gram news
kitobchi channel avatar

kitobchi

@kitobxoncha

Kitoblar shunchaki matn emas, balki hayotni, kelajakni va texnologiyalarni tushunish kalitidir. masʼulga yozish: @kitobchiblogi_bot

ProjectsUZBooks

1,750subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • kitobchi

    20 Sept, 09:15

    Siz yoki Navoiy - kim ko‘proq kitob o‘qigan?Avvallari kitob kam edi, ma’lumot ham kam. Lekin aynan o‘sha davrda kuchli tafakkur egalari yetishgan. Ular biz kabi oyiga o‘nlab yoki daqiqasiga minglab so‘zlar o‘qishmagan bo‘lsa kerak. Kitoblar qimmat va noyob bo‘lgan.Bizda-chi? Kitob ham, ma’lumot ham ko‘p. Ehtimol, Navoiy, Ogahiy yoki Aristoteldan ko‘proq kitob o‘qigandirmiz. Lekin ulardan aqlliroqmiz, deya olmaymiz. Ularning tafakkuri va fikrlash ko‘lami bugungi o‘rtacha kitobxonniki bilan solishtirib bo‘lmaydigan darajada kuchli.Xo‘sh, nega? Sabablari ko‘p, ammo darrov esga keladigani ustoz (mentor), manimcha.Ustoz kitobni qanday o‘qish, qayta o‘qish va chuqur tushunishda yo‘nalish beruvchi bo‘lgan. To‘g‘ri, darsliklarni ustoz bilan o‘qiymiz, ammo badiiy yoki boshqa kitoblarni o‘qishda ham dunyo qarashimiz bilan bir xonada yakka qolib ketish to‘g‘ri emasdek. Bugun har bir
    Image from a post by kitobchiImage from a post by kitobchi
    31553Open in Telegram
  • kitobchi

    20 Sept, 05:14edited

    raqamli dunyomizga moslashgan maqollar:• kuzatadigan beshta blogingni oʻrtachasisan;• instagramga yaqin yursang, istaklaring koʻpayadi;• brauzer(yoki GPT) tarixingni koʻrsat, kimligingni aytaman;• doʻst blog(fikr)ingga qarab, dushman instagram akkaunting (ya'ni koʻrinishing)ga qarab muomala qiladi;• yaxshi qiz blogidan tashqariga chiqmaydi;• yigit kishiga 40 ta app kam;• akkauntingdagi kabi boʻl, yoki akkauntingni asling kabi yurgiz;• yetti oʻlchab, bir linkning ustiga bos;• koʻzoynakning ham kamerasi bor;
    36895Open in Telegram
  • kitobchi

    16 Sept, 06:28edited

    O‘z xotinining to‘yiga kelgan er: "Odisseya" vs "Alpomish"(Diqqat: uzun post, oxirigacha o‘qiy olmaysiz, yo adashdimmi)Shu yilning iyul oyida Nolanning "Odisseya" filmi ekranlarga chiqib, qadimiy asarni trendga olib chiqqani haqida yozgan edim. Ammo asrlar osha yashab kelayotgan "Odisseya"ni o‘zimizning "Alpomish" bilan ham solishtirib ko‘rganmisiz?Qiziq ma’lumot — "Nostalgiya" so‘zi uyini sog‘inib kasal bo‘lib qolgan askarlarning kasaliga nom sifatida paydo bo‘lgan ekan: yunoncha nostos — uyga qaytish, algos — og‘riq. So‘zning tarixi nisbatan qisqa, u ifodalagan tuyg‘u esa qadimiyligiga shubha yo‘q. Bu dardning adabiyotdagi eng mashhur egasi esa undan qariyb 2400 yil oldin tug‘ilgan, uning ismi Odissey. Doston qahramoni - er uzoq yillar bedarak ketgan. Uni o‘lganga chiqarib, xotiniga yangi kuyov qidirishmoqda. Yakunda er begona qiyofasida qaytadi va to‘y kuni faqat u torta
    Image from a post by kitobchiImage from a post by kitobchi
    6491474Open in Telegram
  • kitobchi

    12 Sept, 09:45

    Shunaqa tanishlaringiz bormi 😅Do‘stlaringiz bilan kitob o‘qishga borib turing)Manba: Anwar🔖 @kitobxoncha
    779video1755Open in Telegram
  • kitobchi

