Latest posts

Yangi Kitob
6 Jun, 08:47
forwarded from @wiki_iqtiboslar
— Kitob — bu shunchaki sahifalar jamlanmasi emas. U insonning dunyoqarashini kengaytiradigan, fikrini teranlashtiradigan va kelajagini shakllantiradigan eng ishonchli hamrohdir. "Yangi kitob" esa ana shu hamrohni yangi avlod bilan bog‘laydigan ko‘prikdir.✍️ Ulug'bek Qobiljonov ("Yangi kitob" loyihasi koordinatori)Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X


Yangi Kitob
1 Jun, 15:10

Yangi Kitob
1 Jun, 15:10

Yangi Kitob
1 Jun, 11:06

Yangi Kitob
1 Jun, 08:17

Yangi Kitob
1 Jun, 01:38
forwarded from @mingkitobuz
Aziz kitobxon yoshlar!Yoshlar ishlari agentligida “Tashabbuslar marafoni” doirasida 2-iyun kuni soat 11:00 da “Kitob Hashar” tashkil etilmoqda.“1000 kitob” loyihasi doirasida chop etilgan navbatdagi 20 ta kitob hududlarga yo‘l olish arafasida. Bu galgi to‘plamdan Mark Avreliyning “O‘zimga o‘gitlar”idan tortib, ilmiy kitoblar bo‘yicha “Aventis” mukofotiga sazovor bo‘lgan “Deyarli hamma narsaning qisqacha tarixi”gacha mashhur asarlar o‘rin olgan.Hashar davomida tarjimonlar va ekspertlar bilan uchrashib, yangi nashrlar va ularning yaratilish jarayoni haqida suhbatlashish imkoniga ham ega bo‘lasiz.Jahon durdonalarining yanada ko‘proq kitobxonlarga yetib borishiga hissa qo‘shing.“Kitob Hashar”da kutamiz!Telegram | Facebook | Instagram | YouTube


Yangi Kitob
27 May, 05:04edited
Aziz kitobxonlar!“Yangi kitob” loyihasi jamoasi sizlarni muborak Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy tabriklaydi!Ushbu qutlug‘ ayyom xonadoningizga tinchlik, fayz-u baraka, qalbingizga mehr va xotirjamlik olib kirsin. Yaxshilik, saxovat va ezgulik kabi ulug‘ qadriyatlar hayotingizda doimo hamroh bo‘lsin.📚 Ilmga, mutolaaga va ma’naviyatga bo‘lgan intilishlaringiz yanada ziyoda bo‘lishini tilab qolamiz.Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!🔍Bizni kuzatib boring:Instagram | Telegram


Yangi Kitob
25 May, 11:56
😊 “Yangi Kitob” jamoasi siz tomon yoʻlga chiqmoqda!🇺🇿 Yoshlar oyligi doirasida barcha hududlarda “Tashabbuslar marafoni”ga start berilmoqda.Marafon tadbirkorlik, kitobxonlik, volontyorlik, xorijiy tillarni ommalashtirish, madaniyat va san’at, sun’iy intellekt va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi.🤝 Ushbu marafon doirasida “Yangi Kitob” jamoasi ham barcha hududlarda kitobxonlik viktorinalari, yozuvchilar bilan uchrashuvlar, kitobxonlik loyihalari taqdimoti, she’riyat kechalarini tashkil qiladi!Har bir viloyatda bilimga chanqoq yoshlar, yangi imkoniyat va unutilmas uchrashuvlar bir nuqtada jamlanadi!👇 Ro’yxatdan o’tish uchun: yoshlar.gov.uz


