Latest posts

Kasbiy ta’lim agentligi
22 Sept, 17:00

Kasbiy ta’lim agentligi
22 Sept, 14:32
Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi? 2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish jarayonlari raqamlashtiriladi.


Kasbiy ta’lim agentligi
22 Sept, 12:22

Kasbiy ta’lim agentligi
22 Sept, 09:00
Hududlarda qaysi kasb va mutaxassisliklarga talab yuqori?Texnikumlarning 2025/2026 o‘quv yilida qabul parametrlarini shakllantirilishi, taqsimlanishi va bajarilish samaradorligi tahlil qilindi.Bunga ko‘ra respublikada eng ommabop yo‘nalish – avtomobillarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish ekanligi ma'lum bo'ldi. Mazkur yo'nalishga 249 130 nafar o‘quvchidan 50 208 nafari, ya’ni 20,2 foizi hujjat topshirgan.Tahlilda hududlarning o'ziga xos bo'lgan yo‘nalishlari ham aniqlandi:➖Toshkent shahrida – kompyuter tizimlarida dasturlash; ➖Samarqand viloyatida – sartaroshlik; ➖Surxondaryo viloyatida – qutqaruvchilik; ➖Farg‘ona viloyatida – tikuvchilik mahsulotlari dizayni; ➖Toshkent viloyatida – kimyoviy ishlab chiqarish laboranti; ➖ Navoiy viloyatida – foydali qazilmalarni maydalash va saralash.Kasbiy taʼlim tizimida qabul parametrlarining batafsil sharhi bilan ushbu havolada


Kasbiy ta’lim agentligi
22 Sept, 08:00edited
Navbatdagi sayyor qabul Jizzax viloyatida o‘tkaziladiKasbiy ta’lim agentligi direktor o‘rinbosari Sharofaddinov Shihnazar Anvarovich boshchiligida, ta’lim sohasidagi muammolarni o‘rganish va fuqarolar murojaatlarini joyida hal etish maqsadida Jizzax viloyatida sayyor qabul bo‘lib o‘tadi.Sayyor qabul davomida yechimini kutayotgan masalalar o‘rganilib, fuqarolarning taklif va muammolari tinglanadi.🗓 Sana: 24-sentyabr ⏰ Vaqt: 12:00📍 Manzil: Miracho‘l tumani, Mirzadala MFY, Qo‘rg‘on ko‘chasi, 20-uy, Kichik majlislar zali.Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X


Kasbiy ta’lim agentligi
22 Sept, 06:06
🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni




Kasbiy ta’lim agentligi
21 Sept, 16:03
#Sayyor_qabulAndijon viloyatida sayyor qabul o‘tkaziladiAndijon viloyatida aholi murojaatlarini tinglash va kasbiy ta’lim sohasidagi muammolarni hal etish maqsadida Kasbiy ta’lim agentligi direktori Xusanov Azimjon Nozimjonovichning sayyor qabuli o‘tkaziladi.Sayyor qabul davomida viloyatdagi texnikumlar pedagog xodimlari hamda o‘quvchilarning taklif va muammolari tinglanadi.🗓 Sana: 22-sentabr ⏰ Vaqt: 15:00📍 Manzil: Andijon viloyati, Asaka tumani, Ergashobod MFY, Ergashobod ko‘chasi, 47-uy. Asaka tumani 4-son texnikumining kichik majlislar zali.Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X


Kasbiy ta’lim agentligi
21 Sept, 14:00edited
Germaniyadan hamkor izlayapsizmi?Toshkent shahrida “Kasblar EXPO 2026” doirasida Stiftung Juve jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Kasbiy ta’lim agentligi hamkorligida O‘zbekiston–Germaniya kasbiy ta’lim hamkorlik forumi bo‘lib o‘tadi.🗓 30-sentabr 2026-yil ⏲️ 14:00–18:00 📍 Hotel Mercure Tashkent NordSizni nimalar kutmoqda? — Germaniya kasb-hunar maktablari va ta’lim muassasalari vakillari bilan tanishuv — Hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish — Qo‘shma loyihalar uchun dastlabki g‘oyalarni ishlab chiqish — Ikki tomonlama uchrashuvlar — Nemis–o‘zbek tillarida sinxron tarjima📌 Batafsil ma’lumot: Forum haqida batafsil ma’lumot➡️ Ro‘yxatdan o‘tish


