Latest posts

"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
22 Sept, 09:32
🟢 International Union of Pure and Applied Chemistry (IUPAC) – Sof va amaliy kimyo xalqaro ittifoqi✅ Bugungi ilm-fanda kimyoviy ma’lumotlar tobora ko‘proq raqamli muhitda yaratilmoqda, saqlanmoqda va almashilmoqda.✅ IUPAC kimyoviy tuzilmalar, nomenklatura, terminologiya va ilmiy ma’lumotlarni raqamli muhitda standartlashtirish yo‘nalishiga ham katta e’tibor qaratmoqda.✅ Bu esa turli ilmiy tizimlar o‘rtasida ma’lumot almashish, ularni topish, qayta ishlash va qayta foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.➡️ https://t.me/Ilmfanjurnali/1080 ➡️ https://t.me/Ilmfanjurnali/1081 ➡️ https://t.me/Ilmfanjurnali/1083 ➡️ https://t.me/Ilmfanjurnali/1084 ➡️ https://t.me/Ilmfanjurnali/1085Facebook | Telegram | Web | Instagram


"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
21 Sept, 05:24
🟢 International Union of Pure and Applied Chemistry (IUPAC) – Sof va amaliy kimyo xalqaro ittifoqi✅ Yangi kimyoviy elementlarning xalqaro miqyosda tan olinishi va nomlanishi hamda Mendeleyev davriy jadvaliga kiritilishi ham IUPAC faoliyati bilan bog‘liq.✅ Yangi element kashf etilgach, uning nomi va belgisi bo‘yicha ilmiy jarayon amalga oshiriladi. IUPAC esa elementlarga nom berish va ularning belgilarini tasdiqlash, shuningdek, ularni xalqaro miqyosda tan olish hamda Mendeleyev davriy jadvaliga kiritish jarayonida muhim vakolatga ega.➡️ https://t.me/Ilmfanjurnali/1080 ➡️ https://t.me/Ilmfanjurnali/1081 ➡️ https://t.me/Ilmfanjurnali/1083 ➡️ https://t.me/Ilmfanjurnali/1084Facebook | Telegram | Web | Instagram


"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
18 Sept, 04:40edited
🟢 International Union of Pure and Applied Chemistry (IUPAC) – Sof va amaliy kimyo xalqaro ittifoqi✅ IUPACning mashhur ilmiy resurslaridan biri – Gold Book (Compendium of Chemical Terminology) kimyo terminlarining “oltin kitobi” hisoblanadi.✅ Unda kimyo faniga oid minglab tushuncha va atamalarning standartlashtirilgan ta’riflari jamlangan.✅ Bu resurs olimlar, tadqiqotchilar, o‘qituvchilar va talabalar uchun kimyoviy terminlarning aniq ma’nosini tushunishda muhim qo‘llanma sanaladi.➡️ https://t.me/Ilmfanjurnali/1080 ➡️ https://t.me/Ilmfanjurnali/1081 ➡️ https://t.me/Ilmfanjurnali/1083Facebook | Telegram | Web | Instagram


"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
15 Sept, 10:18
🟢 International Union of Pure and Applied Chemistry (IUPAC) – Sof va amaliy kimyo xalqaro ittifoqi✅ IUPAC tashkiloti – kimyo fanida aniqlik, izchillik va xalqaro ilmiy hamkorlikni ta’minlash kabi muhim vazifalarni ham bajaradi. Jumladan: · kimyoviy nomenklatura va terminologiyani rivojlantiradi; · o‘lchash usullarini standartlashtirishga hissa qo‘shadi; · atom massalari va izotoplar haqidagi ma’lumotlarni baholaydi; · kimyoviy ma’lumotlarni taqdim etishning yagona usullarini ishlab chiqadi; · ilmiy va ta’limiy resurslar yaratadi; · xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantiradi. ➡️ https://t.me/Ilmfanjurnali/1080 ➡️ https://t.me/Ilmfanjurnali/1081Facebook | Telegram | Web | Instagram


"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
14 Sept, 11:12
📣📣📣 E'lon!!!“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish – Наука и инновационное развитие – Science and Innovative Development" ilmiy-texnikaviy jurnalining 2026-yil 5-soni uchun maqolalar yetarlicha to‘planganligi sababli maqola qabul qilish to‘xtatildi.Facebook | Telegram | Web | Instagram