Yangi Kitob
21 May, 14:02
https://www.youtube.com/watch?v=z5svJkx6fLk&t=8sYouTube“Galaktikada bir kun” kitobi taqdimoti | Muallif chiqishiUshbu videoda “Galaktikada bir kun” kitobining taqdimot marosimidan lavhalarni tomosha qilasiz. Tadbir davomida kitob muallifi asarning yaratilish jarayoni, uning asosiy g‘oyasi va kitob ortidagi ilhom haqida so‘z yuritadi. 📚 Kitob: Galaktikada bir kun 🎤…
Yangi Kitob
21 May, 14:02
📚 14-may kuni kitobsevarlar uchun unutilmas uchrashuv bo‘lib o‘tdi!Bolalarning sevimli yozuvchilaridan biri — Sa’dullo Quronov bilan bo‘lgan ijodiy uchrashuvda ishtirokchilar nafaqat yangi kitoblarni xarid qilishdi, balki muallifdan shaxsan dastxat olish imkoniga ham ega bo‘lishdi.Tadbir davomida yozuvchi o‘z ijodi, bolalar adabiyotining bugungi ahamiyati hamda “Galaktikada bir kun” asarining yaratilish jarayoni haqida samimiy fikrlarini bildirib o‘tdi.Ilmiy-fantastik ruhdagi ushbu asar bugungi yosh kitobxonlarning eng sevimli kitoblaridan biriga aylanganini ko‘rish esa barchaga alohida quvonch bag‘ishladi.Quyida uchrashuvdan video lavhani tomosha qilishingiz mumkin!
Yangi Kitob
15 May, 17:44
forwarded from @alisher_sadullaev
Kuni kecha “Yangi kitob” loyihasi haqida yozgan edim. Kecha loyihani birinchi soni boʻlib oʻtdi. Ijodkorlarning asarlarini noshirlar, sotuvchilar, sarmoyadorlar va keng jamoatchilikka oʻzgacha ruhiyatda yangi intellektual maydonda yigʻilgani insonni juda quvontirdi.Eng muhimi, loyiha faqat taqdimot bilan cheklanib qolmadi — tadbirning o‘zidayoq yangi kitoblarga homiylar, hamkorlar va xaridorlarning qiziqishi shakllandi.Bizning asosiy maqsadimiz oddiy: kitob va mutolaani jamiyatda haqiqiy trendga aylantirish.Jamoatchilik, kitobxonlar, blogerlar, OAV vakillari va hamkorlarning qo‘llab-quvvatlashi bizga yanada katta motivatsiya bermoqda.Bu hali boshlanishi.


Yangi Kitob
15 May, 11:55
🔥 Bu san’atkor konserti emas, kitob taqdimoti!14-may kuni Toshkent shahrida “Yangi kitob” loyihasining ilk sonida 6 ta kitobning taqdimoti boʻlib oʻtdi!Kitoblar mutlaqo yangicha uslubda taqdim etildi: teatrlashtirilgan sahnalar, sun’iy idrok yordamida tayyorlangan videolar, yozuvchi, tarjimon va noshirlarning jonli chiqishlari va imzolash marosimlari hayrat va hayajon bilan kutib olindi. Taqdimot faqat namoyish emas, amaliy qadamlari bilan ham yodda qoldi: korxona va tashkilotlar rahbarlari, investorlar taqdim etilgan kitoblardan minglab nusxalarda tadbirning oʻzidayoq sotib olishdi!Navbatda turib kitob sotib olayotgan xaridorlar, muallifning oʻzidan dastxat olayotgan yuzlab kitobxonlar oʻzbek jamiyati uchun ham reallikka aylandi.🔍Bizni kuzatib boring: Instagram | Telegram
Yangi Kitob
14 May, 14:29edited
📚 Endi kitoblar trend boʻladi!14-may kuni Toshkent shahrida “Yangi kitob” loyihasining ilk taqdimoti boʻlib oʻtdi!Unda yangi nashr qilingan 6 ta kitobning shou taqdimotlari boʻlib oʻtdi. Kitoblar mutlaqo yangicha uslubda taqdim etildi: teatrlashtirilgan sahnalar, sun’iy idrok yordamida tayyorlangan videolar, yozuvchi, tarjimon va noshirlarning jonli chiqishlari va imzolash marosimlari hayrat va hayajon bilan kutib olindi. Taqdimot faqat namoyish emas, amaliy qadamlari bilan ham yodda qoldi: korxona va tashkilotlar rahbarlari, investorlar taqdim etilgan kitoblardan minglab nusxalarda tadbirning oʻzidayoq sotib olishdi!Navbatda turib kitob sotib olayotgan xaridorlar, muallifning oʻzidan dastxat olayotgan yuzlab kitobxonlar oʻzbek jamiyati uchun ham reallikka aylandi.🔍Bizni kuzatib boring: Instagram | Telegram




Yangi Kitob
14 May, 13:46

Yangi Kitob
14 May, 13:38

Yangi Kitob
14 May, 13:37

Yangi Kitob
14 May, 13:36

Yangi Kitob
14 May, 12:48

Yangi Kitob
14 May, 12:12

Yangi Kitob
14 May, 11:53
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
