Latest posts

Qo‘shtepa tumani hokimligi
25 Sept, 06:42
#Deputatlik_nazorati🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026-2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-sonli qarori ijrosi bo‘yicha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Qoʻshtepa tumani boʻlimida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.➡️ Qo‘shtepa tumani Sohibkor MFY Sohibkor ko'chasida joylashgan yangi bino barpo etilmoqda. Mazkur obyekt bo‘yicha o‘tkazilgan tender yakunlariga ko‘ra “SMART PROJECT INNOVATION” MCHJ g‘olib deb topilib, pudratchi tashkilot hamda Farg‘ona viloyati “Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati” DM o‘rtasida qiymati 5 milliard 279 million so‘mlik pudrat shartnomasi imzolangan.➡️O‘rganish davomida, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligidagi “O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida”gi Qonuni asosida amalga oshirilayotganligini tahlil qilindi.✔️ O‘rganishda Xalq deputatlari Qo‘shtepa tuman Kengashi raisi Sh.Sharapov, tuman Kengashi kotibiyat muduri B.Axmadjonov, kotibiyat bosh mutaxassisi B.Teshaboyev ishtirok etdi.📱Telegram| 📱 Facebook| 📱 Instagram| 📱Youtubе|📱Sayt




Qo‘shtepa tumani hokimligi
25 Sept, 06:19
📌 O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuvO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Jahon savdo tashkiloti (JST) Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdi.Muloqot davomida O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni qanday ketayotganini hamda mamlakat oldida turgan yakuniy vazifalar mohokama qilindii.Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi jarayon 2023-yildan boshlab yangi sur’at kasb etdi. Shu davrdan muzokaralar jadallashib, 2026-yil iyul holatiga ko‘ra, JSTga qo‘shilish bo‘yicha Ishchi guruhning 13 ta yig‘ilishi o‘tkazildi.Bugungi kunga qadar JSTga a’zo 35 davlat bilan bozorlarni ochish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar boshlangan bo‘lib, 33 ta davlat bilan muzokaralar yakunlangan. Shuningdek, milliy qonunchilikning qariyb 200 ta hujjati JST qoidalari va tamoyillariga muvofiqlashtirildi.Bizni doimiy qo‘llab-quvvatlab, ekspertlik ko‘magini berayotgan qadrli Okonjo-Iveala xonimga minnatdorlik bildiraman. Bu yo‘lning katta qismini bosib o‘tdik, bundan keyin shahdimizni susaytirmasdan, boshlangan ishni nihoyasiga yetkazishimiz juda muhim,-deydi S.Mirziyoyeva.JSTga a’zolik — yangi imkoniyatlar sari yo‘l. Bu jarayon O‘zbekiston iqtisodiyotining xalqaro savdo tizimiga yanada chuqur integratsiyalashuvi uchun muhim qadamdir.Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X




Qo‘shtepa tumani hokimligi
25 Sept, 04:14
60 sentnerlik hosildorlik QoʻshtepadaQoʻshtepa tumanida faoliyat yuritib kelayotgan “Fergana Global Textile” paxta-toʻqimachilik klasteri tomonidan tumandagi 1 500 gektardan ziyod maydonda paxta hosili yetishtirildi.🌱 Ilgʻor agrotexnologiyalar qoʻllanilishi natijasida ayni paytda oʻrtacha 60 sentner hosildorlik qayd etilmoqda.Hosilni yigʻib-terib olish ishlariga 8 ta paxta terish mashinasi jalb etilgan.Terib olingan paxta xomashyosi klasterga qarashli paxta qabul qilish maskanlariga yetkazib berilmoqda.🤖 Qabul jarayonida “Hosil qabul” dasturi va sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanilib, paxtani tortish, qabul qilish hamda sifat koʻrsatkichlarini nazorat qilishning zamonaviy va shaffof tizimi yoʻlga qoʻyilgan.📱Telegram| 📱 Facebook| 📱 Instagram| 📱Youtubе|📱Sayt
Qo‘shtepa tumani hokimligi
24 Sept, 16:35
O‘zbekiston Eronga qarshi 3:1 hisobida g‘alaba qozondiBugun, 24-sentabr kuni Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eron bilan bahs olib bordi.Murosasiz kechgan o‘rtoqlik uchrashuvida vakillarimiz 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Eldor Shomurodov 10 va 58-daqiqalarda dubl qayd etgan bo‘lsa, Husayn Norchayev 90+4-daqiqada yakuniy hisobni o‘rnatdi.Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi Farg‘onadagi uchrashuvni ishonchli g‘alaba bilan yakunladi.Terma jamoamizning keyingi o’rtoqlik o’yini 1-oktabr kuni Toshkentda 🇸🇾Suriyaga qarshi bo’lib o’tadi.Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X