"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
11 Sept, 05:55
🟢 International Union of Pure and Applied Chemistry (IUPAC) – Sof va amaliy kimyo xalqaro ittifoqi✅ IUPAC nomenklaturasi bugungi zamonaviy kimyoning muhim asoslaridan biridir.✅ Bir xil kimyoviy birikma turli mamlakatlarda turlicha nomlanishi mumkin. Bu esa olimlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi va ilmiy natijalarni taqqoslashda qiyinchilik tug‘diradi. IUPAC nomenklaturasi ana shu muammoni hal qilishga xizmat qiladi. Yagona nomlash qoidalari: · olimlar o‘rtasida tushunishni osonlashtiradi; · ilmiy ma’lumotlarni taqqoslash imkonini beradi; · ta’lim jarayonini tartibga soladi; · kimyo sanoatida aniq va izchil axborot almashinuvini ta’minlaydi. ➡️ https://t.me/Ilmfanjurnali/1080Facebook | Telegram | Web | Instagram


"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
10 Sept, 10:13
🟢 International Union of Pure and Applied Chemistry (IUPAC) – Sof va amaliy kimyo xalqaro ittifoqi✅ International Union of Pure and Applied Chemistry (IUPAC) rasman 1919-yil 28-iyulda tashkil etilgan.✅ IUPAC tashkil etilishidan oldin kimyo mutaxassislari o‘rtasida yagona nomenklatura va ilmiy standartlarga ehtiyoj mavjud edi. Tashkilot kimyo fanida nomlar, belgilar, o‘lchovlar va ilmiy ma’lumotlarni xalqaro miqyosda standartlashtirish maqsad qilgandi.✅ Bugungi kunda IUPAC faoliyati tufayli turli mamlakatlarda kimyoviy moddalar va jarayonlarni yagona mezonlar asosida ifodalash imkoniyati yaratilgan.✅ Ayni paytda ham IUPAC kimyoviy nomenklatura, terminologiya, o‘lchov standartlari va ilmiy ma’lumotlarni xalqaro miqyosda birxillashtirish bilan shug‘ullanadi.Facebook | Telegram | Web | Instagram


"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
9 Sept, 09:30
🟢 AXBOROT RESURSLARI BILAN ISHLASHDA XALQARO ILMIY BAZALARNING O‘RNI TA’KIDLANDI✅ O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida “Axborot resurslari bilan ishlashda Scopus, Web of Science va Springer Nature kabi xalqaro bazalaridan foydalanish amaliyotini rivojlantirish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.✅ Ushbu o‘quv seminari “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da belgilangan ustuvor vazifalar hamda odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirishga oid chora-tadbirlar doirasida tashkil etildi.Batafsil: ➡️ https://ilm-fan-jurnal.csti.uz/news/f1ccc880-59d7-4ee0-a156-c1b2228200d6Facebook | Telegram | Web | Instagram




"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
8 Sept, 10:20edited
🟢 IUPAP – International Union of Pure and Applied Physics – Sof va amaliy fizika xalqaro ittifoqi✅ Tashkilotning “Physics Outside Academia” yo‘nalishi akademik muhitdan tashqarida faoliyat yuritayotgan fiziklarni ham qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Bugungi kunda fizik mutaxassislar texnologik kompaniyalar, sanoat korxonalari, kosmik tadqiqotlar, energetika sohasi, tibbiyot, ilg‘or texnologiyalar va innovatsion loyihalarda faoliyat yuritmoqda.✅ IUPAP fiziklar va akademik bo‘lmagan ilmiy-texnologik muhit o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirish orqali fizikaning amaliy imkoniyatlarini yanada kengaytirishga intiladi.✅ CERN, IBM Research kabi yirik ilmiy va texnologik tashkilotlar bilan bog‘liq mutaxassislarning bunday tashabbuslarda ishtirok etishi ham fizikaning zamonaviy iqtisodiyot va texnologiyalar bilan qanchalik chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatadi.➡️ https://t.me/Ilmfanjurnali/10
"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
4 Sept, 11:00
forwarded from @innovatsion_rivojlanish
#Ijtimoiy_rolik🗣Ilm avvalo, halollik, vijdon va mas’uliyat!Birovning ilmiy g‘oyasi, tadqiqoti yoki natijasini o‘z nomingizdan taqdim etish — oddiy xato emas. Bu ilmiy mehnatga, muallif huquqiga va ilm-fanning o‘ziga nisbatan hurmatsizlikdir.Haqiqiy olim o‘zgalar mehnatiga da’vo qilmaydi. U o‘z izlanishi, o‘z g‘oyasi va o‘z mehnati bilan ilmga hissa qo‘shadi. Chunki ilmda eng katta yutuq natija emas, unga halol mehnat bilan erishishdir.⏺O‘zganning ilmiy mehnatiga da’vogarlik qilmang! Ilmda halol bo‘ling!Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
4 Sept, 10:40
📣📣📣 “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish – Наука и инновационное развитие – Science and Innovative Development” ilmiy jurnalining 2026-yil 5-soniga maqolalar qabuli boshlandi.❗️Jurnalda maqolalar oʻzbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida nashr etiladi. ❗️Oʻzbek tilidagi maqolalar faqat lotin alifbosida qabul qilinadi.📞 Mualliflar ilmiy maqolalarni ilm.fan@inbox.ru pochtasi yoki +998 99 373-90-35 telegram raqamiga yuborishlari mumkin.‼️Ilmiy maqolalar jurnalga qo‘yilgan talablarga muvofiq yozilgan bo‘lishi lozim.Maqolalar qabul qilingan kundan boshlab 30 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.📌 Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasining TEXNIKA FANLARI bo‘yicha chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlari ro‘yxatiga kiritilgan.❗️Jurnalga faqat TEXNIKA fanlaridan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida yozilgan maqolalar qabul qilinadi.‼️ Jurnalda


