Latest posts

RISHTON TUMANI HOKIMLIGI
25 Sept, 15:25
forwarded from @fvhokimligi
Farg‘onada “ICT Week Uzbekistan 2026” doirasida tadbirlar o‘tkazildiPoytaxtimizda boshlangan “ICT Week Uzbekistan 2026” xalqaro haftaligi doirasidagi tadbirlar Farg‘ona viloyatida ham davom etdi.40 nafarga yaqin xalqaro IT kompaniyalari, venchur fondlar, BPO markazlari va sun’iy intellekt loyihalari vakillari Farg‘onada bo‘lib, hududda axborot texnologiyalari sohasida yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdilar.Mehmonlarga dastlab Farg‘ona shahridagi Ekoshahar hududida barpo etilgan Fergana Digital Hub majmuasida IT kompaniyalar, startaplar va frilanser yoshlar faoliyati haqida ma'lumot berildi.Apple kompaniyasi bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan iOS Development Center, dasturiy mahsulotlar eksport qiluvchi Silk Road Professionals hamda BPO xizmatlarini ko‘rsatuvchi Sapphir Group faoliyati ham mehmonlarda yaxshi taassurot qoldirdi.Tadbir ishtirokchilari Farg‘ona shahridagi IT Park Farg‘ona filiali, Marg‘ilon shahridagi Hunarmandlar markazi hamda “Burhoniddin Marg‘inoniy” ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasida ham bo‘ldilar.Bunday xalqaro tadbirlar mahalliy startaplarni xalqaro bozorlarga olib chiqish hamda xorijiy kompaniyalar uchun viloyatning investitsion imkoniyatlarini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X




RISHTON TUMANI HOKIMLIGI
25 Sept, 15:25
forwarded from @fvhokimligi
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdiSessiyada Oliy Majlis Senati a’zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador mutasaddilar ishtirok etdilar.Sessiya kun tartibi doirasida hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan 11 ta muhim masala ko‘rib chiqildi.Xususan, to‘qimachilik va mashinasozlik yo‘nalishlarida to‘liq zanjirli ishlab chiqarishni kengaytirish, tashqi reklama va axborot obyektlarini o‘rnatish chizmalari loyihalarini ma’qullash hamda So‘x GES qurilishi va Davlat chegarasi ichki qismida muhandislik inshootlarini barpo etish uchun yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga olib qo‘yish masalalari muhokama qilindi.“O‘zbekistonda energiya samaradorligi va toza energiya loyihasi” konsepsiyasi, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlar va qurilmalarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ustuvor vazifalar ham ko‘rib chiqildi.Shuningdek, Farg‘ona shahridagi “Baqay” sanoat zonasi chegaralarini o‘zgartirish hamda viloyat prokuraturasi taqdimnomasi bo‘yicha kiritilgan masalalar kun tartibiga qo‘yildi.Sessiyada ko‘rilgan barcha masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X




RISHTON TUMANI HOKIMLIGI
25 Sept, 15:19
#Diqqat qabul


RISHTON TUMANI HOKIMLIGI
25 Sept, 12:45
forwarded from @fvhokimligi
Navbatdagi sayyor qabul: murojaatdan amaliy natijagaFuqaroning murojaati ortida uning hayotiga daxldor masala, yechim kutayotgan muammo bor. Farg‘ona tumanida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabulda ham asosiy e’tibor odamlarni tinglash bilan birga, ko‘tarilgan masalalarga aniq va amaliy yechim topishga qaratildi.Prezidentning viloyatdagi Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan qabulda viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, shahar va tumanlar hokimliklari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, mutasaddi idoralar hamda tegishli sohalar mas’ullari ishtirok etdi. — Очередной выездной приём: от обращения к практическому результату — Another Mobile Reception: From Citizens’ Appeals to Practical ResultsFergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X




RISHTON TUMANI HOKIMLIGI
24 Sept, 14:26
forwarded from @fvhokimligi
Farg‘onada viloyat futbol akademiyasining zamonaviy stadioni foydalanishga topshirildiBugun Farg‘ona shahrida viloyat futbol akademiyasining mukammal ta’mirlangan zamonaviy stadioni tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, futbol mutaxassislari va murabbiylar, sport faxriylari hamda yoshlar ishtirok etdi. — В Фергане введён в эксплуатацию современный стадион областной футбольной академии — Modern Stadium of the Regional Football Academy Opens in FerganaFergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X




