gram news
Labor law (mehnat huquqi) channel avatar

Labor law (mehnat huquqi)

@mehnat_labor

Advokat 2/2, TDYU o'qituvchisi ⚖️Mehnat huquqi, ijtimoiy ta'minot(pensiya, nafaqa). Insta: instagram.com/alisher_laborlaw 🗿Kanal egasi: @alisher_botirov_k

ProjectsUZLaw

1,460subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Labor law (mehnat huquqi)

    21 Sept, 05:18

    📗Mehnat shartlarini o'zgarishi - MK 137-modda📌 Savol: Assalomu alaykum! Xodimning mehnat shartlari ish beruvchi tashabbusiga asosan oʻzgardi, ya’ni tashkilotning bir boʻlimi ikkiga boʻlindi, xodimni mehnat shartnomasini bekor qilishimizdan oldin 3-4 oy ishladi. Keyin mehnat shartnomasini MK 137-modda bilan bekor qildik. Boshqa ish taklif qilsak u ishni xohlamadi. Biz toʻgʻri ish qilganmizmi?✔️ Javob: ⚠️Tashkilotning bir boʻlimida yuz bergan oʻzgarish mehnat shartlariga ta’siri qanchalik katta boʻlganligiga e’tibor berish lozim.Agar mazkur oʻzgarish xodimning lavozim yoʻriqnomasi yoki mehnat majburiyatlariga yana qoʻshimchalar kirishiga olib kelsa hamda mazkur yangi majburiyatlar avvalgisidan tubdan farq qilsa, mehnat shartlarini oʻzgartirishga olib keladi.❗️Agar ish beruvchi oʻz tashabbusiga koʻra yangi oʻzgarishlarni amalga oshirmoqchi boʻlsa, MK 137-moddaga koʻra xodimni
    98911Open in Telegram
  • Labor law (mehnat huquqi)

    21 Sept, 04:47

    forwarded from @azamatovich_international_law

    ⚠️⚠️🔊💬📢Hurmatli 2-kurs talabalari sizlar uchun ayni paytlarda judayam kerak bo'ladigan fayllar kanalga tashlandi!🔸Ma'muriy hujjatlardan namunalar🔻Ma'muriy hujjatning tahlil qilinganlik audio-video darslari🔹Mehnat huquqi kazuslardan namunalar🟣Jinoyat huquqi moduli kazuslardan namunalar va ularning ishlanish texnikalari🔵Mulk huquqi kazus namunalariUshbu foydalai faylllar va audio darslarni albatta tanishlaringizga ham ulashib qoying!https://t.me/+oEVIBuDQOO0xMGIy
    TelegramToshkent Davlat Yuridik Universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti talabasi. Zokirov Qurbon Azamatovich Admin: @Zokirov_XHQH 1) https://t.me/+85is6yIgYBJiMzYy; 2)https://t.me/QuestionUz_Robot?start=ba201796094e45.
  • Labor law (mehnat huquqi)

    18 Sept, 13:07

    https://www.lex.uz/uz/docs/-8491378⚡️Vazirlar mahkamasi qarori (501-son, 17.09.2026 y.) bilan pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi.🔰 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab har yili davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida chegirma joriy etiladi.📌 Chegirma davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlariga tatbiq etiladi.👨‍👩‍👧‍👦 Pedagogning bir nechta farzandi davlat OTMlarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan bo‘lsa, chegirma har bir farzand uchun alohida qo‘llaniladi.📌 Pedagog farzandlariga mazkur chegirma o‘quv yili uchun bir marotaba qo‘llaniladi.✉️ Ad
    2,470file11Open in Telegram
  • Labor law (mehnat huquqi)

