Latest posts

ML Community Uzbekistan
16 Sept, 11:45edited
💧 Suv xo‘jaligi sohasidagi startaplar uchun imkoniyat!Suv resurslarini boshqarish, tejash yoki suv xo‘jaligi tizimini yaxshilashga qaratilgan innovatsion loyihangiz bormi? Unda loyihangizni bizga taqdim eting!Quyidagi havola orqali loyiha taqdimotingizni yuboring va: 🔹 loyihangizni qo‘llab-quvvatlash; 🔹 tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish; 🔹 yechimingizni amaliyotga integratsiya qilish imkoniyatiga ega bo‘ling🔗 Loyihani yuborish: [havola]Loyihangiz suv xo‘jaligi kelajagini o‘zgartirishi mumkinWebsite | Telegram | Instagram |LinkedIn


ML Community Uzbekistan
16 Sept, 09:04
AI ish jarayonlarini o‘zgartiryapti. Sizning jamoangiz-chi?ML Community Uzbekistan kompaniyalar va jamoalar uchun AI bo‘yicha korporativ ta’lim dasturlarini taklif qiladi.Avval kompaniyalar bilan o‘tkazilgan o‘quv dasturlarimiz bilan tanishish uchun:[Korporativ ta’lim]Ta’lim formati kompaniya ehtiyojidan kelib chiqib moslashtiriladi: - Onlayn yoki oflayn - Alohida bo‘limlar yoki butun jamoa uchun - Amaliy workshoplar - Real ish jarayonlari asosidagi keyslar - Kompaniya sohasiga mos individual dastur👇Batafsil ma’lumot olish uchun ma’lumotlaringizni qoldiring[Ro‘yxatdan o‘tish]Website | Telegram | Instagram |LinkedIn


ML Community Uzbekistan
11 Sept, 10:36
🇺🇿 Vazirlik xodimlari uchun ML Community AI o'qitish dasturi yakunlandi4-sentabr kuni 7 haftalik amaliy o'qitish dasturimizning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdiDastur davomida vazirlik xodimlari va rahbarlari o‘z faoliyatlari doirasidagi real vazifalar asosida AI-loyihalarini ishlab chiqdilar. Har bir loyiha uchun muammo va yechim konsepsiyasidan boshlab, texnik topshiriq, yo‘l xaritasi va ishlaydigan prototipgacha bo‘lgan natijalar tayyorlandiYakuniy bosqichda ishtirokchilar o‘z loyihalarini taqdim etib, ularni amaliyotga joriy etish imkoniyatlarini muhokama qildilar🤝 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga ishonch va hamkorlik uchun ML Community Uzbekistan o'z minnatdorchiligini bildiradi!Website | Telegram | Instagram | LinkedIn




ML Community Uzbekistan
11 Sept, 06:26
Yandex Uzbekistan talabalar va boshlang‘ich mutaxassislarni Dev Camp dasturiga taklif qilmoqda.10–31 oktabr kunlari Toshkentda backend dasturlash, sun’iy intellekt va algoritmlar bo‘yicha intensiv dastur bo‘lib o‘tadi.🧑💻 Ishtirokchilar: • texnik bilimlarini chuqurlashtiradi; • Yandex dasturchilari bilan muloqot qiladi; • jamoa rahbarlari bilan tanishadi; • stajirovkaga qabul uchun qisqartirilgan saralovdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi.Dastur, avvalo, IT yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar va yaqinda universitetni tamomlagan bitiruvchilar uchun mo‘ljallangan.Yosh va ish tajribasiga nisbatan qat’iy talablar yo‘q.👍 O‘zbekistonning boshqa hududlaridan saralovda eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilarning Toshkentga borib-kelish xarajatlari va yashash joyi Yandex tomonidan qoplanadi.Ta’lim rus va ingliz tillarida olib boriladi. Ma


