gram news
UrDU • УрГУ • UrSU channel avatar

UrDU • УрГУ • UrSU

@urdu_pressa

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rasmiy sahifasi 🌐Veb-sayt: www.urdu.uz Facebook: facebook.com/urduuz Instagram: instagram.com/urdumatbuotxizmati Youtube: youtube.com/channel/UCkQ8N0jtKR9VigB0FALuFvA/videos

ProjectsUZEducation

15,100subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • UrDU • УрГУ • UrSU

    25 Sept, 11:04

    #Xalqaro_konferensiya | #videoreportaj🏛Urganch davlat universitetida Kimyoviy texnologiyalar kafedrasi tashabbusi bilan texnika fanlari doktori, professor Zabibulla Babayev tavalludining 60 yilligiga bag‘ishlangan “Yashil kimyoviy texnologiyalar: fan, innovatsiya va sanoatni transformatsiya qilish imkoniyatlari” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo'lib o'tdi.©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
    816video333211Open in Telegram
  • UrDU • УрГУ • UrSU

    25 Sept, 10:03

    #Xalqaro_konferensiya | #intervyu🎥Xalqaro konferensiya ishtirokchilarining taassurotlari intervyulardaBugun Urganch davlat universitetida “Yashil kimyoviy texnologiyalar: fan, innovatsiya va sanoatni transformatsiya qilish imkoniyatlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya bo'lib o'tmoqda.🇷🇺🇧🇾🇦🇿🇰🇿🇮🇳🇹🇷🇨🇳Mazkur nufuzli xalqaro konferensiyada Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Hindiston, Xitoy va Turkiyadan olimlar, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar hamda soha mutaxassislari ishtirok etmoqda.Konferensiyada ishtirok etayotgan olimlar bilan suhbatlashib, ularning fikrlarini tingladik.©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
    1,530video6331Open in Telegram
  • UrDU • УрГУ • UrSU

    25 Sept, 08:15edited

    ⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️📣Qadrli talaba-yoshlar!🤩 “MENING UNIVERSITETIM” VIDEOROLIKLAR TANLOVI E’LON QILINADI!Siz media sohasiga qiziquvchi, kreativ g‘oyalarga boy talaba-yoshlardanmisiz? Unda bu tanlov aynan siz uchun!Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti talabalari o‘rtasida universitetimizning yutuqlari, ta’lim muhiti, ilmiy faoliyati hamda talabalar hayotini ijodiy yoritishga qaratilgan “Mening universitetim” videoroliklar tanloviga start berildi.🎬 Tanlovda bakalavriat va magistratura talabalari yakka tartibda yoki 5 nafargacha ishtirokchidan iborat jamoa shaklida qatnashishi mumkin.⏱ Videorolik davomiyligi: 30 soniyadan 1 daqiqagacha; 📆Videoroliklarni qabul qilishning so‘nggi muddati: 2026-yil 10-oktabr, soat 21:00.🎖 G‘oliblarni munosib mukofotlar kutmoqda: 🥇 I o‘rin — 5 000 000 so‘m 🥈 II o‘rin — 4 000 000 so‘m 🥉 III o‘rin — 3 000 000 so‘m📎 Tanlovning batafsil shartlari, videoroliklarga qo‘yiladigan texnik talablar, baholash mezonlari hamda ishtirok etish tartibi bilan Nizom orqali tanishishingiz mumkin.✉️ Videoroliklarni Nizomda so'ralgan talab bo'yicha ushbu manzilga yuboring: @Suvonova_1727🗣Qadrli yoshlar, universitetingizni o‘z nigohingiz bilan tasvirlang, kreativ g‘oyangizni videoga aylantiring va “Mening universitetim” tanlovida o‘z iqtidoringizni namoyon eting!©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
    Image from a post by UrDU • УрГУ • UrSUImage from a post by UrDU • УрГУ • UrSU
    4,0806422Open in Telegram
  • UrDU • УрГУ • UrSU