    11 Sept, 12:08edited

    📱 (Twitter)da bir qiziq post koʻrib qoldim. Unda "7 oʻlim gunohi klassik adabiyotda boʻlsa qanday boʻlardi?" deyilgan.Buni oʻzbek adabiyotida qoʻllasakchi:1. Kibr - Umarali. O'z amal kursisidan turib odamlarga, hatto eng yaqinlariga ham yuqoridan qaraydi. 2. Shahvat - Akbarali mingboshi. To'rtta xotini bo'la turib, go'zal va yosh Zebiga ko'ngil qo'yishi, o'z xirsini va hoy-u-havasini jilovlay olmasligi. 3. Ta'magirlik - Mirzakarimboy. Dunyo moliga to'ymaydigan, ochko'zlik va ta'magirlikning yorqin misoli. 4. Hasad - Homid va Zaynab. Izoh shart emas menimcha. 5. Dangasalik - Qalandarov. Oblomovning oʻzginasi. Joyidan jilgisi kelmaydi. 6. Ochkoʻzlik - Qori ishkamba. 7. Gʻazab - Abdullatif.✏️ Sizningcha, yana qaysi obrazlar bu ro‘yxatda bo‘lishi kerak?🔖 @kitobxoncha
    Image from a post by kitobchiImage from a post by kitobchi
    8197221Open in Telegram
  • kitobchi

    9 Sept, 11:13edited

    Nolan "Odisseya"si dunyo bo'ylab Gomerga qiziqishni qayta uyg'otdi 🎬📚Kristofer Nolan rejissyorligidagi "The Odyssey" filmi nafaqat kinoteatrlarda rekord yig'imlar qilmoqda, balki Gomerning qadimgi dostoniga bo'lgan qiziqishni ham keskin oshirmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ham film teylerlari tarqalib ulgurgan, bosh rol qahramonlari muhokamalar markazida.Bular fonida esa dunyoning turli burchaklarida "Odisseya" kitobi savdosi keskin oshib bormoqda. (rekord natija qayd ettiyov)📈Buyuk Britaniyada bozor tadqiqotchisi NielsenIQ ma'lumotlariga ko'ra, 25-iyulgacha bo'lgan to'rt hafta ichida kitobning bosma nusxalari savdosi o'tgan yilning shu davriga nisbatan 15 baravarga oshgan.Janubiy Koreyada ham xuddi shunday manzara kuzatildi — Gomer asarlari savdosi 7 baravarga oshgan.Spotifayda "Odisseya" audiokitoblarini qidirish 4 baravarga oshgan.
    Image from a post by kitobchiImage from a post by kitobchi
    82073Open in Telegram
  • kitobchi

    8 Sept, 04:26

    "Savob" deb qilinayotgan o‘g‘rilik yoxud nima uchun PDF kitob tarqatish jinoyat? Telegram guruhlarda yoki izohlarda eng ko‘p uchraydigan holatlardan biri: "Yangi chiqqan falon kitobning PDF varianti yo‘qmi?", "Palon asarni pdfi bormi?", "Qayerdan topsa bo‘ladi?"
    831video123Open in Telegram
  • kitobchi

    7 Sept, 11:11

    #kino_kitob "Yo‘l-yo‘l pijamali bola" (2008) filmidan parcha 🎬👆🏻🔖@kitobxoncha
    893video185Open in Telegram
  • kitobchi

    7 Sept, 11:07edited

    Konslager devori ortidan boshlangan do'stlik — va uning fojiali yakuniLegerda yashovchilar ikkita darajaga: yoki quvnoq, kulayotgan, chiroyli formadagi baqiroq askarlarga, yoxud poyjomadagi bebaxt, yig'layotgan odamlarga bo'lingandi, ulardan ko'pchiligi atrofga hech nimani ifodalamaydigan nigoh tashlardi.Jon Boyn – "Yo'l-yo'l poyjama kiygan bolakay"Ikki yilcha avval konslagerlar haqidagi hujjatli filmni ko'rgandim. Unda aytilishicha, Ikkinchi jahon urushi va Xolokost davrida fashistlar Germaniyasi tomonidan bosib olingan Polsha hududida juda katta o'lim konslageri bo'lgan. Dastlab, bu yerda Sovet va polshalik asirlar gaz bilan o'ldirilgan. 1942-yildan 1944-yilning oxiriga qadar yuk poyezdlari Germaniya tomonidan bosib olingan butun Yevropadan yahudiylarni shu lagerga olib kelgan. Lagerga olib kelingan 1,3 million kishidan 1,1 million nafari shu yerda o'lim topgan, ularning
    Image from a post by kitobchiImage from a post by kitobchi
    90096Open in Telegram
  • kitobchi

    5 Sept, 08:35edited

    Koʻp kitob oʻqiydiganlarni turli davlatlarda nima deb nomlashadi?🔖 @kitobxoncha
    Image from a post by kitobchiImage from a post by kitobchi
    8921842Open in Telegram
  • kitobchi