ML Community Uzbekistan
10 Sept, 10:41
🤖 Butunjahon AI-agentlar xakatoni!12-sentabr kuni Toshkent dunyoning 50 ta shahriga qo‘shilib, OpenAI ko‘magida AI Tinkerers global xakatoni bir vaqtning o‘zida o‘tkaziladigan shaharlardan biriga aylanadi.Xakatonning asosiy yo‘nalishi — alohida chat-interfeysida emas, balki bevosita ilovalar, servislar va kundalik jarayonlarda ishlaydigan AI-agentlarni yaratish.Ishtirokchilarda o‘z g‘oyasini ishlaydigan prototipga aylantirish va uni butun dunyodagi boshqa loyihalar qatorida taqdim etish uchun bir kun vaqt bo‘ladi.📝 Ro'yxatdan o'tish uchun havolaXakaton Toshkentda oflayn formatda soat 10:00 dan 17:00 gacha OpenAI, CopilotKit, OpenRouter, Auth0, Mozilla, ML Community Uzbekistan va boshqa global hamkorlar ko‘magida bo‘lib o‘tadi.Website | Telegram | Instagram | LinkedIn


ML Community Uzbekistan
8 Sept, 11:28
ML Party 🚀G‘oyalar, ilhom va haqiqiy ML va AI energiyasiga boy ajoyib kecha 💡Biz bilan birga bo‘lgan barchaga — spikerlarimiz, mehmonlarimiz va bu kechani birgalikda yaratgan ajoyib ML hamjamiyatimizga katta rahmat!AI kelajagi haqida suhbatlashdik, tajribalarimiz bilan bo‘lishdik, challenge’larni birgalikda hal qildik va texnologiya insonlar bilan uchrashadigan ajoyib muhitdan bahramand bo‘ldik.Hamkorimiz — Yandex Uzbekistan ga qo‘llab-quvvatlovi va hamkorligi uchun alohida rahmat! ❤️📸 Foto: [link]Website | Telegram | Instagram | LinkedIn




ML Community Uzbekistan
8 Sept, 10:57
ML Party qanday o‘tdi? 👀🚀Kuchli spikerlar, qiziqarli suhbatlar, yangi tanishuvlar va foydali tajribalar.AI va ML olamiga qiziqadiganlar bir joyda jam bo‘lib, bilim va tajriba almashishdi.ML Party’dan eng yaxshi lahzalarni tomosha qiling! 🎥Website | Telegram | Instagram | LinkedIn
ML Community Uzbekistan
3 Sept, 16:47

ML Community Uzbekistan
3 Sept, 16:10

ML Community Uzbekistan
3 Sept, 15:53

ML Community Uzbekistan
3 Sept, 15:51

ML Community Uzbekistan
3 Sept, 15:44

ML Community Uzbekistan
2 Sept, 09:44edited
⚡ 1 kun qoldi!ML Party’da sizni nimalar kutayotganini ko‘rib chiqing va unutilmas kechaga tayyorlaning.ML Party’da ko‘rishguncha! 🎉⚠️ Ishtirok etish faqat taklifnoma yuborilgan mehmonlar uchun!Website | Telegram | Instagram | LinkedIn


ML Community Uzbekistan
28 Aug, 08:43
🔥 Navbatdagi spikerimiz bilan tanishing!Makhmudjon Sodikov - Yandex ML School Uzbekistan Akademik direktoriMakhmudjon tadbirda zamonaviy LLM’lar qanday o‘qitilayotgani va Reinforcement Learning orqali qanday rivojlantirilayotgani haqida so‘z yuritadi.AI-agentlar real vazifalarni bajarish orqali qanday o‘rganadi? RL-muhitlari qanday ishlaydi? Nima uchun ular SOTA modellarining muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda? — kabi savollarga javob olamizML Party’da ko‘rishguncha! 🎉🗓 Sana: 03.09.2026 | 18:30Website | Telegram | Instagram | LinkedIn


ML Community Uzbekistan
25 Aug, 10:43
🔥 Stajirovkalar boshlanyapti!ML Community Uzbekistan talabalari Raqamli Texnologiyalar Vazirligi Sun’iy Intellekt Markazi, AI Lab, AKS Labs va boshqa hamkor tashkilotlarda o‘z amaliyotlarini boshlamoqdalarHozirgi kunda bir qator bitiruvchi talabalarimiz stajirovkani boshlab yuborishdi. Bundan tashqari, Iman Invest, Alif Tech, TBC Uzbekistan, Global Move va boshqa hamkorlarimiz bilan amaliyotni boshlash jarayoni ham ketmoqda📝 Agar qiziq bo'lsa @mlc_direct'ga yozingBitiruvchilarimizga ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🕊Website | Telegram | Instagram | LinkedIn




