Latest posts

Ekspluatatsiya agentligi
22 Sept, 15:17edited
❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish jarayonlari raqamlashtiriladi.⚡ Eng muhim kafolatlar✔️Murojaat
Ekspluatatsiya agentligi
22 Sept, 10:51
#XalqaroAvtomobilsizKun22-sentyabr — “Xalqaro avtomobilsiz kun”22-sentyabr – Butunjahon avtomobilsiz kun munosabati bilan barchani bir kunga avtomobildan voz kechib, piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transporti kabi “yashil” transport vositalaridan foydalanishga chaqiramiz.✅Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram 📱YouTube
Ekspluatatsiya agentligi
22 Sept, 00:46
🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni




Ekspluatatsiya agentligi
20 Sept, 12:05
forwarded from @shmirziyoyev
Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi: bir el, yagona xalq bo‘lib, Qoraqalpog‘istonning ulkan imkoniyatlari va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarib, hudud taraqqiyoti va odamlarning farovon hayoti yo‘lida yanada yuksak marralarga erishamiz. — Поездка Президента в Каракалпакстан: сплоченной страной, единым народом, в полной мере реализуя огромные возможности и потенциал Каракалпакстана, мы достигнем новых высот в развитии региона и повышении благосостояния людей.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ekspluatatsiya agentligi
20 Sept, 07:52
#SuvKodeksiSUV KODEKSIGA SHARH | SUV RESURSLARI BOSHQARUVI QANDAY PRINSIP ASOSIDA AMALGA OSHIRILADI?📖 Suv kodeksining 15-moddasida suv resurslarini boshqarishning muhim tamoyili − havzaviy va gidrografik prinsip belgilangan.📍 Yer usti suvlarini boshqarish bo‘yicha − Suv xo‘jaligi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan organlar;📍 Yer osti suvlarini boshqarish bo‘yicha − Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi maxsus vakolatli organ hisoblanadi.▶️ Batafsil — videoda.✅Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram
Ekspluatatsiya agentligi
19 Sept, 10:32edited
QORAQALPOG‘ISTONDA SUV YO‘QOTISHLARINI KAMAYTIRISH BO‘YICHA MUHIM VAZIFALAR BELGILANDI Qoraqalpog‘istonda 417 ming gektar ekin maydonini sug‘orish uchun yiliga 5 milliard 700 million kub metr suv sarflanadi. Shundan qariyb 38 foizi — 2 milliard 100 million kub metr suv yo‘qotilmoqda.To‘rtko‘l tumanidagi “Yonbosh” kanali orqali yiliga 115 million kub metr suv o‘tadi. Biroq uning 44 million kub metri yo‘qotiladi. Kanal to‘liq betonlansa, yana 9 ming gektar maydonni suv bilan ta’minlash, shuningdek, 15 ming bosh qoramol uchun ozuqa bazasini yaratish imkoniyati paydo bo‘ladi.Bo‘zatov tumanidagi “Erkindaryo” kanalining 8 kilometrlik qismini betonlash orqali foydalaniladigan yer maydonini 3 ming gektarga kengaytirish va 15 ming gektarda suv ta’minotini yaxshilash ko‘zda tutilgan.Bundan tashqari, 3 ta suv inshooti barpo etish hamda 22 ta artezian quduq qazish hisobiga yana 5 ming gektar


Ekspluatatsiya agentligi
18 Sept, 16:13
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi “Coals KS” korxonasida ham bo‘ldi. — Президент Шавкат Мирзиёев посетил также предприятие «Coals KS» в городе Нукусе.#Mirziyoyev #safar #Qoraqalpogiston #korxonaPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X




Ekspluatatsiya agentligi
18 Sept, 16:13
Davlatimiz rahbari mahalliy bazaltdan ishlab chiqarilayotgan zamonaviy qurilish materiallarini ko‘zdan kechirdi. — Глава нашего государства осмотрел современные стройматериалы, выпускаемые на базе местного базальта.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ekspluatatsiya agentligi
18 Sept, 16:13
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi “Nukus Insulation Group” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью предприятия «Nukus Insulation Group» в городе Нукусе.#Mirziyoyev #safar #Qoraqalpogiston #korxonaPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X




