Latest posts

YOZYOVON TUMAN HOKIMLIGI
22 Sept, 16:58
“ICT WEEK UZBEKISTAN 2026” xalqaro haftaligida Farg‘ona viloyati imkoniyatlari ham namoyish etilmoqdaBugun poytaxtimizda “ICT Week Uzbekistan 2026” xalqaro haftaligining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsiyalar sohasidagi muhim tadbirda Farg‘ona viloyatining ham maxsus paviloni tashkil etildi.Unda viloyatda raqamli texnologiyalar, innovatsiyalar va startaplarni rivojlantirish borasida yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar, namunaviy startaplar hamda faoliyat yuritayotgan korxonalar taqdimoti o‘tkazilmoqda.Ishtirokchilar Farg‘ona viloyatining raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar sohasidagi salohiyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.Haftalik doirasida xalqaro forumlar, B2B uchrashuvlar, strategik davra suhbatlari hamda sun’iy intellekt, raqamli hukumat va fintex yo‘nalishlaridagi yangi loyihalar




YOZYOVON TUMAN HOKIMLIGI
22 Sept, 16:57
Belarus delegatsiyasi “Burhoniddin Marg‘inoniy” majmuasidaFarg‘ona viloyatida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Belarus Respublikasining Minsk viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Aleksey Kushnarenko boshchiligidagi delegatsiya Marg‘ilon shahridagi “Burhoniddin Marg‘inoniy” ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasida bo‘ldi.Viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov hamrohligida mehmonlar majmuadagi bunyodkorlik ishlari, zamonaviy binolar va inshootlar, hunarmandchilik ko‘rgazmalari hamda milliy bozor faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.Majmuada yaratilgan sharoitlar, me’moriy yechimlar va obodonlashtirish ishlari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.Qisqa vaqt ichida ushbu maskan farg‘onaliklar va viloyatga tashrif buyuruvchi mehmonlarning sevimli sayyohlik manzillaridan biriga aylanib ulgurgani yana bir bor ta’kidlandi.Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X




YOZYOVON TUMAN HOKIMLIGI
22 Sept, 14:21
Farg‘onada xalqaro dual ta’lim loyihasi boshlandiViloyat hokimi Xayrullo Bozorov Rossiyaning yirik ta’lim va innovatsion klasterlaridan biri — “Sinergiya” korporatsiyasi vitse-prezidenti Mixail Yerofeyev va uning mahalliy hamkorlarini qabul qildi.Uchrashuvda xalqaro ta’lim dasturi asosida amalga oshirilayotgan ishlar hamda Farg‘ona shahrida raqamli kasblar texnikumini tashkil etish loyihasi muhokama qilindi. — В Фергане стартовал международный проект дуального образования — International Dual Education Project Launched in FerganaFergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X




YOZYOVON TUMAN HOKIMLIGI
22 Sept, 14:21
Belarus delegatsiyasida sanoat korxonalari faoliyati katta qiziqish uyg‘otdiFarg‘ona viloyatida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Belarus Respublikasining Minsk viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Aleksey Kushnarenko boshchiligidagi delegatsiya viloyatdagi yirik sanoat korxonalari hamda investitsiya infratuzilmasi bilan tanishdi.Mehmonlarga viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov hamrohlik qildi.Tashrif davomida “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasining Quvasoy filialida joylashgan korxonalar faoliyati haqida ma’lumot berildi.Xususan, keramogranit plita ishlab chiqaruvchi “Crown Ceramic” qo‘shma korxonasidagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishildi.Shuningdek, delegatsiya a’zolari “Marwin Fruitline” MChJning mevalarni qayta ishlash va quyultirilgan tabiiy sharbat ishlab chiqarish loyihasini ko‘zdan kechirdilar.Mehmonlarga Koreyaning “Hansae Mobility Turan” korxonasida




