gram news
ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ channel avatar

ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ

@ozbek_kadin_haklari

O‘zbek xotin-qizlarining huquqini himoya qilish jamiyatining rasmiy Telegram kanali. ⚖️ Huquqiy yordam 🤝 Ijtimoiy va psixologik ko‘mak 🎓 Ta’lim va ayollar rivoji 🌍 Xalqaro hamkorlik 📢 Loyihalar, tadbirlar va e’lonlar ☎️ Murojaat uchun: +90 212 823 15 84

ProjectsUZLaw

1,420subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ

    17 Sept, 19:36

    ⚖️ Bugün, 17 Eylül’de “Özbek Kadın Hakları Derneği”nde “Kabul Günü” düzenlendi. Dernek Başkanı Ozoda İslomova başkanlığında gerçekleştirilen kabulde, kadınların ve yurttaşlarımızın karşı karşıya kaldığı güncel sorunlar dinlendi, çözüm yollarına ilişkin gerekli adımlar belirlendi.✉️ Kabul süresince 35’in üzerinde başvuru çevrim içi ve yüz yüze olarak alındı. Her bir başvuru titizlikle değerlendirilerek hukuki, psikolojik, sosyal ve manevi destek sunulmasına yönelik çalışmalar yürütüldü.📌 Başvuruların değerlendirilmesi, birçok sorunun yalnızca hukuki açıdan değil, sosyal, manevi ve psikolojik yönleriyle birlikte ele alınması gerektiğini ortaya koydu. Özellikle şiddet ve baskı, kişisel güvenliğe yönelik tehditler, boşanma süreçleri, belge işlemleri, ikamet izni, çalışma hayatıyla ilgili
    Image from a post by ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİImage from a post by ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİImage from a post by ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİImage from a post by ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ
    3721121Open in Telegram
  • ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ

    17 Sept, 19:35

    #ochiq_eshiklar_kuni #17September⚖️ Bugun, 17-sentyabr kuni “O‘zbek xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish jamiyati”da “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi. Jamiyat rahbari Ozoda Islomova boshchiligidagi qabulda xotin-qizlar va yurtdoshlarimizning dolzarb muammolari tinglanib, ularning yechimlari yuzasidan amaliy choralar belgilandi.✉️ Qabul davomida 35 dan ortiq murojaat onlayn va oflayn shaklda qabul qilindi. Har bir murojaat sinchkovlik bilan o‘rganilib, huquqiy, psixologik, ijtimoiy hamda ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha tegishli ishlar olib borildi.📌 Murojaatlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, aksariyat holatlar nafaqat huquqiy, balki ijtimoiy, ma’naviy va psixologik yondashuvni ham talab etadi. Xususan, zo‘ravonlik va tazyiq, shaxsiy xavfsizlikka tahdid, ajrim, hujjatlarni
    Image from a post by ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİImage from a post by ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİImage from a post by ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİImage from a post by ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ
    310531Open in Telegram
  • ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ

    16 Sept, 10:49

    🇺🇿 Hurmatli yurtdoshlar!⚡️ Yozgi tanaffusdan so‘ng “O‘zbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish jamiyati” yana o‘z faoliyatini boshlamoqda.So‘nggi vaqtlarda murojaatlaringiz ko‘payganini inobatga olib, xorijda yashovchi yurtdoshlarimiz, xususan, xotin-qizlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning murojaatlarini tinglash va dolzarb masalalariga imkon qadar yechim topishga ko‘maklashish maqsadida “O‘zbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish jamiyati” tomonidan 2026-yil 17-sentyabr, payshanba kuni, soat 11:00 dan 16:00 gacha Jamiyatimiz ofisida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etilmoqda.Uchrashuv Jamiyat rahbari Ozoda Islomova rahbarligida o‘tkaziladi.Uchrashuv doirasida quyidagi xizmatlar taqdim etiladi:✅ bepul huquqiy va psixologik maslahatlar;
    374video8411Open in Telegram
  • ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ

    14 Sept, 20:16

    #WomanWorldGlobal✨ AYOL — FAQAT YORDAM OLUVCHI EMAS, BALKI JAMIYAT TARAQQIYOTINING FAOL ISHTIROKCHISIWoman World Global Sweden faoliyatining asosiy yo‘nalishlari qatoriga xotin-qizlar va inson huquqlari, ayollar liderligi, ta’lim va kasbiy rivojlanish, iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish va tadbirkorlik, migratsiya va integratsiya, akademik tadqiqotlar, madaniyatlararo muloqot hamda xalqaro hamkorlik kiradi.Tashkilot ayollarni faqat yordamga muhtoj shaxs sifatida emas, balki lider, tadbirkor, olima, mutaxassis va qaror qabul qilish jarayonining faol ishtirokchisi sifatida qo‘llab-quvvatlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.Shuningdek, amaliy tajribani ilmiy bilim bilan uyg‘unlashtirish, universitetlar, tadqiqotchilar, davlat va fuqarolik jamiyati institutlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan qo‘shma loyihalar ishlab chiqishga alohida e’tibor
    Image from a post by ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİImage from a post by ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİImage from a post by ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİImage from a post by ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ
    7886321Open in Telegram
  • ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ

    14 Sept, 20:16

    #Ozbekiston #GlobalHamjihatlik⚡️ SHVETSIYANING LUND SHAHRIDA WOMAN WORLD GLOBAL SWEDEN TASHKILOTINING RASMIY OCHILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDIO‘zbekistonning Shvetsiyadagi Elchisi Rahmatulla Nurimbetov, Lund universiteti vakillari, olimlar, jamoatchilik faollari va turli mamlakatlardan kelgan mehmonlar ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xalqaro tashabbus doirasida bir maydonda jam bo‘ldi.LUND, SHVETSIYA — 14-sentabr, 2026-yil. Shvetsiyaning Lund shahrida Woman World Global Sweden (WWG Sweden) tashkilotining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Shvetsiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Rahmatulla Nurimbetov, Lund universiteti vakillari va professor-o‘qituvchilari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari vakillari, ayol liderlar, mutaxassislar hamda turli mamlakatlardan tashrif buyurgan mehmonlar ishtirok etdi.
    Image from a post by ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİImage from a post by ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİImage from a post by ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİImage from a post by ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ
    3905321Open in Telegram
  • ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ

    11 Sept, 20:07

    #AdolatSari #AdolatQarorTopdi #ZoravonlikJazosizQolmasin #QonunUstuvorligiAssalomu alaykum, aziz yurtdoshlar!Bugun sizlar bilan uzoq va og‘ir davom etgan sud jarayonining yakuniy natijasini bo‘lishmoqchiman.Joriy yilning yanvar oyida barchamizni larzaga solgan fojia yuz berdi. Sayyora Ergashalieva va Durdona Xakimovaning hayoti shafqatsizlarcha olib qo‘yildi. Ularning jasadlari bo‘laklangan holda tashlab ketilgani esa bu jinoyatning naqadar dahshatli ekanini ko‘rsatdi.O‘sha kundan boshlab biz ushbu ishni e’tiborsiz qoldirmadik.Bugungi sud majlisida O‘zbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish jamiyati nomidan advokatlarimiz, mening yordamchilarim, shuningdek, Sayyora va Durdonaning yaqinlari hamda oila a’zolari ishtirok etdilar.Va bugun — adolat o‘z so‘zini aytdi.Sud qaroriga ko‘ra, mazkur og‘ir jinoyatda aybdor deb topilgan ikki shaxsga umrbod ozodlikdan mahrum qilish
    719video204Open in Telegram
  • ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ

    9 Sept, 14:12

    #QabulBoshlandi #BaşvurularBaşladı🚀 Kelajagingizni kutmang, uni o‘zingiz yarating! WomenRise Global Academy’da yangi mavsumga qabul boshlandi!💡 O‘zingizga mos yo‘nalishni tanlang va kelajagingiz sari ilk qadamni tashlang. Ushbu rasmiy web-saytimiz orqali ta’lim dasturlariga ro‘yxatdan o‘ting.👇womenriseglobalacademy.com📞 Murojaat uchun: + 90 501 196 13 10➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖🚀 Geleceğini bekleme, onu sen inşa et! WomenRise Global Academy’de yeni dönem kayıtları başladı!
    Image from a post by ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİImage from a post by ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ
    7118211Open in Telegram
  • ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ

    7 Sept, 20:40

    🇺🇿 Har bir voqeaning uning o‘z tilidan aytiladigan tomoni ham borJamoatchilikka yetib kelgan har bir voqea ortida hali ko‘rilmagan, eshitilmagan bir hikoya bo‘lishi mumkin.Mamura Burkhonova ushbu videoda turmush qurish jarayonidan boshlab boshidan kechirgan voqealari, uydan chiqib ketishigacha bo‘lgan holatlar hamda keyinchalik unga nisbatan ilgari surilgan da’volar haqida o‘z so‘zlari bilan jamoatchilikka murojaat qilmoqda.Huquqiy jarayon davom etayotgan bir paytda biror shaxs yoki tomon haqida oldindan hukm chiqarishni to‘g‘ri deb hisoblamaymiz. Yakuniy sud qarori mavjud bo‘lmaguncha aybsizlik prezumpsiyasi, inson qadr-qimmati va adolatli sudlov huquqiga hurmat bilan yondashilishi lozim, deb hisoblaymiz.Ushbu videoni ulashishdan maqsad biror tomonni ayblash emas. Maqsad — jamoatchilikda turli da’volar bildirilayotgan bir ayolga ham o‘z
    922video842Open in Telegram
  • ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ pinned a photo

    7 Sept, 18:31

  • ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ

    7 Sept, 17:51

    #SaygıVeAdalet #BirMilletiYargılamaSon günlerde bazı medya ve sosyal medya platformlarında “Özbek gelin” ifadesi üzerinden ciddi iddialar gündeme getiriliyor.Olayın gerçekliği ve hukuki boyutu yetkili makamların konusudur. Bizim mesajımız ise çok nettir:Bir kişinin eylemi, bir milletin kimliği değildir.Aileler arasında yaşandığı iddia edilen bir olayın milliyet üzerinden sunulması, Türkiye’de yaşayan binlerce Özbekistan vatandaşını incitebilir ve toplumlar arasında gereksiz önyargılara yol açabilir.Türk ve Özbek halklarının kardeşliği, tek bir olaydan ve sosyal medya manşetlerinden çok daha güçlüdür.Basınımızı ve sosyal medya kullanıcılarını doğrulanmamış iddialarda daha sorumlu bir dil kullanmaya davet ediyoruz.Bir olayı konuşabiliriz, bir milleti yargılayamayız.
    Image from a post by ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİImage from a post by ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ
    674821Open in Telegram
  • ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ

    7 Sept, 17:50

    #HaqiqatVaAdolat #MillatniHukmQilmangSo‘nggi kunlarda ayrim OAV va ijtimoiy tarmoqlarda “o‘zbek kelini” iborasi orqali jiddiy da’volar tarqalmoqda.Voqeaning haqiqati va huquqiy bahosi vakolatli organlarning ishidir. Bizning pozitsiyamiz esa aniq:Bir insonning xatti-harakati butun bir millatning qiyofasi emas.Oilalar o‘rtasida yuz bergani iddao qilinayotgan holatni millat bilan bog‘lash Turkiyada yashayotgan minglab o‘zbekistonliklarni ranjitishi va jamiyatda asossiz salbiy qarashlarni kuchaytirishi mumkin.O‘zbek va turk xalqlarining qardoshligi bitta voqea yoki ijtimoiy tarmoq sarlavhalaridan ancha kuchlidir.OAV va ijtimoiy tarmoq vakillarini tasdiqlanmagan xabarlarni yoritishda mas’uliyatli bo‘lishga chaqiramiz.Bir voqeani muhokama qilish mumkin, ammo bir millatni hukm qilish mumkin emas.
    Image from a post by ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİImage from a post by ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ
    627631Open in Telegram
  • ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ

    5 Sept, 08:55edited

    #WomenRiseGlobalAcademy #AyollarRivoji #ProfessionalRivojlanish #ZamonaviyKasblar📈 Ba’zan, inson hayotini o‘zgartirish uchun, birgina bilim, yangi kasb va yangi imkoniyatning o‘zi kifoya.Assalomu alaykum, men Ozoda Islomova. Bugun sizlar bilan men uchun juda qadrli bo‘lgan, uzoq vaqt davomida, katta mehr, mehnat va ulkan maqsadlar bilan yaratilgan, yangi loyihamizni bo‘lishmoqchiman.WomanRise Global Academy.WomanRise shunchaki ta’lim platformasi emas, u ayollarni yangi bilim va kasb egallashi, o‘z salohiyatini kashf etishi, iqtisodiy mustaqillikka erishishi va zamonaviy dunyoda o‘z o‘rnini topishi uchun yaratilgan, xalqaro ta’lim va rivojlanish maydoni.Bugungi kunda akademiyamizda 260 dan ortiq kasbiy va zamonaviy ko‘nikmalar yo‘nalishida ta’lim dasturlari jamlangan.🦅 Sun’iy intellekt va raqamli
    593video93111Open in Telegram
  • ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ

    4 Sept, 05:38

    #WomenRiseGlobalAcademy #AyollarRivoji #ProfessionalRivojlanish #ZamonaviyKasblar🌸 WomenRise Global Academyning asosiy maqsadi — ayollar va qizlarga bilim olish, zamonaviy kasb-hunar egallash, yangi ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan mustaqil bo‘lishlari uchun imkoniyat yaratishdir.📚 Akademiya orqali ayollarga: • zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan kasblarni o‘rganish; • liderlik va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish; • xalqaro ta’lim va professional rivojlanish imkoniyatlaridan foydalanish; • o‘z biznesi yoki professional faoliyatini boshlash; • xalqaro hamkorlik va kuchli professional tarmoq yaratish imkoniyatlarini taqdim etamiz.💡 Bizning asosiy g‘oyamiz — bilim orqali ayolni kuchaytirish, kuchli ayol orqali esa oilani, jamiyatni va kelajak avlodni rivojlantirish.
    581video531Open in Telegram
  • ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ

    3 Sept, 17:25

    ✨ WOMENRISE GLOBAL ACADEMY — YANGI BOSQICH BOSHLANMOQDABugun biz yangi bir yo‘lni boshlayapmiz.Uzoq vaqtdan beri orzu qilgan, katta mehr va ishonch bilan tayyorlagan yangi tashabbusimizni sizlar bilan baham ko‘rishdan mamnunmiz:WOMENRISE GLOBAL ACADEMY 🌐WomenRise Global Academy — ayollarning ta’lim olishi, yangi bilim va kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi hamda global imkoniyatlarga yo‘l ochishi uchun yaratilgan xalqaro ta’lim va rivojlanish platformasidir.Bizning maqsadimiz faqat ta’lim berish emas.Biz ayollarning o‘z kuchiga ishonishi, zamonaviy kasblarni egallashi, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan mustahkamlanishi hamda kelajakning yetakchilariga aylanishiga ko‘maklashishni istaymiz.🔍 Global yuksalish. 🎓
    Image from a post by ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİImage from a post by ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ
    5168221Open in Telegram
  • ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ

    2 Sept, 19:17

    #ÖKHD_5_yoshda #5yilbirga✨ Bugun Turkiyadagi “O‘zbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish jamiyati” tashkil etilganiga 5️⃣ yil to‘ldi.Besh yil avval biz ezgu va ulug‘ maqsad bilan yo‘lga chiqqan edik: hech bir ayol o‘zini yolg‘iz, himoyasiz va e’tiborsiz his qilmasligi kerak.Bugun ortga nazar tashlar ekanmiz, bosib o‘tgan yo‘limiz minglab ayollarning taqdiri, ishonchi, umidi va hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar bilan chambarchas bog‘langanini ko‘ramiz.Shu yillar davomida biz minglab o‘zbek xotin-qizlarining yonida bo‘ldik. Ularning huquq va manfaatlarini himoya qildik, murakkab hayotiy vaziyatlarda ko‘mak berdik, huquqiy, ijtimoiy va ma’naviy yordam ko‘rsatdik. Shuningdek, ayollarning ta’lim olishi, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, o‘z kuchiga ishonishi hamda jamiyatda munosib o‘rin egallashi uchun yangi
    520video1222Open in Telegram
  • ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ

    2 Sept, 18:09

    #tabrik_sozi #ÖKHD_5_yoshda✨ “O‘zbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish” jamiyatining 5 yilligi munosabati bilan bildirilgan samimiy tilaklar.✍️ Bursa shahrida istiqomat qilayotgan faol vatandoshlarimiz hamda “O‘zbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish” jamiyatining faol a’zolari
    356video4Open in Telegram
  • ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ

    2 Sept, 17:58

    #tabrik_sozi #ÖKHD_5_yoshda✨ “O‘zbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish” jamiyatining 5 yilligi munosabati bilan bildirilgan tilak so’zlari✍️ Kemal Keskin — mali müşavir.
    481video3Open in Telegram
  • ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ

    2 Sept, 17:56edited

    #tabrik_sozi #ÖKHD_5_yoshda✨ “O‘zbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish” jamiyatining 5 yilligi munosabati bilan bildirilgan tilak so’zlari✍️ Zarrina Qodirova İqtisod fanlari doktori, Tojikiston davlat tijorat universiteti professori. POLCA loyihasi doirasida Istanbul shahrida faoliyat yuritayotgan xalqaro ilmiy tadqiqotchi.
    363video3Open in Telegram