Latest posts

Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
22 Sept, 13:25
forwarded from @eduuz
#XalqaroAvtomobilsizKun22-sentyabr — “Xalqaro avtomobilsiz kun”22-sentyabr – Butunjahon avtomobilsiz kun munosabati bilan barchani bir kunga avtomobildan voz kechib, piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transporti kabi “yashil” transport vositalaridan foydalanishga chaqiramiz.Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/222389👉 На русском 👉 In EnglishFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
22 Sept, 13:25
forwarded from @eduuz
#7_MilliyDasturMustaqillik — o‘z yo‘lingni tanlash imkoniyatiKimdir o‘z mahorati bilan dasturxonimizga fayz kiritadi, kimdir zamonaviy texnologiyalar orqali yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq etadi. Yana kimdir ijodi, mehnati va kasbiy mahorati bilan insonlar hayotiga go‘zallik baxsh etadi.🎥 Bugun turli kasb egalarining mustaqillikning inson hayotidagi o‘rni, yaratgan imkoniyatlari va kelajak haqidagi fikrlarini tinglaymiz.🇺🇿 Mustaqil yurtimizda o‘z kasbimiz bilan kelajakni birga yaratamiz!Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
22 Sept, 12:04
#Diqqat_muhimHurmatli professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar!Sizlarni “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tashkil etiladigan adabiy-ma’rifiy uchrashuvga taklif etamiz.🔹Uchrashuvda taniqli adiblarAshurali Jo‘rayev;Zulfiya Mo‘minova;Toshpo‘lat O‘rxunning hayoti va ijodiy faoliyati, ularning asarlari, adabiyotga qo‘shgan hissasi va ijodiy merosi haqida fikr-mulohazalar yuritiladi.✨Mazkur uchrashuv joriy yilning 14-oktabr kuni Farg‘ona davlat texnika universiteti katta majlislar zalida bo’lib o’tadiBarcha professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarni mazkur ma’rifiy uchrashuvda faol ishtirok etishga chorlaymiz!Bizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt


Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
22 Sept, 10:19edited
#JarayonFarg‘ona davlat texnika universiteti Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti talabalari ishtirokida “KAFIL-SUG‘URTA” AJ tomonidan yoshlarni sug‘urta sohasi bilan yaqindan tanishtirish, ularning kasbiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan mustahkamlash maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.🔹Uchrashuvda “KAFIL-SUG‘URTA” AJ malaka oshirish markazi direktori Sh.Mamadaliyev, “KAFIL-SUG‘URTA” AJ Farg‘ona filliali direktori M.Xakimov, fakultet dekan o‘rinbosari E.Umronov, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etishdi.📌Uchrashuv davomida talabalarga:sug‘urta sohasining bugungi kundagi o‘rni va rivojlanish istiqbollari;sug‘urta kompaniyasidagi asosiy faoliyat yo‘nalishlari;sohada talab etiladigan bilim va ko‘nikmalar;kompaniyada yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.✨Shu bilan


1,550Open in Telegram
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
22 Sept, 09:16edited
#Diqqat_muhimFarg‘ona davlat texnika universiteti talabalari diqqatiga!Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida bakalavriat va magistratura talabalari uchun davlat stipendiyalariga talabgor bo‘lish imkoniyatlari mavjud.📌Davlat stipendiyalari🔹Prezident davlat stipendiyasi Bakalavriatning bitiruvchi bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun. Oylik miqdori: 2 579 444 so‘m.🔹Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi Bakalavriatning oxirgi ikki bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun. Oylik miqdori: 1 719 629 so‘m.🔹Beruniy nomli davlat stipendiyasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, muhandislik, ishlab chiqarish va ishlov berish, arxitektura va qurilish, mehnat muhofazasi, transport xizmatlari hamda tegishli ta’lim sohalarida tahsil olayotgan bakalavriatning oxirgi ikki bosqich talabalari uchun. Oylik


Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
22 Sept, 09:07edited
#Diqqat_muhim“Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovining birinchi bosqichiga arizalar qabul qilinishini e’lon qiladi.📌Innovatsion g'oyaga qo'yiladigan talablar:🔹ilmiy dalil va asosga ega bo'lishi;🔹yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishga qaratilgan bo'lishi;🔹mavjud muammoga yechim bo'lishi;🔹startap loyihani shakllantirishga yo'naltirilgan bo'lishi.📌 Tanlov yo'nalishlariRaqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt;Moliyaviy texnologiyalar;


Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
22 Sept, 05:05
Scientific technical journal ( STJ )A scientific journal included in the list of journals approved by the Higher Attestation Commission (HAC)ISSN: 2181-1350 Country: 🇺🇿Uzbekistan Website of journal stj.fstu.uz Article submission language: EnglishIndexing: 🔍 Google scholar 🔍 Academic Resource Index 🔍Crossref 🔍Index CopernicusEach article is assigned a unique Digital Object Identifier (DOI) number.Fields of Research: 🔖Energy and Engineering Sciences 🔖Construction Engineering


Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
22 Sept, 01:24
Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdik.O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildik.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman.—Сегодня в Нью-Йорке началась 81-я сессия Генеральной Ассамблеи ООН. На её полях встретилась с Генеральным секретарём организации Антониу Гутерришем.Обсудили все важнейшие направления, которые Узбекистан и ООН развивают вместе.В это сложное для международной системы время благодарю господина Гутерриша за столь сильное




Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
21 Sept, 12:49edited
#Yangi_loyiha“TALABA MINBARI” — IQTIDORINGIZNI NAMOYON ETING!Farg‘ona davlat texnika universitetida faol, bilimli va iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning yutuq, g‘oya va tashabbuslarini keng jamoatchilikka namoyish etish maqsadida universitet Matbuot xizmati tomonidan yangi loyiha — “Talaba minbari”ga start berildi!🔹Loyihamizning ilk qahramoni — Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt fakulteti talabasi Tojidinov Azizbek Ilxomjon o‘g‘li.✨Azizbek Slovakiyada NSP (National Scholarship Programme) dasturi doirasida ishtirok etib, xalqaro tajriba va yangi bilimlarni egallash imkoniyatiga ega bo‘lgan.“Talaba minbari” — talabalar uchun o‘z fikrini erkin ifoda etish, yutuqlari bilan bo‘lishish, iste’dod va tashabbuslarini namoyon etish uchun yaratilgan imkoniyat!Balki navbatdagi qahramon — aynan SIZdir!Bizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
21 Sept, 11:25
#Yangi_loyiha“TALABA MINBARI” — IQTIDORINGIZNI NAMOYON ETING!🔹Farg‘ona davlat texnika universitetida faol, bilimli va iste’dodli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidori, g‘oya va tashabbuslarini keng jamoatchilikka namoyish etishga qaratilgan yangi loyiha — “Talaba minbari”ga start berilmoqda!✨ Bu minbar — sizning imkoniyatingiz! O‘z fikringizni ayting, iste’dodingizni ko‘rsating, g‘oyangiz bilan boshqalarga ilhom bering!Keyingi qahramon aynan SIZ bo‘lishingiz mumkin!Bizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
21 Sept, 09:32edited
#FDTU_OAV_nigohidaFarg'ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyevning "Muhandislik ta'limining yangi qiyofasi” nomli maqolasi "Yangi O'zbekiston yoshlari" jurnalining navbatdagi sonida chop etildi.Maqolani o'qishBizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt


Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
21 Sept, 08:41
#FDTU_OAV_nigohidaAxborot 24| O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Markaziy Osiyo+Koreya Respublikasi” sammitidagi ishtiroki yuzasidan Farg'ona davlat texnika universiteti professori Ibrohim Ismanov o'z munosabatini bildirib o'tdi.Bizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
21 Sept, 04:44
forwarded from @eduuz
“Kelajak soati” darsida navbatdagi mavzu: Jamiyatda yashash qoidalari: ijtimoiy odob va mas’uliyatDars ssenariysi Dars taqdimoti1-kontent: “Yaponlarga bir ogʻiz gap kifoya” – professor mulohazalari 2-kontent: Vaqt va talabalar 3-kontent: “Afandining gapi toʻgʻri...”mi? 4-kontent: Bir asrlik binoning yangi umri – Zamonaviy san’at markazidamiz!Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
19 Sept, 14:25
forwarded from @vazirotfiv
Prezident: Qoraqalpogʻistonda yoshlarni zamonaviy kasblarga yoʻnaltirishga alohida eʼtibor qaratiladiPrezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Nukus shahrida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Yigʻilishda yoshlarni zamonaviy kasblarga yoʻnaltirish, ularga mehnat bozori talablariga mos bilim va koʻnikmalar berish, texnik taʼlim sifatini oshirish boʻyicha muhim vazifalar belgilandi.Xususan, bir yilda 1 ming, kelgusi ikki yilda yana 5 ming yoshni axborot texnologiyalari va logistika sohasida yuqori daromadli ish bilan taʼminlash vazifasi qoʻyildi.Shuningdek, olis hududlardagi yoshlarga axborot texnologiyalarini oʻrgatish uchun kamida 10 nafar iqtidorli vatandoshni jalb etib, tegishli loyihalarni amalga oshirish topshirildi.Texnik taʼlimda xalqaro tajribani kengaytirishga ham alohida eʼtibor qaratildi.Bugungi




Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
19 Sept, 12:18
forwarded from @fvhokimligi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Nukus shahrida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Shu bilan Prezidentimiz Qoraqalpog‘istonga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X




Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
12 Sept, 09:40
forwarded from @eduuz
#SoglomHayot #NarkotiklargaQarshimizGiyohvandlik organizmni yemiradi⚠️ Bir lahzalik “zavq” — salomatlik va kelajak evaziga bo‘lmasin. Giyohvandlikka qarshi kurash — sog‘lom kelajak uchun kurash!Batafsil...Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
12 Sept, 09:38
#Diqqat_muhimFarg‘ona davlat texnika universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilarini o‘zbek tilining nufuzi va mavqeini oshirishga qaratilgan “Jonajon o‘zbek tilim” tanlovida faol ishtirok etishga chorlaymiz!Tanlov yo‘nalishlari:— O‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlari, muammo va yechimlariga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy tadqiqot; — O‘zbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot; — O‘zbek tilining boy imkoniyatlarini tarannum etgan eng yaxshi badiiy-ijodiy asar; — Davlat tili bo‘yicha OAVda e’lon qilingan eng yaxshi material; — O‘zbek tili targ‘ibotiga bag‘ishlangan eng yaxshi videorolik; — O‘zbek tilini xalqaro miqyosda ommalashtirishga xizmat qiluvchi eng yaxshi amaliy ish; — O‘zbek tilining xorijlik do‘stlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi ilmiy-ijodiy ish.Loyihalar 20-avgustdan 20-sentabrgacha qabul qilinadi.Tanlovda yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib ishtirok etish mumkin. G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.Ishtirok etish uchun nomzod haqidagi ma’lumotlar hamda ishning elektron nusxasi:— Uz_til_jamgarma@umail.uz — @Jonajontilim_bot orqali yuboriladi.Tanlov Farg‘ona davlat texnika universiteti jamoasi uchun ham ijodiy va innovatsion g‘oyalarni namoyon etish uchun ajoyib imkoniyat!Bizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt


Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
12 Sept, 09:14
forwarded from @eduuz
#Mirziyoyev #Olmazor #talabalar #taqdimotPrezident Shavkat Mirziyoyevga talabalar shaharchasidagi yangi raqamli xavfsizlik tizimi taqdim etildiPrezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishish chogʻida talabalar shaharchasida xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan yangi raqamli tizim bilan tanishdi.Talabalar shaharchasida tashkil etilgan vaziyatlar markazi orqali hududdagi holatni real vaqt rejimida kuzatish, turli maʼlumotlarni yagona tizimda jamlash va tezkor tahlil qilish imkoniyati yaratildi.Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/218393👉 На русском 👉 In EnglishFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
12 Sept, 08:57
#Ilmiy_anjumanFarg‘ona davlat texnika universitetida Respublika ilmiy-texnikaviy anjumani o‘tkazildi🔹2026-yil 11–12-sentyabr kunlari Farg‘ona davlat texnika universitetida “Kimyoviy texnologiya va mineral resurslardan samarali foydalanishning ilmiy, innovatsion yechimlari” mavzusida Respublika ilmiy-texnikaviy anjumani bo‘lib o‘tdi.Jarayonlar haqida batafsil videolavha orqali tanishingJarayondan fotolavhalarBizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati
12 Sept, 05:19
#Yangi_loyiha🎬 Media olamida o‘z ijodiy qobiliyatingizni namoyon etishga tayyormisiz?Farg‘ona davlat texnika universiteti Matbuot xizmati media sohasiga qiziqadigan, kreativ va iste’dodli talabalarni yangi loyihaga taklif etadi!🌟 Ijod uchun cheksiz imkoniyatlar: Yangi g‘oyalar yaratish, ularni amalga oshirish va universitet hayotini kreativ yondashuv orqali yoritish imkoniyatiga ega bo‘ling!📸 Kamera va ijod: Kamera va mikrofon bilan ishlashga qiziqasizmi? Operatorlik, mobilografiya va videokontent yaratish bo‘yicha amaliy tajriba orttiring.SMM yo‘nalishi: Ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash, kreativ kontent yaratish, post va videolar orqali auditoriya e’tiborini jalb qilish ko‘nikmalarini rivojlantiring.🎙️ Media va kommunikatsiya: Kadr oldida chiqish, intervyu olish, ovozli kontent yaratish va jurnalistik ko‘nikmalaringizni yanada rivojlantiring.Farg‘ona davlat texnika universiteti Matbuot xizmati bilan birgalikda yangi loyihalar yarating, tajriba orttiring va media olamidagi o‘z yo‘lingizni boshlang!Ushbu guruhga qo’shiling👉 https://t.me/medialoyiha2026Bizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
