gram news
ULUL ALBAB - The People of Intellect channel avatar

ULUL ALBAB - The People of Intellect

@weareululalbab

©️ Manbasiz olinmasin (rozilik yo'q)! @weareululalbab ❗️Kitoblar, shaxsiy tajriba, professionallik, saviya, fikrlash, rivojlanish, shaxsiyat, bandalik. Reklama olinmaydi.

ProjectsUZEducation

13,700subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • ULUL ALBAB - The People of Intellect

    22 Sept, 06:05

    Har vaziyat bir ishora #foydaOdamlar va ulardan kelishi mumkin bo'lgan zararlardan qo'rqayotgan bo'lsangiz, Allohdan xavfingizni ziyoda qiling.Odamlar sizni yo siz ularni hurmat qilmayotgan bo'lsa, Allohning hurumatlariga rioya qilishga harakat qiling.Dunyo muhabbati sizni ishg'ol qilayotgan bo'lsa, Allohga muhabbatni oshiring, Unga mahbub yo'llarni tuting.Nafsingizga yengilayotgan bo'lsangiz, Allohning ma'rifati va Unga tavakkulni ziyoda qiling.Shayton ig'vosiga uchayotgan bo'lsangiz, Allohga sig'inish va itoat kuchaytiring.© ULUL ALBAB yozdi
    3,1009082Open in Telegram
  • ULUL ALBAB - The People of Intellect

    21 Sept, 04:40

    18 yoshli qizlarga qalbdan nasihat: #youasked1. Jamiyat standardlari emas, islomiy qadriyat bilan ulg'ay. Bilib-bilmay, feminist g'oyalarga uchma. Mo'minning karami taqvosi bilan - karyerasi, layklari, gullari, mashinasi bilan emas.2. Qalbingni va fe'lingni go'zallashtir. Shu qalbing seni boshqalardan ajratib turadi. Qalbingga avvallo Allohning muhabbatini joyla.3. Ibodatlaringni muhofaza qil. Namoz, Qur'on, zikr va nafllar - qo'rg'oning bo'lsin.4. Jismingni ko'z-ko'z qilma. "Olmos"deksan. O'zingni asra. Libosing taqvo va hayo bo'lsin. (Iloji boricha) hatto rasmingni begona ko'zlardan asra.5. Yolg'iz qolishdan, qadriyatsizlar tomonidan ajratib qo'yilishdan qo'rqma. Bu vaqtni o'z foydangga, rivojlanishingga ishlat.6. Xarakter/fe'l-atvoringni bahona qilma. Introvert bo'lsang, qobig'ingdan chiqishni, ekstravert bo'lsang, nozik va sezgir bo'lishni o'rgan. Hech kim seni
    6,50021087Open in Telegram
  • ULUL ALBAB - The People of Intellect

    20 Sept, 06:08

    Ba'zilar "bilmayman" deydi, boshqalar "o'rganib olaman" deydi. Ba'zilar "qiyin ekan" deydi, boshqalar "qiziq ekan" deydi. Ba'zilar "ko'p qiyinchiliklar ko'rdim" deydi, boshqalar "tajriba orttirdim" deydi. Kimdir "men erishdim" deydi, kimdir "Alloh nasib qildi" deydi. Kimdir "shuncha o'qidim" deydi, kimdir "hali ko'p ilm olishim kerak" deydi.Ba'zilar fixed mindset (qotib qolgan fikrlash tizimi)da, boshqalar growth mindset (o'suvchi fikrlash tizimi)da.© ULUL ALBAB yozdi
    Image from a post by ULUL ALBAB - The People of IntellectImage from a post by ULUL ALBAB - The People of Intellect
    5,74025187Open in Telegram
  • ULUL ALBAB - The People of Intellect

