gram news
SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar channel avatar

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

@shevashunos

Dr. Avazxon Umarov O'zbek shevalariga oid so'zlarni o'rganamiz. Turkiy til va adabiy meroslarimiz haqida fikr yuritamiz. Turkiya, Turk tili, tarjimalar borasida postlar qo'yamiz. @Avaz_Han İnstagram: https://www.instagram.com/avazxon_umar?igsh=MTZvZj

ProjectsUZLanguages

1,770subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

    15 Sept, 19:40edited

    👆Yuqorida berilgan mavzular doirasida Turkiyadagi Alisher Navoiy vaqfi maqolalar tanlovi e'lon qiladi. Qabul qilingan turk tilidagi maqolalar bepul nashr qilinib, mualliflarga qalam haqi to'lanadi.
  • SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

    15 Sept, 19:39

    MAQOLA CHORLOVIMavzu: "Davlat arbobi va boshqaruvchi sifatida Alisher Navoiy"Alisher Navoiy vaqfi (nevayivakfi.org) buyuk mutafakkirning davlat arbobligi, diplomatiya tushunchasi, adolat falsafasi va burokratiya boshqaruvi haqidagi original ilmiy tadqiqotlarni nashrga taklif etadi.🔹 Asosiy yo‘nalishlar: • Temuriylar saroyi burokratiyasida Navoiyning o‘rni • Adolat va ideal hukmdor konsepsiyasi • Bunyodkorlik, vaqf va ijtimoiy siyosat faoliyati • Sulton Husayn Boyqaro va Navoiy munosabatlari • Diplomatik va siyosiy vositachilik roli🗓 Muhim sanalar: • Tezis topshirish oxirgi muddati: 01.11.2026 (Kamida 300 so‘z) • Qabul qilingan tezislar e'loni: 06.11.2026 • To‘liq matn topshirish: 01.03.2027💡 Hakamlar tomonidan qabul qilingan maqola mualliflariga qalam haqi (gonorar) to‘lanadi. Maqolalar turk tilida qabul qilinadi.
    Image from a post by SHEVASHUNOS/ Avazxon UmarImage from a post by SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar
    61255Open in Telegram
  • SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

    3 Sept, 14:26

    forwarded from @etimologiya_burchagi

    Turkiyaning Karabuk universiteti Turkiy dunyo tadqiqot va amaliyot markazi “Filologiya va Madaniyat Masalalari (ilmiy-uslubiy maqolalar to‘plami № 6)” uchun maqolalar qabul qiladi.Yo‘nalishlar: ▶️ tilshunoslik; ▶️ adabiyotshunoslik; ▶️ madaniyat, tarix, san’at; ▶️ pedagogika, psixologiya; ▶️ jamiyatshunoslik, dinshunoslik; ▶️ turizm, geografiya, etnografiya; ▶️ antropologiya; ▶️ musiqashunoslik.Maqolalar o‘zbek tili (lotin alifbosida) bilan bir qatorda barcha turkiy tillarda yoki ingliz tilida qabul qilinadi. O'zbek tilidagi maqolalarga 1 sahifalik kengaytirilgan annotatsiya yozish so'raladi.• Maqolalar joriy yilning 30 noyabriga qadar qabul qilinadi. • Maqolalar to‘plamining nashr etilishi: dekabr 2026- yilMurojaat uchun: 📧 saidbekboltabayev@gmail.com
    Image from a post by SHEVASHUNOS/ Avazxon UmarImage from a post by SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar
    49165Open in Telegram
  • SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

    30 Aug, 04:06

    Mustaqilligimizning 35 yilligi qutlug’ bo’lsin! O'zbekistonning mustaqilligi har sohada boqiy bo'lsin! Barchamiz moddiy va ma'naviy mustaqil O'zbekiston uchun harakat qilaylik! Bayram qutlug' bo'lsin, azizlar! @shevashunos
    631video5421Open in Telegram
  • SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

    28 Aug, 11:57

    Sukunat ham bir ibodat. Bu haqida olimlar, avliyolar so’z aytganlar. Sukut - ruhning parvozidir. İnson qanchalik ko’p gapirsa, haqiqatdan shunchalar uzoqlashadi. O’sha mashhur “ko’zni yumgil, ko’zga aylansin ko’ngil” jumlasida ham sukut bor. İbn Arabiyga ko’ra sukutning ikki turi bor: Til sukuti va Qalb sukuti. Siz sukunat haqida nimalar bilasiz? @shevashunos
    662video554Open in Telegram
  • SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

    26 Aug, 06:56edited

    Non Non haqida qanday ibora, maqol bilasiz? İzohlarda misollar keltiring. Bir tadqiqot uchun fikringiz, yordamingiz muhim! Masalan: Nondek aziz bo’l! Nonini topmoq Non ursin (qasam) Non sindirmoq Yoki dasturxonda non bilan bog’liq qanday odatlar bor? Nonga tegishli kitob, maqola bo’lsa, uni ham shaxsiydan yuborishingiz mumkin. @shevashunos
    Image from a post by SHEVASHUNOS/ Avazxon UmarImage from a post by SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar
    691431Open in Telegram
  • SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

