gram news
Izlanuvchilar maktabi channel avatar

Izlanuvchilar maktabi

@scientific_servicess

Murojaat, hamkorlik va reklama uchun: @scientific_services @IzlanuvchiroadBot “Izlanuvchilar maktabi” — bu sizning ilm yo‘lingizdagi birinchi bekat.

ProjectsENEducation

12,100subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Izlanuvchilar maktabi

    22 Sept, 17:29

    #Kechki mulohazaBa’zan boshqalarning duosiga umid qilamiz-u, o‘zimiz qilgan duoning qudratiga yetarlicha ishonmaymiz.Holbuki, Yaratganga murojaat qilish uchun vositachi ham, alohida joy ham kerak emas.Samimiy qalb, chin niyat va ishonch kifoya. Boshqalardan duo so‘rang, albatta. Ammo o‘z duoyingizni ham qadrsiz sanamang.✅ @scientific_servicess
    1,0301716832Open in Telegram
  • Izlanuvchilar maktabi

    22 Sept, 03:48

    @IzlanuvchiroadBot — ilmiy faoliyatingiz uchun raqamli birinchi yordamchi.✅ @scientific_servicess
    2,240video5331Open in Telegram
  • Izlanuvchilar maktabi

    21 Sept, 17:09

    #Kechki mulohazaShunday davrlar bo‘larkan...Kechasi dam olishni emas, hayotingni, qarorlaringni, tanlagan yo‘lingni o‘ylab qolasan.Men to‘g‘ri yo‘ldamanmi? Nimani o‘zgartirishim kerak? Aslida nimani xohlayman? Balki ulg‘ayish yoshning ortishi emasdir.Ulg‘ayish — bir kun kelib o‘zingni qaytadan tanishing ekan.✅ @scientific_servicess
    2,840372661Open in Telegram
  • Izlanuvchilar maktabi

    21 Sept, 10:53

    🇫🇷 Fransiyada 12 oylik ilmiy fellowship — oyiga 2 500 yevro.Fransiya Make Our Planet Great Again — MOPGA 2027 dasturiga xalqaro yosh tadqiqotchilarni qabul qilmoqda. Dastur barcha davlatlar fuqarolari uchun ochiq, faqat Fransiya fuqarolari qatnasha olmaydi. Demak, O‘zbekistonlik olimlar ham bemalol ariza berishi mumkin. (Campus France)Nima beriladi? — 12 oy davomida oyiga 2 500 yevro; — bir martalik 500 yevro joylashish puli; — tibbiy sug‘urta va repatriatsiya yordami. (Campus France)Kimlar uchun? PhD darajasini 2021-yil dekabrdan 2026-yil dekabrgacha olgan yosh tadqiqotchilar uchun. Nomzod ariza topshirayotgan paytda Fransiyada yashamayotgan va ishlamayotgan bo‘lishi kerak. (Campus France)🔬 Yo‘nalishlar: — iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanish; — energetika; — ekologiya; — One Health; — atrof-muhit bilan bog‘liq ijtimoiy va gumanitar tadqiqotlar; — ushbu mavzularda AI va
    Image from a post by Izlanuvchilar maktabiImage from a post by Izlanuvchilar maktabi
    2,950652Open in Telegram
  • Izlanuvchilar maktabi

    21 Sept, 09:44

    2017–2026-yillarda 1 553 nafar olim PhDdan keyin DSc ham himoya qilgan.OAKdagi himoya e’lonlari bazasida 1 553 nafar olimning ham PhD, ham DSc himoyasi qayd etilgan.Ya’ni ularning ilmiy yo‘li bazada shunday ko‘rinadi, PhD → DScUmuman, 2017–2026-yillardagi bazada: 🔹 24 292 ta PhD himoyasi; 🔹 4 601 ta DSc himoyasi e’loni bor.DSc himoyalari jami himoya e’lonlarining 15,9 foizini tashkil qiladi.✅ @scientific_servicess
    3,3701187Open in Telegram
  • Izlanuvchilar maktabi

    21 Sept, 05:57

    Ustuvor ilmiy ixtisoslikka hujjat topshirayotganda ilmiy taqdimot ham yuklanadi majburiy.Taqdimot talablari har bir tashkilot kesimida https://daraja.ilmiy.uz/exam-program-presentations da mavjud.✅ @scientific_servicess
    3,520643Open in Telegram
  • Izlanuvchilar maktabi