    25 Sept, 07:21

    ⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ #xalqaro_konferensiya 🇷🇺🇧🇾🇦🇿🇰🇿🇮🇳🇹🇷🇨🇳🏛Ayni paytda “Yashil kimyoviy texnologiyalar: fan, innovatsiya va sanoatni transformatsiya qilish imkoniyatlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya doirasida ilmiy ma’ruzalar va muhokamalar davom etmoqda.Anjumanda ishtirok etayotgan mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan yashil kimyoviy texnologiyalar, zamonaviy ilmiy ishlanmalar, innovatsion yechimlar hamda ularni sanoatga tatbiq etish istiqbollari yuzasidan ma’ruzalar qilinmoqda.Jarayon davomida olimlar o‘z tadqiqotlari natijalari bilan o‘rtoqlashib, ilg‘or tajribalar almashmoqda, dolzarb masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, yangi ilmiy hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilinmoqda.©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
    Image from a post by UrDU • УрГУ • UrSUImage from a post by UrDU • УрГУ • UrSUImage from a post by UrDU • УрГУ • UrSUImage from a post by UrDU • УрГУ • UrSU
  • UrDU • УрГУ • UrSU

    25 Sept, 06:44

    ⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ #xalqaro_konferensiya🏛“Yashil kimyoviy texnologiyalar: fan, innovatsiya va sanoatni transformatsiya qilish imkoniyatlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya o’z ishini boshladiBugun Urganch davlat universitetida Kimyoviy texnologiyalar kafedrasi tashabbusi bilan texnika fanlari doktori, professor Zabibulla Babayev tavalludining 60 yilligiga bag‘ishlangan “Yashil kimyoviy texnologiyalar: fan, innovatsiya va sanoatni transformatsiya qilish imkoniyatlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya o‘z ishini boshladi.Xalqaro anjumanni Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madraximova tabrik so‘zi bilan ochib, konferensiyada ishtirok etayotgan xorijiy va mahalliy mehmonlarni samimiy qutladi. Rektor o‘z nutqida mazkur xalqaro anjumanning ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish, yangi ilmiy g‘oyalarni yuzaga chiqarish hamda yashil kimyoviy texnologiyalar sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama etishdagi ahamiyatiga alohida to‘xtaldi.🇷🇺🇧🇾🇦🇿🇰🇿🇮🇳🇹🇷🇨🇳Ta’kidlanganidek, xalqaro konferensiyada Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Hindiston, Xitoy va Turkiyadan olimlar, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar hamda soha mutaxassislari ishtirok etmoqda.Anjumanda Sankt-Peterburg davlat texnologiya instituti rektori Shlevchik Andrey Pavlovich, Belarus davlat oziq-ovqat va kimyo texnologiyalari universiteti rektori Kirkor Maksim Aleksandrovich, Ozarbayjon davlat neft va sanoat universiteti rektori Azizov Rufat Eyvaz o‘g‘li, shuningdek, Hindistonning Jamia Millia Islamia universiteti Kimyo kafedrasi professori Imran Ali so‘zga chiqib, ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirish, zamonaviy ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish hamda yashil texnologiyalar yo‘nalishida qo‘shma tadqiqotlarni rivojlantirish muhimligini ta’kidladilar.🗣Ayni paytda anjuman o’z ishini ilmiy ma’ruzalar bilan davom ettirmoqda.©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
    Image from a post by UrDU • УрГУ • UrSUImage from a post by UrDU • УрГУ • UrSUImage from a post by UrDU • УрГУ • UrSUImage from a post by UrDU • УрГУ • UrSU
    2,44083221Open in Telegram
  • UrDU • УрГУ • UrSU