YOZYOVON TUMAN HOKIMLIGI
22 Sept, 12:16
📊 Pensiyaga kechroq chiqish: qo‘shimcha moliyaviy manfaatPensiya yoshiga yetgan, ish haqi yuqori va ishlash imkoniyati bor fuqarolar uchun pensiyaga chiqishni biroz kechiktirish qo‘shimcha moliyaviy manfaat berishi mumkin.Xususan: ✔️2028-yildan pensiya hisoblashda inobatga olinadigan ish haqi chegarasi 6 million so‘mdan 6 million 600 ming so‘mga oshirilishi nazarda tutilmoqda; ✔️pensiyaga chiqishni 6 oy kechiktirganda hisobga olinadigan ish haqi chegarasi 7 million 100 ming so‘mgacha oshirilib, pensiya miqdori 8 foizga ko‘payishi ko‘zda tutilmoqda; ✔️pensiyaga chiqishni 12 oy kechiktirganda esa ushbu chegara 7 million 600 ming so‘mgacha yetib, pensiya miqdori 15 foizga oshishi mumkin.Ya’ni, ishlashni davom ettirgan fuqaroning qo‘shimcha mehnati pensiya miqdorida ham aks etishi ko‘zda tutilmoqda.Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
YOZYOVON TUMAN HOKIMLIGI
22 Sept, 11:45
#mol_mulk_soligʻi #yer_soligʻi📆 Kalendarni tekshirib qo‘ying: 15-oktabr yaqin!Joriy yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer solig‘ining ikkinchi yarmini to‘lash muddati 15-oktabrda yakunlanadi.To‘lov yo‘llari qulay:📱 mobil ilovalar orqali💳 mahallaga biriktirilgan soliq inspektorining “SAYT” terminali orqali🏦 bank kassalari orqali⚠️ Muddati o‘tgan har bir kun uchun penya hisoblanadi.Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
YOZYOVON TUMAN HOKIMLIGI
22 Sept, 11:17
Prezident Shavkat Mirziyoyev maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish istiqbollariga bagʻishlangan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по перспективам дальнейшего совершенствования административного правосудия.#Mirziyoyev #taqdimot #sud #mamuriyPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X




YOZYOVON TUMAN HOKIMLIGI
22 Sept, 11:17
Belaruslik investorlar bilan qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqdaFarg‘ona viloyatida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Belarus Respublikasining Minsk viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Aleksey Kushnarenko boshchiligidagi delegatsiya Farg‘ona tumanidagi “Yangi asr” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida belaruslik investor tomonidan tashkil etilgan “Fermi 777” MCHJ xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi.Delegatsiya a’zolariga korxonada meva-sabzavot mahsulotlarini zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ishlash, saralash, muzlatish, saqlash va eksportga tayyorlash jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.Korxonada, xususan, malina, gilos, qoraqat va qulupnay kabi eksportbop mahsulotlar xalqaro talablar asosida saralanib, muzlatilgan holda qadoqlanadi. Tayyor mahsulotlar Rossiya, Turkiya, Belarus va Qozog‘iston kabi davlatlarga muntazam eksport qilinmoqda.Fergana.gov.uz|Facebook




YOZYOVON TUMAN HOKIMLIGI
22 Sept, 11:06
📢 AZIZ FARG‘ONALIKLAR!⚽️ Katta futbol bayramiga tayyormisiz?!!Unda sizlarni 24-sentabr kuni, soat 19:00 da Farg‘onaning muhtasham “Istiqlol” stadioniga taklif etamiz!Bu kecha maydonda O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Eron milliy terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida bahs olib boradilar!Bu o‘yinning eng katta qahramonlari — maydondagi futbolchilar va farg‘onaning haqiqiy ishqibozlaridir!❗️Eslab qoling: “Istiqlol” stadioni bu safar har doimgiday sariq-qora rangga emas, O‘zbekistonning oq-ko‘k ranglariga burkanadi!🤝 Milliy terma jamoamiz bir ovozdan qo‘llab-quvvatlaylik!Bir yurak bo‘lib hayqiraylik! Bir maqsad bu - O‘zbekiston g‘alabasi! Shoshiling! Chiptalarni “Istiqlol”stadioni kassalaridan xarid qilishingiz mumkin!Farg‘ona, sening ovozingni butun O‘zbekiston eshitsin! 24-sentabr - “Istiqlol”da ko‘rishguncha!
YOZYOVON TUMAN HOKIMLIGI
22 Sept, 10:38
Farg‘ona va Minsk viloyatlari o‘rtasida hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqdaViloyat hokimi Xayrullo Bozorov Belarus Respublikasining Minsk viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Aleksey Kushnarenko boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuvda ikki hudud o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, yangi investitsiya va kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. — Сотрудничество между Ферганской и Минской областями выходит на новый уровень — Cooperation between Fergana and Minsk Regions Reaches a New LevelFergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X