    30 Aug, 15:20edited

    Said Ahmadning “Ufq”idagi Tursunboy obrazi ko‘p muhokama qilinadi. Uning qo‘rqoqligi va qiyinchiliklarga chidamsizligi “zaif masculine” ramzi sifatida adabiyotimizda o‘rnashgan.Ammo ko‘pchilik uni bu holatga kelishida eng ko‘p sababchi bo‘lgan qahramon – uning onasi Jannat haqida gapirmaydi.Romanning boshidagi ikki sahnadanoq ota-onanining Tursunboyga munosabati ochiq bo‘ladi: qovun sahnasida Jannat xola o‘g‘liga ish buyurmay, o‘zi uy ishlarini qilib yuradi, unga hatto tushgacha uxlashiga qo‘yib berishadi. Shaharda bu dangasalik, qishloq joyidagi-ku bu yalqovlik Pro Max. Jannat Xola o‘g‘lini urishganda ham qarg‘amaydi, balki yaxshi niyat tilaydi. Balki bu men eshitgan eng yoqimli qarg‘ishlar bo‘lsa kerak.Ammo bunga ham sabablarni muallif keltirib o‘tadi. Tursunboy ismidan ham ma’lumki 6-7 ta “turmagan farzandlar”dan keyin tug‘ilgan juda istalgan farzand. Shu sababdan ham Jannat
    1,2306442Open in Telegram
  • kitobchi

    26 Aug, 04:03

    Er: - Kitobmi yo gul? Xotin: - 1 kg goʻsht , kalla-pocha ham boʻlsin!😅🔖 @kitobxoncha
    1,5505344Open in Telegram
  • kitobchi

    25 Aug, 07:02edited

    Charchoq va uning illyuziyasiZamonaviy inson dam olishni “hech narsa qilmaslik” deb tushunadi. Hatto biroz to‘xtab, kitob varaqlab o‘tirsa ham, ich-ichidan “shu paytda yana nimadir qilishim kerak edi” degan aybdorlik hissini tuyadi.Ayniqsa, har bir soniya “samaradorlik” bilan o‘lchanadigan jamiyatda shunchaki tinch o‘tirish — go‘yo vaqtni behuda sarflashdek.Vaholanki, kitob o‘qish ham doim nimagadir erishish uchun qilinadigan ish emas. Ba’zan bir necha sahifa o‘qib, shunchaki o‘zimizga qaytish, fikrlarimizni tinchlantirish uchun ham kitob ochamiz.To‘xtamay yugurayotgan soat ham vaqti-vaqti bilan burab turilishga muhtoj.Dam olish — vaqtni yo‘qotish emas, resurslarni qayta tiklashdir.Ba’zan eng samarali ish — bir muddat hech qayerga shoshilmay, kitob bilan yolg‘iz qolishdir. 📖Oramizda damni film koʻrib emas, kitob oʻqib oladiganlar bormi 😄
    Image from a post by kitobchiImage from a post by kitobchi
    1,5001042Open in Telegram
  • kitobchi

    24 Aug, 14:04

    Tahrirchi’dagilar so‘z boyligi maniki kabi o‘tmaslashib qolayotganlar uchun yaxshi o‘yinlar yaratishibdi.Xantal, zanjabil, jambil, sedana - klassik o‘zbek adabiyotida koʻp o‘qiganim so‘zlar esga tushyapti. Qiziq mashqlar ekan, sinab ko‘rmaysizmi? Boshida qiyin tuyiladi, so‘ng topasiz.O‘ynash: tilmoch.ai/gamesQaysi o‘yinda, qanday natijaga erishdingiz 😄🔖 @kitobxoncha
    Image from a post by kitobchiImage from a post by kitobchiImage from a post by kitobchiImage from a post by kitobchi
    1,260832Open in Telegram
  • kitobchi

    24 Aug, 07:21edited

    Dushanbadan nafratlanishni bir chetga surib, yangi haftani yangi kitob mutolaasi bilan boshlaymiz. 📚✨Xo‘sh, kitobxonlar, hozir qaysi kitobni o‘qiyapsiz? Yoki bugun yangi kitob boshladingizmi? 👀Kitob nomini izohlarda qoldiring — balki navbatdagi mutolaa uchun yangi tavsiya toparmiz. 🤍🔖 @kitobxoncha
    Image from a post by kitobchiImage from a post by kitobchi
    9981341Open in Telegram
  • kitobchi

