gram news
Vobkent tumani hokimligi channel avatar

Vobkent tumani hokimligi

@vobkent_tuman_hokimligi

Vobkent tuman hokimligining rasmiy telegram kanali. 📲Murojaat uchun: https://t.me/AkmalOstonovga_murojaat ☎️Admin bilan bog'lanish uchun +998978553001

ProjectsUZPolitics

10,700subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Vobkent tumani hokimligi

    22 Sept, 15:54edited

    ✔️MEHNAT YARMARKASIGA TAKLIF ETAMIZ!Buxoro viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan fuqarolarni munosib va doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi o‘tkaziladi.📅 23-sentyabr ⏰ Soat 09:00 📍 Manzil: Samoniylar istirohat bog‘iYarmarkada korxona va tashkilotlardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot beriladi hamda ish izlayotgan fuqarolarga munosib ish topish imkoniyati yaratiladi. 👥 Ish izlayotgan fuqarolarni mehnat yarmarkasida faol ishtirok etishga taklif etamiz! Yaxshi ish — farovon hayot garovi!Ma’lumot uchun tel rakami:+99893-458-64-63Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram| 💬Facebook| 📹Youtube|🌍Web-sahifa|🕊X|🌐Instagram
    Image from a post by Vobkent tumani hokimligiImage from a post by Vobkent tumani hokimligi
  • Vobkent tumani hokimligi

    22 Sept, 14:12edited

    #DIQQAT, E'LON✔️Aziz Vobkentliklar! Hurmatli tashkilot, korxona va muassasalar jamoalari!Joriy yil 29-sentabr kuni Vobkent tumanining rasman tashkil topganiga 100 yil to‘ladi. Bu — shunchaki sana emas. Bu — ajdodlarimizdan meros qolgan bebaho tarix, bugungi bunyodkorligimiz va kelajak avlodlarga qoldirayotgan munosib merosimizni birlashtiruvchi qutlug‘ ayyomdir.Zero, Vobkent tarixining ildizlari bir asr bilan cheklanmaydi. Vobkent zamini necha ming yilliklarga borib taqaluvchi boy tarixga ega. Buning yorqin dalili sifatida hududimizda qad rostlab turgan Vobkent minorasi, xalq orasida Chashmai Ayyub nomi bilan mashhur Abu Sa’d Xarjo‘shiy maqbarasi, buyuk tarixchi Muhammad Narshaxiy yashab o‘tgan makondagi Narchoq tepaligi kabi tarixiy va me’moriy yodgorliklarni keltirish mumkin.Bu zamin asrlar davomida ilm va ma’rifat maskani bo‘lib kelgan. Vobkent tuprog‘idan yetishib chiqqan
    Image from a post by Vobkent tumani hokimligiImage from a post by Vobkent tumani hokimligi
    1,38061Open in Telegram
  • Vobkent tumani hokimligi

    22 Sept, 12:34

    https://uza.uz/uz/posts/ish-izlaganga-imkoniyat-tadbirkorga-esa-komak-berildi_911955
    UZA.uzИш излаганга имконият, тадбиркорга эса кўмак берилдиИнсон учун ўз меҳнати билан даромад топиш, оиласи фаровонлигини таъминлаш ва келажак режаларини мустақил амалга оширишдан улуғроқ имконият борми? Албатта, йўқ.
  • Vobkent tumani hokimligi

    22 Sept, 12:25

    ✔️Ma’rifat karvoni Vobkentda: buyuk tarix, yorqin kelajak va bunyodkor xalq ruhi!“Birlashib buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida tashkil etilgan “Ma’rifat karvoni” loyihasi Vobkent tumanidagi 27-son madaniyat markazida davom etdi.Ma’rifiy seminarda tumandagi barcha ta’lim muassasalarining ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, maslahatchilar, mahalla yoshlar yetakchilari, ziyolilar va nuroniylar faol ishtirok etdi. Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyati bo‘limi birinchi o‘rinbosari Ma’mura Safoyeva, Buxoro davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Nazora Bekova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Buxoro viloyati bo‘limi rahbari, viloyat Ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Shodmon Sulaymon ma’ruzalar bilan ishtirok etdi.BatafsilRasmiy sahifalarimiz👇 Telegram| 💬Facebook|
    Image from a post by Vobkent tumani hokimligiImage from a post by Vobkent tumani hokimligiImage from a post by Vobkent tumani hokimligiImage from a post by Vobkent tumani hokimligi
    998431Open in Telegram
  • Vobkent tumani hokimligi