"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
4 Sept, 07:23
📣📣📣 “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” ilmiy-texnikaviy jurnalining 2026-yil 4-soni nashrga topshirildi.Facebook | Telegram | Web | Instagram


"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
4 Sept, 05:50
🟢 IUPAP – International Union of Pure and Applied Physics – Sof va amaliy fizika xalqaro ittifoqi✅ IUPAP fizika ta’limini rivojlantirishni o‘zining muhim vazifalaridan biri sifatida belgilagan. Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda fizika ta’limini mustahkamlash va uning sifatini oshirish tashkilot faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.✅ IUPAP fizika sohasida xilma-xillik va inklyuzivlik (diversity and inclusion) tamoyillarini ilgari suradi.✅ Tashkilot ayollarning fizikadagi ishtirokini kengaytirish, ilm-fanda yetarlicha vakillikka ega bo‘lmagan guruhlar uchun imkoniyatlarni oshirish, yosh avlodni fizika faniga jalb etish, xalqaro ilmiy hamjamiyatda teng imkoniyatlarni rivojlantirishga intiladi.➡️ https://t.me/Ilmfanjurnali/1064 ➡️ https://t.me/Ilmfanjurnali/1066 ➡️ https://t.me/Ilmfanjurnali/1069 ➡️ https://t.me/Ilmfanjurnali/1070Facebook | Telegram | Web | Instagram


"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
3 Sept, 05:36
🟢 IUPAP – International Union of Pure and Applied Physics – Sof va amaliy fizika xalqaro ittifoqi✅ IUPAP o‘z faoliyatida ilmiy faoliyatini endi boshlayotgan fiziklarni (early-career physicists) qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratadi. Yosh olimlar uchun xalqaro konferensiyalar, ilmiy uchrashuvlar va professional hamkorlik imkonini beradi.✅ IUPAPning turli komissiyalari orqali yosh tadqiqotchilar o‘z yo‘nalishidagi xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan yaqindan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.✅ Tashkilot olimlarning ilmiy yutuqlarini e’tirof etuvchi xalqaro mukofotlarni ham taqdim etadi. Jumladan, yosh olimlar uchun maxsus Early Career Scientist Award mukofoti ilmiy faoliyatining dastlabki bosqichida katta natijalarga erishayotgan tadqiqotchilarni rag‘batlantirishga qaratilgan.➡️ https://t.me/Ilmfanjurnali/1064 ➡️ https://t.me/Ilmfanjurnali/1066 ➡️ https://t.me/Ilmfanjur


"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
2 Sept, 06:50edited
🟢 IUPAP – International Union of Pure and Applied Physics – Sof va amaliy fizika xalqaro ittifoqi✅ Fizika – yaxlit bir fan bo‘lsa-da, uning ichida o‘nlab maxsus yo‘nalishlar mavjud. IUPAP ana shu turli yo‘nalishlardagi xalqaro ilmiy hamjamiyatlarni o‘zaro bog‘lab turadi.✅ IUPAP faoliyati zarrachalar va maydonlar fizikasi, astrozarralar fizikasi, kondensatsiyalangan muhit fizikasi, plazma fizikasi, atom va molekulyar fizika, statistik fizika, hisoblash fizikasi, matematik fizika, fizika ta’limi hamda taraqqiyot uchun fizika kabi ko‘plab yo‘nalishlarni qamrab oladi. Bunday keng qamrov fizikaning zamonaviy fanlar tizimidagi o‘rnini alohida ta’kidlaydi.✅ Bugungi kunda ko‘plab ilmiy yangiliklar aynan turli fanlar kesimida paydo bo‘lmoqda. Fizika kimyo, biologiya, tibbiyot, matematika, muhandislik, astronomiya va kompyuter fanlari bilan tobora yaqinlashmoqda. Shuning uchun IUPAP boshqa
"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
1 Sept, 04:03
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!✅ Hurmatli yurtdoshlar! Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik shonli bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!✅ Bugun Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida ilm-fan, ta’lim, innovatsiya va zamonaviy texnologiyalar muhim o‘rin egallamoqda. Yosh olimlar, tadqiqotchilar, ixtirochilar va innovatorlarning yangi g‘oyalari, ilmiy izlanishlari va amaliy ishlanmalari mamlakatimizning kelajagi uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va farovonlik tilaymiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, ilm-fanimiz va innovatsion salohiyatimiz yanada yuksalib, O‘zbekistonimizning dunyodagi nufuzi tobora ortib borsin! 🎉Barchamizga Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!📌«Ilm-fan va innovatsion rivojlanish» jurnali tahririyatiF


