Latest posts

Jizzax viloyati soliq boshqarmasi xabarlari
22 Sept, 12:41
#qonunchilikdagi_yangiliklar 🛡 Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim Murojaat e’tiborsiz qolmaydi — nazorat ostida bo‘ladi.2026-yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.Hujjat bilan ish joylarida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, xodimlarning murojaatlarini xolis ko‘rib chiqish hamda bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yangi tizim joriy etilmoqda.📌 Yangi tizimning eng muhim jihatlari:🔹 Onlayn murojaat qilish imkoniyati yaratiladi. 2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi.🔹 Murojaat jarayoni raqamlashtiriladi. Murojaatni ko‘rib chiqish, dalillarni to‘plash, xulosa tayyorlash va ko‘rilgan choralarni nazorat


Jizzax viloyati soliq boshqarmasi xabarlari
22 Sept, 12:26
⚖️ Soliq nizolari sudda qanday ko‘riladi?Soliq qonunchiligini to‘g‘ri va bir xil qo‘llash — soliq to‘lovchilar hamda soliq organlari o‘rtasidagi munosabatlarda muhim ahamiyatga ega. Oliy sud tomonidan sudlarda soliq qonunchiligini qo‘llashning ayrim masalalariga oid tushuntirishlar berildi.📌 Muhim jihatlar:🔹 Soliq nizolari, umumiy qoidalarga ko‘ra, tumanlararo ma’muriy sudlar tomonidan birinchi instansiyada ko‘rib chiqiladi.🔹 Soliq to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi qo‘llanilganda, sudlar faqat qonunchilik hujjatlarida mavjud bo‘lgan va bartaraf etib bo‘lmaydigan qarama-qarshilik hamda noaniqliklarga baho beradi.🔹 Soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddatlari qonunchilikda belgilangan tartibda to‘xtatilishi, uzilishi yoki qayta tiklanishi mumkin.🔹 Belgilangan muddatda to‘lanmagan penya ham soliq qarzi hisoblanadi. Qonunchilikda nazarda tutilgan alohida holatlardan


Jizzax viloyati soliq boshqarmasi xabarlari
22 Sept, 11:12

Jizzax viloyati soliq boshqarmasi xabarlari
22 Sept, 07:34
♟ O‘zbekiston shaxmatchilari amaldagi chempionlarni taslim qildi!46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi Hindiston ustidan 2,5:1,5 hisobida g‘alaba qozondi! 🇺🇿Hal qiluvchi ochkoni Nodirbek Yoqubboyev qo‘lga kiritdi. Qolgan grossmeysterlarimiz — Abdusattorov, Sindorov va Vohidov esa dunyoning eng kuchli shaxmatchilari, jumladan amaldagi jahon chempioni Gukesh bilan durang qayd etdi.🔥 Ushbu muhim g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi 12 ochko bilan Olimpiadaning yakka peshqadamiga aylandi!Bu — katta mehnat, kuchli iroda va yurtimiz bayrog‘i ostida birlashgan jamoaviy ruhning yorqin natijasi. 🇺🇿 O‘zbekiston — olg‘a!📱Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram | 📱Youtube
Jizzax viloyati soliq boshqarmasi xabarlari
22 Sept, 07:02
📸 KUN FOTOSI Samimiy muloqot — e’tibor va hurmatdan boshlanadi.Soliq xodimining keksa onaxon murojaatini mehr va tabassum bilan tinglayotgani — inson manfaatiga bo‘lgan e’tiborning oddiy, ammo chiroyli ifodasidir. Har bir murojaat ortida insonning savoli, muammosi yoki umidi bor.📱Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram | 📱Youtube


