Latest posts

HR_blog_uz
22 Sept, 13:42
forwarded from @mehnatvazirligi
🔤🔤🔤🔤🔤🔵 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-sentyabrdagi 505-son qarori bilan mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar to‘g‘risida xabar berish, tekshirish va hisobga olish hamda uning oqibatida yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash sohasida yangi tartiblar belgilandi.➡️ Mazkur qaror bilan quyidagi ikki ta muhim hujjat tasdiqlandi: “Mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar to‘g‘risida xabar berish, tekshirish va hisobga olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom; “Xodimning mehnatda mayib bo‘lishi va (yoki) kasb kasalligi tufayli hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash qoidalari”.➡️ Yang


HR_blog_uz
22 Sept, 11:30
📌 Eski ish stajingiz YAMMTda ko‘rinmayaptimi?Mehnat daftarchangizdagi avvalgi ish joylari haqidagi ma’lumotlar hozirgi ish joyingizdagi HR yoki kadrlar xodimi orqali YAMMTga kiritilishi mumkin.2005-yilgacha bo‘lgan staj mehnat daftarchasi asosida kiritiladi, 2005-yildan keyingi davr bo‘yicha esa avvalgi ish beruvchiga elektron so‘rov yuboriladi.⏳ So‘rovga 10 kun ichida javob berilishi kerak.Yopilgan yoki tugatilgan tashkilotlarda ishlaganlar bo‘yicha tartibni esa navbatdagi postda tushuntiraman.📱 Telegram 📱 Instagram 📱YouTube 🌐 Sayt
HR_blog_uz
22 Sept, 07:49edited
TAYINLOVKambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, Ahmedov Olimxo‘ja Muxametxon o‘g‘li Namangan viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.📱 Telegram 📱 Instagram 📱YouTube 🌐 Sayt


HR_blog_uz
22 Sept, 07:38
📌 Davlat tashkilotlarida HR xodimiga yangi yo‘nalish bo‘yicha vazifa yuklatiladi PQ–345-son qarorning 7-bandiga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlarida inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish yoki kadrlar bilan ishlashga mas’ul xodimlar orasidan
HR_blog_uz
22 Sept, 06:59
📌 Davlat tashkilotlarida HR xodimiga yangi yo‘nalish bo‘yicha vazifa yuklatiladiPQ–345-son qarorning 7-bandiga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlarida inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish yoki kadrlar bilan ishlashga mas’ul xodimlar orasidan kamida bir nafar xodim belgilanadi.Unga mehnat sohasida tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi vazifalar yuklatiladi:✅ “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” portalini yuritish;✅ ushbu yo‘nalishda qisqa trening kurslarini tashkil etish.Ya’ni, mazkur yo‘nalish bo‘yicha alohida mas’ul xodim aynan HR/kadrlar tizimi ichidan belgilanadi.📱 Telegram 📱 Instagram 📱YouTube 🌐 Sayt
HR_blog_uz
22 Sept, 06:27
Qatnashmoqchimisiz? Hozirdan ro‘yxatdan o‘ting: 1️⃣ Ro‘yxatdan o‘tish anketasini to‘ldiring. 2️⃣ So‘ng @Inoyatov_mirjalol manziliga «HR kurs — anketani to‘ldirdim» deb yozing. Kurs va to‘lov shartlari bo‘yicha batafsil ma’lumot beraman.



HR_blog_uz
22 Sept, 04:06

HR_blog_uz
22 Sept, 04:06
🌱 Kunlik bilim loyihasi — SeshanbaJamoada ishonch va psixologik xavfsizlik muhitini yaratishXodim hisobotdagi xatoni sezdi — lekin indamadi: “aytsam, ayblashadi” deb. Natijada xato yuqoriga ketdi. Bu kuchsiz xodimdan emas, kuchsiz muhitdan.Bugun ishonch quruvchi muhitni o‘rganamiz: ✅ Fikr so‘rang: “Sizningcha qanday? Boshqacha ko‘rgan bo‘lsangiz, ayting.” ✅ Xatoni dars deb ko‘ring: “Kim aybdor?” emas — “nima o‘rgandik?” ✅ “Bilmayman”ni normallashtiring — savol berish zaiflik emasIlova qilingan taqdimot va ma’ruza bilan tanishing. Amaliy varaqni chop etib, jamoadagi ishonch quruvchi xatti-harakatlaringizni bir hafta kuzatib boring.Eslatma: ishonch sekin quriladi, tez buziladi. Har bir to‘g‘ri munosabat — uning bir g‘ishti. 🤝Ilmiy asos: Amy Edmondson (Garvard) · Google — Project Aristotle.📱 Telegram 📱 Insta
HR_blog_uz
21 Sept, 04:06