Ekspluatatsiya agentligi
18 Sept, 16:13
Davlatimiz rahbari Qoraqalpogʻistonda yakunlangan loyihalarni ishga tushirdi, yangi quvvatlarning qurilishiga start berdi. — Глава нашего государства запустил завершенные проекты и дал старт строительству новых мощностей в Каракалпакстане.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ekspluatatsiya agentligi
18 Sept, 16:13
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi doirasida yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish marosimida ishtirok etdi. — В рамках поездки в Республику Каракалпакстан Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии запуска и начала строительства новых объектов.#Mirziyoyev #safar #Qoraqalpogiston #loyihalarPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X




Ekspluatatsiya agentligi
18 Sept, 14:51
forwarded from @shmirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi doirasida yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish marosimida ishtirok etdi. — В рамках поездки в Республику Каракалпакстан Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии запуска и начала строительства новых объектов.#Mirziyoyev #safar #Qoraqalpogiston #loyihalarPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X




Ekspluatatsiya agentligi
18 Sept, 14:51
forwarded from @shmirziyoyev
Prezidentimiz Nukusdagi tibbiyot akademiyasi bilan tanishdi. — Президент нашей страны ознакомился с медицинской академией в Нукусе.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ekspluatatsiya agentligi
18 Sept, 14:51
forwarded from @shmirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi faoliyati bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью Каракалпакской научно-практической медицинской академии.#Mirziyoyev #safar #Qoraqalpogiston #tibbiyotPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X




Ekspluatatsiya agentligi
11 Sept, 16:39
Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimiz markazida barpo etilayotgan Oʻzbekiston Milliy muzeyining qurilish jarayonini koʻzdan kechirdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с ходом строительства Национального музея Узбекистана, который возводится в центре столицы.#Mirziyoyev #tanishuv #bunyodkorlik #muzeyPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X




Ekspluatatsiya agentligi
11 Sept, 16:38
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligida tashkil etilgan vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью ситуационного центра в хокимияте студенческого городка «Ёшлик» Алмазарского района.#Mirziyoyev #tanishuv #Olmazor #talabalarPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X




Ekspluatatsiya agentligi
11 Sept, 16:38
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumaniga tashrif chogʻida “ToshTech” texnika universiteti faoliyati bilan ham tanishdi. — В рамках посещения Алмазарского района Президент Шавкат Мирзиёев также ознакомился с деятельностью технического университета «ToshTech».#Mirziyoyev #tanishuv #Olmazor #ToshTechPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X




Ekspluatatsiya agentligi
11 Sept, 04:20
SUV XO‘JALIGI UCHUN MALAKALI KADRLAR TAYYORLASH — DOLZARB VAZIFA Qarshi davlat texnika universitetida Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari — Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori Zokir Ishpo‘latov ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.Muloqotda suv xo‘jaligi uchun nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay oladigan, zamonaviy texnika va raqamli texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega mutaxassislarni tayyorlash masalasiga asosiy e’tibor qaratildi. Shuningdek, suv resurslarini samarali boshqarish, suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish va obyektlardan ishonchli foydalanishda malakali kadrlarning o‘rni xususida so‘z bordi.Uchrashuvda suv xo‘jaligi tashkilotlari va oliy ta’lim muassasalari hamkorligida dual ta’lim yo‘lga qo‘yilgani, bu esa talabalarga auditoriyada olgan bilimlarini bevosita suv xo‘jaligi obyektlarida mustahkamlash, sohada qo‘llanilayotgan uskuna va texnologiyalar bilan yaqindan tanishish, shuningdek, kasbiy tajriba to‘plash imkonini berayotgani ta’kidlandi.Tadbirda 2025–2028-yillarda Suv xo‘jaligi vazirligi tizimi tashkilotlarining oliy ma’lumotli kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasini 65 foizga yetkazish, 2026-yilning o‘zida esa 1 000 nafar oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisini ishga qabul qilish rejalashtirilgani qayd etildi. Bu esa ta’lim jarayonini sohaning amaliy ehtiyojlari bilan bog‘lash va kadrlar zaxirasini muntazam to‘ldirib borishga xizmat qiladi.Ochiq muloqot davomida talabalar amaliyot o‘tash, dual ta’limda ishtirok etish, kasbiy malakasini oshirish hamda o‘qishni tamomlagandan keyin suv xo‘jaligi tizimiga qanday ishga joylashishga oid o‘zini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.Soha rahbarlari ularning fikr va takliflarini tinglab, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan batafsil tushuntirish berdi.Uchrashuv yakunida oliy ta’lim muassasasi va suv xo‘jaligi tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, talabalarni amaliy jarayonlarga ko‘proq jalb etish hamda bilimli va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi. ✅Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram 📱YouTube



Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