Jizzax viloyati soliq boshqarmasi xabarlari
22 Sept, 06:58
forwarded from @soliqnews
#QQS #savol_javob4⃣Soddalashtirilgan QQSga oʻtishda tovarlar qoldigʻi va uzoq muddatli aktivlar boʻyicha ilgari hisobga olingan QQS summasiga tuzatish kiritish kerakmi?JAVOB: Ha. PF-100-son Farmon 6-bandining «v» kichik bandida soddalashtirilgan tartib qoʻllanilganda sotib olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlangan QQS summasini hisobga olish huquqi berilmasligi belgilangan.Farmonda qoʻllanilgan «sotib olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha» degan ifoda avval amalga oshirilgan xaridlarni ham qamrab oladi va ushbu qoidani faqat 6 % stavkaga oʻtgandan keyin sotib olinadigan tovarlar (xizmatlar) bilan cheklamaydi. Shu sababli mazkur qoida ilgari sotib olingan va oʻtish sanasida soliq toʻlovchida mavjud boʻlgan tovarlar hamda uzoq muddatli aktivlarga ham tatbiq etiladi.PF-100-son Farmon normalarini tizimli ravishda koʻrib chiqishda mazkur xulosa
Jizzax viloyati soliq boshqarmasi xabarlari
22 Sept, 06:58
forwarded from @soliqnews
#QQS #savol_javob1⃣QQSni soddalashtirilgan tartibiga oʻtilganda eksport operatsiyalariga QQSning nol darajali stavkasi qoʻllaniladimi?JAVOB: Yoʻq. QQSni hisoblash va toʻlashning soddalashtirilgan tartibini qoʻllayotgan soliq toʻlovchilar uchun 6 % stavka tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha barcha aylanmalarga, shu jumladan eksport operatsiyalariga ham qoʻllaniladi.Bunda, agar Soliq kodeksiga muvofiq tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston Respublikasi hududi deb eʼtirof etilmasa, bunday aylanma Oʻzbekiston Respublikasida QQS solish obyekti hisoblanmaydi. ↪️ PF-100-son, 6-bandi, ↪️ Soliq kodeksining 238-moddasi. ____________ 2⃣Realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston Respublikasi hisoblanmaydigan xizmatlarga


Jizzax viloyati soliq boshqarmasi xabarlari
22 Sept, 06:11
Kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash — ustuvor vazifaHududlarda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar izchil davom etmoqda.Jizzax viloyati prokurori B. Ibrohimov va mas’ullar tomonidan Arnasoy, Zafarobod hamda Paxtakor tumanlarida kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.Tumanlarda faoliyat yuritayotgan shtablarning ishlari tanqidiy-tahliliy muhokama qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi uchun yangi daromad manbalarini yaratish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Jarayonda Jizzax viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Alisher Anvarov ham ishtirok etib, hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud
Jizzax viloyati soliq boshqarmasi xabarlari
22 Sept, 06:00
🇰🇬 QIRG‘IZISTONDA SOLIQ: TARIXGA NAZARBugungi kunda soliq to‘lash odatiy jarayon. Ammo soliqlarning tarixi juda qadimiy ekanini bilasizmi? Qirg‘iziston hududida ham davlat va jamiyat taraqqiyoti bilan birga turli davrlarda soliq, yig‘im va majburiy to‘lovlarning turli shakllari mavjud bo‘lgan.📜 Qadimgi davrlarda hududdagi savdo yo‘llari, chorvachilik va yer-suvdan foydalanish bilan bog‘liq turli yig‘imlar shakllangan.🐎 Ayniqsa, chorvachilik muhim o‘rin tutgan jamiyatlarda to‘lovlar ko‘pincha chorva, mahsulot yoki mehnat shaklida amalga oshirilgan.🏛 Keyingi tarixiy davrlarda esa hudud turli davlatlar va siyosiy tuzilmalar tarkibida bo‘lib, soliq va yig‘imlarni undirish tartiblari ham davrga qarab o‘zgarib borgan.🇰🇬 Mustaqillikdan so‘ng Qirg‘izistonda zamonaviy milliy soliq tizimini shakllantirish jarayoni boshlandi. Soliq qonunchiligi takomillashtirilib, tadbirkorlik va