    21 Sept, 04:37

    Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlanadigan dissertatsiya tadqiqotlari ilmiy konsultantni tayinlanmasdan ham amalga oshirilishi mumkin.✅ @scientific_servicess
    3,70014522Open in Telegram
  • Izlanuvchilar maktabi

    20 Sept, 16:37

    Ilmiy darajaga tasdiqlangan keyin 10 yilgacha xavf bor. Ishni puxta qiling.Koʻchirmachilik, soxta hujjatlar taqdim etilganlik, dissertatsiyaning ekspertizasi noxolis oʻtkazilganligi kabi holatlar aniqlangan taqdirda, Ilmiy kengash xulosasi va ekspert kengashi qaroriga asosan ilmiy darajaga ega boʻlgan shaxslar OAK Rayosati tomonidan ilmiy darajadan mahrum etilishi mumkin.OAK Rayosatining ilmiy daraja berish toʻgʻrisidagi Ilmiy kengash qarorini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingandan keyin 10 yil oʻtgan boʻlsa, ilmiy darajadan mahrum etish masalasi koʻrib chiqilmaydi.✅ @scientific_servicess
    4,37028107Open in Telegram
  • Izlanuvchilar maktabi

    20 Sept, 08:30

    Vaqtingizni ma’lumot izlashga emas, ilmga sarflang.🎓 Talabgorlar uchun: 2027-yil kvotalari, kelib tushayotgan arizalar, qabul mavjud tashkilotlar va Qabul strategiyasi.🔬 Izlanuvchilar uchun: o‘xshash mavzular, takrorlanish xavfi, ilmiy bo‘shliq, ilmiy rahbarlar, OAK tavsiya etgan nashrlar, ilmiy kengashlar va anjumanlar.Bularning barchasi — bitta botda.👉 @IzlanuvchiRoadBot
    4,450762Open in Telegram
  • Izlanuvchilar maktabi

    19 Sept, 07:42

    ✅ @scientific_servicess
    Image from a post by Izlanuvchilar maktabiImage from a post by Izlanuvchilar maktabi
    4,830972Open in Telegram
  • Izlanuvchilar maktabi

    18 Sept, 19:56

    Ilmiy yo‘lingizdagi eng qimmat xato — noto‘g‘ri qaror.@IzlanuvchiRoadBot shunchaki savolga javob bermaydi. U ilmiy yo‘lingiz uchun kerakli ma’lumotlarni bitta tizimda jamlaydi.🎓 Talabgor uchun: 2027-yil kvotalari, kelib tushayotgan arizalar, qabul mavjud tashkilotlar, ixtisoslik pasporti, talab etiladigan hujjatlar, imtihon turi, xorijiy til sertifikati talabi va Qabul strategiyasi.🔬 Izlanuvchi uchun: o‘xshash mavzular, takrorlanish xavfi, ilmiy bo‘shliq, ixtisoslikka muvofiqlik, ilmiy rahbarlar, OAK tavsiya etgan nashrlar, ilmiy kengashlar va respublikadagi ilmiy anjumanlar.Buning ortida esa 78 466 ta ilmiy mavzu, 13 779 nafar ilmiy rahbar, 350 ta ixtisoslik va 23 ta fan sohasi bo‘yicha shakllangan katta ilmiy ma’lumotlar muhiti turibdi.Bir qaror uchun o‘nlab manbani titkilash shart emas. Kerakli ma’lumot — bitta joyda. Qaror — sizniki.👉 @IzlanuvchiRoadBot
    Image from a post by Izlanuvchilar maktabiImage from a post by Izlanuvchilar maktabi
    4,120633Open in Telegram
  • Izlanuvchilar maktabi

    18 Sept, 17:34

    #Kechki mulohazaAyrim rahbarlar uchun boshqaruv juda oddiy: “Men aytdim — qil. Tamom.”Xodim esa ba’zan o‘zi ham tushunmaydi: bu ish nega qilinyapti, kimga kerak, qanday muammoni hal qiladi va oxirida qanday natija berishi kerak?Maqsadi tushuntirilmagan topshiriq xodimni ishlatadi, lekin tizimni rivojlantirmaydi.Rahbarlik — odamlarni doimiy topshiriqlar bilan band qilish emas. Nima uchun ishlayotganini anglatib, ularning mehnatini natijaga yo‘naltirishdir.Chunki yaxshi boshqaruvda “Aytdim — bajardingmi?” emas, “Nima o‘zgardi, qanday natija berdik?” degan savol muhim.✅ @scientific_servicess
    3,870221153Open in Telegram
  • Izlanuvchilar maktabi