    23 Sept, 12:58

    📈Bitiruvchilar uchun “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildiBugun Urganch davlat universiteti Karyera markazida Fizika va matematika fakultetida tahsil olayotgan bitiruvchi talabalar uchun “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.Uchrashuvda universitet Talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i X.Ollaberganov hamda O‘zbekiston Milliy banki Xorazm viloyat boshqarmasining “Kelajakka qadam” menedjeri U.Bekmanov tomonidan ushbu loyiha doirasida bitiruvchi yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, kredit dasturlari, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda amaliy ko‘mak yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
    Image from a post by UrDU • УрГУ • UrSUImage from a post by UrDU • УрГУ • UrSUImage from a post by UrDU • УрГУ • UrSUImage from a post by UrDU • УрГУ • UrSU
    1,560632Open in Telegram
  • UrDU • УрГУ • UrSU

    23 Sept, 11:36edited

    ⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️🗣Aziz professor-o‘qituvchilar va xodimlar!Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan “1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etilmoqda!🏓⚽️♟🏐Musobaqalar 24–25-sentabr kunlari sportning stol tennis (erkaklar va ayollar o'rtasida), futbol(erkaklar o'rtasida), shaxmat(erkaklar va ayollar o'rtasida), voleybol(ayollar o'rtasida) turlari bo’yicha o’tkaziladi. Musobaqalar ertaga, soat 14:00 da boshlanadi.Qadrli ustozlar! Barchangizni musobaqalarda faol ishtirok etishga, hamkasblaringizni qo‘llab-quvvatlashga va sport bayramiga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlashga chorlaymiz!🏆Jamoangiz bilan ishtirok eting!©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
    Image from a post by UrDU • УрГУ • UrSUImage from a post by UrDU • УрГУ • UrSU
    2,78072211Open in Telegram
  • UrDU • УрГУ • UrSU

    23 Sept, 11:02

    🚴‍♀️Chorshanba — sport kuni!Urganch davlat universiteti jamoasi sog‘lom turmush tarziga amal qilish, jismoniy faollikni oshirish va sportni hayot tarziga aylantirishni doimo qo‘llab-quvvatlaydi.Zero, sog‘lom tana — teran fikr, yuksak kayfiyat va samarali mehnat garovi!©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
    2,480video54322Open in Telegram
  • UrDU • УрГУ • UrSU

    22 Sept, 18:43

    🤩 Joriy yilning 22-sentabr kuni Andijon davlat texnika institutida taniqli elshunos olim, tarix fanlari doktori, professor Ulug‘bek Abdullayev tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston hududida etnik, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy-madaniy jarayonlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.Mazkur nufuzli ilmiy anjumanda Respublika xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, Urganch davlat universiteti Tarix va huquq fakulteti Tarix kafedrasi professori, universitet Olima ayollar uyushmasi raisi Shoira Nurullayeva ham ishtirok etdi.Anjuman doirasida O‘zbekiston hududida kechgan etnik, ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy-madaniy jarayonlarga oid dolzarb masalalar yuzasidan ilmiy fikr va mulohazalar almashildi.©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube
    Image from a post by UrDU • УрГУ • UrSUImage from a post by UrDU • УрГУ • UrSUImage from a post by UrDU • УрГУ • UrSUImage from a post by UrDU • УрГУ • UrSU
    952543Open in Telegram
  • UrDU • УрГУ • UrSU

    22 Sept, 16:33

    #Profilaktika🚨Urganch davlat universiteti Talabalar turar joyida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildiBugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Tabiiy va qishloq xo’jaligi fanlari fakultetida joylashgan 9-sonli Talabalar turar joyida Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.Unda Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari polkovnik N.Kadirov boshchiligida Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan talaba-yoshlarga tushuntirish ishlari olib borildi.Mashg‘ulotda kuz-qish mavsumida favqulodda vaziyat yuzaga kelganda talaba-yoshlarni tezkor va xavfsiz evakuatsiya qilish, mas’ul xodimlar hamda tegishli xizmatlarning o‘zaro hamkorlikdagi harakatlari amaliy tarzda namoyish etildi.©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln |
    Image from a post by UrDU • УрГУ • UrSUImage from a post by UrDU • УрГУ • UrSUImage from a post by UrDU • УрГУ • UrSUImage from a post by UrDU • УрГУ • UrSU
    2,510973222Open in Telegram
  • UrDU • УрГУ • UrSU