ML Community Uzbekistan
25 Aug, 06:36
Yandex ML School Uzbekistan: Machine Learning bo‘yicha bepul dasturga yangi qabulYandex ML School Uzbekistan yangi bosqich uchun arizalarni qabul qilmoqda. Bu yil tanlov natijalariga ko‘ra dasturga 35 nafar ishtirokchi qabul qilinadi.👍 Bir yil davomida ishtirokchilar matematika asoslari, ML, Deep Learning, Computer Vision, NLP, LLM va Reinforcement Learning yo‘nalishlarini o‘rganadi. Dasturda chalg‘ituvchi fanlar minimal darajada bo‘lib, amaliy mashg‘ulotlar va texnologik kompaniyalar ekspertlari ishtirokidagi industriyaviy workshoplarga alohida e’tibor qaratiladi.Kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tish uchun matematika, algoritmlar va dasturlash bo‘yicha bilimlar talab etiladi.Mashg‘ulotlar Toshkentda kechki payt, oflayn tarzda o‘tkaziladi. Ta’lim tili — ingliz tili.👉 Arizalar 2026 yil 9 sentyabrgacha qabul qilinadi.Website | Telegram |


ML Community Uzbekistan
23 Aug, 04:30
🔥 Birinchi spikerimiz bilan tanishing!Xurshid Maroziqov — tadbirkor va 1% Bilim asoschisi, ta’lim, texnologiyalar va zamonaviy fikrlash madaniyatini rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelayotgan faol mutaxassisUchrashuv davomida sun’iy intellekt, texnologiyalar va biznes haqida qiziqarli suhbat bo‘lib o‘tadi. AI biznesni qanday o‘zgartirmoqda va yangi texnologiyalar qanday imkoniyatlar yaratmoqda kabi savollarga javob olamiz📅 Sana: 03.09.2026 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish : HavolaWebsite | Telegram | Instagram | LinkedIn


ML Community Uzbekistan
17 Aug, 16:00edited
⚡️ML PARTY!ML Community 3-sentabr kuni sizni ML Party’ga taklif qiladi! 🚀Tadbir Yandex Uzbekistan bilan hamkorlikda tashkil etiladi. Sizni yangi tanishuvlar, foydali suhbatlar, ilhom va yaxshi kayfiyatga boy unutilmas kecha kutmoqda.Sizni nimalar kutmoqda:— Talabalar va soha mutaxassislari bilan networking. — Mentorlar va hamkorlar bilan uchrashuv. — Bitiruvchilarimizning muvaffaqiyatlarini birgalikda nishonlash — Interaktiv o‘yinlar va qiziqarli mashg‘ulotlar. — Mazali taomlar, musiqa va ajoyib atmosfera📅 Sana: 03.09.2026 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish : Havola⚠️ Joylar soni cheklangan!Hozirdanoq ro‘yxatdan o‘ting va AI hamjamiyatining bir qismiga aylaning

ML Community Uzbekistan pinned a photo
17 Aug, 08:42

ML Community Uzbekistan
15 Aug, 10:03
🇺🇿 AI O'zbek tilidaO‘zbek tilida sun’iy intellekt bo‘yicha qaysi dasturchilar, startaperlar yoki bloggerlarni kuzatasiz?Keling, bir-birimiz bilan bo‘lishaylik! Yaqin oradagi uchrashuvlarimizga ularni ham taklif qilamiz. Bundan tashqari, MLC kanalida ularning bloglari va sahifalarini boshqalar bilan ham bo‘lishamiz🔗 Iltimos, @mlc_direct ga ularni sahifalariga havola va kontaktlarini qoldiringShu tariqa SI bo'yicha bilimni yana koproq odamga yetkazish bo'yicha siz ham yordam bergan bo'lasiz. Katta rahmat!👾Website | Telegram | Instagram | LinkedIn

Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
