Latest posts

Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi
26 Sept, 08:09
#Deputat_kundaligi #Dayjest #Sarhisob🗓 Mahalliy Kengashlardagi deputatlarimiz faoliyatidanFacebook | Youtube | Instagram | X


Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi
25 Sept, 12:24
#ZakovatJizzaxda yoshlarning intellektual salohiyati sinovdan o‘tkazildiO‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Jizzax viloyat kengashi tomonidan yoshlarning intellektual salohiyati, bilim va tafakkurini rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Zakovat” intellektual turniri tashkil etildi.📍 Jizzax viloyati Axborot-kutubxona markazida o‘tkazilgan bellashuvda Jizzax Sambhram universiteti talabalari ishtirok etdi. Musobaqada jami 6 ta jamoa o‘zaro bellashib, ishtirokchilarning bilim va salohiyati, mantiqiy fikrlash qobiliyati hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.Bunday intellektual bellashuvlar yoshlarning bilim va tafakkurini rivojlantirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek, kitobxonlik va ilmga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi...Facebook | Youtube | Instagram | X




Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi
25 Sept, 09:52
#MunosabatAndijonda yangi taraqqiyot modeli📍 Prezidentimizning Andijon viloyatiga tashrifi davomida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishish jarayoni bir haqiqatni yaqqol ko‘rsatdi. Bugun Andijonda faqat yangi korxonalar qurish emas, balki zamonaviy infratuzilma, investitsiya, ishlab chiqarish, ta’lim, eksport va bandlikni bir-biriga bog‘laydigan yaxlit tizim shakllanmoqda. Buni raqamlar ham tasdiqlaydi.ℹ️ Viloyatda umumiy qiymati 9,4 milliard dollar bo‘lgan 206 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Shundan 98 tasi ishga tushirilgan, 108 tasining qurilishi boshlangan. Ularning natijasida 45 mingdan ziyod yangi ish o‘rni, yiliga 60,6 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish va 533 million dollarlik eksport salohiyati yaratilishi kutilmoqda.🟠 Eng muhimi, bu o‘zgarishlar bir-birini to‘ldirmoqda. Masalan, Andijon xalqaro aeroporti rekonstruksiyasi transport infratuzilmasini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Aeroportning soatiga 200 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yangi terminal ishga tushgach, 5 barobar oshadi. Parvozlar soni yiliga 808 tadan 2 500 taga, yo‘lovchi tashish imkoniyatini esa 3,5 million nafarga yetkazish rejalashtirilgan. Bu nafaqat yo‘lovchilar uchun qulaylik, balki investitsiya, turizm va tashqi iqtisodiy aloqalar uchun ham yangi imkoniyatdir.🟠 Ikkinchi muhim yo‘nalish — yuqori qo‘shilgan qiymatli ishlab chiqarish. «Eco Cotton» korxonasiga 10 million dollar investitsiya kiritilib, 1 mingta doimiy ish o‘rni yaratilgan. Bu yerda mahalliy xomashyo chuqur qayta ishlanib, tayyor trikotaj mahsulotiga aylantirilmoqda. Yiliga 9,4 million dona mahsulot ishlab chiqarish va 10,5 million dollarlik eksport salohiyati yaratilgan. E’tiborli jihati shundaki, ishlab chiqarishda sun’iy intellekt, avtomatlashtirish va dual ta’limning qo‘llanilayotganidir...☝️ Aytish mumkinki, Andijondagi bugungi o‘zgarishlarning eng muhim jihati investitsiya, ishlab chiqarishga, ishlab chiqarish esa bandlikka, bandlik esa aholi daromadiga, ta’lim esa yangi iqtisodiyot uchun muhim bo‘g‘inga aylandi.📌 Endilikda asosiy vazifa boshlangan 108 ta loyihani o‘z vaqtida va sifatli ishga tushirish, yaratilgan 45 mingdan ziyod ish o‘rnining haqiqiy va barqaror bo‘lishini ta’minlash, eksport ko‘rsatkichlarini amalda ta’minlash hamda har bir loyihaning aholi farovonligiga ta’sirini muntazam baholab borishdir. Andijonning yangi bosqichdagi taraqqiyoti obyektlar soni bilan emas, insonlar hayotidagi aniq natijalar bilan o‘lchanishi kerak...Anvarjon NURMATOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi.Facebook | Youtube | Instagram | X


Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi
25 Sept, 06:05
#Deputat_nazorati #Deputat_mahallada #Ochiq_muloqotMahallalardagi infratuzilma muammolari o‘rganildiXalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputatlari Xabibulla Akilov va Nigora Eshmetova tomonidan 6-Sarbon saylov okrugi hududidagi mahallalarda aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash va ularni manzilli hal etish maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.🟠 Xususan, “Alisherobod” mahallasida bolalar va yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamonaviy ochiq sport maydonini tashkil etish masalasi o‘rganildi. Buning uchun foydalanish mumkin bo‘lgan bo‘sh yer maydoni mavjudligi aniqlanib, mutasaddilar bilan zarur ishlar muhokama qilindi.🟠 “Ijodkor” mahallasida elektr energiyasini uzatuvchi 15 ta simyog‘ochning eskirgani, shuningdek, 15 ta xonadon kanalizatsiya tarmog‘i bilan ta’minlanmagani aniqlandi. Eskirgan simyog‘ochlarni yangilash va xonadonlarni kanalizatsiya tarmog‘iga ulash masalalari bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.🟠 Shuningdek, ichki yo‘llar va tungi yoritish tizimi bilan bog‘liq masalalar ham o‘rganildi. Jumladan, “Ijodkor” mahallasidagi 150–200 metr ichki yo‘lga, “Alisherobod” mahallasidagi Milliy bog‘ ko‘chasining 70 metr qismiga asfalt qoplamasi yotqizish hamda “Ijodkor” mahallasining ichki ko‘chalarini yoritish zarurati qayd etildi.✅ O‘rganish yakunida aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish, masalalarni nazoratga olish va aholi uchun qulay infratuzilma yaratish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.Facebook | Youtube | Instagram | X




Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi
24 Sept, 06:03
forwarded from @uinoyatov
#MunosabatAndijonda minglab yangi ish o‘rinlari yaratilmoqdaKo‘pchilik yaxshi biladi, bundan o‘n yilcha avval O‘zbekistonda kambag‘allik alohida davlat siyosati darajasida ochiq tan olinmagan va chuqur o‘rganilmagan muammo edi. Aholi daromadlari, bandlik va ijtimoiy himoya masalalari asosan bir martalik yordam mexanizmlari orqali hal etilar, kambag‘al oilani aniqlash, manzilli qo‘llab-quvvatlash, daromadli qilish zanjiri hali shakllanmagan edi. O‘sha paytda 7,5 million kishi, ya’ni aholining 23 foizi kambag‘allik chegarasiga ham yetmasligi qayd etilgan. Buning oqibatida mehnat bozorida yashirin ishsizlik va boqimandalik kayfiyati yuqori darajada saqlanib qolgan, ayrim xalqaro ekspertlar bahosiga ko‘ra, o‘sha davrda real kambag‘allik darajasi aholining qariyb 35 foizini tashkil etardi.Keyingi yillarda birinchi marta kambag‘allik ochiq tan olinib, uni qisqartirish eng muhim ijtimoiy-siyosiy vazifalardan biri sifatida belgilandi. Ijtimoiy siyosatning mazmuni ham o‘zgardi: nafaqa va yordamdan manzilli ijtimoiy himoya, bandlik, kasbga o‘qitish, imtiyozli kredit, subsidiya, kompensatsiya va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga asoslangan tizimga o‘tildi. Xalqaro hisob-kitoblarga ko‘ra, 2016-2022-yillarning o‘zida yurtimizda 5,1 million kishi kambag‘allikdan chiqqan. Demak, davlatning fuqaroga munosabati yordam beruvchi modeldan imkoniyat yaratuvchi modelga, ijtimoiy himoyadan ijtimoiy-iqtisodiy faollikni rag‘batlantirishga qarab o‘zgardi.Bu yondashuvning hududiy ahamiyatini Andijon misolida ham ko‘rish mumkin. Aholisi 3,5 milliondan ziyod viloyatda yer va boshqa resurslar cheklangan. Shuning uchun har bir investitsiya yuqori qo‘shilgan qiymat, yangi ish o‘rni va aholi uchun barqaror daromad manbaiga aylanishi kerak. Andijonda 4 foiz atrofida qayd etilayotgan ehtiyojmand aholining turmush sharoitini yaxshilash vazifasi ish joyi, daromad manbai, kasb va iqtisodiy imkoniyat yaratish bilan bog‘liqdir. Bugun viloyatda ishga tushirilayotgan va qurilishi boshlanayotgan 9,4 milliard dollarlik 206 ta loyiha ana shu imkoniyatlarni kengaytirish uchun muhim iqtisodiy baza bo‘ladi. Ayniqsa, ularning sanoat, energetika, to‘qimachilik, mashinasozlik, logistika va xizmatlar kabi yuqori samarali sohalarni qamrab olayotgani minglab barqaror yangi ish o‘rinlari, doimiy daromad manbalari shakllanishiga zamin yaratadi. Bunday yuksak natijalar Andijonda kambag‘allikni bartaraf etish istiqbollarini kuchaytiradi.Telegram | Facebook | Instagram


Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi
23 Sept, 11:46
#Deputat_nazorati #Deputat_mahalladaOltinko‘lda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildiOliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi Anvarjon Nurmatov 22-sentabr kuni Oltinko‘l tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. Shuningdek, kambag‘allik reyestrida turuvchi fuqarolar bepul foydalanishi uchun qurilgan issiqxona faoliyati bilan tanishdi.🗣️ O‘rganish davomida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda murojaatlar bilan ishlash tartibi yuzasidan ma’lumotlar berildi. Aholiga manzilli yordam ko‘rsatish, ehtiyojmandlarni aniqlash va ularni tegishli ijtimoiy xizmatlarga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mas’ullari hududdagi ijtimoiy holatdan kelib chiqib, kambag‘allikni keltirib chiqaradigan omillarni o‘rganish, mavjud muammolarni tizimli hal etish va ko‘mak samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida axborot berdi.📌 O‘rganish yakunida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar monitoringini kuchaytirish, ehtiyojmandlarni aniqlashda manzilli yondashuvni ta’minlash, aholi bilan ochiq muloqotni kengaytirish hamda fuqarolarni nafaqa va yordam, ijtimoiy xizmatlar, bandlik kabi tegishli yo‘nalishlarga yo‘naltirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilandi.Facebook | Youtube | Instagram | X




Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi
23 Sept, 07:42
#Biz_OAVda📰 “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 38-soni chop etildi.Bu sonda siz bir qator qiziqarli va tahliliy maqolalarni o‘qishingiz mumkin. Xususan,🟣 “Bir kun, bir maydon va yuzlab yoshlar orzusi”🟣 “XDP: Jamoat transporti tariflari aholi daromadlariga mos bo‘lishi, maktab o‘quvchilari xavfsizligi ta’minlanishi shart”🟣 Qoraqalpog‘iston taraqqiyoti:🟣🟢 “Inson farovonligi va umummilliy hamjihatlik”🟣🟢 “Iqtisodiy o‘sish – ijtimoiy barqarorlik kafolati”🟣🟢 “Bo‘ladigan elda baraka bo‘lar”🟣 “Konstitutsiyaviy huquqlarni himoya qilish imkoniyatlari kengayadi”🟣 “O‘z vaqtida yechilgan muammo xalq ishonchining oqlanganidir”🟣 “Mehr ulashaylik”: Qalblar quvonchga to‘ldi”...👉 GAZETANI SAYTIMIZDA TO‘LIQ O‘QING 📖 YOKI MAXSUS ILOVA ORQALI O‘QINGFacebook | Youtube | Instagram | X
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi
23 Sept, 04:55
#Parlament_muhokamasi #Fraksiya_pozitsiyasi #Biz_OAVdaFraksiya yig‘ilishida ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetiga oid maxsus kafolatlarni tizimlashtirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ham ko‘rib chiqildi.Facebook | Youtube | Instagram | X
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi
22 Sept, 05:05
#Rasmiy_bayonot❗️ Jamoat transporti tariflari aholi daromadlariga mos bo‘lishi, maktab o‘quvchilari xavfsizligi ta’minlanishi shartSo‘nggi kunlarda Toshkent shahrida jamoat transporti tariflarini qayta ko‘rib chiqish hamda maktab o‘quvchilarining xavfsiz va qulay qatnovini ta’minlash masalalari jamoatchilik e’tiborida turibdi.ℹ️ Ma’lumki, poytaxtimizda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi yuzasidan jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi.Shuningdek, o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay qatnovini ta’minlash uchun Toshkent shahrida School Bus tizimini joriy etish imkoniyatlari o‘rganilmoqda (73,5 foiz so‘rov ishtirokchilari taklifni qo‘llab-quvvatlagan).🟣 Xalq demokratik partiyasi ushbu dolzarb ijtimoiy masalalar yuzasidan,


Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi
21 Sept, 13:10
#Parlament_muhokamasi #Fraksiya_pozitsiyasi #Deputat_savoliBugun amaldagi qonunchilikda lizing xizmatlaridan faqat yuridik shaxslar foydalanishi mumkin.✅ Yangi taklif etilayotgan loyihada esa, endi yakka tartibdagi tadbirkorlar ham bu xizmatdan foydalanishi uchun imkoniyat yaratilmoqda. Faqat yakka tartibdagi tadbirkor lizinga birorta obyekt olsa, o‘sha obyekt lizinga beruvchining balansida qoladi. Lekin egalik huquqi yakka tartibdagi tadbirkorda bo‘ladi.🟣 Fraksiyamiz yig‘ilishida ayni shu masala yuzasidan qizg‘in muhokama bo‘lib o‘tdi.Facebook | Youtube | Instagram | X
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi
21 Sept, 11:58
#Yoshlar_forumi #Biz_OAVdaSirdaryoda o‘tkazilgan «Istiqbolli yoshlar» forumidan lavha efirga uzatildiFacebook | Youtube | Instagram | X
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi
21 Sept, 10:06
#Parlament_muhokamasi #Fraksiya_pozitsiyasiO‘zbekiston XDP fraksiyasi: qonunlar, avvalo, xalq manfaatlariga xizmat qilishi kerakOliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.ℹ️ Unda O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritish, ayrim qonun hujjatlariga yakka tartibdagi tadbirkorlarning lizing olish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, davlat organlari mansabdor shaxslarining o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni to‘laqonli amalga oshirishi uchun zarur huquqiy kafolatlarni mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihalari ko‘rib chiqildi.🟣 Dastlab deputatlar Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida fuqarolar va yuridik shaxslarning shikoyatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish,




Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi
21 Sept, 06:16edited
#Live #Parlament_muhokamasi🔴 Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasining yig‘ilishi.Facebook | Youtube | Instagram | X
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi
21 Sept, 04:46edited
#Live #Parlament_muhokamasi🔴 Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.Facebook | Youtube | Instagram | X


Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi
20 Sept, 09:46
forwarded from @uinoyatov
#MunosabatQoraqalpog‘iston taraqqiyoti: inson farovonligi va umummilliy hamjihatlikQoraqalpog‘iston Respublikasi keyingi yillarda har tomonlama o‘zgarib, tobora yangi qiyofa kasb etmoqda. Bugun bu yerda amalga oshirilayotgan yirik iqtisodiy va ijtimoiy loyihalar hududning bugungi taraqqiyotini ko‘rsatibgina qolmay, uning yaqin istiqboli ham keng imkoniyatlarga ega ekanidan darak bermoqda. Eng muhimi, bu o‘zgarishlarni raqamlar, investitsiyalar yoki yangi inshootlarning o‘zi bilan baholab bo‘lmaydi. Ularning samarasi, avvalo, qoraqalpog‘istonliklarning hayotida, yangi ish o‘rinlarida, oilalar daromadida, turmush sharoiti va ertangi kunga ishonchning ortishida ko‘rinadi.📍 Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istonga tashrifi doirasida start berilgan yirik loyihalar, Nukus shahrida o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ham ana shu


Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi
18 Sept, 13:33
#МненияУзбекистан — Корея начался новый этап в отношенияхИрина Токарева, депутат Законодательной палаты Олий Мажлиса, член фракции НДПУ.Facebook | Youtube | Instagram | X
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi
18 Sept, 09:48
#XDP_35Nukusda O‘zbekiston XDPning 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildiO‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkil topganining 35 yilligi munosabati bilan joylarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston XDP Nukus shahar kengashi tashabbusi bilan “Agrotexnologiya kutubxonasi” boshlang‘ich partiya tashkilotida “35 yil — manzilli ijtimoiy himoya” mavzusida tadbir tashkil etildi.🗣️ Tadbir davomida partiyaning 1991-yilda tashkil topganidan buyon bosib o‘tgan 35 yillik faoliyat yo‘li, dasturiy maqsad va vazifalari, parlament va mahalliy Kengashlardagi faoliyati hamda saylovlardagi ishtiroki haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, partiyaning ijtimoiy adolat va tenglikni ta’minlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari manfaatlarini himoya qilish borasidagi ustuvor yo‘nalishlari haqida so‘z yuritildi.




Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi
18 Sept, 07:35
#MunosabatO‘zbekiston – Koreya munosabatlarida yangi daraja boshlandiFirdavs Sharipov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi.Facebook | Youtube | Instagram | X
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi
18 Sept, 05:23
#ZakovatAndijonda “Zakovat” intellektual turniri o‘tkazildiO‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Andijon viloyat kengashi tashabbusi bilan Andijon davlat universiteti hamkorligida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual turniri o‘tkazildi. Unda 15 ta jamoa ishtirok etdi.🗣️ Tadbirni xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Muqaddasxon Sultonova ochib, yoshlarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi. Shuningdek, ishtirokchilarni partiyaning maqsad va g‘oyalari bilan tanishtirib, intellektual bellashuvda ularga omad tiladi.Qizg‘in savol-javoblar asosida o‘tgan turnir yakunida “Jadidchilar” jamoasi 1-o‘rin, “Renessans” jamoasi 2-o‘rin, “Yosh bankirlar” jamoasi 3-o‘rinni egalladi...Facebook | Youtube | Instagram | X




Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi
17 Sept, 13:52
forwarded from @uinoyatov
#MunosabatO‘zbekiston — Janubiy Koreya: xalqimiz farovonligiga qaratilgan muhim tashabbuslarO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi nafaqat ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda tarixiy ahamiyatga ega bo‘ladi.Birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida so‘zlangan nutqda ko‘p millatli Markaziy Osiyo oilasining ajralmas qismiga aylangan koreys diasporasi xalqlarimizning birdamligi va o‘zaro hurmat-ehtiromining yorqin misoli ekanligi ta’kidlandi.Darhaqiqat, keyingi yillarda xalqaro maydonda Markaziy Osiyo mintaqasini yaxlit bir makon, bir oiladay qabul qilish urfga kirdi. Buning yaqqol isboti sifatida jahon sahnidagi eng yirik davlatlarning “Markaziy Osiyo plyus” formatidagi muloqotlarini muttasil o‘tkazib kelayotganida

Links
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