Jizzax viloyati soliq boshqarmasi xabarlari
22 Sept, 05:31
🤔 YIRIK SOLIQ TO‘LOVCHI VA YIRIK TADBIRKORLIK SUBYEKTI — BIR XIL TUSHUNCHA EMAS!Ko‘pchilik bu ikki tushunchani bir xil deb o‘ylashi mumkin. Aslida esa ular turli mezonlar asosida belgilanadi.🏢 Yirik soliq to‘lovchi — soliq ma’muriyatchiligi nuqtayi nazaridan belgilanadigan toifa.💼 Yirik tadbirkorlik subyekti esa tadbirkorlik subyektining yillik jami daromadi kabi belgilangan mezonlar asosida aniqlanadi.📊 Amaldagi mezonlarga ko‘ra, yillik jami daromadi:🔹 10 milliard so‘mdan 100 milliard so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlik subyekti — o‘rta biznes; 🔹 100 milliard so‘m va undan ortiq bo‘lgan tadbirkorlik subyekti — yirik biznes hisoblanadi.Demak, yirik biznes subyekti bo‘lish har doim ham yirik soliq to‘lovchi degani emas.📌 Tadbirkor uchun muhim jihat — o‘z maqomini va unga tegishli talablarni to‘g‘ri bilish.Qonunchilikni bilgan tadbirkor — o‘z huquqi, majburiyati va


Jizzax viloyati soliq boshqarmasi xabarlari
22 Sept, 04:56
forwarded from @jizzax_soliquz
O‘z uyingizni va mahallangizni birga obod qilamiz! 🏠✨Har birimiz yashayotgan xonadonimiz fayzli, ko‘chamiz yoritilgan, mahallamiz esa ozoda bo‘lishini xohlaymiz. Bilasizmi, bularning bariga siz bilan biz to‘layotgan yer va mulk soliqlari poydevor bo‘ladi.📌 Eslatib o‘tamiz:15-aprelgacha — to‘lovning 1-yarmi;15-oktabrgacha — qolgan qismi.Bu shunchaki majburiyat emas, bu — o‘z uyingizga, farzandlarimiz o‘ynaydigan maydonchalarga va mahallamiz fayziga qo‘shilgan shaxsiy hissadir.✔️ To‘lovni masofadan, uydan chiqmay turib "Soliq" mobil ilovasi orqali soniyalar ichida amalga oshirishingiz mumkin.#ObodMahalla #MulkSoliqi #Jizzax #Farovonlik 📱Telegram |📱 Facebook |


Jizzax viloyati soliq boshqarmasi xabarlari
22 Sept, 04:35
forwarded from @soliqnews

Jizzax viloyati soliq boshqarmasi xabarlari
22 Sept, 04:32
📢 2027-YILDAN BOLA PARVARISHI NAFAQASI BO‘YICHA MUHIM O‘ZGARISHTadbirkorlar va ish beruvchilar diqqatiga! 2027-yil 1-yanvardan boshlab mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan ayollarga bola parvarishi bo‘yicha nafaqa to‘lash tartibida muhim o‘zgarish bo‘ladi.👶 Dekret ta’tili tugaganidan so‘ng bola 1 yoshga to‘lguniga qadar to‘lanadigan nafaqa Davlat ijtimoiy sug‘urtasi jamg‘armasi hisobidan to‘lanadi.Bu esa ish beruvchilar uchun ham muhim yangilik. Shuningdek, PF-193-son Farmon bilan ayrim ijtimoiy yo‘nalishlarda yangi imkoniyat va imtiyozlarni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan.📌 Qonunchilikdagi o‘zgarishlarni oldindan bilish — tadbirkor uchun muhim. Yangilikdan xabardor bo‘ling, huquq va imkoniyatlaringizdan to‘g‘ri foydalaning!📱Telegram |📱 Facebook |📱 Instagr