    16 Sept, 04:25

    #FHSh Fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma(FHSh) orqali xodim ishga olsak bo‘ladimi?📬 Savol: Tashkilotimiz shtatida bo‘sh vacant lavozim yo‘q. Bundan tashqari, 1 stavka asosiy ishi va 0.5 stavka o‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslar tashkilotga ish so‘rab kelyapti, lekin ularni tizim qabul qilmaydi. Shunday shaxslarni FHSh asosida ishga qabul qilsak bo‘ladimi?✅ Javob: ❌Umuman mumkin emas!💬Fuqarolik-huquqiy shartnomaning eng ko‘p tarqalgan turlari : “Haq evaziga xizmat ko‘rsatish” va “Pudrat” shartnomalaridir.☝🏻Haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasining taraflari buyurtmachi va ijrochi hisoblanadi (FK 703-moddasi). Pudrat shartnomasida esa pudratchi va buyurtmachi bo‘ladi (FK 631-moddasi). Mehnat munosabatlarida taraflar umuman boshqacha, ya’ni xodim va ish beruvchilardir.❗️FHSh orqali ishlayotgan shaxs xodim hisoblanmaydi va unga nisbatan mehnat qonunchiligi tatbiq
  • Labor law (mehnat huquqi)

    15 Sept, 05:02

    Xodimlar bilan kelishib ish qilasiz…📌 Savol: Assalomu alaykum ! Tashkilotda kasaba uyushmasi mavjud emas, ichki tartib qoidalarni ish beruvchi oʻzi yakka tarzda qabul qilsa boʻladimi?✔️ Javob: 📗MKning 296-moddasiga muvofiq, ichki mehnat tartibi qoidalari ushbu Kodeksning 15-moddasiga muvofiq ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.Ichki mehnat tartibi qoidalari ish beruvchi bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladigan boʻlsa, kasaba uyushmasi yoʻq boʻlgan tashkilotlar masalani qanday hal etishi kerak❓⚠️MK 15-moddaning beshinchi qismiga koʻra, tashkilotda kasaba uyushmasi qoʻmitasi tashkil etilmagan hollarda ish beruvchi qonunchilikka muvofiq kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishib olinishi kerak boʻlgan masalalarni hal qilish niyati toʻgʻrisida mehnat jamoasini yozma shaklda xabardor qilishi shart. Agar axborot olingan kundan
  • Labor law (mehnat huquqi)

    12 Sept, 03:21

    forwarded from @mehnathuquqi

    #yangilik Bugundan xodimlar ish tashlash huquqiga ega❗️Oʻzbekiston Respublikasining 11.06.2026 yildagi O‘RQ-1150-son “Fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlari kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan Mehnat kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi. Mehnat kodeksi 582 — 593-moddalar bilan to’ldirildi! Mazkur Qonun bugundan kuchga kirdi❗️Mehnat kodeksining 581-593-moddalari ish tashlashni huquqiy tartibga soladi!MK 581-moddasiga ko’ra, agar ushbu Kodeksda belgilangan yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari orqali jamoaviy mehnat nizosini hal qilishning iloji boʻlmasa, shuningdek ish beruvchi yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillaridan bosh tortgan yoki jamoaviy mehnat nizosini hal qilish paytida erishilgan kelishuvni bajarmagan boʻlsa, mehnat jamoasi
    Kun.uzXodim ish tashlash huquqiga egami? Qonunchilikdagi paradoks haqidaIjtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida joylashgan «Sharg‘unko‘mir» AJda joriy yilning 14-15 avgust kunlari qariyb 200 nafar konchi ish tashlagani haqida ma'lumot tarqaldi.
    59021Open in Telegram
  • Labor law (mehnat huquqi)

    10 Sept, 10:36

    forwarded from @yuristkadr

    Тошкент давлат юридик университети ва "Юристкадр" адвокатлик фирмаси ўртасида навбатдаги ҳамкорлик лойиҳаларини бошлаш арафасидамиз.Меҳнат ҳуқуқи кафедрасининг Шуҳрат ака бошчилигидаги устозлари билан биргаликда насиб қилса, талабаларнинг амалиётини биргаликда ташкил қиламиз.👉@yuristkadr
    Image from a post by Labor law (mehnat huquqi)Image from a post by Labor law (mehnat huquqi)Image from a post by Labor law (mehnat huquqi)Image from a post by Labor law (mehnat huquqi)
    61972Open in Telegram
  • Labor law (mehnat huquqi)