    24 Aug, 08:06edited

    Mustaqillik Turkiy dunyoda jumladan, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Sharqiy Turkiston, Tatariston va Boshqirdistonda “mustaqillik” so’zi bir xil ildizga ega bo‘lib, "Mustaqillik" (Müstəqillik / Mustaqilliq) shaklida qo‘llaniladi. Turkiyada "Bağımsızlık", Turkmanistonda "Garaşsyzlyk", Qozog‘istonda "Təuyelsizdik", Qirg‘izistonda "Egemendүүlүk" so‘zlari ishlatilsa-da, bu so‘zlarning zamiri bir xil — "hech kimga tobe bo‘lmaslik va o‘z erki o‘z qo‘lida “ ma’nosini bildiradi @shevashunos
    Image from a post by SHEVASHUNOS/ Avazxon UmarImage from a post by SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar
    658655Open in Telegram
  • SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

    21 Aug, 08:45

    Kitob sovg’a berishni va olishni yaxshi ko’raman! Do’stimiz Shahriyor Shavkat bobolarimizning huzurida yozgan “Hirotga, bobomning huzuriga!” kitobini sovg’a qildi. Muallif bir qancha moddiy va ma’naviy mashaqqatlar ortidan ichonchli dalillarga asoslangan holda muhtasham kitobni tamomlabdi. Ushbu Safarnomani o’qir ekansiz, Alisher Navoiy, Bobur, Lutfiy, Beruniy va boshqa olimlar kezgan yo’llardan yurasiz. KİTOB adabiyot ahliga, kitobxonlarga muborak bo’lsin! Albatta o’qib ko’ringlar! Shahriyor, qalamingiz o’tkir bo’lsin! @shevashunos
    Image from a post by SHEVASHUNOS/ Avazxon UmarImage from a post by SHEVASHUNOS/ Avazxon UmarImage from a post by SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar
    1,390984Open in Telegram
  • SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

    19 Aug, 15:46edited

    Avgust — hayajon va quvonchga boy ajoyib oy! Nega bunday deyayotganimni darrov sezgandirsiz? Axir universitetga kirish imtihoni natijalari ayni shu oyda e’lon qilinadi-da! Har holda, bizning davrimizda (2006-yilda) shunday edi. Men o‘qishga kirgan yili, adashmasam, mandat 16-avgust kuni chiqqan edi. O‘sha jonajon Sharqshunoslik universitetiga 186 ball to‘plab, grant asosida o‘qishga qabul qilinganman! O‘shanda quvonchimning chek-chegarasi yo‘q edi... Xo’sh, sizda bu jarayon qanday kechgan? Qaysi yili va qaysi universitetga o‘qishga kirgansiz? Keling, o‘sha beg’ubor talabalik xotiralarini yodga olaylik! @shevashunos
    Image from a post by SHEVASHUNOS/ Avazxon UmarImage from a post by SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar
    77012432Open in Telegram
  • SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

    17 Aug, 09:03edited

    Turkiy xalqlarni birlashtiruvchi tashkilotlar 1. Turk davlatlari tashkiloti (TDT): A’zo mamlakatlar (Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston) hamda kuzatuvchilar (Vengriya, Turkmaniston, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi) o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy sheriklikni boshqaradi.2. TURKSOY (Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti): Turkiy xalqlarning mushtarak madaniy merosini asrab-avaylash, rivojlantirish va dunyoga targ‘ib etish uchun mas’uldir. 3. TURKPA (Turkiy davlatlar parlament assambleyasi): A’zo mamlakatlarning qonun chiqaruvchi organlari (parlamentlari) o‘rtasida diplomatiya va huquqiy hamkorlikni ta’minlaydi. 4. Turkiy Akademiya: Turkiy dunyoning mushtarak tarixi, tili, adabiyoti va fani bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boradi. 5. Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi: Turkiy xalqlarning moddiy va ma’naviy madaniy merosini muhofaza qilishni
    Image from a post by SHEVASHUNOS/ Avazxon UmarImage from a post by SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar
    75910531Open in Telegram
  • SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

    4 Aug, 08:50

    Assalomu alaykum, aziz obunachilar! Yaxshimisizlar? Oxirgi ijodiy postimni 12-iyunda qo’ygan ekanman. Salkam ikki oy bo’libdi. Ba’zi ijodiy, ilmiy va shaxsiy ishlar bilan band bo’lib qolgan edim. Bundan keyin tez-tez yozib turaman. Sizlar nima bilan shug’ullanyapsizlar? İzohlarda yozishaylik✍️
    Image from a post by SHEVASHUNOS/ Avazxon UmarImage from a post by SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar
    8991282Open in Telegram
  • SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