Jizzax viloyati soliq boshqarmasi xabarlari
22 Sept, 04:07
BUGUNGI MAS’ULIYAT — ERTANGI XOTIRJAMLIK! 🌱Har bir tadbirkorning ortida — mehnat, harakat va katta maqsad bor. Bugun o‘z ishingizni yana bir qadam oldinga suring:✅ soliq majburiyatlaringizni o‘z vaqtida bajaring; ✅ hisob-kitoblaringizni tartibga soling; ✅ faoliyatingizni qonuniy va shaffof yuriting; ✅ yangi imkoniyatlar izlashdan to‘xtamang.Soliqni o‘z vaqtida to‘lash — shunchaki majburiyat emas. Bu xotirjam ishlash, ishonch bilan reja tuzish va kelajakka poydevor qo‘yishdir.Tadbirkorning halol mehnati — yangi ish o‘rinlari, oilalar farovonligi va yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shilgan munosib hissadir. 🇺🇿Bugungi mas’uliyat — ertangi xotirjamlik! Bugungi harakat — ertangi natija!📱Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram | 📱Youtube
Jizzax viloyati soliq boshqarmasi xabarlari
22 Sept, 04:02

Jizzax viloyati soliq boshqarmasi xabarlari
21 Sept, 11:11

Jizzax viloyati soliq boshqarmasi xabarlari
21 Sept, 10:59
forwarded from @soliqnews
#ochiq_muloqot🔴Xususiy taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boshlandiUnda Savdo-sanoat palatasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Soliq qo‘mitasi va boshqa tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etmoqda.Muloqot davomida xususiy taʼlim sohasidagi dolzarb masalalar, tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar va ularning takliflari muhokama qilinmoqda.🟥 To‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli efirni havola orqali tomosha qiling. __________ #открытый_диалог🔴 Начался открытый диалог с предпринимателями сферы частного образованияВ мероприятии принимают участие руководители Торгово-промышленной палаты, Министерства дошкольного и школьного образования, Налогового комитета, а также других заинтересованных министерств и ведомств.В ходе встречи


Jizzax viloyati soliq boshqarmasi xabarlari
21 Sept, 09:51
forwarded from @soliqnews
#yashirin_iqtisodiyotYashirin iqtisodiyotga qarshi kurash oddiy tanlovdan boshlanadiBirgina chek halol iqtisodiyot sari qo‘yilgan muhim qadamdir!Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
Jizzax viloyati soliq boshqarmasi xabarlari
21 Sept, 07:01
♻️⚡️ Jizzaxda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqariladiJizzax viloyatida chiqindilarni qayta ishlash va ulardan elektr energiyasi ishlab chiqarishga qaratilgan yirik investitsiya loyihasi amalga oshiriladi.Prezidentning 2026-yil 17-sentabrdagi qarori bilan Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari belgilandi.🇨🇳 Loyihada Xitoyning China Civil Engineering Construction Corporation (CCECC) va Sevia Enviro Inc. (Henan Investment Group) kompaniyalari konsorsiumi investor sifatida ishtirok etadi.💰 2026–2028-yillarda Jizzax viloyatiga 130 million AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jalb etiladi.⚙️ Loyiha doirasida:🔹 kuniga 1 000 tonna qattiq maishiy chiqindini termik usulda qayta ishlash;🔹 yiliga 110 million kVt elektr energiyasi ishlab


Jizzax viloyati soliq boshqarmasi xabarlari
21 Sept, 06:30
Yoshlar bilan ochiq muloqot: imkoniyat va tashabbuslarZarbdor tumanida Jizzax viloyati prokurori B. Ibrohimov ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda 100 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etib, ularning taklif va tashabbuslari, kelgusidagi rejalari tinglandi.Muloqotda Jizzax viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i A. Anvarov ham ishtirok etib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish va bandligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratdi.💬 15 nafar yosh tomonidan bildirilgan taklif va muammolar alohida o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi va ijrosi nazoratga olindi.👥 Tadbir doirasida ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi ham o‘tkazildi.📌 Yarmarkada 1 200 nafar ishsiz yosh ishtirok etib,
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
