Latest posts

TDMAU | Rasmiy
22 Sept, 15:58
😚😋😛😝🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish – har birimizning burchimizdir” shiori asosida oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari hamda ularning ota-onalari o‘rtasida anonim so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.✅ Barchangizdan befarq bo‘lmagan holda, ushbu so‘rovnomada faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz.➡️ So‘rovnomada ishtirok etish⬅️📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati🌐tdmau.uz ✅Telegram


TDMAU | Rasmiy
22 Sept, 14:35
TDMAUda professor bilan uchrashuvTermiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti laboratoriya mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor Ravshan Ashurov mehmon bo‘ldi.Universitet rektori Rasul To‘rayev boshchiligida professor universitet issiqxonasida parvarish qilinayotgan banan va manzarali ko‘chatlarning rivojlanish jarayoni bilan tanishdi. Shuningdek, Surxon geologiyasi muzeyiga tashrif buyurildi.Tashrif davomida professor bir guruh 1-bosqich talabalari bilan uchrashib, ilmiy faoliyat, ilm yo‘lini tanlash va ilmiy izlanishlarning ahamiyati haqida suhbatlashdi.Uchrashuv yakunida professor tomonidan talabalarga esdalik sifatida kitoblar taqdim etildi.📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati




TDMAU | Rasmiy
22 Sept, 13:25
forwarded from @eduuz
#XalqaroAvtomobilsizKun22-sentyabr — “Xalqaro avtomobilsiz kun”22-sentyabr – Butunjahon avtomobilsiz kun munosabati bilan barchani bir kunga avtomobildan voz kechib, piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transporti kabi “yashil” transport vositalaridan foydalanishga chaqiramiz.Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/222389👉 На русском 👉 In EnglishFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
TDMAU | Rasmiy
22 Sept, 13:25
forwarded from @eduuz
#7_MilliyDasturMustaqillik — o‘z yo‘lingni tanlash imkoniyatiKimdir o‘z mahorati bilan dasturxonimizga fayz kiritadi, kimdir zamonaviy texnologiyalar orqali yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq etadi. Yana kimdir ijodi, mehnati va kasbiy mahorati bilan insonlar hayotiga go‘zallik baxsh etadi.🎥 Bugun turli kasb egalarining mustaqillikning inson hayotidagi o‘rni, yaratgan imkoniyatlari va kelajak haqidagi fikrlarini tinglaymiz.🇺🇿 Mustaqil yurtimizda o‘z kasbimiz bilan kelajakni birga yaratamiz!Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
TDMAU | Rasmiy
22 Sept, 13:15
Karera kuni — yangi imkoniyatlar sari qadamTDMAU Bino va inshootlar qurilishi kafedrasida “Zamonaviy qurilish materiallari va energiya tejamkorlik” mavzusida Karera kuni tashkil etildi.Unda bitiruvchi kurs talabalari hamda Surxondaryo viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.Uchrashuvda mehnat bozori talablari, mavjud ish imkoniyatlari va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.Tadbir talabalarning bandligini ta’minlash va ish beruvchilar bilan hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati🌐tdmau.uz ✅Telegram 🌐Instagram✅Facebook 📹YouTub




TDMAU | Rasmiy
22 Sept, 12:21
Bitiruvchilar uchun workshopTDMAU Transport muhandisligi va logistika kafedrasida Surxondaryo viloyat transport boshqarmasi bilan hamkorlikda bitiruvchi kurs talabalari uchun workshop tashkil etildi.Unda Transport vositalari muhandisligi, Transport logistikasi va Yo‘l harakatini tashkil etish yo‘nalishlari talabalari ishtirok etdi.Workshopning asosiy maqsadi — bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish, soha tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda talabalarning amaliy va kasbiy ko‘nikmalarini oshirish.📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati🌐tdmau.uz ✅Telegram 🌐Instagram✅Facebook 📹YouTube




TDMAU | Rasmiy
22 Sept, 11:42edited
Abdulla Oripov — millat qalbida yashagan shoirTermiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti qoshidagi Adiblar xiyobonida O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.Unda Muhandislik fakulteti talabalari ishtirok etib, shoirning boy ijodiy merosi, milliy adabiyotimiz taraqqiyotidagi o‘rni, shuningdek, Vatan, istiqlol, milliy g‘urur va insoniy qadriyatlarni tarannum etuvchi asarlari haqida fikr almashdilar.Davra suhbati davomida Abdulla Oripovning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar berilib, uning betakror she’riyati yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va ma’naviy barkamollikka chorlab kelayotgani ta’kidlandi.📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati🌐tdm




TDMAU | Rasmiy
22 Sept, 06:50
🎓 Talabalar oqshomiTermiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining 2-sonli talabalar turar joyida talabalar uchun gala-konsert tashkil etiladi.🎶 Ko‘tarinki kayfiyat, musiqa va unutilmas taassurotlarga boy oqshomda barcha talaba-yoshlarni faol ishtirok etishga chorlaymiz!📍 Manzil: 2-sonli TTJ 🗓 Sana: 24-sentyabr ⏰ Vaqt: 18:00📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati🌐tdmau.uz ✅Telegram 🌐Instagram✅Facebook 📹YouTube


TDMAU | Rasmiy
22 Sept, 03:23edited
“Talaba – yugur” sport musobaqasi🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi hamda Talabalar sporti assotsiatsiyasi tashabbusi bilan “Talaba – yugur” ko‘ngillilar yugurish musobaqasining kuzgi mavsumi yuqori saviyada tashkil etildi.Mazkur sport tadbirida viloyat bo‘ylab jami 2 000 nafardan ortiq talaba 3 kilometr masofaga yugurish bahslarida ishtirok etdi. Quvonarlisi, ularning 605 nafari Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining faol va tashabbuskor talabalari edi.“Talaba – yugur” musobaqasi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday ommaviy yugurish tadbirlari talabalar o‘rtasida birdamlik, iroda va intilishni




TDMAU | Rasmiy
21 Sept, 17:58
🎵 Badiiy dastur — ko‘tarinki kayfiyat!Tadbirning rasmiy qismidan so‘ng badiiy dasturga navbat berildi. Unda vohamizning xushovoz xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurot ulashdi.📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati🌐tdmau.uz ✅Telegram 🌐Instagram✅Facebook 📹YouTube




TDMAU | Rasmiy
12 Sept, 09:40
forwarded from @eduuz
#SoglomHayot #NarkotiklargaQarshimizGiyohvandlik organizmni yemiradi⚠️ Bir lahzalik “zavq” — salomatlik va kelajak evaziga bo‘lmasin. Giyohvandlikka qarshi kurash — sog‘lom kelajak uchun kurash!Batafsil...Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
TDMAU | Rasmiy
12 Sept, 09:14
forwarded from @eduuz
#Mirziyoyev #Olmazor #talabalar #taqdimotPrezident Shavkat Mirziyoyevga talabalar shaharchasidagi yangi raqamli xavfsizlik tizimi taqdim etildiPrezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishish chogʻida talabalar shaharchasida xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan yangi raqamli tizim bilan tanishdi.Talabalar shaharchasida tashkil etilgan vaziyatlar markazi orqali hududdagi holatni real vaqt rejimida kuzatish, turli maʼlumotlarni yagona tizimda jamlash va tezkor tahlil qilish imkoniyati yaratildi.Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/218393👉 На русском 👉 In EnglishFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