    22 Sept, 12:25

    Image from a post by Vobkent tumani hokimligiImage from a post by Vobkent tumani hokimligiImage from a post by Vobkent tumani hokimligiImage from a post by Vobkent tumani hokimligi
  • Vobkent tumani hokimligi

    22 Sept, 12:25

    ✔️Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdiBugun Charmgaron mahallasida o‘z faoliyatini kengaytirish istagidagi hamda kredit mablag‘lariga ehtiyoji bo‘lgan tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda Respublika Xalq banki departamenti direktori hamda AT «Xalq banki» Buxoro viloyati mintaqaviy markazi rahbari o‘rinbosari ishtirok etib, tadbirkorlarning taklif va murojaatlarini bevosita tingladi.Yuzma-yuz muloqot davomida tadbirkorlarning faoliyatini kengaytirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va kredit mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq masalalari muhokama qilindi. Murojaatlarning aksariyati joyida o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.Bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlarning muammolarini tezkor aniqlash va amaliy yechim topish, yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda hududda ishbilarmonlik muhitini yanada
    Image from a post by Vobkent tumani hokimligiImage from a post by Vobkent tumani hokimligiImage from a post by Vobkent tumani hokimligiImage from a post by Vobkent tumani hokimligi
  • Vobkent tumani hokimligi

    22 Sept, 12:17

    ✔️Har bir bola uchun teng imkoniyatXalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi tomonidan umumta’lim maktablarida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar uchun inklyuziv ta’lim muhitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.O‘rganish jarayonida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarori talablari asosida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayoniga jalb etish imkoniyatlari hamda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati ko‘zdan kechirildi.Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqilib, inklyuziv ta’lim muhitini yanada takomillashtirishga qaratilgan vazifalar belgilandi.Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram| 💬Facebook| 📹Youtube|🌍Web-sahifa|🕊X|🌐Instagram
    Image from a post by Vobkent tumani hokimligiImage from a post by Vobkent tumani hokimligiImage from a post by Vobkent tumani hokimligiImage from a post by Vobkent tumani hokimligi
  • Vobkent tumani hokimligi

    22 Sept, 09:42

    🗣 “Startaplar mamlakati” shiori ostida o‘tayotgan ICT Week Uzbekistan 2026 haftaligining ochilish marosimi boshlandi↪️ Ochilish marosimida dastlab videorolik namoyish etildi. Unda O‘zbekistonning “Startaplar mamlakati” sifatidagi yangi qiyofasi, mamlakatda startap ekotizimini rivojlantirish, yoshlarning innovatsion g‘oyalari va raqamli texnologiyalar sohasidagi imkoniyatlar aks ettirildi.⚡️ Tadbir doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov so‘zga chiqdi.“Mamlakatimizning eng muhim boyligi — bu inson kapitalidir. Shu sababli so‘nggi yillarda yoshlarimiz uchun sifatli ta’lim olish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda kelajakda muvaffaqiyatga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz.Bugungi kunda AT va sun’iy intellekt yo‘nalishlaridagi ta’limni rivojlantirish ham ustuvor vazifalarimizdan biridir. “Bir million
    Image from a post by Vobkent tumani hokimligiImage from a post by Vobkent tumani hokimligiImage from a post by Vobkent tumani hokimligiImage from a post by Vobkent tumani hokimligi
  • Vobkent tumani hokimligi