    22 Sept, 16:22

    📸📸📸Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyida “Xotira va tarbiya haftaligi” doirasida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.🎥Jarayonlar Xorazm telekanalining yangiliklar dasturi orqali efirga uzatildi.©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
    2,210video842Open in Telegram
  • UrDU • УрГУ • UrSU

    22 Sept, 13:05

    forwarded from @eduuz

    #SavolJavobPedagog xodimlar farzandlariga 30 foizlik kontrakt chegirmasi qanday qo‘llanadi❓Chegirma kimlarga beriladi❓Mazkur imtiyoz Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyul bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 3849-raqami qo‘shma qarorda belgilangan Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatidagi xodimlarning farzandlariga tatbiq etiladi.Ma’muriy-boshqaruv, texnik va xo‘jalik xodimlari mazkur pedagogik lavozimlar ro‘yxatiga kirmaydi.Chegirmadan qanday foydalaniladi❓1️⃣ Talaba kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali to‘lov-kontrakt shartnomasini olish bo‘yicha ariza yuboradi. 2️⃣ Tizim orqali talabaning pedagog farzandi ekanligi elektron tarzda tekshiriladi va tasdiqlanadi. 3️⃣ Tasdiqlanganidan so‘ng 30 foizlik chegirma qo‘llaniladi.Ariza 2 ish kun ichida ko‘rib chiqiladi va chegirma bir o‘quv yili davomida bir marotaba qo‘llaniladi.Endi eng muhim savol: qancha
    2,700video1161Open in Telegram
  • UrDU • УрГУ • UrSU

    22 Sept, 11:26

    #Videoreportaj🇺🇿Urganch davlat universitetida Yoshlar yetakchisi saylandi.©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube
    2,960video22542Open in Telegram
  • UrDU • УрГУ • UrSU

    22 Sept, 09:34edited

    🇺🇿Urganch davlat universitetida Yoshlar yetakchisi saylandiBugun O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Boshlang‘ich tashkiloti hisobot-saylov yigʻilishi bo‘lib o‘tdi.Unda Urganch davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i G’.Atajonov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashi raisi D.Atamuratov, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining yoshlar yetakchilari hamda universitetning 110 nafar delegat hamda ishtirokchi talaba-yoshlari qatnashdi.Yig’ilishda 4 nafar nomzodning saylovoldi dasturi tinglandi. Shundan so'ng, delegatlar tomonidan ochiq ovoz berish o‘tkazildi. Nomzodlar orasidan Qurbanboyev Jahongir Xudoyor o’g’li eng ko'p ovoz bilan O'zbekiston Yoshlar ittifoqining Urganch davlat universiteti Boshlang‘ich tashkiloti Yoshlar yetakchiligiga
    Image from a post by UrDU • УрГУ • UrSUImage from a post by UrDU • УрГУ • UrSUImage from a post by UrDU • УрГУ • UrSUImage from a post by UrDU • УрГУ • UrSU
    3,5301788711Open in Telegram
  • UrDU • УрГУ • UrSU

    22 Sept, 09:01

    🗣Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Yoshlar yetakchisi saylovi o’tkazildi.Jarayon avvalida universitet iqtidorli talaba-yoshlarining yutuqlari aks etgan ilmiy-innovatsion hamda hunarmandchilik buyumlari ko’rgazmasi tashkil etildi.©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube
    Image from a post by UrDU • УрГУ • UrSUImage from a post by UrDU • УрГУ • UrSUImage from a post by UrDU • УрГУ • UrSUImage from a post by UrDU • УрГУ • UrSU
    3,92012422Open in Telegram
  • UrDU • УрГУ • UrSU

    22 Sept, 06:52

    ⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️Ayni paytda Urganch davlat universitetida Yoshlar yetakchisi saylovi jarayonlari boshlanmoqda.©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube
    4,019video145321Open in Telegram
  • UrDU • УрГУ • UrSU