    19 Sept, 03:57

    Samarali ishlar qilgandek bo'lamiz-u, samarasini o'zimiz ketkazib qo'yamiz. #kuzatuvErta turib, tongini behuda o'tkazgandan foyda yo'q. Ishga vaqtli borib, bir ish bitirmagandan foyda yo'q. Vazifalarini tez tugatib, keyin tayinsiz ish qilgandan foyda yo'q. Ko'p ilmni o'rganib olib, bittasiga amal qilmagandan foyda yo'q. Uxlashga erta yotib, yarim kechgacha telefon tomosha qilgandan foyda yo'q.Nima qilish kerakligini bilish bir ilm. Nima qilmaslik kerakligini bilish boshqa ilm.© ULUL ALBAB yozdi
    Image from a post by ULUL ALBAB - The People of IntellectImage from a post by ULUL ALBAB - The People of Intellect
    7,070267100Open in Telegram
  • ULUL ALBAB - The People of Intellect

    18 Sept, 04:55

    Bir olam #tafakkurOdamlarni tushunish faqat gaplarini tushunish degani emas. Balki: - ularning hislarini tushunish; - ularning og'riqlarini tushunish; - ularning gaplari ortidagi sababni tushunish; - ularning harakatlari ortidagi turtkini tushunish; - ular tashqariga chiqarolmayotganlari bo'lishi mumkinligini ham tushunish.Odamlarga robot, mexanizm, hayvon, jism, loyiha,.. deb qaramaylik. Bir olam, bir qalb, bir ruh deb qaraylik. Keyin bizni ham shunday ko'rishadi.© ULUL ALBAB yozdi
    Image from a post by ULUL ALBAB - The People of IntellectImage from a post by ULUL ALBAB - The People of Intellect
    6,55014476Open in Telegram
  • ULUL ALBAB - The People of Intellect

    17 Sept, 05:27

    Ustozda talabalar qadrlaydigan asosiy xislatlar: #uzun #foyda1. E’tibor, hurmat va adolat Talabani shunchaki navbatdagi o‘quvchi deb ko‘rmaydi. Savolini jiddiy oladi, gapini eshitadi, holatini inobatga oladi, bully qilmaydi, kamsitmaydi, masxara qilmaydi. Adolatsiz munosabat qilmaydi. Talaba ustozining oldida xato qilishdan emas, o‘rganmay qolishdan qo‘rqadigan muhit quradi.2. Pedagogik mahorat, tajriba va xarizma Ustoz o‘zi bilgan narsani shunchaki aytib berib qo‘ymaydi — tushuntiradi, soddalashtiradi, qiziqish uyg‘otadi. Har dars bir xil, zerikarli “o‘tinglar, yozinglar, yodlanglar”dan iborat bo‘lmaydi. O'rinli misol, hikoya, munozara va/yoki hazil bilan talabani darsga tortadi.3. Ishonch, sabr va o'sish Talabani bugungi holatiga qarab emas, kelgusida salohiyatini kashf qiloladigan biri sifatida ko'radi va bunga ko'maklashadi. Xatosini aytadi, feedback beradi, qayta ishlatadi,
    7,0809922Open in Telegram
  • ULUL ALBAB - The People of Intellect

    16 Sept, 05:28

    Tables turnHozir kulayotgan bir kun yig'laydi. Hozir yig'layotgan bir kun kuladi.Hozir kibrli bo'lgan bir kun tavozeli bo'ladi. Hozir tavozeli bir kun kibrga ketishi mumkin.Hozir kuchli bir kun zaiflashadi. Hozir zaif bir kun kuchli bo'ladi.Hozir zolim bir kun o'zi zulm ko'radi. Hozir mazlum bir kun kimgadir zulm qilib qo'yishi mumkin.#unutma Bir kun undoq, bir kun bundoq. Hech kim bir holatda bir umr qolmaydi. Buni bilish - donolik. Shunga ko'ra har holatingga tayyor turish - yetuklik.© ULUL ALBAB yozdi
    6,910255103Open in Telegram
  • ULUL ALBAB - The People of Intellect

