Latest posts

CHDPU | Rasmiy kanal
22 Sept, 13:07edited
#oav_biz_haqimizdaO‘zbekiston24TV | Kompleks davlat akkreditatsiyasida tashqi baholash jarayonlari OAV nigohidaUniversitet rasmiy sahifalari: Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
CHDPU | Rasmiy kanal
22 Sept, 11:07
forwarded from @eduuz
#SavolJavobPedagog xodimlar farzandlariga 30 foizlik kontrakt chegirmasi qanday qo‘llanadi❓Chegirma kimlarga beriladi❓Mazkur imtiyoz Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyul bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 3849-raqami qo‘shma qarorda belgilangan Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatidagi xodimlarning farzandlariga tatbiq etiladi.Ma’muriy-boshqaruv, texnik va xo‘jalik xodimlari mazkur pedagogik lavozimlar ro‘yxatiga kirmaydi.Chegirmadan qanday foydalaniladi❓1️⃣ Talaba kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali to‘lov-kontrakt shartnomasini olish bo‘yicha ariza yuboradi. 2️⃣ Tizim orqali talabaning pedagog farzandi ekanligi elektron tarzda tekshiriladi va tasdiqlanadi. 3️⃣ Tasdiqlanganidan so‘ng 30 foizlik chegirma qo‘llaniladi.Ariza 2 ish kun ichida ko‘rib chiqiladi va chegirma bir o‘quv yili davomida bir marotaba qo‘llaniladi.Endi eng muhim savol: qancha
CHDPU | Rasmiy kanal
22 Sept, 07:35edited
#tanlov📷 #MadaniyBlog 🧷“Ranglar jilosida oltin kuz” ijodiy tanloviga taklif etamizO‘zbekiston Badiiy Ijodkorlar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi, Chirchiq davlat pedagogika universiteti “San’atshunoslik” fakulteti hamda Rossiya Federatsiyasining “Gamma” AJ hamkorligida rassomchilikka qiziquvchi talabalar o‘rtasida “Ranglar jilosida oltin kuz” nomli ijodiy tanlov o‘tkaziladi.✅ Tanlovda professional hamda havaskor rassom-talabalar ishtirok etishlari mumkin.Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha tashkil etiladi: 👍 Eng yaxshi rangtasvir asari; 👍 Eng yaxshi grafika asari; 👍 Eng yaxshi interyer va eksteryer dizayn loyihasi; 👍 Eng yaxshi libos


CHDPU | Rasmiy kanal
22 Sept, 07:01
#kun_tarixi22-sentyabr — “Xalqaro avtomobilsiz kun”Bizni kuzating: 💚@tvchdpi2017
CHDPU | Rasmiy kanal
22 Sept, 05:21edited
#akkreditatsiyaKompleks davlat akkreditatsiyasi jarayoni. Ilk kun...Bizni kuzating: 💚@tvchdpi2017
CHDPU | Rasmiy kanal
22 Sept, 05:01
#pedagogik_diplomatiya🔹 Kitob va mutolaa madaniyatini rivojlantirish, zamonaviy media muhitning kitobxonlikka ta’siri va kutubxonalarning yangi qiyofasi — Novosibirskda o‘tgan xalqaro konferensiya diqqat markazida. Mazkur nufuzli anjumanda Chirchiq davlat pedagogika universiteti ham hamtashkilotchi sifatida ishtirok etdi.2026 yil 16–18 sentabr kunlari Rossiya Fanlar akademiyasi Sibirь filialining Davlat ommaviy ilmiy-texnika kutubxonasida «Kitob. Mutolaa. Media muhit» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya bo‘lib o‘tdi.Nufuzli xalqaro anjumanning hamtashkilotchilaridan biri sifatida Chirchiq davlat pedagogika universiteti ham ishtirok etdi. Anjumanning ochilish marosimida Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori G‘ofurjon Isroilovich Muhamedovning video murojaati namoyish etildi. Rektor o‘z murojaatida konferentsiya ishtirokchilari va




CHDPU | Rasmiy kanal
21 Sept, 13:02
💡 G‘oyangiz bormi? Unda navbat — sizniki!👍 CHDPUning eng innovatsion g‘oyaga ega talaba va magistrlari, o‘z g‘oyangizni namoyon eting! 🚀⛈ G‘oyangni ko‘rsat — imkoniyatni qo‘lga kirit!📷 Universitet Axborot xizmati
CHDPU | Rasmiy kanal
21 Sept, 12:05
#kun_tarixi21-sentabr – Xalqaro tinchlik kuni😮Videograf — Akrom AvazboyevBizni kuzating: 💚@tvchdpi2017
CHDPU | Rasmiy kanal
21 Sept, 10:05
#akkreditatsiya📎Ekspert komissiyasi va universitet rahbariyati ishtirokidagi ochilish yig‘ilishidan lavhalarUniversitet Axborot xizmati
CHDPU | Rasmiy kanal
21 Sept, 08:50
#akkreditatsiyaChirchiq davlat pedagogika universitetida kompleks davlat akkreditatsiyasi davom etmoqdaKompleks davlat akkreditatsiyasi doirasida ekspertlar guruhi universitetning fakultetlari, o‘quv-amaliy obyektlari va ta’lim infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdi.Dastlab ekspertlar Pedagogika fakultetiga tashrif buyurib, inklyuziv ta’lim va psixologiya laboratoriyalarida yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi. Shuningdek, Axborot-resurs markazi faoliyati bilan tanishib, bosma va elektron ta’lim resurslari, ulardan foydalanish imkoniyatlari hamda talabalarga ko‘rsatilayotgan axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘zdan kechirdi.Shundan so‘ng San’atshunoslik fakulteti faoliyati bilan tanishib, o‘quv-amaliy pavilyonni ko‘zdan kechirdi.Tashrif Tabiiy fanlar fakultetida davom etib, ekspertlar issiqxona, ochiq osmon ostidagi o‘quv maydonchasi va laboratoriyalar bilan tanishdi.Jarayon davomi




