gram news
A piala of tea channel avatar

A piala of tea

@teaxona

Qaynoq ko'k choyni hovuri bilan yoziladigan postlar) Contact: @Normuminoff

ProjectsENFood

3,790subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • A piala of tea

    1 Aug, 07:08

    I'm going to stop posting in this channel to focus on my preparation. Hopefully, the next post you will see here would be of my overall band 9.0 certificate!
  • A piala of tea

    30 Jul, 10:21

    - ha - fikrni oldindan o'qiy olasizmi?
  • A piala of tea

    26 Jul, 07:21

    Hay, mayli. Hammasi yaxshi bo'p ketadi hali. Jiddiy olsangiz tomingiz ketib qolishi mumkin, asabni asrash kerak.@teaxona
  • A piala of tea

    26 Jul, 05:18edited

    Keyingi oy 7.5 olishni xohlaydigan bitta o'quvchi keldi. Darajasini aniqlagach, yaxshilab o'qisa 5-6 oyda (ko'ngli o'ksimasligi uchun) eplasa bo'ladi dedim. O'ylab turib "boshqa bitta joyga borganimda 2 oyda olasiz deb aytdi, sal kelishtiring" deydi.SAL KELISHTIRING! KARL! BOZORMI SENGA BU KARL!Oddiy Task 1ni eplab yozolmaydigan bola😂Vocab tosh davrida qolib ketgan😂Grammar Mariana cho'kmasidan pastroq😂G'oyalar bog'cha bolasinikidan nari beri😂Speakingda faqat ismini dovdiramay aytadi😂Writingdan faqatgina ruchkani tishlash degan kriteriya bo'lgandagina 6.5 ololadi😂Reading oxirgi marta telefonsiz toiletga kirganda qilgan. "osvejitel"ni inglizcha variantini yarmini o'qigan😂Do'st achitib gapiradi! 7.5 olish o'yinchoq emas, o'zim deyarli 3 yil deganda olganman! 2 oy kulguliku, Karl, nega shunaqa mashenniklarga aldanaverasan? Taroziga tortingach ekrandagi raqam
  • A piala of tea

    24 Jul, 05:57edited

  • A piala of tea

    24 Jul, 05:17

    🎉🎉🎉🎉🎉🎉Tanishing - Ozodbek! Birinchi marta topshirishdayoq 7.0 oldi. Intizomli harakat baribir o'z natijasini ko'rsatishini yana bir marta isbotlab berdi.Ozodbek endi USMLE boshlayman deyapti, unda ham omad, buyuk doctor bo'lish nasib qilsin!P.S "Summer Incubator" avgustda topshirish mo'ljallangan guruhimdan hali avgust kelmasdan turib 7.0-7.5lar chiqyapti, bir oydan keyin natijalar yomg'irini ko'ramiz nasib)
    Image from a post by A piala of teaImage from a post by A piala of teaImage from a post by A piala of tea
  • A piala of tea

    22 Jul, 04:45

    Maktabimiz yo'lida "Tezlikni pasaytiring, oldinda maktab" degan belgi bo'lardi. Shuning uchun hech yugurib maktabga bormaganman✨
  • A piala of tea

    21 Jul, 14:04

    4,070stickerOpen in Telegram
  • A piala of tea

    20 Jul, 11:14

    - Doktor, ish stolimdagi ruchkani bolam yutib yubordi hozir. Endi nima qilay? - yarim soatda yetib boramiz, ungacha boshqa ruchkada yozib turing
  • A piala of tea

    16 Jul, 08:25

    Sizga hech kim aytmagan maslahat 4.0:Hayotingizdan kimdir nimadirni butunlay yo'qotmoqchi bo'lsangiz, yoqtirishingizni ayting✨
  • A piala of tea

    16 Jul, 08:15edited

    Sizga hech kim aytmagan maslahat 1.0: Yog' ko'p qizib ketsa, yarim piyola suv soling)
  • A piala of tea

    15 Jul, 09:04edited

    Ko'pchilik o'quvchilarda kuzatiladigan ayanchli xato: To BeAm/Is/Are qanday ishlatishni bilishadi lekin qachon ishlatishni bilishmaydi. Bunga chek qo'yish uchun video dars tayyorladim.p.s birinchi marta video dars tayyorladim (for general public), qalay chiqibdi😁
  • A piala of tea