Qo‘shtepa tumani hokimligi
24 Sept, 16:34
Farg‘onada viloyat futbol akademiyasining zamonaviy stadioni foydalanishga topshirildiBugun Farg‘ona shahrida viloyat Futbol akademiyasining mukammal ta’mirlangan zamonaviy stadioni tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, futbol mutaxassislari va murabbiylar, sport faxriylari hamda yoshlar ishtirok etdi. — В Фергане введён в эксплуатацию современный стадион областной футбольной академии — Modern Stadium of the Regional Football Academy Opens in FerganaFergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X


1,180Open in Telegram
Qo‘shtepa tumani hokimligi
23 Sept, 14:35
Mahallalarda aholi muammolari va takliflari oʻrganilmoqdaQoʻshtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayev tomonidan mahallalarda aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini oʻrganish, bandligini taʼminlash hamda hudud infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan oʻrganishlar davom ettirilmoqda. Navbatdagi manzil Qayragʻoch mahalla fuqarolar yigʻini boʻldi. Tashrif davomida tadbirkorlik faoliyatiga yangi qadam qoʻygan Ismoiljon Tilovoldiyevning shirinliklar ishlab chiqarish sexi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.Tadbirkor ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish, qoʻshimcha uskunalar xarid qilish hamda yangi ish oʻrinlari yaratish maqsadida 100 million soʻm miqdorida kredit mablagʻiga ehtiyoji borligini maʼlum qildi. Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida yana 5 ta yangi ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan.Tuman hokimi ushbu tashabbusni qoʻllab-quvvatlash, tadbirkorga amaliy koʻmak koʻrsatish va kredit masalasini belgilangan tartibda hal etish yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berdi. Shuningdek, hokim Ziyolilar koʻchasida istiqomat qiluvchi, Ijtimoiy reyestrda boʻlgan fuqaro B. Mirazizov xonadonida boʻlib, oilaning yashash sharoiti bilan tanishdi. Fuqaroning turmush sharoitini yaxshilash maqsadida tegishli subsidiya olish uchun tavsiya va amaliy koʻmak koʻrsatish boʻyicha masʼullarga vazifalar belgilandi. Bunday oʻrganishlarning asosiy maqsadi — xalqning muammolarini tinglash, mavjud masalalarni joyida aniqlash va ularga tezkor hamda sifatli yechim topishdir.📱Telegram| 📱 Facebook| 📱 Instagram| 📱Youtubе|📱Sayt




Qo‘shtepa tumani hokimligi
23 Sept, 12:35
❗️Prezidentimiz topshirig'iga asosan davlat aktivlari 3 oy sotilmasa narxi pasaytiriladi🏢 Davlatga tegishli mulklar ochiq savdolarga chiqariladi.🔹 1 242 ta ko'chmas mulk obyekti — bino, inshoot, ombor, ma'muriy joylar; 🔹 84 ta korxonaning ustav kapitalidagi davlat ulushi; 🔹 8 ming gektar yer uchastkasi ochiq savdolarga chiqariladi.Agar obyekt 3 oy davomida sotilmasa, uning boshlang'ich narxi balans qiymatidan qat'i nazar bosqichma-bosqich 10 foizdan pasaytirib boriladi.👉 Lotlarni batafsil ko‘rish!Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X


Qo‘shtepa tumani hokimligi
23 Sept, 09:35
Maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlar koʻrib chiqildiJinoyat ishlari boʻyicha Qoʻshtepa tuman sudining tergov sudyasi Dilshodbek Ahmedov tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan toʻplangan hujjatlar hamda maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlar koʻrib chiqildi.Koʻrib chiqish jarayonida jami 23 ta maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ish koʻrib chiqildi.Shundan 5 nafar huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi. 8 ta ish esa taraflarning yarashganligi munosabati bilan ish yuritishdan tugatildi.Mazkur ishlar qonunchilikda belgilangan tartib va talablar asosida koʻrib chiqilib, har bir holat yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.📱Telegram| 📱 Facebook| 📱 Instagram| 📱Youtubе|📱Sayt