CHDPU | Rasmiy kanal
21 Sept, 06:04
#akkreditatsiyaChirchiq davlat pedagogika universitetida kompleks davlat akkreditatsiyasi jarayoni boshlandiAkkreditatsiya doirasida universitetning jami 60 ta ta’lim dasturi, shundan 41 ta oliy ta’lim va 19 ta oliy ta’limdan keyingi ta’lim dasturining faoliyati kompleks baholanmoqda.Baholash jarayoni universitetning so‘nggi 3 yillik faoliyatini qamrab oladi hamda ta’lim sifati va boshqaruvidan tortib, ilmiy-tadqiqot faoliyati, talabalarni qo‘llab-quvvatlash va moddiy-texnik ta’minotgacha bo‘lgan 8 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi.Kompleks baholash jarayoniga 62 nafar, jumladan, 37 nafar mahalliy va 25 nafar xorijiy ekspert jalb etilgan.Universitet rasmiy sahifalari: Web-sayt |Telegram | Instagram | Facebook |YouTube




CHDPU | Rasmiy kanal
19 Sept, 12:05
#SavolJavob📝Talabalar uchun shahardagi jamoat transportlarida yurish qancha turadi?Hukumatning 2020-yil 9-oktabrdagi 643-sonli qaroriga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlari talabalari, akademik litsey va texnikum o‘quvchilari shahar jamoat transportidan — avtobus, elektrobus, tramvay va metropolitenlardan imtiyozli tarif asosida foydalanish huquqiga egadirlar.Batafsil videoda 👆Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
CHDPU | Rasmiy kanal
18 Sept, 13:10
#Milliy_liboslar_kuni❗️ Juma — milliy liboslar kuni📷Universitet Axborot xizmati




CHDPU | Rasmiy kanal
18 Sept, 12:10
#Qonunchilik_yangiliklarPedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladi2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalariga kuzatilgan va o‘qib yurgan pedagoglarning farzandlari uchun to‘lov-kontraktiga 30% chegirma joriy etiladi. • Chegirma faqat bakalavriat darajasidagi kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotganlarga, nodavlat va harbiy OTMlar, xorijiy hamkorlik dasturlariga qo‘llanilmaydi. • Har bir farzand uchun alohida chegirma beriladi, o‘quv yili davomida bir marta amalga oshiriladi. • Ariza kontrakt.edu.uz orqali topshiriladi, ma’lumotlar “Raqamli hukumat” tizimi orqali avtomatik tasdiqlanadi va 2 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Hukumat qarori (501-son, 17.09.2026-y.) bilan pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi
CHDPU | Rasmiy kanal
18 Sept, 04:41
#Universitetim_gazetasi🔔 Ta’lim ziyosi” gazetasining navbatdagi soni nashrdan chiqdi💚 Men universitet kutubxonasini yangi formatdagi ilmiy, ta’limiy, madaniy va ma’rifiy markaz sifatida ko‘raman O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Doniyor Ahmadjonov bilan suhbat 💚 Kutubxona madaniyatini faqat sukut saqlash yoki kitoblarni ehtiyotkorlik bilan asrash bilan cheklab bo‘lmaydi 💚 O‘zimni ulkan bilimlar olamida foydalanuvchilarga an’anaviy va elektron resurslar orasida to‘g‘ri yo‘nalish topishga yordam beradigan navigatorga qiyoslayman 💚 Nega kutubxonaga borish kerak 💚 Zamonaviy kutubxona markazida inson, uning bilim olishi turishi zarur✔️ Gazeta bilan



CHDPU | Rasmiy kanal
17 Sept, 12:05
#pedagogik_diplomatiya🔹 Pekin yuridik universiteti delegatsiyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindiPekin yuridik universiteti delegatsiyasi Chirchiq davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurib, universitet mas’ullari bilan kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.Uchrashuvda professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik mobilligini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, xalqaro konferensiya va seminarlar tashkil etish, shuningdek, iqtisodiyot, huquqshunoslik hamda ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida o‘zaro tajriba almashish masalalari ko‘rib chiqildi.Tomonlar belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni tizimli rivojlantirish va aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan kelishib oldilar.🔹Обсуждены вопросы сотрудничества с делегацией Пекинского



Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