    18 Sept, 11:14

    Talabgor kim, izlanuvchi kim?Ko‘pchilik shu ikki tushunchani aralashtirib yuboradi. Shu sabab @scientific_servicess kanali orqali qisqa va aniq tushuntirib o‘tamiz.Talabgor — hali o‘qishga qabul qilinmagan, lekin stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktorantura yoki mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirayotgan shaxs.Izlanuvchi esa — belgilangan tartibda qabul qilingan yoki rasmiylashtirilgan, ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasiga biriktirilgan va dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ilmiy ish olib borayotgan shaxs.Izlanuvchilar quyidagi turlarga bo‘linadi: Stajyor-tadqiqotchi — tayanch doktoranturaga tayyorgarlik bosqichidagi shaxs. Tayanch doktorant — PhD ilmiy darajasini olish uchun tahsil olayotgan izlanuvchi. Doktorant — DSc ilmiy darajasini olish uchun tahsil olayotgan izlanuvchi. Mustaqil izlanuvchi PhD — PhD bo‘yicha mustaqil tartibda tadqiqot olib boruvchi shaxs.
    Image from a post by Izlanuvchilar maktabiImage from a post by Izlanuvchilar maktabi
    3,880952Open in Telegram
  • Izlanuvchilar maktabi

    18 Sept, 07:40edited

    Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan attestatsiya jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, tadqiqotchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida “OAK. Onlayn maslahat” Telegram bot @oakonlaynmaslahatbot ishga tushirildi.Endilikda tadqiqotchilar dissertatsiya himoyasini tashkil etish, dissertatsiya ishlarini ekspertizadan o‘tkazish, ilmiy darajalar berish tartibi hamda attestatsiya sohasiga oid boshqa masalalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar, takliflar va fikr-mulohazalarini bot orqali yuborishlari mumkin.Barcha murojaatlar Oliy attestatsiya komissiyasi mutaxassislari tomonidan ko‘rib chiqilib, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida aniq, xolis va asoslantirilgan javoblar taqdim etiladi.Mazkur botning ishga tushirilishi tadqiqotchilarning attestatsiya jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha tezkor va ishonchli
    4,240943Open in Telegram
  • Izlanuvchilar maktabi

    18 Sept, 07:09

    forwarded from @ilmiy_darajali_kadrlar

    Oliy ta'limdan keyingi ta'limga hujjat topshirish uchun yangilangan video qo'llanma👉 @ilmiy_darajali_kadrlar
    3,050video33211Open in Telegram
  • Izlanuvchilar maktabi

    17 Sept, 16:52

    #Kechki mulohazaBa’zan erkakning eng og‘ir kurashlarini hech kim ko‘rmaydi.Tashqaridan xotirjam, ishga boradi, kuladi, gaplashadi. Ichida esa qarz, bajarilmagan va’dalar, oilaning ertasi, ming xil o‘y...U ham charchaydi. U ham ba’zan “yana qancha chidayman?” deb qoladi. Lekin ertalab yana turadi. Chunki uni kutayotganlar bor.Shikoyat qilmasligi - og‘rimayotganini anglatmaydi.Ba’zan kuchli ko‘ringan inson ham shunchaki oilasi uchun sinishga o‘ziga ruxsat bermayotgan bo‘ladi.✅ @scientific_servicess
    4,580452312882Open in Telegram
  • Izlanuvchilar maktabi

