Latest posts

Ozodbek Nazarbekov
22 Sept, 16:32
⭐️ Toshkent Golden Globes Silk Road Tribute Gala xalqaro tadbiriga mezbonlik qiladi✅ Telegram ✅ Instagram
Ozodbek Nazarbekov
22 Sept, 15:16
⭐️ Toshkent "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro tadbiriga mezbonlik qiladiBugun, Rossiyaning “LETO Production” kompaniyasi vakillari Darya Bogdanova va Viktoriya Noviskaya bilan uchrashdik. Uchrashuvda joriy yil oktyabr oyida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada tashkil etish masalalarini muhokama qildik.Mazkur tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasining kino va televideniye sohasidagi ijodiy yutuqlarini xalqaro maydonda namoyish etish, mamlakatlar o‘rtasidagi professional aloqalarni kengaytirish hamda yangi qo‘shma loyihalarga yo‘l ochish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilishiga ishonaman.Toshkentda bunday xalqaro kino tadbirining o‘tkazilishi O‘zbekistonning xalqaro madaniy imijini yanada mustahkamlash, milliy san’at




Ozodbek Nazarbekov
21 Sept, 18:51
⭐️ Raqamli san’at ijodiy birlashmasi faoliyatini rivojlantirish masalalarini muhokama qildikBugun Raqamli san’at ijodiy birlashmasi faoliyatini samarali tashkil etish, uning istiqboldagi vazifalari va ustuvor yo‘nalishlarini belgilash masalalarini muhokama qildik.Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat bo‘yicha vakili Xasan Salixov ishtirok etdi.Uchrashuv davomida birlashma tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, erishilayotgan natijalar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashdik. Raqamli san’at yo‘nalishini yanada rivojlantirish, ijodkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish va zamonaviy ijodiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ko‘rib chiqdik.Bugungi kunda raqamli texnologiyalar san’atning yangi imkoniyatlarini namoyon etmoqda. Shu bois bu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan ijodkorlarni




Ozodbek Nazarbekov
18 Sept, 15:51
forwarded from @minbarortida
“Mendirman o’sha”. Prezident va jonli ijroda kuylayotgan nukuslik yoshlar 🎸
Ozodbek Nazarbekov
17 Sept, 06:12
forwarded from @madaniyatvazirligi
#Madaniyat_kunlari🇺🇿 🇰🇷 Seul sahnasini zabt etgan "Mendirman"!O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ijrosidagi “Mendirman” qo‘shig‘i “O‘zbekiston madaniyati kunlari”ning tantanali ochilish marosimida yangrab, kechaning eng yorqin va hayajonli lahzalaridan biriga aylandi.▶️ Ushbu konsert dasturini YouTube platformasida https://www.youtube.com/live/SzDOSmYSefI tomosha qilishingiz mumkin.Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt|YouTube|Mediabank
Ozodbek Nazarbekov
16 Sept, 18:44
🇺🇿 🇰🇷 Seulda “O‘zbekiston madaniyati kunlari”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi✅ Telegram ✅ Instagram
Ozodbek Nazarbekov
16 Sept, 18:03
🇺🇿 🇰🇷 Seulda o‘zbek madaniyatining yana bir unutilmas sahifasi yozildiBugun Seul shahrida “O‘zbekiston madaniyati kunlari”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Seuldagi “Sejong Art Center” sahnasida yangragan musiqa va qo‘shiqlar, milliy raqslar hamda maqom ohanglarida san’atimizning betakror jilosi, xalqimizning asrlar davomida shakllangan ma’naviy dunyosi namoyish etildi.Bugun Seulda sahnaga chiqar ekanman, bir haqiqat haqida yana bir bor o‘yladim, insonni insonga, xalqni xalqqa eng yaqin qiladigan til — bu san’at tilidir.Sahnada yangragan har bir ohang, ijro etilgan har bir asar ortida yurtimizning boy madaniy merosi va bugungi ijodiy salohiyati mujassam edi. Bu jarayonda o‘zbek san’atining taniqli vakillari va ijodkorlari ham ishtirok etdilar.O‘zbekiston va Koreya xalqlarini tarix, taraqqiyot va




Ozodbek Nazarbekov
16 Sept, 17:06
⭐️ Koreya Respublikasi jamg‘armasi prezidenti Guido Song bilan uchrashdik✅ Telegram ✅ Instagram
Ozodbek Nazarbekov
16 Sept, 12:03
⭐️ Madaniyatda “men” va “sen” degan chegaralar emas, “biz” degan tushuncha ustuvor bo‘ladi...O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida madaniy hamkorlikning yangi imkoniyatlarini muhokama qildik. Koreya Respublikasidagi xizmat safarimiz davomida Korea Foundation prezidenti Guido Song bilan uchrashdik.Suhbatimiz ochiq va samimiy ruhda o‘tdi. O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida madaniyat va san’at sohasida shakllangan munosabatlarni yanada boyitish, yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish va ikki xalqni madaniyat orqali yanada yaqinlashtirish haqida fikrlashdik. Xususan, raqamli nomoddiy madaniy merosni asrash va targ‘ib qilish, madaniy almashinuv dasturlarini kengaytirish hamda Toshkent shahridagi Koreya madaniyati va san’ati uyi faoliyatini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildik.Toshkent shahridagi Koreya madaniyati va san’ati uyi ikki xalqning madaniyati