HR_blog_uz
21 Sept, 04:05
🎯 Kunlik bilim loyihasi - DushanbaSohaning asosiy tushuncha va ko‘rsatkichlarini bilishQaysi bo‘limda ishlashingizdan qat’i nazar, ishingizda bir xil so‘zlarga duch kelasiz: “band aholi”, “ishsizlik darajasi”, “kambag‘allik chegarasi”, “ijtimoiy reestr”. Bularni aniq bilmaslik — hujjatda xato, hisobotda chalkashlik va fuqaroga ishonchsiz javob demakdir.Bugun sohaning tilini o‘rganamiz: ✅ “3 savol” usuli: Nima? → Qanday aniqlanadi? → Nega muhim? (har qanday atamani tez tushunish yo‘li) ✅ Asosiy tushunchalar — har biri bir jumlada: band aholi, ishsizlik darajasi, rasmiy/norasmiy bandlik, kambag‘allik darajasi, “Temir daftar” ✅ 60 soniyalik tushuntirish: tushunchani fuqaroga sodda tilda, murakkab so‘zsiz ayta olishIlova qilingan taqdimot va ma’ruza bilan tanishing. Amaliy varaqni chop etib, bitta atamani “3 savol” bilan yozib chiqing va hamkasbingizga tushuntirib bering.Eslatma:
HR_blog_uz
18 Sept, 12:03
📚 “Kunlik bilim” — 6-haftaNavbatdagi hafta mavzusi: Kasbiy ishonch va mas’uliyat. Bu hafta xodimning kundalik faoliyatida juda muhim bo‘lgan — aniqlik, ishonch, to‘g‘ri qaror va professional halollik mavzulariga e’tibor qaratamiz.📌 21-sentabr, dushanba Sohaning asosiy tushuncha va ko‘rsatkichlarini bilish Xodim vazirlik faoliyatining asosiy atama va ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri, sodda va ishonchli tushuntira olishi kerak.📌 22-sentabr, seshanba Jamoada ishonch va psixologik xavfsizlik muhitini yaratish Fikr va xatolarni yashirmasdan bildirish, jamoada o‘zaro ishonchni kuchaytirish.📌 23-sentabr, chorshanba Tezkor va noaniq sharoitda asosli qaror qabul qilish To‘liq ma’lumot bo‘lmagan vaziyatlarda ham keraksiz ikkilanishsiz, o‘z vaqtida va oqilona qaror chiqarish.📌 24-sentabr, payshanba Professional halollik va manfaatlar to‘qnashuvidan saqlanish Manfaatlar to‘qnashuvini o‘z


HR_blog_uz
18 Sept, 07:08
📚 “Kunlik bilim” — 14–18-sentabr bo‘yicha fikrlar (1-qism)💬 “Xodim tomonidan amaliyotda qo‘llagan o‘z g‘oyasini boshqa xodimlar bilan almashish imkoniyatini yaratishni taklif qilaman.” O. Mamatqulov, Buxoro viloyati;💬 “Kunlik bilim loyihasida xodimning bilimi va mas’uliyati oshib boradi.” T. Nizomov, Andijon viloyati;💬 “Menga juda yoqdi. Ish jarayonida fuqarolar bilan munosabatda juda foydali ekan.” J. Mustafakulova, Qashqadaryo viloyati;💬 “Kunlik bilim loyihasi doirasida joylashtirilgan darslar mazmunli, tushunarli va amaliy jihatdan foydali bo‘ldi. Darslar orqali yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldim. Tashkilotchilarga rahmat.” J. Uralov, Toshkent viloyati;💬 “Juda katta qiziqish bilan o‘qidim. 30 yillik tajribamdan xulosa aytaman. Yosh kadrlar uchun juda KERAKLI. Faqat inglizcha joylarini eslab qolishim qiyinroq kechdi. Kadrlarni ishga olishda test sifatida


