gram news
Trekking Uzbekistan channel avatar

Trekking Uzbekistan

@trekking_uz

Trekking.uz — bu premium muhitda ko‘proq manzara, yovvoyi va sof tabiat, ko‘pchilik yuradigan yo‘llardan chetda joylashgan haqiqiy tog‘ yo‘llari va kam sayyoh bilan o‘tadigan unutilmas safardir. Tog’ ekspertlari 📩 www.trekking.uz 💬 @trekkingUZB

ProjectsUZTravel

4,620subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Trekking Uzbekistan

    8 Sept, 05:04

    Chotqol tizmasining go‘zal cho‘qqilari tomon yana bir ajoyib trek! Bu safar marshrutimiz Zarkent tog‘laridan boshlanib, Oqtosh grabenining g‘arbiy yonbag‘irlari orqali 2510 metr balandlikka olib chiqdi. Yo‘l davomida 2025 metr balandlikdagi Sho‘xqorg‘on va Begiztosh cho‘qqilarini ham zabt etdik. Cho‘qqilardan Toshkent viloyatining keng panoramasi ochildi. Musaffo havoda Toshkent va Chirchiq shaharlari, Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi, Xovliya va Qizilnura cho‘qqilarigacha ko‘rish mumkin.⚠️ Trekking Uzbekistan
    Image from a post by Trekking UzbekistanImage from a post by Trekking UzbekistanImage from a post by Trekking UzbekistanImage from a post by Trekking Uzbekistan
  • Trekking Uzbekistan

    4 Sept, 05:33

    5130 metr Yuxin cho‘qqisi zabt etildi. Pomir tog‘lari bag‘rida kechgan 5 kunlik ekspeditsiyamiz muvaffaqiyatli yakunlandi. Oloy tog‘lari, Tulpor ko‘llari, ulkan muzliklar va afsonaviy Lenin cho‘qqisi etaklaridan o‘tgan marshrutning eng hayajonli qismi 5130 metr balandlikdagi Yuxin cho‘qqisiga chiqish bo‘ldi. Ekspeditsiyada ishtirok etgan jamoamizning barcha 8 nafar a’zosi Yuxin cho‘qqisini muvaffaqiyatli zabt etdi. Har bir ishtirokchiga ushbu yutuqni tasdiqlovchi rasmiy sertifikatlar topshirildi. Bu esa Pomir bag‘rida qoladigan unutilmas xotiralarning yana bir ramzidir.⚠️ Trekking Uzbekistan
    Image from a post by Trekking UzbekistanImage from a post by Trekking UzbekistanImage from a post by Trekking UzbekistanImage from a post by Trekking Uzbekistan
  • Trekking Uzbekistan

    2 Sept, 08:41

    Janubiy O‘zbekistonning betakror tog‘lari bag‘rida yana bir unutilmas 3 kunlik ekspeditsiyani yakunladik. Bu safar marshrutimiz Machaydaryo vodiysidan boshlanib, Boysunning ulkan archazor o‘rmonlari, tog‘lar orasida yashiringan ko‘llar, Boysuntog‘ning cheksiz kanyonlari va nihoyat 3920 metr balandlikdagi Xo‘ja Buz-Barak cho‘qqisigacha olib bordi. Ikki tun tabiat qo‘ynida camping, mahalliy taomlar, 4x4 yo‘ltanlamaslarda bosib o‘tilgan yo‘llar va eng muhimi — haqiqiy ekspeditsiya muhiti. Ekspeditsiya yakunida Xo‘ja Buz-Barak cho‘qqisini muvaffaqiyatli zabt etgan 8 nafar ishtirokchimizga maxsus sertifikatlar topshirildi. Bu Surxondaryoning hali ham o‘z sirlarini saqlab kelayotgan go‘zal tabiatini his qilish edi.⚠️ Trekking Uzbekistan
    Image from a post by Trekking UzbekistanImage from a post by Trekking UzbekistanImage from a post by Trekking UzbekistanImage from a post by Trekking Uzbekistan
  • Trekking Uzbekistan

    27 Aug, 14:25

    forwarded from @shukhrat_seitov

    🏔 НЕГА МЕН ЮХИН ЧЎҚҚИСИГА — 5130 МЕТРГА ЧИҚИШГА ҚАРОР ҚИЛДИМ?Умуман, одамлар нега тоғларга чиқишади? Нега куч, вақт сарфлаб, совуқ, чарчоқ ва кислород етишмаслигига чидаб, юқорига кўтарилишади ва кейин яна пастга тушишади?Менимча, ҳар кимнинг ўз жавоби бор.Мен тоғларга ўзимни енгиш учун чиқаман. Ўзимни яхшироқ таниш учун. Ва нимагадир қодир эканлигимни ўзимга исботлаш учун.Мен анчадан бери Эльбрус — 5642 м чўққисига чиқишни орзу қилардим. Ва ниҳоят, шу йил апрель ойининг бошида қарор қилдим: вақт келди!Ким билан боришни излай бошладим ва «Горный портал» клубини танладим. Уларнинг инструкторлари менга тахминан ярим йиллик тайёргарлик дастурини берди.Ва кутилмаганда, шу бир неча ой ичида мен югурувчига айландим. 😄Агар олдин югуриш ҳаётимнинг бир қисми бўлмаган бўлса, ҳозир бемалол ярим марафон — 21 км югуриб ўта оламан.Лекин ёзда фақат жисмоний тайёргарликнинг ўзи етарли
    Image from a post by Trekking UzbekistanImage from a post by Trekking Uzbekistan
  • Trekking Uzbekistan

    18 Aug, 08:10

    O‘tgan yakshanba kuni G‘arbiy Tyan-Shan etaklari bo‘ylab, Qumbel tizmasida joylashgan Ko‘kbet va Mayg‘ashqon cho‘qqilari tomon navbatdagi trekimizni amalga oshirdik. Yo‘l davomida qadimiy qoyalar va balandliklar bo‘ylab ko‘tarilib, Oqsoqota daryosi vodiysining keng panoramalari, Surenota cho‘qqisi va uzoqdagi Qorjontovning manzaralaridan bahramand bo‘ldik. Ko‘kbet tog‘i yaqinida esa 3267 metr balandlikdagi Qizilnura cho‘qqisi manzarasi qarshisida dam oldik. Bu safarning yoqimli kashfiyotlaridan biri tog‘ mevalari bo‘ldi. Yo‘l davomida yovvoyi holda o‘sadigan turli tog‘ mevalari juda ko‘p uchradi.©️ Trekking Uzbekistan
    Image from a post by Trekking UzbekistanImage from a post by Trekking UzbekistanImage from a post by Trekking UzbekistanImage from a post by Trekking Uzbekistan