    22 Sept, 08:41edited

    MA’RIFAT KARVONI VOBKENTDABirlashib buyuk tarix yaratamizMa’rifat — inson tafakkurini yuksaltiruvchi, jamiyatni taraqqiyot sari yetaklovchi kuch. Bugun Vobkent tuman Yoshlar markazida ana shu ezgu g‘oya atrofida "Birlashib buyuk tarix yaratamiz" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi.Yig‘ilganlar oldida so‘zga chiqqan Vobkent tuman hokimi o‘rinbosari Sh.Husenov tadbirni ochib berib, yosh avlodning ma’naviy kamoloti, bilim olishi va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi bugungi kunning muhim vazifalaridan ekanini ta’kidladi.Tadbir davomida ishtirokchilar uchun mazmunli ma’ruzalar taqdim etildi.Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Buxoro viloyati bo‘limi birinchi o‘rinbosari Ma’mura Safoyeva "Milliy yuksalishning o‘n yilligi, yetti milliy dastur — yaxlit tizim sifatida" mavzusida so‘z yuritib,
    Image from a post by Vobkent tumani hokimligiImage from a post by Vobkent tumani hokimligiImage from a post by Vobkent tumani hokimligiImage from a post by Vobkent tumani hokimligi
    1,540311Open in Telegram
  • Vobkent tumani hokimligi

    22 Sept, 08:41

    Image from a post by Vobkent tumani hokimligiImage from a post by Vobkent tumani hokimligiImage from a post by Vobkent tumani hokimligiImage from a post by Vobkent tumani hokimligi
    1,540111Open in Telegram
  • Vobkent tumani hokimligi

    11 Sept, 11:46edited

    #deputat_faoliyatining_eng_muhim_yoʻnalishlari✔️17-Vobkent saylov okrugidan Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Sherzod Raxmonov, xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi raisi Baqo Vafoyev va kotibiyati mudiri Muborak Naimova bilan birgalikda Vobkent tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli koʻp tarmoqli markaziy poliklinikada aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda bepul berilishi belgilangan dori-darmon vositalarining mavjudligi va aholiga yetkazib berilish holati oʻrganildi.🩺Oʻrganish davomida markaziy poliklinikada tibbiyot xodimlari tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan birlamchi tibbiy yordam sifati, navbatlar tizimi, dori vositalarining saqlanish sharoiti hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishiga alohida eʼtibor qaratildi.💉Mazkur oʻrganish jarayonida ayrim yoʻnalishlarda mavjud muammolar va kamchiliklar yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiya hamda koʻrsatmalar berildi. Taʼkidlanganidek, aholining salomatligini mustahkamlash, ularga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat koʻrsatish, ayniqsa ehtiyojmand fuqarolarni bepul dori-darmon bilan taʼminlash masalalari doimiy deputatlik nazoratida boʻlib qoladi.🚑Shuningdek, markaziy poliklinika faoliyatini yanada yaxshilash, aholiga qulaylik yaratish hamda tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish lozimligi qayd etildi.Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram| 💬Facebook| 📹Youtube|🌍Web-sahifa|🕊X|🌐Instagram
    Image from a post by Vobkent tumani hokimligiImage from a post by Vobkent tumani hokimligiImage from a post by Vobkent tumani hokimligiImage from a post by Vobkent tumani hokimligi
  • Vobkent tumani hokimligi

    11 Sept, 11:35

    ✔️Har bir murojaat – e’tiborda!Bugun Vobkent tumani Xalq qabulxonasi binosida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabulda muammosi va murojati bo‘lgan fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, murojaatlar birma-bir tinglandi.Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda tuman hokimining o'rinbosari Firuza Shodiyeva, tumandagi mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.Muammolar bo‘yicha tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida zarur choralar ko‘rildi.BatafsilRasmiy sahifalarimiz👇 Telegram| 💬Facebook| 📹Youtube|🌍Web-sahifa|🕊X|🌐Instagram
    Buxoro viloyati Vobkent tumani hokimligiHar bir murojaat – e’tiborda!Rasmiy vebsayt: Buxoro viloyati Vobkent tumani hokimligi
  • Vobkent tumani hokimligi

    11 Sept, 10:33

    #Mustaqillik_35✔️Buxoro MTRK “Xabar” informatsion dasturi: Mustaqillik shukronasiFeruza JO'RAYEVA - Vobkent tumanidagi 1-umumta'lim maktabi nemis tili fani o'qituvchisiRasmiy sahifalarimiz👇 Telegram| 💬Facebook| 📹Youtube|🌍Web-sahifa|🕊X|🌐Instagram
    1,010video1Open in Telegram
  • Vobkent tumani hokimligi