    15 Sept, 06:00

    🔴Siz hozir turgan nuqta shu bo'lishi mumkin: yutkazish, yo'qotish, qotib qolish, rag'batsizlik, umidsizlik va hkz.Lekin bu hali tasvirning hammasi emas: 🟠Siz boshlagan nuqta. 🟢Siz boradigan nuqta. 💙 Haqiqiy tendensiya - o'sish.Qizilda turgandek bo'lsangiz, bu vaqtinchalik ekani, keyingi harakatlaringizga bog'liq yashil nuqtangiz borligini unutmang. Xolis harakat qilavering, Alloh taolo birini zoe qilmaydi.© ULUL ALBAB yozdi
    Image from a post by ULUL ALBAB - The People of IntellectImage from a post by ULUL ALBAB - The People of Intellect
    8,49016171Open in Telegram
  • ULUL ALBAB - The People of Intellect

    14 Sept, 06:11edited

    Talabada ustozlar qadrlaydigan asosiy xislatlar: #uzun #foyda1. Mas'uliyat va intizom Talaba o‘z ta'limini o‘z zimmasiga oladi: vazifasini bajaradi, dedlayn bilan ishlaydi, qoldirganini yetkazadi, kamchilikni o'zidan izlaydi. O'rganolmaganiga, imtihondan o'tolmaganiga birovni ayblamaydi.2. Faollik va tashabbuskorlik Aniq va tegishli savol beradi, javob berishga harakat qiladi, noto'g'ri javobdan uyalmaydi, tushunmagan joyini aniqlashtiradi. Passiv tinglovchi emas, ta'lim jarayonining faol ishtirokchisi bo‘ladi. "Yo'q bolib" ketmaydi, ustozi oldiga borib turadi, holidan xabar berib turadi.3. O'sishga ochiqlik Doim o'rganish va yangi narsalar sinab ko'rishga tayyor. Xarakteri (introverligi, uyatchanligi, kamgapligi,..) ta'lim jarayonida ishtirok etishdan to'smaydi. Xatosini shaxsiyatiga hujum deb qabul qilmaydi. Konstruktiv tanqid, fikr-mulohaza va nasihatdan o‘zini himoya qilish
    12,00012150Open in Telegram
  • ULUL ALBAB - The People of Intellect

    13 Sept, 09:00

    Chalkashma #foydaUlar tortishish qonuni deydi, biz solih niyat va harakat deymiz.Ular affirmatsiya deydi, biz zikr deymiz.Ular vizualizatsiya deydi, biz husnuz-zon va duo deymiz.Ular koinot/borliq/olam deydi, biz Alloh taolo va Uning qadari deymiz.Ular omad deydi, biz ne'mat deymiz.Ular o'zini sevish deydi, biz qalb tarbiyasi deymiz.Ular intizom deydi, biz nafs mujohadasi deymiz.© ULUL ALBAB yozdi
    8,83020780Open in Telegram
  • ULUL ALBAB - The People of Intellect

    12 Sept, 06:20

    forwarded from @weareululalbab

    Sha'biydan so'rashdi:- Qanday qilib shuncha ilm o'rgangansiz?! - O'zgalarga suyanmaganim, shaharlarga safar qilganim, eshakning sabri kabi sabr qilganim, qarg'a kabi barvaqt turganim uchun. (Sahifalar)@weareululalbab
    Image from a post by ULUL ALBAB - The People of IntellectImage from a post by ULUL ALBAB - The People of Intellect
    8,320210129Open in Telegram
  • ULUL ALBAB - The People of Intellect