    17 Sept, 10:05

    Yosh olimlar uchun 1,5 million yevrogacha grant — barcha fanlar uchun!Yevropa tadqiqot kengashi ERC Starting Grant 2027 tanloviga arizalar qabul qilmoqda. Eng muhim jihati — fuqarolik bo‘yicha cheklov yo‘q.O‘zbekistonlik olimlar ham qatnashishi mumkin. Tadqiqot Yevropa Ittifoqi yoki Horizon Europe’ga assotsiatsiyalashgan davlatdagi universitet yoki ilmiy markazda amalga oshiriladi.Asosiy grant — 1,5 million yevrogacha, 5 yilga. Bundan ham qiziqrog‘i: hozir Yevropadan tashqarida ishlayotgan olim loyiha uchun Yevropaga ko‘chsa, yangi laboratoriya yoki ilmiy jamoa yaratish kabi xarajatlar uchun qo‘shimcha 2 million yevrogacha mablag‘ so‘rashi mumkin.Kimlar uchun? PhD darajasini olganiga 0–10 yil bo‘lgan, mustaqil ilmiy yo‘nalish yaratishga tayyor tadqiqotchilar uchun. Tabiiy, texnik, tibbiyot, ijtimoiy va gumanitar fanlar — barcha ilmiy yo‘nalishlar qatnashishi mumkin.Asosiy talab
    Image from a post by Izlanuvchilar maktabiImage from a post by Izlanuvchilar maktabi
    5,780932Open in Telegram
  • Izlanuvchilar maktabi

    17 Sept, 07:00

    2027-yil qabulida: imtihonmi, suhbatmi yoki taqdimot?2027-yilda oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul 15-sentabrdan 15-oktabrgacha davom etadi. Hujjatlar daraja.ilmiy.uz va my.gov.uz orqali topshiriladi.🔵 Ustuvor ilmiy ixtisosliklarda: Tayanch doktorantura va doktoranturaga kirishda imtihon o‘rniga ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti o‘tkaziladi. Taqdimot talablarini har bir oliy ta’lim yoki ilmiy tashkilot mustaqil belgilaydi.🟢 Ustuvor bo‘lmagan ixtisosliklarda: — tayanch doktoranturaga — mutaxassislik fanidan imtihon; — stajyor-tadqiqotchilik va doktoranturaga — ixtisoslik bo‘yicha suhbat.Tegishli fan yo‘nalishi bo‘yicha milliy sertifikatga ega talabgorni mutaxassislik fanidan imtihondan ozod qilish va unga maksimal ball berish tartibi bekor qilinadi.Demak, 2027-yil qabuliga tayyorlanishda eng avvalo ixtisosligingiz ustuvor yo‘nalishga kiradimi yoki yo‘qmi, shuni aniqlab oling.
    Image from a post by Izlanuvchilar maktabiImage from a post by Izlanuvchilar maktabi
    4,740732Open in Telegram
  • Izlanuvchilar maktabi

    16 Sept, 22:01

    #Kechki mulohazaHayot menga har doim ham: “Sen xotirjam bo‘l, men hal qilaman”, degan odamlarni uchratmadi.Ko‘p narsani o‘zim hal qildim. Yiqildim — turdim. Qiynaldim — yo‘l topdim.Shuning uchun bugungi qiyinchiliklardan ham qo‘rqmayman.Yaratgan qo‘llab tursa bo‘ldi. Oldin uddalaganman — yana uddalayman.✅ @scientific_servicess
    4,56058359Open in Telegram
  • Izlanuvchilar maktabi

    16 Sept, 15:04edited

    78 466 ta ilmiy mavzu. 13 779 nafar ilmiy rahbar. 350 ta ixtisoslik. 23 ta fan sohasi.Bu — shunchaki katta raqamlar emas. Bu — @IzlanuvchiRoadBot ishlaydigan ilmiy muhitning ko‘lami.🎓 Talabgorlar uchun: 2027-yil kvotalari, kelib tushayotgan arizalar, qabul mavjud tashkilotlar, mos ixtisosliklar va batafsil Qabul strategiyasi.🔬 Izlanuvchilar uchun: mavzu tahlili, o‘xshash ilmiy ishlar, takrorlanish xavfi, ilmiy bo‘shliq, jurnal, ilmiy kengash va keyingi ilmiy yo‘nalish bo‘yicha tavsiyalar.Sizga kerakli ma’lumotlar turli joylarda bo‘lishi mumkin. @IzlanuvchiRoadBot esa ularni siz uchun qaror qabul qilishga tayyor natijaga aylantiradi.👉 @IzlanuvchiRoadBot Talabgor uchun — qabulga strategiya. Izlanuvchi uchun — tadqiqotga yo‘nalish.✅ @scientific_servicess
    Image from a post by Izlanuvchilar maktabiImage from a post by Izlanuvchilar maktabi
    21,2007533Open in Telegram