    11 Sept, 10:29

    #Mustaqillik_35✔️Buxoro MTRK “Xabar” informatsion dasturi: Mustaqillik shukronasiAlisher BOBOYEV - Vobkent tumanidagi 16-umumta'lim maktabi direktoriRasmiy sahifalarimiz👇 Telegram| 💬Facebook| 📹Youtube|🌍Web-sahifa|🕊X|🌐Instagram
    923video2Open in Telegram
  • Vobkent tumani hokimligi

    11 Sept, 08:37

    ✔️Har bir murojaat – e’tiborda!Vobkent tumani Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimi Akmal Ostonov boshchiligida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.Qabul davomida fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, ularning murojaat va takliflari atroflicha tinglandi. Ochiq va samimiy ruhda kechgan qabulda hokim o‘rinbosarlari, Xalq qabulxonasi hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.BatafsilRasmiy sahifalarimiz👇 Telegram| 💬Facebook| 📹Youtube|🌍Web-sahifa|🕊X|🌐Instagram
    Image from a post by Vobkent tumani hokimligiImage from a post by Vobkent tumani hokimligiImage from a post by Vobkent tumani hokimligiImage from a post by Vobkent tumani hokimligi
    1,20021Open in Telegram
  • Vobkent tumani hokimligi

    11 Sept, 07:25edited

    ✔️“Xavfsiz hudud — dolzarb 30 kun”: Vobkentda profilaktik tadbirlar kuchaytirilmoqdaBuxoro viloyati hokimining 2026-yil 31-avgustdagi 71-sonli farmoyishiga asosan viloyat hududida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz hudud — dolzarb 30 kun” profilaktik tadbirlari doirasida Vobkent tumanining Charmgaron MFY hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish, jamoat tartibini ta’minlash hamda fuqarolar xavfsizligini kuchaytirishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirildi.Tadbirlar davomida mahalladagi mavjud muammoli va nizoli oilalar, profilaktik hisobda turuvchi shaxslar hamda huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan fuqarolar bilan manzilli profilaktik suhbatlar o‘tkazildi. Suhbatlar davomida fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablari, huquq va majburiyatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, turli ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar bildirildi.Shuningdek, mahallada sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish, oilaviy-maishiy nizolarga yo‘l qo‘ymaslik, yoshlar o‘rtasida nazorat va profilaktik ishlarni kuchaytirish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Vobkent tuman IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A. Boboyev tomonidan Charmgaron MFY mas’ullari, profilaktika inspektori, tuman IIBdan biriktirilgan xodimlar hamda tibbiyot xodimlari ishtirokida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan yo‘riqnoma o‘tkazildi.Unda hududdagi mavjud vaziyatni muntazam tahlil qilib borish, profilaktik tadbirlarni manzilli va tizimli tashkil etish, muammoli holatlarni o‘z vaqtida aniqlash hamda har bir holat bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish masalalariga alohida urg‘u berildi.Mas’ullarga mahallada jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan ishlash samaradorligini oshirish, oilaviy nizolarning kelib chiqish sabablarini o‘rganish, yoshlar bilan profilaktik ishlarni kuchaytirish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.“Xavfsiz hudud — dolzarb 30 kun” tadbirlarining asosiy maqsadi — jinoyat va huquqbuzarliklarning sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashdan iborat.BatafsilRasmiy sahifalarimiz👇 Telegram| 💬Facebook| 📹Youtube|🌍Web-sahifa|🕊X|🌐Instagram
    Image from a post by Vobkent tumani hokimligiImage from a post by Vobkent tumani hokimligiImage from a post by Vobkent tumani hokimligiImage from a post by Vobkent tumani hokimligi
  • Vobkent tumani hokimligi

