. Shunchaki o’rganish uchun o’rgansangiz ham, endi siz o’rganmagan inson emassiz. Haqiqatni kashf etmoq yoki kashf qildim deb o’ylamoq insonni o’zgartiradi. Inson o’z bilimiga qarshi tura olmaydigan mavjudotdir.Altay Cem Meriç
  • Fikrat

    24 Jul 2025, 21:28

    Chumolini ham ranjitma dema! “Chumolini ham” deyishingni o’ziga ranjiydi. So’z aytish irfon talab qiladi, tushunish esa insonlikdir.Fuzuliy
    Image from a post by FikratImage from a post by Fikrat
  • Fikrat

    18 Jul 2025, 05:59

    Inson, kelgan urug‘ining emas, yashagan muhiti va odatlarining farzandidir.Ibn Holdun | Muqaddima
  • Fikrat

    17 Jul 2025, 09:04

    Bir inson, iymon zaifligini namozidan bilib olsa bo’lar ekan..
  • Fikrat

    10 Jul 2025, 14:27

    forwarded from @mubashshirahmad

    Мусулмон ҳам гуноҳкор банда. Фақат у гуноҳ қилмасликка тиришади ва гуноҳ қилса хафа бўлади, ундан қайтиб тез тавба қилади.Мубашшир Аҳмад#unutmaymiz_unuttirmaymiz #MubashshirAhmadga_ozodlik@MubashshirAhmad
    Image from a post by FikratImage from a post by Fikrat
  • Fikrat

    4 Jul 2025, 11:45

    Muvaffaqiyatsizlikka tashlanadigan eng katta qadam namozni tark etmoqdir.
    Image from a post by FikratImage from a post by Fikrat
  • Fikrat

    29 Jun 2025, 03:00

    Robbingiz bilan orangizda siz o’zingiz borsiz. O’zingizni oradan chiqaring. Ana shundagina Uni ko’rasiz!
    Image from a post by FikratImage from a post by Fikrat
  • Fikrat

    23 Jun 2025, 16:26edited

    Inson, o’zi sevmagan bir masalani tushunishda qiyinchilik chekadi. Bir haqiqatga nisbatan yuragida sevgi bo‘lmasa, uning eshiklarini osongina ocholmaydi. O’zimiz sevmagan bir haqiqatni aqlimizga singdirish qiyin bo‘lgani kabi, uni yuragimizga ham yetarlicha joylashtira olmaymiz. Tajriba bilan aniqlanganki, o‘quvchi o‘qituvchisini sevsa, darsni yanada yaxshi tushuna boshlaydi.Ba’zi fayzlarni qo‘lga kiritish, ba’zi ma’nolarni ruhimizga singdirish uchun muhabbat tuyg‘usining yordami zarur.Haqiqat eshiklarining inson uchun ochilishi uchun kerakli birinchi kalit — Alloh sevgisidir. Yuragida Alloh sevgisi bo‘lmagan kishi, ilohiy ilmlarning xazinalarini ocholmaydi, ularning boyliklariga yetisha olmaydi. Faqat ma’lumotga ega bo‘lish bilan kifoyalanib qolgan odam, ma’rifat egasi bo‘la olmaydi. Aqlimiz ilmlar bilan nurlanishi uchun, yuragimiz Uning sevgisi bilan yoritilgan bo‘lishi kerak.
  • Fikrat

    17 Jun 2025, 08:37

    Biz ovozimizni boricha ko‘taramiz, ba’zilari eshitmaydi — doim bir xil hikoya.İsmet Özel
  • Fikrat

    6 Jun 2025, 03:18

    #unutmaymiz_unuttirmaymiz
    13,000videoOpen in Telegram
  • Fikrat

    1 Jun 2025, 08:44

    Sinovga sabr qilish, boshiga tushgan musibatni yashirish va hech kimga shikoyat qilmaslik — bu insonning Alloh Taoloni yaxshi taniganidan dalolatdir.Imom G’azzoliy Rohimahulloh
  • Fikrat

    23 May 2025, 19:02

    forwarded from @mubashshirahmad

    #жамоатчилик_фикриУстоз Мубашшир Аҳмад билан икки марта қисқагина кўришган бўлсам-да, доим :“Фарзандларни яхши ўқитинглар, ўзингиз яшаётган жойдаги замонавий илмларни ўрганиб келиб юрт ривожига ҳисса қўшинглар”, - деб насиҳат қилганлар. Ваҳоланки, ўшанда ўзлари ҳам Туркияда яшар эдилар.Фикру - зикри доим юртининг равнақи бўлган бундай инсонларнинг жойи - юртнинг зиндонида эмас минбарларида, меҳробларида бўлишга муносиб.#mubashshir_ahmadga_ozodlik #free_mubashshir_ahmadИброҳим Муҳаммад@MubashshirAhmad
    Image from a post by FikratImage from a post by Fikrat
  • Fikrat

    23 May 2025, 02:44

    Gohida shunday nusxalarga duch kelasizki, Alloh nima uchun sabrni jannatning eshiklaridan biri qilganini ana shunda anglaysiz.Mubashshir Ahmad
  • Fikrat

    18 May 2025, 21:54

    Barcha gullarni uzib tashlashlari mumkin, ammo bahorning kelishini aslo to‘xtata olmaydilar.