    20 Aug, 15:22

    💧 Marziya Saydam — “Suv hidi”2023-yilda nashrdan chiqqan “Suv hidi” asari o‘qib bo‘lingach yopib qo‘yish bilan tugamaydigan kitoblardan. Bu maqolalar to‘plami sizni bir necha bor “Rostdan ham shunday bo‘lishi mumkinmi?” degan savol qarshisida qoldiradi.Maqolalardan biri “Atom bombasi yo‘q desam, ishonasizmi?” degan savol bilan boshlanadi. Kitobni o‘qiyotgan paytimda esa Nolanning “Oppenheimer” filmi endigina o‘zbek tiliga dublyaj qilinib, katta ekranlardan televizor ekranlarigacha “suzib” yurgandi. Shu sababli kitobdagi ayrim fikrlar meni o‘zim bilan o‘zim munozara qilishga majbur qildi.“Axir, bu muallifning shaxsiy qarashlari-ku”, deyishingiz mumkin. Ha, shunday. Ammo maqolalarda ma’lum dalillar va faktlarga ham murojaat qilinganki, bu o‘quvchini eshitganlariga ko‘r-ko‘rona ishonmay, faktlarni tekshirib ko‘rishga undaydi, shubha bilan qarshga
    Image from a post by kitobchiImage from a post by kitobchi
    1,470118Open in Telegram
  • kitobchi

    17 Aug, 13:10edited

    Ko‘pimiz qishloqda tug‘ildik. O‘zbek adabiyoti, kino va teatrida ham qishloq motivi ko‘p takrorlanadi. Bugun o‘sha motivlarning o‘zim uchun eng mashhur misollarini qisqacha toifalanmoqchi bo‘ldim.1. Zulfiqor Musoqov qishlog‘i: Odatda Toshkent viloyati yo Farg‘onaning quruq yo tog‘li hududida joylashgan. Odamlari xuddi karikaturaga o‘xshaydi. Deyarli hech kimning mustaqil xarakteri yo‘q, hamma faqat filmdagi hikoyani ta’minlovchi qaysidir tipga xizmat qiladi, xolos. Odamlar he yo‘q be yo‘q baqirishi, yig‘lashi yo kulishi mumkin. Hammaning laqabi bor. Qishloqdagi yagona qiziq voqea unga yo qaysidir shaharlik, yo o‘zga sayyoralik adashib kelib qolgandagina sodir bo‘ladi. Ungacha butun qishloq o‘tmishda siqishib qolgan mahdud, shaxsiyati yo‘q makondek his qildiradi.2. Tog‘ay Murod, Shukur Xolmirzayev va umumiy Surxon Adabiy Maktabi qishlog‘i Bu dunyoda sizdan ma’sum odam yo‘q.
    Image from a post by kitobchiImage from a post by kitobchi
    1,410103Open in Telegram
  • kitobchi

    17 Aug, 08:01

    "Baxt"ni pullashda omma misli ko‘rilmagan natijaga erishdi. Shuning uchun baxt ommaning nafaqat qo‘li, hatto nazari ham yetmaydigan joyga — intellektuallik ichiga yashirindi.Baxt endi oydinlar ovlaydigan ne’matdir. Boshqalar esa mutlaqo baxtsizdir.Hamid Sodiq🔖 @kitobxoncha
    1,1301643Open in Telegram
  • kitobchi

    14 Aug, 10:14edited

    Hech qachon qutulishingiz mumkin bo'lgan narsadan shikoyat qilmang.Adam SmitMasalan, kreditingizdan 😅🔖 @kitobxoncha
    Image from a post by kitobchiImage from a post by kitobchi
    1,43023552Open in Telegram
  • kitobchi

    13 Aug, 18:51edited

    Falastin haqidagi Falastin so‘zi ishlatilmagan asarAvvalroq G‘azo haqida so‘zlaydigan "Falastin... agar o‘lishim lozim bo‘lsa" asari haqida yozgan edim. Hozir yozayotgan asar ham sizni Yaqin Sharqqa yetaklaydi."Quyoshdagi odamlar", muallif falastinlik yozuvchi Gʻasson Kanafoniy. Asardagi voqealar 1950-yillarda sodir bo‘ladi. Qahramonlar falastinlik, ularning dardi — Falastin fojiasi, lekin voqealar rivoji Iroq va Quvayt o‘rtasidagi sahroda sodir bo‘ladi.Voqealar 1948-yil — "Nakba" fojeasi (Falastin xalqining o‘z yerlaridan quvilishi va Isroil davlatining tuzilishi) sodir bo‘lganidan 10 yil o‘tib ro‘y beradi.Qahramonlar 10 yil davomida qochqinlar lagerida umid va nochorlik bilan yashaydilar. Nihoyat, 1950-yillar oxirida Quvaytda neft konlari ochilib, iqtisodiy o‘sish boshlanadi.Asarda asosiy qahramonlar uch nafar falastinlik qochqin bo‘lib, ular o‘sha yerga borib pul topish va
    Image from a post by kitobchiImage from a post by kitobchi
    1,250643Open in Telegram