Qo‘shtepa tumani hokimligi
22 Sept, 14:56
❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish jarayonlari raqamlashtiriladi.⚡ Eng muhim kafolatlar✔️Murojaat
Qo‘shtepa tumani hokimligi
22 Sept, 14:56
Farg‘onada xalqaro dual ta’lim loyihasi boshlandiViloyat hokimi Xayrullo Bozorov Rossiyaning yirik ta’lim va innovatsion klasterlaridan biri — “Sinergiya” korporatsiyasi vitse-prezidenti Mixail Yerofeyev va uning mahalliy hamkorlarini qabul qildi.Uchrashuvda xalqaro ta’lim dasturi asosida amalga oshirilayotgan ishlar hamda Farg‘ona shahrida raqamli kasblar texnikumini tashkil etish loyihasi muhokama qilindi. — В Фергане стартовал международный проект дуального образования — International Dual Education Project Launched in FerganaFergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X




Qo‘shtepa tumani hokimligi
22 Sept, 14:06
📢 AZIZ FARG‘ONALIKLAR!⚽️ Katta futbol bayramiga tayyormisiz?!!Unda sizlarni 24-sentabr kuni, soat 19:00 da Farg‘onaning muhtasham “Istiqlol” stadioniga taklif etamiz!Bu kecha maydonda O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Eron milliy terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida bahs olib boradilar!Bu o‘yinning eng katta qahramonlari — maydondagi futbolchilar va farg‘onaning haqiqiy ishqibozlaridir!❗️Eslab qoling: “Istiqlol” stadioni bu safar har doimgiday sariq-qora rangga emas, O‘zbekistonning oq-ko‘k ranglariga burkanadi!🤝 Milliy terma jamoamiz bir ovozdan qo‘llab-quvvatlaylik!Bir yurak bo‘lib hayqiraylik! Bir maqsad bu - O‘zbekiston g‘alabasi! Shoshiling! Chiptalarni “Istiqlol”stadioni kassalaridan xarid qilishingiz mumkin!Farg‘ona, sening ovozingni butun O‘zbekiston eshitsin! 24-sentabr - “Istiqlol”da ko‘rishguncha!
Qo‘shtepa tumani hokimligi
22 Sept, 11:12
❗️Gulbahor To‘ychiyeva “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘olibi bo‘ldiQo‘shtepa tumanidagi 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi To‘ychiyeva Gulbahor Fozilovna “Yil o‘qituvchisi” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.Tanlov g‘olibi sifatida Gulbahor To‘ychiyevaga 616 million so‘m miqdorida pul mukofotiga sazovor bo‘ldi.📱 Telegram|📱 Facebook|📱 Instagram| 📱Youtubе|📱Sayt
Qo‘shtepa tumani hokimligi
22 Sept, 09:48
Har bir murojaat — e’tibor va nazoratdaQo‘shtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayev boshchiligida Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.Unda tuman prokurori, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, Davlat soliq inspeksiyasi rahbari hamda tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdi.Qabul davomida 56 nafardan ziyod fuqaroning murojaatlari tinglanib, asosan elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minoti, yo‘l va infratuzilma, bandlik, tadbirkorlik, kadastr hamda boshqa ijtimoiy masalalar muhokama qilindi.Murojaatlarning 23 tasi ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 18 tasi yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. 15 ta murojaat esa qo‘shimcha o‘rganish va amaliy choralar ko‘rish uchun mas’ullarga yo‘naltirildi.Ko‘tarilgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish va ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, murojaatlar nazoratga olindi.