    1 Jul, 22:21

    Abituriyentlar pasport va maktab shahodatnomasi yoki kollej diplomi va muvofiqlik hujjati ( Denklik belgesi) bilan hujjat topshirishlari mumkin. Türk yoki İngliz tilini B2 saviyada bilsihlari talab qilinadi (Sertifikat bilan) bilmasa onlayn shaklda oʻrgatiladi. Kirish imtihonsiz , muloqot asosida qabul qilinadiYillik kontrakt toʻlovi (250$) 3 mln soʻm atrofidaDarslar zoom orqali ,jonli shaklda yetuk mutaxassislar tomonidan olib boriladi, oraliq va yakuniy imtihonlar esa yuzma yuz Toshkentda oʻtkaziladi Oʻzbekiston rasmiy ofisi manzili: Uchtepa Tumani Archazor koʻchasi Kichik Halqa yoʻli 3 +998 97 017 43 32
    1,28082Open in Telegram
  • SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

    1 Jul, 22:21

    Dunyodagi 3 - Mega Unuversitet, Masofadan Ta'lim tajribasi va sifati boʻyicha Turkiya Jumhuriyatidagi birinchi raqamli Davlat Universiteti, minglab va millionlab talabaga ega va bitiruvchilarni chiqargan Anadolu Universitetiga qabul boshlandiBu Universitetda siz dunyoning istalgan joyidan turib masofadan taʼlim olishingiz va oliy maʼlumotga ega boʻlishingiz mumkin. Universitetning dunyoning 41 ta oʻlkasida rasmiy ofislari faoliyat koʻrsatmoqda. Jumladan Oʻzbekistonda ham 4- yil faoliyatini davom ettirmoqda
    Image from a post by SHEVASHUNOS/ Avazxon UmarImage from a post by SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar
  • SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

    12 Jun, 17:39

    Buni turkchada “seyahat yastığı”- sayohat yostig’i “ deyishadi. O’zbekchada ruscha yoki boshqa ajnabiy tildagisi ishlatilsa kerak. Bugundan boshlab “sayohat yostig’i” desak bo’ladimi? Fikr va mulohazalaringizni kutaman! Taklif bo’lsa aytinglar! İzohlarni qizdiringlar😊 @shevashunos
    Image from a post by SHEVASHUNOS/ Avazxon UmarImage from a post by SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar
    1,2502481Open in Telegram
  • SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

    21 May, 14:48

    #xolistavsiyaIlmiy ish yozayotgan tadqiqotchilarning aksariyati sohasiga doir adabiyotlar yetishmasligidan qiynalishadi...Magistraturaga kirishda o‘rgangan turk tilingizni ishlatish vaqti keldi. Muammoga yechim sifatida boy ilmiy manba va adabiyotlarga ega turkcha kitoblar dunyosiga yo‘l ko‘rsatmoqchiman...Sitora uch yildan beri Anqara shahrida oilasi bilan yashab, “Türkiye Bursları” grandi asosida magistratura o‘qiyapti, ikki nafar farzandi bor.Oila, uy ishlari va darslaridan tashqari O‘zbekistonga turk tilidagi kitoblarni topib jo‘natisharkan. Siz so‘ragan kitobni topib berishadi yoki ilmiy tadqiqotingiz mavzusiga qarab adabiyotlar qidirishda ham yordam berishadi.Yangi holatda sotuvi tugagan manbalarni ikkinchi qo‘l sahhoflardan ham olib berisharkan. Buyurtma bersangiz bo‘ldi, Anqaradan sizga yaqin pochta ofisigacha bepulga yuborishadi!“Türkkitap” onlayn do‘koniga havola:
    Image from a post by SHEVASHUNOS/ Avazxon UmarImage from a post by SHEVASHUNOS/ Avazxon UmarImage from a post by SHEVASHUNOS/ Avazxon UmarImage from a post by SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar
    1,51086321Open in Telegram
  • SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

    20 May, 15:17

    forwarded from @hayot_deganlari

    “Кел, эй сарбон…”📜Маъруфжон Йўлдошев таржимаси🎙Матнни телебошловчи ва актёр Ойбек Тоҳиров ўқиди🎞Bидеони Оғабек Тоҳиров тайёрлади📍Ушбу видео Жайҳун соҳилида таcвирга олинди♻️@hayot_deganlari
    1,200video551Open in Telegram
  • SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

    20 May, 15:17

    Prof, Dr. Ma’rufjon Yo’ldoshevdan ajoyib tarjima!
    77722Open in Telegram
  • SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

    19 May, 09:41

    @shevashunos
    1,040video44Open in Telegram
  • SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

    18 May, 07:01

    Tarjima 🇺🇿Yozni deb bahorni sovurdik, Noz deya ishqni... Moychechaklarni ham "sevadi-sevmaydi" deb... Oqibat bir sarob uchun boy berdik umrni...(Sezai Karakoch)🇹🇷Baharı yaz uğruna tükettik, Aşkı naz uğruna Ve papatyaları seviyor sevmiyor uğruna Derken ömrü tükettik bir hiç uğruna” @shevashunos
    1,100156Open in Telegram
  • SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

    15 May, 08:37

    “İnshaalloh, kelgusi davrni Turk dunyosi asriga aylantiramiz” Rajab Toyyib Erdo’g’on
    8,650video1682Open in Telegram