Ozodbek Nazarbekov
16 Sept, 10:40
⭐️ Yoshlarimiz qayerda yashamasin, qalbida O‘zbekiston bor...Men har doim bir haqiqatga ishonaman, yurt chegaralari uzoqlashgani bilan Vatanga bo‘lgan mehrning masofasi o‘lchanmaydi. Inson qayerda bo‘lmasin, o‘z milliy qadriyatlarini asrab, uni dunyoga tanitishga intilsa, u o‘z yurti bilan ma’naviy rishtalarni mustahkamlaydi. Bugungi muloqotimizda yoshlarimizning fikr va takliflarini tingladik. Bugun biz nafaqat ularning takliflarini eshitdik, balki kelgusida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan loyihalar haqida ham fikr almashdik.✅ Telegram ✅ Instagram
Ozodbek Nazarbekov
16 Sept, 10:10
⭐️ Yoshlarimiz qayerda yashamasin, qalbida O‘zbekiston bor...Bugun Seul shahrida Koreya Respublikasida tahsil olayotgan, yashayotgan va o‘z faoliyati orqali O‘zbekiston madaniyati, san’ati va ona tilini targ‘ib qilib kelayotgan iqtidorli yoshlarimiz bilan samimiy uchrashdik.Men har doim bir haqiqatga ishonaman, yurt chegaralari uzoqlashgani bilan Vatanga bo‘lgan mehrning masofasi o‘lchanmaydi. Inson qayerda bo‘lmasin, o‘z milliy qadriyatlarini asrab, uni dunyoga tanitishga intilsa, u o‘z yurti bilan ma’naviy rishtalarni mustahkamlaydi. Bugungi muloqotimizda yoshlarimizning fikr va takliflarini tingladik. Bugun biz nafaqat ularning takliflarini eshitdik, balki kelgusida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan loyihalar haqida ham fikr almashdik.Menga ayniqsa bir jihat katta taassurot qoldirdi. Yoshlarimiz qayerda yashamasin, qalbida O‘zbekiston bor.




Ozodbek Nazarbekov
16 Sept, 09:35
⭐️ Seuldagi nufuzli universitet bilan hamkorlik memorandumi imzoladikYunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti va Sungshin Women’s University o‘rtasida rektorlar ishtirokida hamkorlik memorandumini imzoladik. Men uchun bu hujjat oddiy kelishuvdan ko‘ra kengroq ma’no kasb etadi. Chunki qog‘ozga tushgan har bir kelishuvning ortida insonlar, ularning bilimi, izlanishi va kelajakka bo‘lgan ishonchi turadi.✅ Telegram ✅ Instagram
Ozodbek Nazarbekov
11 Sept, 14:06
⚡️ O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasida musiqa ta’limi sohasida hamkorlik kengaymoqdaSafar doirasida Londondagi nufuzli Royal College of Music (RCM) rahbari Kevin Porter bilan uchrashdik. Muloqotda O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Ravshan Usmonov ham ishtirok etdi.Uchrashuv davomida oliy musiqa ta’limini zamonaviy talablar asosida modernizatsiya qilish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, milliy va jahon mumtoz musiqasi uyg‘unligini xalqaro miqyosda targ‘ib etish masalalarini muhokama qildik.Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va RCM o‘rtasida bir qator ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdik.Xususan, O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi va RCM o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri anglashuv memorandumini imzolash, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqdamiz.Shuningdek, RCM professorlarini O‘zbekistondagi konservatoriya va ixtisoslashtirilgan musiqa maktab-internatlariga mahorat darslari o‘tkazish uchun jalb etish, o‘zbekistonlik yosh pedagoglarning Londonda malaka oshirishi va amaliyot o‘tashi uchun imkoniyatlar yaratish bo‘yicha kelishib oldik.Iqtidorli yosh musiqachilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekistonning eng salohiyatli yosh ijrochilarini "El-yurt umidi" jamg‘armasi hamda maxsus grantlar asosida RCMning bakalavriat va magistratura dasturlarida tahsil olish imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishdik.Ijodiy yo‘nalishda esa RCM orkestri va bastakorlari bilan hamkorlikda o‘zbek milliy cholg‘ulari va maqom san’ati asosida simfonik asarlar yaratish, shuningdek, Londonning nufuzli sahnalarida qo‘shma konsertlar tashkil etishni rejalashtirdik.Ishonchim komilki, mazkur kelishuvlar O‘zbekistonda musiqa ta’limi tizimiga ilg‘or xalqaro tajriba va standartlarni joriy etish, yosh musiqachilarimizning kasbiy salohiyatini oshirish hamda milliy musiqa san’atimizni xalqaro maydonda keng targ‘ib qilishda muhim amaliy qadam bo‘ladi.📲Telegram 📲Instagram