1,200Open in Telegram
Qo‘shtepa tumani hokimligi
22 Sept, 09:10
“Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 2026-yil 17-sentyabrdagi 192-sonida Qoʻshtepa tumanining “Xalqobod” mahalla fuqarolar yigʻinida yuz bilan yuzlashib yashayotgan Ibaxxon Qosimova haqida maqola chop etildi.Bugun u koʻpchilikning eʼtibori va ardogʻida.Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami arafasida Prezidentimiz farmoniga muvofiq, yuz yoshdan oshgan bir guruh pir-u badavlat otaxon va onaxonlar “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.Ular qatorida 102 yoshni qarshi olgan Ibaxxon ona Qosimova ham bor.📱 Telegram|📱 Facebook|📱 Instagram| 📱Youtubе|📱Sayt
1,120Open in Telegram
Qo‘shtepa tumani hokimligi
22 Sept, 04:51
☺️ “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik xizmatlar haqida nimalarni bilasiz?🎬 Videoda ushbu xizmat turi, undan kimlar va qanday holatlarda foydalanishi mumkinligi haqida batafsil ma’lumot berishga harakat qildik.😊 Fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, huquqiy masalalarda zarur ko‘mak ko‘rsatish — markazlar faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Qo‘shtepa tumani hokimligi
22 Sept, 04:50
MUXLISLAR DIQQATIGA!24 sentyabr kuni kechki soat 19:00 da Farg‘onadagi muhtasham "Istiqlol" stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eron milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Shu kuni "Istiqlol" stadioni sariq-qora emas, oq-ko‘k rangga burkanadi. Chiptalarni esa stadion kassalarida xarid qilishingiz mumkin bo‘ladi. Milliy terma jamoamizni "Istiqlol" stadionida qo‘llab-quvvatlang.Olg‘a O‘zbekiston, olg‘a oq bo‘rilar!📱 Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram | 📱 Youtubе| 📱Sayt
Qo‘shtepa tumani hokimligi
22 Sept, 04:37
🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni


1,150Open in Telegram
Qo‘shtepa tumani hokimligi
21 Sept, 16:59
Qo‘shtepa dalalarida zamonaviy paxta terish mashinalariAyni kunlarda Qo‘shtepa tumanida paxta yig‘im-terimi mavsumi qizg‘in davom etmoqda.“Osiyo Bahor Fayzi” fermer xo‘jaligi dalalarida yetishtirilgan paxta hosili zamonaviy, yuqori unumdor texnikalar yordamida yig‘ib-terib olinmoqda.E’tiborli jihati, hosilning asosiy qismi yurtimizda ishlab chiqarilgan zamonaviy paxta terish mashinalari yordamida terilmoqda. Jumladan, “Swan Cotton” paxta terish mashinasi bir kunda 40–50 tonnagacha paxta terish quvvatiga ega.Yangi avlod paxta terish mashinalaridan foydalanish terim jarayonini jadallashtirish, mehnat unumdorligini oshirish hamda yetishtirilgan hosilni sifatli va qisqa muddatlarda yig‘ib olish imkonini bermoqda.📱 Telegram|📱 Facebook|📱 Instagram| 📱
Qo‘shtepa tumani hokimligi
21 Sept, 13:44
Is gazi hayot uchun xavfliYaqin kunlarda mamlakatimizning ayrim joylarida, xususan, tog‘li va tog‘oldi hududlarida yashovchi fuqarolar tomonidan isitish qozonlaridan bosqichma-bosqich foydalanish boshlanadi. Ushbu videoda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan muhim tavsiyalar berilgan. Mazkur videoni yaqinlaringizga yuboring. 📱 Telegram| 📱 Facebook| 📱 Instagram| 📱Youtubе| 📱Sayt
Qo‘shtepa tumani hokimligi
21 Sept, 09:24
#XushxabarFarg‘onaliklar “Yashillik va tozalik kubogi” respublika tanlovi g‘olibi bo‘ldi 🏆🌿“Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida “Yoshlar va ekologiya” xalqaro yugurish marafoni, “Ekologiya va velosport” musobaqasi hamda “Yashillik va tozalik kubogi” respublika tanlovining taqdirlash tadbirlari tashkil etildi.Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Iskandar Qutbiddinov ishtirok etib, barcha qatnashchilarni samimiy tabriklashdi.Yakuniy natijalarga ko‘ra, 🥇1-o‘ringa O‘zbekiston tumanidagi 49-umumta’lim maktabi jamoasi, 2-o‘ringa Samarqand shahridagi 9-maktab jamoasi va 3-o‘ringa Koson tumanidagi 33-maktab jamoasi loyiq deb topildi.Gʻolib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan qimmatbaho sovg‘alar bilan



Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