"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
29 Aug, 07:16
🎥 “Muallif minbari”🎙Nazirova Yayra Kasimovna – Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi, farmatsevtika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent‼️Ushbu tadqiqot asosida bir guruh olim va tadqiqotchilar bilan hammualliflikda yozilgan “Dorivor o‘simliklаr аsosidа olingаn mаhаlliy sitostаtiklаrning sаrаtongа qаrshi fаolligini o‘rgаnish nаtijаlаri” sarlavhali maqolani “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2026-yil 4-sonida o‘qishingiz mumkin.👉 https://t.me/Ilmfanjurnali/1045Facebook | Telegram | Web | Instagram
"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
28 Aug, 04:59
🟢 IUPAP – International Union of Pure and Applied Physics✅ IUPAP – nafaqat fiziklar uyushmasi, balki fizikaning global rivojlanishini qo‘llab-quvvatlovchi xalqaro ilmiy platforma hamdir.✅ Ittifoqning asosiy maqsadlari qatoriga fizika fanini butun dunyoda rivojlantirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish, fizika ta’limini, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda, takomillashtirish, olimlarning erkin ilmiy hamkorligi va ilmiy ma’lumotlardan ochiq foydalanish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash, ilm-fanda ayollarning ishtirokini kengaytirish, ilmiy faoliyatini endi boshlayotgan tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash, akademik soha, sanoat va texnologik sektor o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, o‘lchov birliklari, belgilar, nomenklatura va standartlar bo‘yicha xalqaro kelishuvlarni rivojlantirish kiradi.➡️ https://t.me/Ilmfanjurnali/1064Facebook | Telegram | Web |


"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
27 Aug, 04:36edited
🟢 IUPAP – International Union of Pure and Applied Physics✅ IUPAP – Sof va amaliy fizika xalqaro ittifoqi 1922-yilda Bryusselda (Belgiya) 13 ta davlat ishtirokida tashkil etilgan. Oradan bir yil o‘tib, 1923-yilda Parijda uning birinchi Bosh assambleyasi o‘tkazilgan.✅ Tashkilotning ilk prezidenti britaniyalik fizik Sir William Henry Bragg bo‘lgan. U 1915-yilda fizika bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan olim sifatida IUPAP tarixida ham alohida o‘rin tutadi.✅ Tashkilot fizikaning jahon miqyosida rivojlanishi va uning insoniyat taraqqiyotidagi rolini kuchaytirishga xizmat qiladi.Facebook | Telegram | Web | Instagram


"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
26 Aug, 10:29edited
🟢 International Council for Philosophy and Human Sciences (CIPSH) – Falsafa va gumanitar fanlar xalqaro kengashi✅ CIPSH faqat ilmiy tashkilotlarni birlashtirish bilan cheklanmaydi. U gumanitar fanlardagi xalqaro ilmiy muloqotni ilmiy nashrlar orqali ham qo‘llab-quvvatlaydi.✅ CIPSH muassisligida “Diogenes” ilmiy jurnali nashr etiladi. “Diogenes” – qadimgi yunon faylasufi Diogen nomidan olingan.“Diogenes” nomi shuningdek mustaqil fikrlash, haqiqatni izlash va inson hayotini tanqidiy anglash ramzi sifatida ham talqin qilinadi.✅ Jurnal 1952-yilda Roger Caillois tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, ingliz, fransuz va xitoy tillarida nashr etiladi. U falsafa, gumanitar fanlar va madaniyatlararo ilmiy muloqot uchun xalqaro maydon vazifasini bajarib kelmoqda.✅ “Diogenes” jurnali 2026-yilda o‘z faoliyatining yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda. CIPSH tomonidan jurnalni qayta ishga tushirish –
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
