Latest posts

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
22 Sept, 12:59
Telegramdan "Menga ovoz bering" kabi habarlar kelsa:🔗 Shubhali havolaga kirmang!🔐 Tasdiqlash kodini bermang!📞 Xabar yuborgan odamni tekshiring!“Bitta bosish — akkauntingiz xavfsizligiga ta’sir qilishi mumkin. Ogoh bo‘ling!”✅Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
22 Sept, 12:29
#SessiyaG‘olib takliflar saralandi: Toshkent tumanida tashabbusli budjet jarayonining yangi bosqichi boshlandiXalq deputatlari Toshkent tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq XXV-sessiyasida hudud ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga daxldor muhim masalalar atroflicha muhokama etildi. Davlatimiz rahbari hamda Oliy Majlis Senati Kengashining tegishli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, aholining samimiy intilishlari va bildirilgan takliflari asosida shakllangan Tashabbusli budjet jarayonining 2025-yil 2-mavsum yakunlari sarhisob qilindi. Fuqarolarning faol ovoz berish bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, el e’tirofiga sazovor bo‘lgan g‘olib loyihalar tahlil qilinib, ularni moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni yo‘naltirish masalasi bir ovozdan ma’qullandi.Ushbu qutlug‘ va mas’uliyatli jarayon yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari — Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i




Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
22 Sept, 11:59
#OʻrganishBunyodkorlik sari: yo'llar kengayib, hududlar yanada obod bo'ladiAyni kunlarda Toshkent tumani o'zining yangilanish va bunyodkorlik pallasida. Xususan, tuman hokimi Sardorbek Ergashev va mutasaddilar Bog'izilol mahallasidan o'tuvchi sohilbo'yi hududlari hamda yo'l infratuzilmasini ko'zdan kechirish maqsadida ushbu maskanda bo'lishdi. Yuqori turuvchi tashkilotlar vakillari hamrohligida o'tgan mazkur o'rganishlar davomida xalqimiz uchun yanada qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish, hududning me'moriy qiyofasini zamonaviy andozalarga moslashtirish hamda yo'l ta'miri masalalari diqqat markazida bo'ldi.Jarayon davomida Prezident Administratsiyasi ishchi guruhi rahbari, shuningdek, viloyat va tuman yo'l harakati xavfsizligi mas'ullari ishtirokida muhim amaliy vazifalar belgilab olindi. Asosiy e'tibor qurilish va ta'mirlash ishlarini jadallashtirishga, xususan, hududdagi mavjud
Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
22 Sept, 11:19
#Shaxsiy_qabulXalq farovonligi yo'lidagi ochiq muloqotHududning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va aholi farovonligini ta'minlash yo'lida ochiq muloqotlarning o'rni beqiyosdir. Shu maqsadda, joriy yilning 22-sentabr kuni Toshkent tumani hokimining o'rinbosari — Investitsiyalar, sanoat va savdo bo'limi boshlig'i R. Zaripov ishtirokida navbatdagi shaxsiy qabul bo'lib o'tdi. Mazkur samimiy muloqot maydonida tumanimizning iqtisodiy rivoji, yangi tadbirkorlik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash hamda fuqarolarimizni qiynab kelayotgan dolzarb masalalar chuqur va atroflicha tahlil qilindi.Xalq dardu tashvishlari bilan yashash, ularning muammolariga amaliy yechim topish — bugungi kunning bosh mezonlaridan biridir. Qabul davomida R. Zaripov har bir murojaatchi bilan yuzma-yuz, dildan suhbat qurib, ularning taklif va shikoyatlarini diqqat bilan tingladi. Aniq va tezkor yechim talab