RISHTON TUMANI HOKIMLIGI
23 Sept, 13:41
forwarded from @shmirziyoyev
Prezidentimiz sport industriyasining ilg‘or korxonalaridan birida bo‘ldi. — Президент нашей страны посетил одно из передовых предприятий спортивной индустрии.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
RISHTON TUMANI HOKIMLIGI
23 Sept, 13:35
forwarded from @fvhokimligi
#Fargʻonaning_buyuk_farzandlariOʻzbek raqs san'ati tarixida shunday bir buyuk nom borki, uni tilga olganda koʻz oʻngimizda nafis harakatlar, latofat va milliy gʻurur uygʻunlashgan betakror bir siymo namoyon boʻladi. U san'at yulduzi Mukarrama Turgʻunboevadir.Buyuk san'atkor 1913-yilda Margʻilon shahrida dunyoga kelgan.50 yillik ijodiy faoliyati davomida Mukarrama Turgʻunboyeva nafaqat oʻzbek sahnasida, balki jahonning turli mamlakatlarida milliy raqs san'atimizning betakrorligini namoyon qila oldi.1957-yilda u mashhur “Bahor” ansamblini tashkil etdi.Bu jamoa bilan dunyoning yuzdan ortiq mamlakatlarida boʻlib, oʻzbek raqsining jozibasi va nafosatini millionlab tomoshabinlarga yеtkazdi.📹 Batafsil videoda.Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
RISHTON TUMANI HOKIMLIGI
23 Sept, 13:34
forwarded from @shmirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi sport anjomlarini ishlab chiqarayotgan “LB Sport” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев в Балыкчинском районе ознакомился с деятельностью предприятия «LB Sport», производящего спортивный инвентарь.#Mirziyoyev #tashrif #Andijon #korxonaPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X




RISHTON TUMANI HOKIMLIGI
22 Sept, 16:45
forwarded from @fvhokimligi
“ICT WEEK UZBEKISTAN 2026” xalqaro haftaligida Farg‘ona viloyati imkoniyatlari ham namoyish etilmoqdaBugun poytaxtimizda “ICT Week Uzbekistan 2026” xalqaro haftaligining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsiyalar sohasidagi muhim tadbirda Farg‘ona viloyatining ham maxsus paviloni tashkil etildi.Unda viloyatda raqamli texnologiyalar, innovatsiyalar va startaplarni rivojlantirish borasida yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar, namunaviy startaplar hamda faoliyat yuritayotgan korxonalar taqdimoti o‘tkazilmoqda.Ishtirokchilar Farg‘ona viloyatining raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar sohasidagi salohiyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.Haftalik doirasida xalqaro forumlar, B2B uchrashuvlar, strategik davra suhbatlari hamda sun’iy intellekt, raqamli hukumat va fintex yo‘nalishlaridagi yangi loyihalar




RISHTON TUMANI HOKIMLIGI
22 Sept, 16:04
forwarded from @fvhokimligi
Belarus delegatsiyasi “Burhoniddin Marg‘inoniy” majmuasidaFarg‘ona viloyatida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Belarus Respublikasining Minsk viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Aleksey Kushnarenko boshchiligidagi delegatsiya Marg‘ilon shahridagi “Burhoniddin Marg‘inoniy” ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasida bo‘ldi.Viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov hamrohligida mehmonlar majmuadagi bunyodkorlik ishlari, zamonaviy binolar va inshootlar, hunarmandchilik ko‘rgazmalari hamda milliy bozor faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.Majmuada yaratilgan sharoitlar, me’moriy yechimlar va obodonlashtirish ishlari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.Qisqa vaqt ichida ushbu maskan farg‘onaliklar va viloyatga tashrif buyuruvchi mehmonlarning sevimli sayyohlik manzillaridan biriga aylanib ulgurgani yana bir bor ta’kidlandi.Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X




RISHTON TUMANI HOKIMLIGI
22 Sept, 16:04
forwarded from @fvhokimligi
#Fargʻona_farzandlariBeshariqdan Londongacha: bir yosh uchun qariyb 70 ming dollarlik investitsiyaFarg‘onaning olis Beshariq tumanidagi 11-maktabda boshlangan orzu bugun Buyuk Britaniyada davom etmoqda.E’tiborlisi, maktab o‘qituvchisi Shahloxon Boltayeva ustozligida 4 nafar o‘quvchi «El-yurt umidi» jamg‘armasi stipendiyasiga sazovor bo‘lgan. Ular orasida hozirda Londondagi Queen Mary University of London universitetida tahsil olayotgan magistrant Asadbek Odilov ham bor.“Bir o‘zim uchun qariyb 70 ming dollar atrofida investitsiya kiritildi. Shunday ekan, kelgusida, albatta, o‘rganganlarimni Vatanimiz ravnaqi uchun sarflayman. Biz — Prezidentimizning qanotlarimiz”, — deydi “El-yurt umidi” stipendiati Asadbek Odilov.Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
RISHTON TUMANI HOKIMLIGI
22 Sept, 14:50
forwarded from @shmirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasini rivojlantirish istiqbollari va yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi loyihalarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о перспективах развития электроэнергетики и совершенствовании механизмов управления проектами в топливно-энергетической отрасли.#Mirziyoyev #taqdimot #energetika #istiqbollarPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X