    11 Sept, 09:04

    Moddiyatdan boshqa "boyligi" bo'lmagan insonlarning odat/hobbilari: - zaruratsiz narsalar sotib olish; - odamlar bilan musobaqalashish; - "zero-sum" o'yinlar o'ynash; - sog'lig'ini oxirgi o'ringa qo'yish; - yolg'iz qolishdan qo'rqish; - ijod o'rniga iste'mol ko'payishi; - pulni asrash, qizg'onish, baxillik; - arzon dofamin beradigan hobbilar tanlash; - odamlarning hayoti bilan mashg'ul bo'lish; - muhitlar ta'siridan chiqolmaslik,..Ma'naviy boy insonlarning odat/hobbilari: - yoshidan qat'iy nazar ilmdan to'xtamaslik; - ta'limga sarmoya qilish; - kitob o'qish; - ilm yo hunar o'rgatish; - "positive-sum" o'yinlar o'ynash; - tanasi va sog'lig'i haqida qayg'urish; - ba'zan yolg'iz qolib, o'zini kuzatish;
    9,23019049Open in Telegram
  • ULUL ALBAB - The People of Intellect

    10 Sept, 05:15

    Hayotda maqsad va vazifasini topolmayotganlarga yo'l xaritasi: #tajriba1️⃣Maqsad izlashga mukkasidan ketmang, vaqt yo'qotasiz.2️⃣Atrofingizda, jamiyatda, ta'lim, texnologiya yo boshqa qaysidir sohada muammolarni kuzating va aniqlang.3️⃣Qaysi biriga yechimni aynan siz berolasiz? Amalda nima qiloldingiz/qilolasiz?Muammolarga yechim bo'ling, maqsadingiz sizni o'zi topadi.© ULUL ALBAB yozdi
    Image from a post by ULUL ALBAB - The People of IntellectImage from a post by ULUL ALBAB - The People of Intellect
    9,71020853Open in Telegram
  • ULUL ALBAB - The People of Intellect

    9 Sept, 09:00

    #namuna #tafakkurQo'lingdan kelsa, o'sha sen bo'l: - kengroq tomon; - tinglashni biladigan tomon; - o'rinli gapiradigan tomon; - ovozi pastroq tomon; - tushuntirishga erinmaydigan tomon; - fikrlashi teran tomon; - hovliqmaydigan tomon; - sabr qiladigan tomon; - zulm qilmaydigan tomon; - hikmatli tomon; - Allohni birinchi eslaydigan tomon; - eslatadigan tomon,..© ULUL ALBAB yozdi
    Image from a post by ULUL ALBAB - The People of IntellectImage from a post by ULUL ALBAB - The People of Intellect
    10,000305107Open in Telegram
  • ULUL ALBAB - The People of Intellect

    8 Sept, 06:00

    Uddalay olmasamchi? #kuzatuv #tajriba Uddalasamchi?Xato bo'lsachi? To'g'ri bo'lsachi?Qabul qilishmasachi? Qabul qilishsachi?Ulgurmasamchi? Hozir ayni vaqti bo‘lsachi?Qilsam pushaymon bo‘lib qolsamchi? Qilmasam pushaymon bo‘lsamchi?O'xshamasachi? O'xshab qolsachi?Yaxshi gumon, yaxshi niyat, yaxshi kutuv, yaxshi duo - ishning yarmi. Sinab ko'ring.
    13,60028399Open in Telegram
  • ULUL ALBAB - The People of Intellect

    6 Sept, 05:52edited

    Savol bor joyga javob beriladi.Talab bor joyda taklif paydo bo'ladi.Duo qilingan joyga ijobat beriladi.Yordam so'ralgan joyga yordam beriladi.Sen ojizlik bilan ilohiy madad so'ra. Keyin u beriladi. Hatto Payg'ambarlar ham "Robbim, yordam ber!", deyishganda yordam berilgan (Mu'minun 26-27; Mu'minun 39-41; Qamar, 10-12).#eynafs Sen bu kibr-havong bilan, o'zim eplayman deb o'ylashingda yordam kelmasligi tabiiy emasmi?So'ra, berilasan. Topshir, bo'shaysan. Bo'sha, to'lasan.© ULUL ALBAB yozdi
    Image from a post by ULUL ALBAB - The People of IntellectImage from a post by ULUL ALBAB - The People of Intellect
    12,10027194Open in Telegram
  • ULUL ALBAB - The People of Intellect