HR_blog_uz
18 Sept, 04:15
📢 HURMATLI KUZATUVCHILAR!Bugun kun davomida "Kunlik bilim" loyihasi bo'yicha 14–17 sentabr kunlari joylashtirilgan darslar asosida bilim testi o'tkaziladi.📚 Test 4 ta mavzuni qamrab oladi:Fuqarolar bilan ishlash va xizmat sifati:- Birinchi taassurot va professional muomala;- Yozma javoblarda sodda va aniq til;- Norozi/asabiylashgan fuqaro bilan ishlash;- Xizmat sifatini kundalik ishda doimiy yaxshilash✅ Jami 20 ta savol, har biri 5 ball — umumiy 100 ball. 🎯 O'tish bali — 56 ball.⏰ Testni bugun soat 17:00 ga qadar topshirish mumkin.
HR_blog_uz
18 Sept, 04:05
🔁 Takrorlash vaqti!«Kunlik bilim» loyihasining 5-haftasida fuqarolar bilan ishlash va xizmat sifati yo‘nalishida quyidagi mavzularni o‘rgandik:🤝 Birinchi taassurot va professional muomala ✍️ Yozma javoblarda sodda va aniq til 🕊 Norozi fuqaro bilan LAST modeli asosida ishlash 🎯 PDCA orqali xizmat sifatini yaxshilash📌 Juma kungi bilim testidan oldin takrorlash kartasini diqqat bilan ko‘rib chiqing va asosiy g‘oyalarni yana bir bor eslab oling.Bilimni takrorlang, amalda qo‘llang va testda yuqori natija qayd eting! ✅📱 Telegram 📱 Instagram 📱YouTube 🌐 Sayt


HR_blog_uz
17 Sept, 13:00
🎉 Mehnat xavfsizligi jamoasini yangi hukumat qarori loyihasi tasdiqlangani bilan tabriklaymiz!Xabaringiz bor, mehnat xavfsizligi yo‘nalishida so‘nggi ikki yil davomida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, sohani tizimli tartibga solish, mehnat xavfsizligini ta’minlash va mavjud mexanizmlarni takomillashtirishga qaratilgan qator muhim hujjatlar qabul qilindi.Mazkur hukumat qarori ham ushbu islohotlarning mantiqiy davomi hisoblanadi.Yangi hujjat sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar yaratib, mehnat xavfsizligi tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonamiz.Mehnat xavfsizligi yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan barcha hamkasblarimizni ushbu muhim yangilik bilan tabriklaymiz!Hurmat bilan, HRBLOG.UZ jamoasi📱 Telegram 📱 Instagram
HR_blog_uz
17 Sept, 11:39
forwarded from @mehnat_xavfsizligi1
Inshaalloh, yo‘limiz ochiq, yuzimiz yorugʻ, qalbimiz xotirjam, soʻzimiz oʻtkir, nasibamiz esa go‘zal bo‘lsin.✅ Yutuqlarimizdan bezovta bo‘ladigan ko‘zlardan asrasin.📃Yangiliklar hammamizga xayrli kelsin va baxtsiz hodisalar boʻlmasin.🕊Telegram 📸Instagram 📱Facebook 📺Youtube
HR_blog_uz
17 Sept, 09:31
⚠️ Tashkilotingizda 20 nafardan ortiq xodim ishlaydimi? Unda bu muddatlarni o‘tkazib yubormang!«Aholi bandligi to‘g‘risida»gi Qonunning 39-moddasiga ko‘ra, xodimlarining ro‘yxatdagi o‘rtacha soni 20 nafardan ortiq bo‘lgan tashkilotlar aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yishi kerak.Zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlarining umumiy soni tashkilotdagi xodimlar o‘rtacha sonining 7 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Shundan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ajratiladigan ish o‘rinlari kamida 3 foizni tashkil etishi lozim.📌 Tashkilotlar har yili:— 1-sentabrga qadar kelgusi yil uchun zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlari sonini lavozimlar kesimida belgilaydi;— 15-sentabrga qadar bu haqdagi ma’lumotlarni mahalliy mehnat organiga taqdim etadi.Shundan so‘ng:— mahalliy mehnat organi 1-oktabrga qadar takliflarni tuman yoki shahar Kengashiga
HR_blog_uz
17 Sept, 04:06

HR_blog_uz
17 Sept, 04:05
🎯 Kunlik bilim loyihasi — PayshanbaXizmat sifatini kundalik ishda doimiy yaxshilash"Xizmat sifatini oshiring" degan ko'rsatma ko'pincha hech narsani o'zgartirmaydi — u juda umumiy. Haqiqiy yaxshilanish kichik, sinab ko'rilgan tuzatishlar orqali keladi. Bugun buni tizimga aylantirishni o'rganamiz — PDCA:✅ Plan — kichik muammoni aniqlang, bitta g'oya tuzing✅ Do — g'oyani kichik miqyosda (bir hafta) sinab ko'ring✅ Check — natijani o'lchang: yaxshilanish bo'ldimi?✅ Act — ishlasa joriy qiling, ishlamasa qayta ko'ringIlova qilingan taqdimot va ma'ruza bilan tanishing. Amaliy varaqdagi PDCA jadvalini shu hafta bitta muammoga qo'llang.Eslatma: Katta islohot kutmang — har hafta bitta kichik tuzatish yil davomida katta o'zgarishga aylanadi. 🔄Ilmiy asos: Deming (PDCA / Shewhart Cycle) · Kaizen falsafasi.
HR_blog_uz
16 Sept, 10:12
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