Kasbiy ta’lim agentligi
21 Sept, 11:00
Kelajak kasb tanlovidan boshlanadiHar bir insonning hayotida kasb tanlash muhim qadamlardan biri.Arxitektura, startap va zamonaviy texnologiyalar bugun yoshlar uchun yangi imkoniyatlar ochayotgan yo‘nalishlardan ayrimlari xolos.📹 Yoshlarning kasb tanlovi, o‘z sohasidagi faoliyati va muvaffaqiyat sari yo‘li haqidagi videoni tomosha qiling!Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Kasbiy ta’lim agentligi
21 Sept, 09:00
forwarded from @vazirotfiv
Bilimli yoshlardan masʼuliyat ham talab etiladi!Bugun xalqaro SAT sertifikatini noqonuniy ravishda qoʻlga kiritish bilan bogʻliq holat haqida xabar tarqaldi.Eʼtiborimmizni tortgan jihat — bu ishda ishtirok etganlarning aksariyati talabalar ekani. Ular xalqaro test savollarini yecha oladigan, zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega yoshlar. Ammo, afsuski, oʻz bilim va qobiliyatini halol mehnat, ilm-fan va oʻz kelajagini qurishga emas, noqonuniy sxema tashkil etish, boshqalar oʻrniga test yechish va bu orqali pul ishlashga yoʻnaltirgan.Bu — juda achinarli holat.Bilimli boʻlish insonga qonunni chetlab oʻtish huquqini bermaydi. Aksincha, bilim ortgan sari insonning masʼuliyati ham ortishi kerak.Taʼlimning maqsadi insonga bilim va salohiyat berish, uni mustaqil fikrlaydigan, masʼuliyatli va oʻz mehnati bilan natijaga erisha oladigan shaxs sifatida shakllantirishdir. Shuning uchun


Kasbiy ta’lim agentligi
21 Sept, 07:00

Kasbiy ta’lim agentligi
21 Sept, 05:01
Nukusda kasb o‘rgangan yoshlar uchun xalqaro mehnat bozoriga yo‘l ochilmoqda🎥 “O‘zbekiston 24” telekanalida Prezidentning Nukus shahridagi 1-son texnikumiga tashrifi hamda bu yerda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar efirga uzatildi.Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Kasbiy ta’lim agentligi
19 Sept, 13:54

Kasbiy ta’lim agentligi
19 Sept, 12:17
Texnikumga qabul: kirish imtihonlari o‘tkazildi2026-yil 18-sentabr kuni texnikumlarga 2026/2027-o‘quv yili uchun 11-sinf hamda umumiy o‘rta ma’lumot negizida ta’lim olish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.👉BatafsilBizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Kasbiy ta’lim agentligi
19 Sept, 07:35
Prezidentimiz Nukus shahridagi 1-son texnikumda yo‘lga qo‘yilgan kasbiy ta’lim tajribasini kengaytirish zarurligini ta’kidladi.Texnikumda “Pearson BTEC” xalqaro ta’lim dasturi joriy etilgan bo‘lib, bitiruvchilarga 70 ta davlat tan oladigan kasb sertifikati beriladi.Tadbirkor Salovutdin Ilyosov bu yerda 37 turdagi kichik asbob-uskuna ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, yoshlarga uskunasozlikni ham o‘rgatmoqda. Ushbu uskunalarni olgan 4 ming ishsiz daromad topishni boshlagan.Yangi yildan Amudaryo, Beruniy, Chimboy va Qo‘ng‘irotdagi bittadan texnikumda ham shu tajriba yo‘lga qo‘yiladi.1-oktabrdan asbob-uskuna uchun beriladigan ssuda miqdori 20 million so‘mdan 50 million so‘mga oshiriladi.“Usta-shogird” an’anasi asosida kasb o‘rganish xarajatlarini qoplash bo‘yicha yosh chegarasi 30 yoshdan 40 yoshga ko‘tariladi.Davlatimiz rahbari Qoraqalpog‘istonda 1 million 100 ming yoshlarning