    6 Sept, 04:11

    🏃‍➡️International Tashkent half marathon 21.1 KToshkent xalqaro yarim marafoni 21.1 km
    Image from a post by Labor law (mehnat huquqi)Image from a post by Labor law (mehnat huquqi)Image from a post by Labor law (mehnat huquqi)
    999134Open in Telegram
  • Labor law (mehnat huquqi)

    3 Sept, 08:35

    Stajor-o'qituvchi qancha oylik olishi kerak?📌 Savol: Assalomu alaykum ustoz! Agar talaba maktabga stajor oʻqituvchi sifatida ishga olinsa, unga qaysi tariff stavkasi qoʻllaniladi: oʻrta maxsusnikimi yoki oliy ma’lumotlinikimi?✔️ Javob: 📗Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.12.2005 yildagi 275-son qarorining 8-bandiga asosan, Oliy taʼlim muassasasining kunduzgi, kechki, sirtqi taʼlim shakllarining pedagogika yoʻnalishlarida oʻqiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab oʻqishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumtaʼlim muassasalarida (alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar bundan mustasno) asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin va ularga oʻrta maxsus, kasbiy maʼlumotga ega boʻlgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi
    3,04041Open in Telegram
  • Labor law (mehnat huquqi)

    27 Aug, 10:14

    Xodim ishga tiklanmagan 🕵️‍♂️🏛Fuqarolik ishlari bo'yicha Mirobod tumanlararo sudida sud qarori ijrosi taminlanmaganligi sababli majburiy progul summasini undirish bo'yicha mehnat nizosi ko'rildi!💰Ish beruvchi xodimni ishga tiklamagan buning natijasida xodimning foydasiga MK 569-moddasiga asosan maygacha 71.000.000 som majburiy progul uchun tovon, MK 335 VA 565-moddalarga asosan 10.000.000 so'm ma'naviy ziyon uchun kompensatsiya hamda vakil, ya'ni advokat xarajatlari uchun FPK 136-moddasi qo'llangan holda oqilona miqdorda 5.000.000 so'm tovon puli undirildi.📸Tashkilotda face ID tizimi o'rnatilgan va shu asosda ish haqi yoziladi. Xodim esa ishga kirolmayapti, xodimning mehnat shartlari tiklanmagan.❗️Xodim hali ham tiklanmagan, demak majburiy progul summalarini undirishda davom etamiz. Bu qaror yuzasidan esa apellyatsiya shikoyati beriladi. Chunki MK 569-moddasiga asosan sud
    Image from a post by Labor law (mehnat huquqi)Image from a post by Labor law (mehnat huquqi)
  • Labor law (mehnat huquqi)

    27 Aug, 06:32

    Xizmat tekshiruvi – nimalarga e’tibor berish kerak?📌 Savol: Assalomu alaykum! Xodimga nisbatan yuqori tashkilotimizdan xizmat oʻrganishi oʻtkazilgan va intizomiy qilmish aniqlangan, endi biz tomonimizdan xizmat tekshiruvi oʻtkazdik faqat tekshiruv 25 kun davom etdi. Endi intizomiy qilmish uchun boʻshatishda nimalarga e’tibor berish kerak?✔️ Javob: ❗️Yuqori tashkilotdan xizmat oʻrganishi oʻtkazilgan boʻlsa, garchi bu xizmat tekshiruvi deb nomlanmagan boʻlsada, xodimning intizomiy qilmishi xizmat oʻrganishi natijasi boʻyicha qaror chiqarilgan vaqtdan boshlab aniqlangan hisoblanadi.📗MK 314-moddasiga koʻra, xizmat oʻrganishida xodimning qilmishi haqidagi qaror chiqqan va ish beruvchiga yetib kelgan vaqtdan boshlab ish beruvchida intizomiy jazoni qoʻllash yoki mehnat shartnomasini bekor qilish uchun faqatgina bir oy muddat qolgan boʻladi.💭Bu yerda asosiy ish beruvchi xizmat
  • Labor law (mehnat huquqi)