YOZYOVON TUMAN HOKIMLIGI
12 Sept, 09:51
forwarded from @sshmirziyoyeva
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida barpo etilayotgan yangi O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilish jarayoni bilan tanishdi.Muzeyning me’moriy konsepsiyasi jahonning eng mashhur arxitektorlaridan biri, nufuzli Pritzker mukofoti sohibi Tadao Ando tomonidan ishlab chiqilgan.Uning loyihasi bo‘yicha bunyod etilgan muzey va madaniy maskanlar Yaponiya, Yevropa hamda AQSHda yuksak qadrlanadi. Tadao Andoning me’moriy uslubi chizgilarining soddaligi va aniqligi, makon va yorug‘lik uyg‘unligiga o‘ziga xos yondashuvi bilan dunyoga tanilgan.Milliy muzey Markaziy Osiyodagi eng yirik madaniy loyihalardan biriga aylanishi shubhasiz. Bu dargohda ko‘rgazma zallari, kutubxona, restavratsiya laboratoriyalari va ta’lim maydonlari o‘rin oladi.Mamlakatimizdagi ana shunday tarixiy ahamiyatga molik loyihalar ustida dunyo miqyosidagi me’morlar ishlashi biz uchun juda muhim. Ular barpo etgan obyektlar uzoq yillar davomida xalqimizga xizmat qiladi, tariximiz va madaniy merosimizning ajralmas qismiga aylanadi.—Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с ходом строительства нового Национального музея Узбекистана в Ташкенте.Автор архитектурной концепции музея — Тадао Андо, один из самых известных архитекторов современности, лауреат Притцкеровской премии.Среди его работ — музеи и культурные объекты в Японии, Европе и США. Его архитектура узнаваема во всём мире своей простотой, точностью и особым отношением к пространству и свету.Национальный музей станет одним из крупнейших культурных проектов Центральной Азии. Здесь разместятся выставочные залы, библиотека, реставрационные лаборатории, образовательные центры.Для нас важно, чтобы над такими знаковыми проектами в нашей стране работали архитекторы мирового уровня. Созданные ими объекты остаются городам на десятилетия и сами становятся произведениями искусства, новой частью его истории и культурного наследия.




YOZYOVON TUMAN HOKIMLIGI
12 Sept, 09:20
Farg‘ona viloyati delegatsiyasi Paju milliy futbol markazi faoliyati bilan tanishdiJanubiy Koreyada amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Kyongido provinsiyasining Paju shahri Tanxyon-myon hududida joylashgan Paju milliy futbol markazida bo‘ldi.Mazkur markaz Koreya Respublikasida futbolni rivojlantirish, milliy terma jamoalar va istiqbolli futbolchilarni professional tayyorlashga xizmat qilgan yirik sport infratuzilmasi obyektlaridan biri hisoblanadi. U uzoq yillar davomida mamlakat milliy terma jamoalarining asosiy mashg‘ulot bazalaridan biri bo‘lib, 2002-yilda Koreya Respublikasi va Yaponiyada o‘tkazilgan futbol bo‘yicha jahon chempionati tarixi bilan ham chambarchas bog‘liq. — Делегация Ферганской области ознакомилась с деятельностью Национального футбольного центра Пхаджу — Fergana Region Delegation Familiarizes Itself with the Paju National Football CenterFergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X




YOZYOVON TUMAN HOKIMLIGI
12 Sept, 08:04edited
УЧ АВЛОД УЧРАШУВИ34-мактабда қўшни вилоятлар ва Қирғизистон Республикасидан ташриф буюрган профессор ҳамда фахрий устозлар, маҳаллий ижодкорлар иштирокида мактаб ўқувчилари билан “Уч авлод учрашуви” ўтказилди.Кейинги манзил “Қори соқий ота” зиёратгоҳида олиб борилаётган ишлар ва у ерда ташкилланаётган музей фаолияти билан танишиш бўлади.Батафсил кейинроқ.




YOZYOVON TUMAN HOKIMLIGI
11 Sept, 09:37
МЕН АНГЛАГАН ҲАҚИҚАТБизнинг катта хатоимиз шулким, хатоимизни тан олишни унутдик, уни турли йўллар билан оқлашни ўргандик, хатоимиз сабабини бировнинг гарданига ташлашни одат қилдик.Ҳамманинг бирдек фикрлаши - жамиятнинг ютуғи, ҳамманинг бирдек гапириши эса фожеасидур.Суд оқлайди, эл эса ёқлайди, бироқ кейингиси муҳимроқ.Киндик қони тўкилган жойни улуғлаш, у билан фахрланиш яхши фазилат, аммо унга муносиб ҳам бўлиш керак.Биз ҳушёрликни бошқалар хатосини излаш деб тушунаётганга ўхшаймиз. Ваҳолангки, ҳушёрлик хатога йўл қўйишнинг олдини олиш дегани.Ўлимдан қўрқишнинг ўзи ўлим дегани.Бошқаларнинг хатосини қитмирлик билан излашдан тийилишнинг йўли битта, у ҳам бўлса ўзидан камчилик излашдир.Ҳамма нарсаси бор кишида ҳеч қачон инсоф ва диёнат бўлмайди.Яхшилик бирдан кўзга ташланмайди, аммо ёмонлик дарҳол билинади.Фармон ТОШЕВ.@farmontosh