Kasbiy ta’lim agentligi
19 Sept, 07:18
Nukus tumanidagi texnikum qovunchilikka moslashtiriladiKelgusi bahordan Nukus tumanidagi 10 ming gektar maydonda qovun yetishtirish boshlanadi.Yil yakunigacha Ispaniya, AQSh, Niderlandiya va Xitoydan qovunning eng yaxshi navlari, urug‘chilik va agrotexnologiya bo‘yicha mutaxassislarni olib kelish topshirildi.Salohiyatli investorlarni jalb qilib, shu yerning o‘zida qovunni qayta ishlash va eksport qilish bilan shug‘ullanadigan xolding tashkil etiladi.Nukus tumanidagi texnikum qovunchilikka moslashtirilib, laboratoriya va sinov poligoni bilan ta’minlanadi.Ushbu muassasa Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Jizzax, Qashqadaryo va Sirdaryodagi qovun yetishtiruvchilar uchun tajriba almashish metodik markazi bo‘ladi.Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X


Kasbiy ta’lim agentligi
19 Sept, 07:08
Taxtako‘pirda Shinjon tajribasi asosida ozuqa yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi.Mo‘g‘uliston, Turkiya, Xitoy va Avstraliyadan 5 ming bosh qo‘y-echki olib kelinib, Qoraqalpog‘iston sharoitida ko‘paytiriladi. Buning uchun bir oyda 1 ming gektar yerni belgilab berish topshirildi.Yil yakunigacha 10-15 ming gektarda loyihalarni shakllantirib, bir yil ichida 100 ming bosh qo‘y-echki boqishni yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilandi.Prezidentimiz kecha “Kegeyli naslli parranda” korxonasi faoliyati bilan tanishganini qayd etdi. Tadbirkorni qo‘llab-quvvatlab, bir yil ichida parranda yetishtirish quvvatini 2-3 karra oshirish va korxonani xoldingga aylantirish topshirildi. Zarur mablag‘ masalasi hal qilinadi.Kegeylidagi texnikumda parranda yetishtirishni o‘rgatadigan kurslar tashkil etiladi.Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X


Kasbiy ta’lim agentligi
19 Sept, 07:00
Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.Davlatimiz rahbari mustaqilligimizning 35 yillik bayrami shukuhi davom etayotgan kunlarda Qoraqalpog‘iston ahli bilan yuzma-yuz ko‘rishib turganidan mamnunligini bildirdi.So‘nggi yillarda hudud uchun katta mablag‘, imtiyoz va sharoitlar yaratildi. Foyda, yer va mol-mulk soliqlari 2 karra, sanoat uchun elektr tarifi 15 foizga pasaytirildi, ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilandi.O‘tgan yili Qoraqalpog‘istonga 1 milliard 700 million dollar investitsiya kiritildi. Bu 2021-yildagidan 22 karra ko‘p.Bu yil Qoraqalpog‘iston iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan hududlardan biriga aylandi. Joriy yilning birinchi yarmida iqtisodiyot 10,2 foiz o‘sib, hudud Toshkent shahridan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi.Bizni kuzating Website |


Kasbiy ta’lim agentligi
18 Sept, 17:23
Prezidentimiz “Pearson” xalqaro ta’lim dasturi joriy etilgan texnikumda bo‘ldiDavlatimiz rahbarining joriy yil 17-iyuldagi “Respublikada xalqaro ta’lim standartlari asosida o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim dasturlarini joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mazkur texnikumda Buyuk Britaniyaning “Pearson BTEC” xalqaro ta’lim dasturi joriy etildi.Dunyoning 70 ta mamlakatida qo‘llanilayotgan ushbu dastur O‘zbekistonda ilk bor mazkur texnikumda yo‘lga qo‘yildi.Natijada 240 o‘rinli zamonaviy ustaxonalar yaratildi. Texnikumda jami 1 ming 203 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda.Bu yerda dual ta’limni yo‘lga qo‘yib, hudud iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlari uchun mutaxassislar tayyorlash ko‘zda tutilgan. Xalqaro dastur bitiruvchilariga 70 dan ortiq davlatda tan olinadigan diplom beriladi.Asosiy fanlar ingliz tilida o‘qitilib, o‘quv-uslubiy
Kasbiy ta’lim agentligi
18 Sept, 17:12
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi 1-son texnikum faoliyati bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью техникума № 1 города Нукуса.#Mirziyoyev #safar #Qoraqalpogiston #texnikumBizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X



Links
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