    25 Aug, 11:03

    Sinflarda o'quvchilar qanday taqsimlanadi❓ 📌 Savol: Assalomu aleykum bir savolim bor edi maktabda bir sinfda 27 ta oʻquvchi ikkinchi sinfda 23 ta oʻquvchi boʻlsa 27 ta oʻquvchisi bor sinfda nargi sinfga ikkita oʻquvchi olib ikkita sinfni ham boʻlinish qilib dars yetmayotgan oʻqituvchilarga dars qilib berilsa jinoyatmi qonunchilikda bunga qanday jazo bor. Sunʼiy sinf yaratgan deyilgan ayblov qoʻyilib jazoga tortiladimi javob uchun rahmat✔️ Javob: ⚡️2020-yil 20-iyundagi 8-mh, 28, 124/1-son qaroriga ILOVA tarzida tasdiqlangan 3271-sonli Nizomning 3-bandiga muvofiq, Umumtaʼlim muassasalarining sinflari oʻquvchilar sonidan kelib chiqib, quyidagi meʼyorlar asosida komplektlanadi: shahar hududi va tuman markazlarida 25 ― 35 nafargacha; qishloq hududlarida 20 ― 35 nafargacha (olis (togʻli, choʻlli) hududlarda joylashgan umumtaʼlim muassasalari bundan mustasno).♻️Oʻquvchilar soni mazkur
    TelegramLabor law (mehnat huquqi)#shikoyat 🗣️Bugun sizlar bilan xodimning huquqlari buzilishi yuzasidan shikoyat qilish bosqichlarini tahlil etamiz. 👀Xodim o’zining huquqlari buzilgan deb hisoblagadan boshlab qonunchilikka muvofiq uning shikoyat qilish huquqi vujudga keladi. Shu asnosida…
  • Labor law (mehnat huquqi)

    23 Aug, 11:48

    🏃‍➡️Tugadi ⛰10K trail running in Amirsoy resort
    Image from a post by Labor law (mehnat huquqi)Image from a post by Labor law (mehnat huquqi)Image from a post by Labor law (mehnat huquqi)Image from a post by Labor law (mehnat huquqi)
    900159421Open in Telegram
  • Labor law (mehnat huquqi)

    19 Aug, 11:53

    23-avgust kuni "SKY CAMP trail running"ga kettikmi🏃‍➡️⛰
    Image from a post by Labor law (mehnat huquqi)Image from a post by Labor law (mehnat huquqi)
  • Labor law (mehnat huquqi)

    29 Jul, 07:04

    ⚡️⚡️Da’vo muddati mehnat shartnomasi bekor qilingandan soʻng vujudga keladi❗️📌 Savol: Assalomu alaykum ustoz! xodimning mehnat shartnomasi bekor qilindi. Xodimning ish haqlari 2022-yildan boshlab hozirgacha kam toʻlab kelingan. Xodim sudga bersa, oxirgi 6 oyi qoplab beriladimi yoki butun davr uchun pul olishi mumkinmi? Da’vo muddatini qoʻllab 6 oydan oʻtgan muddatini rad qildirishimiz mumkinmi?✔️ Javob: 📗Mehnat kodeksining 560-moddasiga muvofiq, Yakka tartibdagi mehnat nizosining koʻrib chiqilishi uchun sudga murojaat qilishning quyidagi muddatlari belgilanadi: boshqa mehnat nizolari boʻyicha — xodim oʻzining huquqi buzilganligi toʻgʻrisida bilgan yoki bilishi kerak boʻlgan kundan eʼtiboran olti oy.💭Demak, xodim oʻzining huquqlari buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan vaqtdan boshlab 6 oy ichida sudga murojaat qilishi mumkin.Ammo bizning vaziyatda xodimning
  • Labor law (mehnat huquqi)