    22 Sept, 06:48

    forwarded from @innovatsion_rivojlanish

    #ReportajAbu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti olimi N. Matyaqubov rahbarligida fundamental loyiha amalga oshirilmoqda.Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirilgan “Havodagi uchuvchi organik birikmalar va chiqindi suvlardagi organik ifloslantiruvchi moddalarni parchalash uchun plazma yordamida kompozit katalizatorlarni sintez qilish metodini rivojlantirish” mavzusidagi loyiha ekologik muammolarni innovatsion ilmiy yondashuvlar asosida hal etishga qaratilgan.Mazkur ilmiy izlanishlar atrof-muhitni muhofaza qilish, havo va suv sifatini yaxshilash hamda zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.🗣 Batafsil “Ortga qaytmas islohotlar” dasturidaBizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
    3,160video654Open in Telegram
  • UrDU • УрГУ • UrSU

    22 Sept, 04:40

    forwarded from @innovatsion_rivojlanish

    #diqqat_tanlov“Bo‘lajak olim” ilmiy g‘oyalar tanlovida qatnashing!Respublika yoshlarining innovatsion, ilmiy hamda startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida “Bo‘lajak olim” tanloviga arizalar qabuli boshlandi!Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar: -Tanlov ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi kerak; -Yoshi, ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qat’iy nazar 40 yoshdan oshmasligi lozim; -1 nafar ishtirokchi 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi mumkin.❗️Topshirilgan ilmiy g‘oyani amalga oshirishga so‘ralgan mablag‘ miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravarigacha bo‘lishi zarur.🗣 Arizalar 2026-yilning 13-oktabriga qadar (shu kuni ham soat 23:59 gacha) startup.ilmiy.uz platformasi orqali
    Image from a post by UrDU • УрГУ • UrSUImage from a post by UrDU • УрГУ • UrSU
    2,96072Open in Telegram
  • UrDU • УрГУ • UrSU

    22 Sept, 04:23

    forwarded from @aileaders_uz

    Tasvir va matnni tushunadigan sun’iy intellekt modellaridan samarali foydalanishni o‘rganing!🌟 Bugungi kunda sun’iy intellekt modellari jadal rivojlanib, tobora kuchli va ko‘p funksiyali vositaga aylanmoqda. Bu esa foydalanuvchilardan ham yangi bilim va ko‘nikmalarni talab qilmoqda.✅Shunday muhim ko‘nikmalardan biri matn va tasvir bilan bir vaqtda ishlay oladigan multimodal AI modellariga to‘g‘ri prompt berish hamda kerakli natijani olishdir. Ushbu yo‘nalishdagi bilimlaringizni rivojlantirish uchun aileaders.uz platformasida Meta kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan “Introducing Multimodal Llama” kursidan foydalanishingiz mumkin.⬇️Kurs davomida siz: ➡️multimodal sun’iy intellekt qanday ishlashini o‘rganasiz; ➡️AI’ning
    Image from a post by UrDU • УрГУ • UrSUImage from a post by UrDU • УрГУ • UrSU
    2,59051Open in Telegram
  • UrDU • УрГУ • UrSU

    22 Sept, 03:40

    #MunosabatPrezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida qishloq xo‘jaligini, xususan, qovunchilik sohasini rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbuslar ilgari surildi. Qovun yetishtirishni kengaytirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni jalb etish hamda qovunchilik bo‘yicha metodik markaz tashkil etish vazifalari belgilandi.Ushbu tashabbuslar “Xorazm24” informatsion dasturida ham yoritildi. Dasturda Urganch davlat universiteti katta o‘qituvchisi Dadaxon Abdullayev vohada qovunchilikni rivojlantirish istiqbollari hamda qovunchilik markazlarining ahamiyati yuzasidan fikr bildirdi.©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube
    3,200video643211Open in Telegram