1,020Open in Telegram
Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
22 Sept, 10:39
#OʻrganishTa'lim maskanidagi bunyodkorlik e'tibor markazidaKelajak avlodning zamonaviy va yorug' dargohlarda bilim olishini ta'minlash, ularga munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida Toshkent tumanida muhim bunyodkorlik ishlari jadal davom ettirilmoqda. Xususan, hududdagi 2-umumta'lim maktabida olib borilayotgan keng ko'lamli qurilish va ta'mirlash jarayonlari bevosita Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev tomonidan joyiga chiqqan holda batafsil o'rganildi.Ushbu o'rganishlar davomida tuman rahbari kelajagimiz egalari bo'lgan yoshlar uchun barpo etilayotgan ta'lim maskanida bajarilayotgan ishlarning sifati hamda belgilangan me'yorlarga to'la mos kelishiga alohida e'tibor qaratdi. Zero, ta'lim poydevoriga qo'yilayotgan har bir mustahkam g'isht ertaga o'quvchi-yoshlarning shinam va xavfsiz muhitda ulg'ayib, yetuk kadrlar bo'lib yetishishiga xizmat qiladi.
Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
22 Sept, 10:11
forwarded from @rasmiy_axborot_official
❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish
Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
22 Sept, 09:21
#Sayyor_qabulYangi haftadagi sayyor qabul tafsilotlariJoriy yilning 21-sentabr kuni Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev boshchiligida hududdagi Oltin tepa, Beshterak va Shamsiobod mahallalari fuqarolari uchun 2-umumta'lim maktabi binosida ochiq muloqot tarzida sayyor qabul tashkil etildi. Ushbu tadbirda tumandagi barcha korxona va tashkilotlarning mas'ul rahbarlari bevosita ishtirok etib, aholi vakillari bilan yuzma-yuz muloqot olib borishdi.Qabul jarayoni xalq va davlat o‘rtasidagi mustahkam ko‘prik vazifasini o‘tab, unda tuman hokimi S.Ergashev, tuman prokurori B. Jalilov, Soliq inspeksiyasi boshlig‘i S. Abduvaliyev hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari A. Raximovlar har bir murojaatni alohida e'tibor va teran tahlil bilan o‘rganib chiqdilar. Muloqot davomida aholini o‘ylantirayotgan asosan kommunal soha
Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
22 Sept, 07:59
📣 Xotin-qizlar uchun “Women Shaping the Startup Ecosystem” forumi bo‘lib o‘tadi🔠Joriy yilning 24-sentabr kuni ICTWeek AKT haftaligi doirasida “Women Shaping the Startup Ecosystem: Qiyinchiliklardan natijaga” mavzusidagi forum bo‘lib o‘tadi.🔰 Forum xotin-qizlarning startap ekotizimidagi o‘rnini kuchaytirish, texnologik tadbirkorlikni rivojlantirish hamda sun’iy intellekt asosidagi yechimlardan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlanadi. Tadbir doirasida yetakchi spikerlar ishtirokida “Women, Tech & Startups” mavzusidagi panel muhokamasi hamda “Create Your AI Assistant” amaliy vorkshopi o‘tkaziladi.📌Panel muhokamasida texnologiyalar, tadbirkorlik va investitsiya sohalarida faoliyat yuritayotgan ekspert ayollar o‘z tajriba va qarashlari bilan
1,090Open in Telegram
Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
22 Sept, 07:19
#OAV_nigohida📍TOSHKENT TUMANI✔️INSON QADRI – AMALIY ISLOHOTLARDA📷Tafsilotlar "Nurafshon TV" telekanalining informatsion dasturida.✅Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
22 Sept, 06:51
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿😀😃😄😆😊BILISHINGIZ MUHIM#️⃣Kadastr raqami qanday ma'nolarni anglatadi?🟰 Kadastr raqami quyidagi tuzilmaga ega: AA : VV : SS : DD : EEE: GGGGG : HHH bunda: AA — mintaqaning raqamini (kodini) bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son; VV — mintaqa tarkibidagi ma’muriy-hududiy birlik (tuman yoki shahar)ning raqamini (kodini) bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son; SS — kadastr zonasi raqamini (kodini) bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son; DD — kadastr zonasi doirasida kadastr
1,760Open in Telegram
Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
22 Sept, 05:59
#KelajakMarkazlari #JadidlarIzidan"Jadidlar izidan" tanlovi yana Siz bilan!🤐 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Kelajak” markazi tomonidan oʻtkaziladigan “Jadidlar izidan” respublika ko‘rik-tanlovining uchinchi mavsumi boshlanmoqda!🔹 Tanlov ikki yosh toifasida 6-8 hamda 9-10-sinf o‘quvchilari oʻrtasida o‘tkaziladi.🔗 Ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish: ✅6-8-sinf ✅9-10-sinf▪️ Arizalar 15-oktabrgacha qabul qilinadi.➖ Eslatib oʻtamiz, Respublika bosqichi g’oliblari xorijga ta'lim sayohati va oliy ta'lim muassasalarining kasbiy (ijodiy) imtihonida soha bo‘yicha eng yuqori ball olish imkoniyatini qoʻlga kiritadi.👉 Tanlov NIZOMI bilan tanishing.Jadi
Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
22 Sept, 05:29
#Ijtimoiy_himoya✔️Sirg‘ali mahallasida murojaatchilarga ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatish🔰Sirg‘ali mahalla binosida ijtimoiy xodim tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularning ijtimoiy muammolarini aniqlash hamda zarur ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.✅Murojaatchilarga mavjud ijtimoiy xizmatlar, moddiy va amaliy yordamlar, imtiyozlar hamda ulardan foydalanish tartibi yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berilmoqda.♻️Fuqarolarning murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, ularning ehtiyojidan kelib chiqib, tegishli tashkilot va xizmatlarga yo‘naltirish ishlari amalga oshirilmoqda.🟩Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj, og‘ir ijtimoiy




Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
22 Sept, 04:59
#TashabbusMaktabga e'tibor va mehrToshkent tumanidagi 11-umumta'lim maktabida kuz-qish mavsumini betalafot o'tkazish hamda o'quvchilar uchun qulay va shinam muhit yaratish maqsadida ta'mirlash ishlari olib borilgan edi. Shunday bo'lsada ta'lim maskanining qiyofasini yanada ko'rkamlashtirish niyatida, maktab hovlisining ta'mirga talabgor bo'lgan bir ming kvadrat metrdan ziyod hududida qizg'in obodonlashtirish jarayonlari ketmoqda.Homiylik asosida yo'lga qo'yilgan bu ezgu sa'y-harakatlar nafaqat ta'lim dargohining ko'rkiga ko'rk qo'shadi, balki yosh avlodning obod go'shada sifatli ta'lim-tarbiya olishiga xizmat qiladi.Ushbu xayrli tashabbusning eng e'tiborli hamda ta'sirchan jihati shundaki, barcha ta'mirlash va yangilash ishlari bevosita maktabning sobiq bitiruvchilari tomonidan amalga oshirilmoqda. O'zlari uchirma bo'lgan qadrdon dargohga cheksiz mehr va minnatdorlik tuyg'usi




Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
22 Sept, 04:29
#Kiberxavfsizlik⚠️ BEPUL WI-FI KO‘RDINGIZMI? SHOSHILMANG!🌐 Noma'lum va himoyalanmagan Wi-Fi tarmoqlari orqali shaxsiy ma'lumotlaringiz xavf ostida qolishi mumkin.🔓 Muhim akkauntlarga kirish yoki bank operatsiyalarini amalga oshirishda ochiq tarmoqlardan foydalanmang.🛡 Avval tekshiring — keyin ulaning! Ogohlik kiberxavfsizlik garovi!✅Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
22 Sept, 03:58
forwarded from @sshmirziyoyeva
Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdik.O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildik.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman.—Сегодня в Нью-Йорке началась 81-я сессия Генеральной Ассамблеи ООН. На её полях встретилась с Генеральным секретарём организации Антониу Гутерришем.Обсудили все важнейшие направления, которые Узбекистан и ООН развивают вместе.В это сложное для международной системы время благодарю господина Гутерриша за столь сильное




Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
21 Sept, 14:49
👩🏻🏫 Turizm va mehmondo'stlik sohasi uchun yangi onlayn ta'lim platformasi ishga tushdiXalqaro turizm akademiyasining Samarqand kampusi turizm va mehmondo‘stlik sohasi mutaxassislari uchun rasmiy onlayn ta’lim platformasi hamda mobil ilovasini ishga tushirdi.Endi tinglovchilar istalgan joyda, o‘zlariga qulay vaqtda zamonaviy kasblarni o‘rganish imkoniyatiga ega.📌 Onlayn ta’lim yo‘nalishlari:🔷Front Office — mehmonlarni kutib olish va joylashtirish, bron qilish hamda mijozlar bilan xalqaro standartlar asosida ishlash. 🔷Housekeeping — mehmonxona xo‘jaligini yuritish, xonalar tozaligi va sanitariya-gigiyena talablarini professional darajada boshqarish.🗣️Platforma imkoniyatlari: 🔵amaliy va tushunarli video
Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
21 Sept, 13:52
#Sayyor_qabulYangi haftadagi sayyor qabul tafsilotlariJoriy yilning 21-sentabr kuni Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev boshchiligida hududdagi Oltin tepa, Beshterak va Shamsiobod mahallalari fuqarolari uchun 2-umumta'lim maktabi binosida ochiq muloqot tarzida sayyor qabul tashkil etildi. Ushbu tadbirda tumandagi barcha korxona va tashkilotlarning mas'ul rahbarlari bevosita ishtirok etib, aholi vakillari bilan yuzma-yuz muloqot olib borishdi.Qabul jarayoni xalq va davlat o‘rtasidagi mustahkam ko‘prik vazifasini o‘tab, unda tuman hokimi S.Ergashev, tuman prokurori B. Jalilov, Soliq inspeksiyasi boshlig‘i S. Abduvaliyev hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari A. Raximovlar har bir murojaatni alohida e'tibor va teran tahlil bilan o‘rganib chiqdilar. Muloqot davomida aholini o‘ylantirayotgan asosan kommunal soha




Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
7 Sept, 10:56
#ijtimoiy_himoya Viloyat hokimi tashabbusi bilan bemorlarga bepul operatsiyalar o‘tkazilmoqda ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
7 Sept, 10:05
#Bandlik Mas'uliyat va tashabbus: xalq rozi bo'lishi yo'lidagi ulkan vazifalar ijrosi Toshkent tumani hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Sardorbek Ergashev raisligida yig‘ilish o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadini oshirish va dolzarb
Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
7 Sept, 07:59
#dayjest ⏳ SOLIQ VAQTI 👉 Soliq qoʻmitasi Xalqaro valyuta jamgʻarmasi bilan oʻzaro maslahatlashuvlar oʻtkazdi 👉 Nima uchun keshbek hisoblanmadi? 👉 QQSning salbiy farq summasini hisobdan chiqarish tartibi qanday? 👉 Eksport boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorliklarni soʻndirish uchun bir martalik
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