RISHTON TUMANI HOKIMLIGI
22 Sept, 14:34
Хитойда саноат корхоналари билан ҳамкорлик истиқболлари ўрганилмоқдаАйни кунларда Риштон тумани ҳокимининг биринчи ўринбосари бошчилигидаги ишчи гуруҳ Хитой Халқ Республикасида бўлиб, саноат корхоналари билан ҳамкорлик алоқаларини йўлга қўйиш, янги инвестиция лойиҳаларини жалб этиш ва илғор ишлаб чиқариш тажрибаларини ўрганиш бўйича музокаралар олиб бормоқда.Ташриф доирасида Hebei Rui Sai компаниясида бўлиб, автомобиллар учун таянч подшипниклар ишлаб чиқариш жараёнлари билан яқиндан танишилди. Корхонанинг ишлаб чиқариш қувватлари, технологик жараёнлари ҳамда маҳсулот турлари ўрганилди.Музокаралар давомида компания вакилларининг яқин вақт ичида Фарғона вилоятига ташриф буюриши ва ҳудуддаги инвестициявий имкониятлар билан танишиши бўйича келишувга эришилди.Ташриф давомида Риштон туманида ушбу йўналишда ишлаб чиқаришни йўлга қўйиш имкониятлари ҳам кўриб чиқилади.Шунингдек,




RISHTON TUMANI HOKIMLIGI
22 Sept, 14:23
🇨🇳🤝🇺🇿 RISHTON VA JINAN: YANGI HAMKORLIK LOYIHALARI BO‘YICHA KELISHUVLARGA ERISHILDIAvval xabar berganimizdek, o‘tgan hafta Rishton tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘ldi.🤝 Tashrif davomida Xitoyning qator shahar va korxonalarida uchrashuvlar o‘tkazilib, investitsiya, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish hamda Rishton tumanida yangi ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha samarali muzokaralar olib borildi.📍 Safar davomida Jinan shahrida delegatsiya kanalizatsiya suvlarini filtrlash, ekologik isitish qozonlarini ishlab chiqarish, elektr avtomatlar, tashqi izolyatsiya materiallari, aqlli (smart) elektr yashiklar hamda turli elektr jihozlari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati bilan tanishdi.🗣️ Safar taassurotlari va erishilgan kelishuvlar haqida Rishton tumani hokimining birinchi




RISHTON TUMANI HOKIMLIGI
22 Sept, 14:15
forwarded from @fvhokimligi
Farg‘onada xalqaro dual ta’lim loyihasi boshlandiViloyat hokimi Xayrullo Bozorov Rossiyaning yirik ta’lim va innovatsion klasterlaridan biri — “Sinergiya” korporatsiyasi vitse-prezidenti Mixail Yerofeyev va uning mahalliy hamkorlarini qabul qildi.Uchrashuvda xalqaro ta’lim dasturi asosida amalga oshirilayotgan ishlar hamda Farg‘ona shahrida raqamli kasblar texnikumini tashkil etish loyihasi muhokama qilindi. — В Фергане стартовал международный проект дуального образования — International Dual Education Project Launched in FerganaFergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X




RISHTON TUMANI HOKIMLIGI
22 Sept, 14:15
forwarded from @fvhokimligi
Belarus delegatsiyasida sanoat korxonalari faoliyati katta qiziqish uyg‘otdiFarg‘ona viloyatida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Belarus Respublikasining Minsk viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Aleksey Kushnarenko boshchiligidagi delegatsiya viloyatdagi yirik sanoat korxonalari hamda investitsiya infratuzilmasi bilan tanishdi.Mehmonlarga viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov hamrohlik qildi.Tashrif davomida “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasining Quvasoy filialida joylashgan korxonalar faoliyati haqida ma’lumot berildi.Xususan, keramogranit plita ishlab chiqaruvchi “Crown Ceramic” qo‘shma korxonasidagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishildi.Shuningdek, delegatsiya a’zolari “Marwin Fruitline” MChJning mevalarni qayta ishlash va quyultirilgan tabiiy sharbat ishlab chiqarish loyihasini ko‘zdan kechirdilar.Mehmonlarga Koreyaning “Hansae Mobility Turan” korxonasida




RISHTON TUMANI HOKIMLIGI
22 Sept, 13:35
🌾 “SHAVKAT” FERМER XO‘JALIGIDA PAXTADAN MO‘L HOSIL SARIRishton tumanidagi “Shavkat” fermer xo‘jaligida paxta yetishtirish va hosilni yig‘ib-terib olish jarayonlari samarali davom etmoqda.🌱 Umumiy 34 gektar yer maydoniga ega bo‘lgan xo‘jalikda joriy yilda 13 gektar maydonga Xitoyning “87” navli paxta ekilgan. Mavsum boshidan boshlab agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.👨🌾 Xo‘jalikda 14 nafar doimiy ishchi mehnat qilmoqda. Ilg‘or agrotexnika tadbirlarini qo‘llash, mehnat unumdorligini oshirish va hosilni o‘z vaqtida yig‘ib-terib olishga qaratilgan sa’y-harakatlar o‘z samarasini bermoqda.📈 Dastlabki natijalar quvonarli. Paxtadan birinchi terimdayoq yuqori hosildorlik qayd etilib, endilikdagi asosiy maqsad — har gektardan olinadigan hosilni 70–75 sentnergacha yetkazish.🌾 Ta’kidlash joiz, 2025-yilda xo‘jalikda g‘alla va



Links
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