    16 Jul, 09:24

    #loyiha "Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilinganda boshqa ishni taklif etish tartibi toʻgʻrisida"gi nizom loyihasi muhokamaga qoʻyildi. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 144-moddasi ikkinchi qismida
    Image from a post by Labor law (mehnat huquqi)Image from a post by Labor law (mehnat huquqi)Image from a post by Labor law (mehnat huquqi)Image from a post by Labor law (mehnat huquqi)
  • Labor law (mehnat huquqi)

    16 Jul, 09:17

    forwarded from @mehnathuquqi

    #loyiha "Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilinganda boshqa ishni taklif etish tartibi toʻgʻrisida"gi nizom loyihasi muhokamaga qoʻyildi.Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 144-moddasi ikkinchi qismida ko‘rsatilgan alohida asoslarga ko‘ra xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ish beruvchi yoki uning vakili (keyingi o‘rinlarda – ish beruvchi) tomonidan boshqa ishni taklif etish tartibini belgilaydi.👉 Taklif bildirish uchun havolaTelegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
  • Labor law (mehnat huquqi)

    9 Jul, 13:49

    forwarded from @oliysuduz

    ✅МУҲИМ ЯНГИЛИК⚖️Олий суд Раёсати “Фуқаролик ишлари бўйича судларда меҳнат низоларини кўришга ихтисослашган судьялар корпусини шакллантириш ҳақида”ги қарорни қабул қилдиҚарорга мувофиқ фуқаролик ишлари бўйича судларнинг мавжуд штат бирликлари доирасида 2026 йил 1 августдан бошлаб меҳнат низоларини кўришга ихтисослашган судьялар фаолияти йўлга қўйилади.🔂Эндиликда Олий суднинг Фуқаролик ишлари бўйича судлов ҳайъатида – 4 нафар;🔂Қорақалпоғистон Республикаси суди, вилоятлар ва Тошкент шаҳар судлари фуқаролик ишлари бўйича судлов ҳайъатларида – 3 нафардан;Фуқаролик ишлари бўйича🔂Нукус туманлараро судида 2 нафар;🔂Бухоро туманлараро судида 2 нафар;
    Image from a post by Labor law (mehnat huquqi)Image from a post by Labor law (mehnat huquqi)
    1,09021Open in Telegram
  • Labor law (mehnat huquqi)

    9 Jul, 09:25

    Xodim avvalgi ishga tiklanadi, avvalgisiga teng lavozimga emas❗️📌 Savol: Assalomu alaykum! Meni boshqa ishga vaqtinchalik o‘tkazishgan, avvalgi lavozimim berilmasdan oldin mehnat shartnomam g‘ayriqonuniy bekor qilindi. Vaqtinchalik ishimdan oldingi ishim qisqarib ketibdi. Endi meni qaysi ishga tiklashi kerak, boshqa lavozim berishadimi?✔️ Javob: 📚 MK 561-moddasi 1-qismiga ko‘ra, mehnat shartnomasi qonuniy asossiz bekor qilingan, g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan, mehnat shartlari o‘zgartirilgan yoxud ishdan chetlashtirilgan hollarda yakka tartibdagi mehnat nizosini ko‘rib chiquvchi organ xodimni avvalgi ishiga tiklaydi, shuningdek avvalgi mehnat shartlarini tiklaydi.📜O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 20.11.2023 yildagi 26-son qarorining 62-bandida ham mehnat shartnomasi qonunga xilof ravishda bekor qilinganda xodim avvalgi ishiga tiklanishi shartligi
  • Labor law (mehnat huquqi)

    6 Jul, 11:43edited

    Assalomu alaykum Zominga yo'l oldik🚄 Koreys-yapon yoki xitoylik yo'lovchi (shularni ko'rinishidan hech farqlay olmayman) shokolad berdi.🍫 Zominga ketayotganim sababini keyinroq ochiqlayman...
    1,150751111Open in Telegram