    14 Jul, 08:59

    - Mendan hafamasmisan? - a yo'q, shunchaki har safar ko'chaga chiqayotganingda "airpods"ing uyda qolib ketishini tilayman xolos
  • A piala of tea

    13 Jul, 06:30

    Ertak aytib bermoqchiman.Bir shahzoda eng shirin ovqatni topmoqchi bo'libdi. Har kuni dunyonining turli burchagidan noz-u ne'matlar yeyarkan-u lekin ovqatlar unga yoqmas ekan. Uzoq urinishlardan so'ng ovqatni topish uchun o'zi yo'lga chiqibdi. Bir dehqon "men o'sha ovqatni bilaman, faqat dalada ozgina ishim bor, shunga yordam bersangiz, o'zim sizga ko'rsataman" debdi. Shahzoda rozi bo'libdi va quyosh botguncha ishlashibdi. Dehqon esa uni o'z uyiga olib borib, oldiga bir kosa shavla qo'yibdi. Garchi u kutgan ovqat bo'lmasada, ochqab ketgan shahzoda apil-tapil yeyarkan unga ovqat rostdan ham eng shirindek tuyulibdi. Hayron bo'lgancha dehqondan so'rarmish "bunga qandaydir sehrli ziravor solganmisiz?" Dehqon bo'lsa kulib "bu oddiy shavla, ziravor bo'lsa qattiq mehnat" Buni eshitgach shahzodani asabi chiqib ketibdida, ustimdan kulyapsizmi brat deb dehqonni zindon band qilib, dalasini
  • A piala of tea

    10 Jul, 08:06

    - hozir poyezd jo'naydi, qayerda yuribsiz? - anig'ini bilmayman, lekin to'g'rimda bitta katta daraxt bor
  • A piala of tea

    9 Jul, 18:50

    Sizlarga go'zallik olib keldim✨"Over the garden wall" multfilmi. Bitta fasl, 10ta qism, har biri 10 minutdan. Hali O'zbek tiliga tarjima qilinmagan, ingliz tilini bilsangiz, go and watch it)
  • A piala of tea

    7 Jul, 05:36

    BAI - birlashgan a'lochilar ittifoqi. Bugun shuni aytib bergim kelib qoldi.Maktabda 7-8 sinflar paytdaligimda shu ittifoqqa asos solgandim. Fanlar juda ko'p va qiyin, doskaga chiqib mavzuni aytib berganingizdan keyin o'quvchilar tomonidan beriladigan savollar bo'lsa a'lochilik obro'yingiz bir tiyin qilishi mumkin.Qo'shilish uchun kamida 4ga o'qishingiz kerak va shartnomani imzolagach hech kimga aytmaslikka qasam ichingiz kerak.Jamiyatga qo'shilish foydalari: 1. Doskaga chiqqaningizda berilishi mumkin bo'lgan har bir fan uchun 10ta savol bor, shuni yodlaysiz, va ittifoqdoshlaringiz sizga faqat o'sha savollarni beradi.2. Nazorat ishi, choraklik paytlari qo'ldan kelgancha yordam berish (ba'zida a'lochilar noto'g'ri javobni tarqatib o'zlarini yagona ko'rsatishni xohlab qoladi, shuni to'xtatish uchun)3. Ba'zida yangi kelgan o'qituvchilar "bu qanday bola o'zi?" deb so'raganda
  • A piala of tea

    6 Jul, 14:43

    - To'g'ri, hozircha o'xshamadi lekin yaxshi ot haqidagi maqolni eshitganmisiz? - yo'q, lekin baliq haqidagisi esimda 🐥
  • A piala of tea

    6 Jul, 06:46edited

    HikoyaBittasi bir kuni "ey Xudo, o'zing men uchun eng to'g'ri yo'lni ko'rsat" deb chin dildan iltijo qilganakan rostanam Xudo unga yo'l ko'rsatishni boshlabdi: - hamma narsangni sot va kambag'allarga tarqat. - hamma narsamniya? - moddiy har bir buyumdan qutul!Shunda haligi odam atrofga alanglab qarabdida, turgan yeridan yugurib chiqib ketibdi. Yugurayotib kalima qaytararkanda izidan "ey Xudo, ins-u jinslardan o'zing asragin"Xulosa, haqiqatni so'rash va eshitishga tayyor bo'lish ikki xil narsa.
  • A piala of tea

    3 Jul, 10:44edited

    Listening 9.0 chiqipti🐥🎶 Panic Station by Muse
    4,200voice messageOpen in Telegram