YOZYOVON TUMAN HOKIMLIGI
11 Sept, 06:21
#Xorijiy_OAVdaFarg‘ona viloyati delegatsiyasining Koreya Respublikasiga tashrifi Koreya OAVlarida yoritilmoqdaFarg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi delegatsiyaning Koreya Respublikasiga amaliy tashrifi mahalliy va milliy ommaviy axborot vositalari e’tiborida bo‘lmoqda.Jumladan, Koreyaning News Chain G, MoneyToday, GPN kabi nashrlarida Farg‘ona viloyati va Goyang shahri o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan materiallar chop etildi.Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X



YOZYOVON TUMAN HOKIMLIGI
11 Sept, 06:07
ДЕПУТАТНИНГ ФАОЛЛИГИ – ХАЛҚ МАНФААТИНИНГ АМАЛДАГИ ИФОДАСИДИРТуман ҳокими, туман Кенгаши депутати Дилшоджон Джалилов депутатлар билан учрашиб, ҳудудда амалга оширилаётган ишлар юзасидан фикр алмашди.Суҳбат давомида Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025 йил 8 октябрдаги “Алоҳида туман (шаҳар) ва маҳаллаларни аҳолининг яшаши ва тадбиркорлик фаолияти билан шуғулланиши учун намунали ҳудудга айлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-298-сонли қарори ижроси доирасида Ёзёвон туманида кенг кўламли бунёдкорлик, ободонлаштириш ва инфратузилмани яхшилаш ишлари амалга оширилаётгани таъкидланди.Туман ҳокими депутатларга ҳудудларда олиб борилаётган ишларнинг сифати ва самарадорлигини таъминлаш, аҳоли мурожаатларини ўрганиш ҳамда мавжуд муаммоларни ҳал этишда депутатлик назоратини янада кучайтириш зарурлигини таъкидлади.Шунингдек, ҳар бир депутат ўз сайлов округида фаол бўлиб, амалга оширилаётган бунёдкорлик ишларини яқиндан ўрганиши, аҳоли билан мулоқот қилиши ва ҳудуд ривожига дахлдор масалаларни ҳал этишда ташаббускор бўлиши муҳимлиги қайд этилди.Депутатнинг фаоллиги – халқ манфаатининг амалдаги ифодасидир.
YOZYOVON TUMAN HOKIMLIGI
11 Sept, 06:07
ТУМАН КЕНГАШИ СЕССИЯСИЕттинчи чақириқ халқ депутатлари Ёзёвон туман Кенгашининг навбатдаги йигирма саккизинчи сессияси бўлиб ўтди.Сессияда депутатлар, ҳоким ўринбосарлари, кун тартибига киритилган масалаларга алоқадор давлат ва жамоат ташкилотлари раҳбарлари ҳамда ОАВ вакиллари иштирок этишди.Сессияни кенгаш раиси Мўсожон Охунов очди ва олиб борди.Сессия кун тартибидаги “Регламент ва депутатлик одоб-ахлоқи масалалари бўйича” доимий комиссияси раиси Мавлудахон Мамадалиева, “Жамоатчилик фикри асосида шакллантирилган тадбирларни танлаб олиш ва “Фуқаролар ташаббусли жамғармаси”дан мазкур тадбирларга маблағлар ажратиш тўғрисида” туман ҳокимининг биринчи ўринбосари иқтисодиёт ва молия бўлими бошлиғи Акрамжон Эралиев ахборотлари эшитилди.Сессия кун тартибидаги масалалар юзасидан депутатлар саволлар ва таклифлар йўллашди. Ахборот берувчилар батафсил жавоблар қайтаришди.Кун тартибидаги масалалар юзасидан тегишли қарор қабул қилинди.




YOZYOVON TUMAN HOKIMLIGI
11 Sept, 06:04
O‘zbekiston–Koreya forumida Farg‘ona viloyati mahsulotlari namoyish etildiSeul shahrida bo‘lib o‘tayotgan Birinchi O‘zbekiston–Koreya hududlararo hamkorlik forumi doirasida yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.Ko‘rgazmada Farg‘ona viloyatining eksport va ishlab chiqarish salohiyatini aks ettiruvchi qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, sanoat va boshqa turdagi mahsulotlar ham keng namoyish etilmoqda. __ Продукция Ферганской области представлена на Узбекско-Корейском форуме __ Products from Fergana Region Showcased at the Uzbekistan–Korea ForumFergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X



Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