    5 Sept, 05:30

    Xohlamaydi emas, xohlaydi. #amal Niyat qilmaydi emas, niyat qiladi.Lekin niyatlariga mos bo'lmagan ishlar qiladi: ➖ Alloh bizni isloh qilsin deydi-yu, osiylik qilib o'tiraveradi. ➖Bizga ham tavfiq bersin deydi-yu, dangasaligi tutib qolaveradi. ➖Bizdan ulamo, din xizmatchilari chiqsin deydi-yu, bir kursni ham tugatolmaydi.Faqat niyat emas, duo qilib ham unga mos sabab tutish kerak: ➡️ foydali ilm so'radimi, shunday ilmning ketidan quvsin; ➡️ keng rizq so'radimi, buning sabablarini qilsin; ➡️ kunida baraka so'radimi, baraka omillarini kuniga kiritsin; ➡️ Allohning muhabbatini so'radimi, endi u muhabbatni paydo qiladigan amallar qilsin va hkz.So'ragan,
    12,300130109Open in Telegram
  • ULUL ALBAB - The People of Intellect

    4 Sept, 05:20

    Ko'rinmas, lekin cheklangan resurslar #foyda #kuzatuvHar kun, har soniya bu resurslarimiz kamayib boradi. Ular tugasa, biz ham tugaymiz. Kundalik taqsimotdan to'g'ri foydalanishni odat qilsak, umrga ham tatiydi. Masalan:Vaqtni muhim narsalarga sarflab. Sog‘liqni uni saqlaydigan odatlarga mashq qildirib. Quvvat/energiyani qiymatli ishlarga yo'naltirib. Diqqat-e'tiborni eng zarur vazifalar ustida jamlab. Zehnni har kuni charxlab. Irodani nafs mujohadasida toblab.Yetmaganiga duo va baraka orqali erishiladi. Kuningizni boshqarmng, resurslaringizni boshqaring.© ULUL ALBAB yozdi
    Image from a post by ULUL ALBAB - The People of IntellectImage from a post by ULUL ALBAB - The People of Intellect
    10,700178115Open in Telegram
  • ULUL ALBAB - The People of Intellect

    3 Sept, 06:35

    O'zi qilolmaganlar #kuzatuvBiror kitobni o'qib tugatmaganlar "nimaga shuncha kitob olaverasan", "borini o'qib tugatvol", deydi.Biror ilmni o'rganib, foydasini ko'rmaganlar "o'qib olim bo'larmiding", deydi.Biror kasbda yetarli mehnat qilmaganlar "o'zi halol topish qiyin bo'lib qoldi-ku", deydi.Biror ishda nafsiga qarshi turib, rohatini ko'rmaganlar "nima qilasan o'zingni shuncha qiynab, zarilmi?", deydi.Birinchi tomon bo'lsak, o'zimiz qilolmadikmi, birovga ham shubha, malomat va hasad qilmaylik. Ikkinchi tomon bo'lsak, o'zgalar gapi o'zligimizga ta'sir qilmasin, yaxshilikdan to'siq bo'lmasin.© ULUL ALBAB yozdi
    Image from a post by ULUL ALBAB - The People of IntellectImage from a post by ULUL ALBAB - The People of Intellect
    11,40017386Open in Telegram
  • ULUL ALBAB - The People of Intellect

    2 Sept, 05:15

    Siz haqsiz."Qo'limdan kelmaydi", desangiz ham haqsiz. "Qilolaman, Allohning izni bilan", desangiz ham haqsiz."Mendan baribir odam chiqmaydi", desangiz ham haqsiz. "Isloh bo'laman, in sha Alloh", desangiz ham haqsiz.Siz nimaga ishonsangiz, shu voqelikda "haqiqat" bo'lib ko'rinaveradi.© ULUL ALBAB yozdi
    12,800230100Open in Telegram