Ozodbek Nazarbekov
10 Sept, 19:49edited
⚡️ Londonda O‘zbekiston musiqa ta’limini rivojlantirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdikAyni kunlarda Angliyada xizmat safarimiz doirasida Buyuk Britaniya Musiqa ta’limi uyushmasi — Music Mark rahbari Jennifer Makki bilan uchrashib, O‘zbekistondagi Bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish hamda soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalarini muhokama qildik.Uchrashuvda O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ravshan Usmonov ham ishtirok etdi. Muzokaralar yakunida O‘zbekistondagi ilg‘or musiqa maktablarini bosqichma-bosqich “Music Mark International Partner School” maqomi bo‘yicha xalqaro sifat sertifikatidan o‘tkazish, shuningdek, Buyuk Britaniyaning “A Common Approach” zamonaviy o‘qitish dasturini milliy ta’lim tizimiga moslashtirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishdik.Shuningdek, pedagoglar malakasini oshirish, zamonaviy ta’lim metodikalarini joriy etish, alohida ehtiyojga ega bolalar uchun inklyuziv ta’lim va musiqa terapiyasi yo‘nalishida Britaniya tajribasidan foydalanish hamda ikki mamlakat yoshlar orkestrlari va ijodiy jamoalari o‘rtasida qo‘shma konsert va festivallarni tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirdik.Ishonamanki, mazkur kelishuvlar O‘zbekistonda yosh musiqachilarni tayyorlash tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, pedagoglar salohiyatini oshirish va musiqa ta’limi sohasida xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.📲Telegram 📲Instagram



Ozodbek Nazarbekov
10 Sept, 16:25
⚡️ O‘zbekiston va Buyuk Britaniya musiqa sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqdaBugun Buyuk Britaniya Musiqa industriyasi uyushmasi (UK Music) rahbari Tom Kiehl bilan hamkorlik uchrashuvi o‘tkazdik.Muloqotda O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Ravshan Usmonov ham ishtirok etdi. Uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni, xususan, musiqa sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, ilg‘or tajriba almashish va istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildik.Britaniyaning musiqa bozorini boshqarish, ovoz yozish sanoati va zamonaviy musiqa menejmenti sohalaridagi ilg‘or tajribasini O‘zbekistonda joriy etish muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi.Shuningdek, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, musiqachilar, prodyuserlar va ovoz muhandislari uchun britaniyalik mutaxassislar ishtirokida trening va mahorat darslarini tashkil etish bo‘yicha fikr almashdik.Bugungi kunda musiqa industriyasini raqamlashtirish, mualliflik huquqini himoya qilish, striming platformalari bilan samarali ishlash va raqamli bozorda ijodkorlar manfaatlarini ta’minlash ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois bu yo‘nalishlarda hamkorlikni kuchaytirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratdik.Qolaversa, ikki mamlakat ijodkorlari ishtirokida qo‘shma festivallar, gastrol safarlari va xalqaro musiqa loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildik.Uchrashuv yakunida bildirilgan tashabbuslarni amaliy bosqichga olib chiqish, qo‘shma loyihalarni shakllantirish va o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldik.Ishonamanki, ushbu hamkorlik O‘zbekiston musiqa san’atining xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish, ijodkorlarimiz uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda musiqa industriyasini zamonaviy tendensiyalar asosida rivojlantirishga xizmat qiladi.📲Telegram 📲Instagram




Ozodbek Nazarbekov
8 Sept, 13:25
Oʻzbekiston va Serbiya Prezidentlari Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida deklaratsiyani imzoladilar. — Президенты Узбекистана и Сербии подписали Декларацию об установлении отношений стратегического партнерства.📲Telegram 📲Instagram
Ozodbek Nazarbekov
8 Sept, 13:04
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiyani imzoladilar. Davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlar almashildi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Сербия Александр Вучич подписали Совместную декларацию об установлении отношений стратегического партнерства. В присутствии лидеров состоялась церемония обмена двусторонними документами.#Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #hujjatlar📲Telegram 📲Instagram




Ozodbek Nazarbekov
8 Sept, 12:16edited
Oliy darajada O‘zbekiston – Serbiya muzokaralari bo‘lib o‘tdi. 📲Telegram 📲Instagram
Ozodbek Nazarbekov
8 Sept, 12:03
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning yuzma-yuz va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari boʻlib oʻtdi. #Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #muzokaralar 📲Telegram 📲Instagram



Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