    10 Sept, 12:45edited

    #yoshlar_kuni✔️Maktab maslahatchisi — yoshlarning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqaruvchi yangi bo‘g‘inBugun Vobkent tumani Yoshlar markazi binosida tumandagi 42 ta umumta’lim maktabi maslahatchilari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminarda tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Sherzod Husenov, Yoshlar ishlari bo‘limi rahbari Xushnud Rajabov, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari Jasur Ashurov, “Kelajak” markazi rahbari va xodimlari hamda umumta’lim maktablari maslahatchilari oflayn shaklda ishtirok etdi. Maktab direktorlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va mahalla yoshlar yetakchilari esa Zoom platformasi orqali onlayn qatnashdi.Maktab maslahatchisi — o‘quvchilarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning qobiliyati, qiziqishi va intilishlarini aniqlash hamda yoshlarni kelajakdagi ta’lim va kasbiy yo‘nalishlariga tayyorlashda muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, seminarda maslahatchilarning faoliyatini samarali tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.Jumladan, o‘quvchilarni: 🔹 zamonaviy va istiqbolli kasblar olami bilan tanishtirish; 🔹 ularning qobiliyati, qiziqishi va intilishlarini hisobga olgan holda kasbga yo‘naltirish; 🔹 maktabdan tashqari tashkil etiladigan kasb va xorijiy til to‘garaklariga faol jalb etish; 🔹 muhandislik, ilm-fan, madaniyat, san’at, kitobxonlik, sport va boshqa yo‘nalishlardagi imkoniyatlardan samarali foydalanishga yo‘naltirish; 🔹 o‘quvchilarning erishayotgan natijalari va yutuqlarini tizimli ravishda kuzatib borish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, maktab maslahatchilarining faoliyatini boshlashi uchun zarur shart-sharoit va jihozlar bilan ta’minlash, ish jarayonini samarali tashkil etish, faoliyatini endigina boshlagan yosh xodimlarga amaliy ko‘mak berish masalalari ham muhokama qilindi. Seminar davomida o‘z ish faoliyatini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ygan faol xodimlarning ilg‘or ish tajribasini ommalashtirish, tajribali mutaxassislarni yosh xodimlarga biriktirish va “ustoz-shogird” an’anasi asosida amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.Bugungi kunda maktab maslahatchisi faoliyatining asosiy maqsadi — har bir o‘quvchining imkoniyatini ko‘ra bilish, uning qiziqishini to‘g‘ri yo‘naltirish va ta’limdan tashqari imkoniyatlardan samarali foydalanishiga ko‘maklashishdir. Davlat siyosatida ham maktab maslahatchilariga o‘quvchilarning qobiliyati va qiziqishiga qarab turli to‘garaklarni tashkil etish hamda ularning yutuqlarini raqamli portfolio orqali qayd etish kabi vazifalar yuklatilgan.Zero, bugun o‘z qobiliyatini anglagan va to‘g‘ri yo‘nalish olgan yosh — ertaga o‘z kasbi, munosib o‘rni va mustahkam kelajagiga ega bo‘ladi. Yoshni to‘g‘ri yo‘naltirish esa uning kelajagini to‘g‘ri belgilash demakdir.BatafsilRasmiy sahifalarimiz👇 Telegram| 💬Facebook| 📹Youtube|🌍Web-sahifa|🕊X|🌐Instagram
    Image from a post by Vobkent tumani hokimligiImage from a post by Vobkent tumani hokimligiImage from a post by Vobkent tumani hokimligiImage from a post by Vobkent tumani hokimligi
    70243Open in Telegram
  • Vobkent tumani hokimligi

    10 Sept, 12:44

    ✔️Diqqat e'lon!Vobkent tumani hokimi o'rinbosarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarni shaxsiy qabul qilish jadvali tasdiqlandi11-sentabr (juma kuni) reja jadvali asosida Shodiyeva Firuza Baxriddinovna - tuman hokimining o‘rinbosari-oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘ining qabuli bo'lib o'tadi. Qabul soat 15:00 da boshlanadiBatafsilEslatib o'tamiz, jismoniy va yuridik shaxslar uchun fuqarolar qabuli tuman Xalq qabulxonasida bo'lib o'tadi.Mazkur fuqarolar qabuliga muammosi va taklifi bo‘lgan barchani taklif etamiz.Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram| 💬Facebook| 📹Youtube|🌍Web-sahifa|🕊X|🌐Instagram
    Image from a post by Vobkent tumani hokimligiImage from a post by Vobkent tumani hokimligi