gram news
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali channel avatar

Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali

@zangiota_tumani_hokimligi

ProjectsUZPolitics

16,100subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali

    27 Sept, 11:23

    forwarded from @rasmiy_axborot_official

    🇺🇿 O‘ZBEKISTON — IKKI KARRA SHAXMAT OLIMPIADASI CHEMPIONI!✅Samarqandda tarix yozildi!O‘zbekiston Ukraina bilan uchrashuv tugashidan oldin chempionlikni matematik jihatdan kafolatladi. Chunki Hindiston so‘nggi turda Vengriya bilan 2:2 durang o‘ynadi. O‘zbekiston 10 turdan keyin Hindistondan bir ochko oldinda edi: 18 ga 17.Bu yo‘l oson bo‘lmadi. O‘zbekiston musobaqaning dastlabki 7 turining barchasida g‘alaba qozondi. Hal qiluvchi bahslarda Hindiston ustidan 2.5:1.5, Xitoy ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonildi. 8-turda Germaniya g‘alabali seriyani to‘xtatdi, ammo jamoamiz darhol o‘zini tikladi: 9-turda turnirning birinchi raqamli saralangan jamoasi — AQSh mag‘lub etildi, 10-turda esa Armaniston 3.5:0.5 hisobida taslim etildi.Va nihoyat — Ukrainaga qarshi so‘nggi g‘alaba oltin medal masalasini hal qildi.🇺🇿O‘zbekiston tarkibi:✔️Javohir Sindarov ✔️Nodirbek Abdusattorov ✔️Nodirbek Yakubboyev ✔️Shamsiddin Vohidov ✔️Muhiddin Madaminov✍️Jamoa sardori — sobiq jahon chempioni Rustam Qosimjonov. Ushbu tarkibdagi to‘rt nafar shaxmatchi 2022-yilda Chennai Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan jamoada ham o‘ynagan.O‘zbekiston shaxmatining so‘nggi uch Olimpiadadagi natijasi esa alohida e’tiborga loyiq:🥇2022, Chennai — OLTIN 🥉2024, Budapesht — BRONZA 🥇2026, Samarqand — OLTINDemak, O‘zbekiston ketma-ket uchta Shaxmat olimpiadasini medalsiz tark etmadi va to‘rt yil ichida ikkinchi bor Open bo‘limida jahonning eng kuchli terma jamoasi bo‘ldi.Eng o‘ziga xos jihati — bu safargi chempionlik o‘z uyimizda, Samarqandda qo‘lga kiritildi. 2022-yilda O‘zbekistonning Olimpiadadagi oltin medalini tasodif yoki bir martalik muvaffaqiyat deb baholaganlar ham bor edi. Ammo 2026-yilda jamoamiz butun turnir davomida kuchli va ishonchli o‘yin namoyish etib, yana shohsupaga ko'tarildi.Bu safar yigitlarimiz faqat chempion bo‘libgina qolmay, 2022-yildagi oltin tasodif bo‘lmaganini va O‘zbekiston bugun dunyoning eng kuchli shaxmat terma jamoasi ekanini amalda isbotladi.🏆 🇺🇿 O‘ZBEKISTON — 46-BUTUNJAHON SHAXMAT OLIMPIADASI CHEMPIONI!https://t.me/Rasmiy_axborot_official
    Image from a post by Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanaliImage from a post by Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
  • Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali

    27 Sept, 08:49

    forwarded from @sshmirziyoyeva

    Namanganda yuz bergan fojia haqida menga xabar berishdi. Bo‘lgan voqeani eshitib, g‘azabim ichimga sig‘may ketdi.​Nazarimda, bunday vahshiyona jinoyatlar uchun aslida o‘lim jazosini qo‘llash kerak. Lekin, ming afsuski, amaldagi qonunchilikda oliy jazo ko‘zda tutilmagan.​Tegishli idoralarga barcha zarur ko‘rsatmalar berildi. Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi. Shuningdek, beparvoligi bilan bu qabohatga yo‘l ochgan, norasida bolani asray olmagan barcha mas’ullar ham jazolanadi.Shu bilan birga, bu turdagi jinoyatlar uchun javobgarlikni maksimal darajada kuchaytirish uchun qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif tayyorlayapmiz.—Мне доложили о трагедии, произошедшей в Намангане. Узнав об этом, я испытала настоящий гнев.За такие чудовищные преступления, на мой взгляд, действительно должна применяться смертная казнь. К сожалению, действующий закон её не предусматривает.Все необходимые указания соответствующим органам даны. Преступник понесёт предельно жёсткое наказание. А также все те, кто допустил это, проявил халатность и не уберёг ребёнка.Вместе с тем, мы готовим предложения по внесению изменений в законодательство, чтобы максимально ужесточить ответственность за такие преступления.
  • Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali

    26 Sept, 16:07

    #kuz_qish #shtab⚡️Zangiota tumani 2026/2027-yillarda kuz-qish mavsumini betalofot o‘tkazish maqsadida 24/7 soat ish rejimida uzluksiz kun-u tun faoliyat yurituvchi navbatchilik “TUMAN SHTABI” tashkil etilgan.Shtabning asosiy vazifasi – aholidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor (operativ) ravishda bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat.📞Murojaat uchun telefonlar:🏢 Zangiota tumani hokimligi markaziy shtabi;☎️ (71) 502-55-44 (24 soat) Shtab rahbari – Zangiota tumani hokimining qurilish, to'siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo’jalik, ekologiya va ko'kalamzorlashtirish masalalari bo’yicha o’rinbosari Alisher Inogamov;📲 (77) 492-01-00, Zangiota tumani Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i G'ofurov Begzod;📲 Tel: (99) 944-44-40 (boshliq), (94) 362 04 74 (mutaxasis) 🔥 “Zangiota tumani” gaz ta’minoti bo'limi boshlig’i Nabiyev Abduvali 📲 Tel: (99) 340 03 30 ☎️ Tel: (99) 880 10 04 (dispetcher) ⚡️ Zangiota tumani Elektr ta'minoti korxonasi rahbari Nugmanov Nurilla📲 Tel:(98) 077 24 24 ☎️ Tel: (71) 975 22 42 (dispetcher) 🚰 “Toshkent suv ta'minoti ” AJ Zangiota tumani filiali boshlig’i Abdullayev To'lqin;📲 Tel: (99) 887 16 08; ☎️Tel: (99) 870 50 59 (dispetcher) 🚑 Zangiota tuman Tibbiyot birlashmasi rahbari Rahimov Kamoliddin;📲Tel: (98) 115 57 78 ☎️Tel: 103, (71) 975 28 00 (dispetcher) 💡Zangiota tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi boshlig’i Islamov Sadulla📲 Tel: (97) 716 39 59 ☎️Tel: 101, (71) 502 45 05 (dispetcher) 🚓 Zangiota tuman IIB yo’l harakati xavfsizligi bo’limi☎️Tel: 102
    Image from a post by Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanaliImage from a post by Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
  • Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali

    26 Sept, 16:06

    forwarded from @rasmiy_axborot_official

    ⚡️ Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining minbaridagi Saida Mirziyoyevaning nutqi xalqaro hamjamiyat va nufuzli anjuman ishtirokchilarining diqqat markazida bo'ldi."Biz hammamiz, inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyoda yashashni istaymiz. Biz farzandlarimizga hozirgidan ko‘ra yaxshiroq dunyo qoldirishni istaymiz. Inson qadri yuksak bo‘lgan dunyo. Ammo kelajak bizni imkoniyatlarimiz bilan emas, ulardan qanday foydalanganimiz bilan baholaydi. O‘zbekiston xalqi va Prezidenti tinchlik, birdamlik, ishonch va inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyo barpo etilishiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor."https://t.me/Rasmiy_axborot_official
  • Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali

    26 Sept, 14:04

    #eko_patrul #yoshlar_tashabbusi🌿 “EKO PATRUL” — TOZA HUDUD, SOG‘LOM MUHIT!Zangiota tumani 4-hudud yoshlar yetakchilari hamda faol va tashabbuskor volontyor yoshlar ishtirokida atrof-muhitni asrash, hududlar obodonligini ta’minlash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida “Eko patrul” aksiyasi tashkil etildi.♻️ Aksiya davomida hududdagi sanitariya va obodonlashtirish holati nazorat qilinib, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish hamda atrof-muhitni ozoda saqlash bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.💚 Bugungi tozalik — ertangi sog‘lom hayot garovi!Yoshlarimizning bunday ezgu tashabbuslari hududlarimizni yanada obod, ozoda va ekologik jihatdan namunali maskanga aylantirishga xizmat qiladi.🌱 Tabiatni asrash — barchamizning burchimiz!✅Telegram 📹YouTube💬Fecebook 🌐Website📸InstagramKanalga ulanish👈
    623video3Open in Telegram
  • Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali

    26 Sept, 13:36

    26-sentyabr — Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuniMazkur bayramning 35 yilligi munosabati bilan tumandagi yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini yanada yuksaltirish, ularning jismoniy chiniqishi, shijoat va g‘ayratini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Shijoat va g‘ayrat” shiori ostida sport musobaqasi tashkil etildi.Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlar davomida yoshlar o‘zaro sog‘lom raqobat muhitida kuch sinashib, g‘alaba uchun bor imkoniyatlarini ishga soldilar. Ayniqsa, ishtirokchilarning intilishi, qat’iyati va sportga bo‘lgan qiziqishi tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Musobaqalar orqali yosh avlodni Vatanga sadoqat, jasorat, mardlik, intizom va jamoaviy hamkorlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.Musobaqa yakunida yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar va g‘olib jamoalar tuman rahbarlari tomonidan munosib taqdirlanib, ularga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.✅Telegram 📹YouTube💬Fecebook 🌐Website📸InstagramKanalga ulanish👈
    603video41Open in Telegram
  • Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali

    26 Sept, 09:44

    forwarded from @rasmiy_axborot_official

    ⚡ Muhammedaliga Prezident sovg‘asi va minnatdorlik maktubi topshirildiPrezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida ijtimoiy tarmoqlarda Muhammedali ismli bolaning samimiy murojaati va Vatanga bo‘lgan mehri aks etgan videosi ko‘pchilikning e’tiborini tortgan edi.💬 Prezidentimiz bolaning murojaatini ko‘rib, uning samimiy tilaklaridan mamnun bo‘lganini bildirgan hamda Muhammedaliga minnatdorlik maktubini yo‘llagan.Bugun ushbu maktub hamda Prezident sovg‘alari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida tantanali ravishda topshirildi.Tadbirda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Amanbay O‘rinbayev Prezidentimizning samimiy maktubini o‘qib eshittirdi.🎗 Shuningdek, Muhammedaliga, uning ota-onasi va tarbiyalanayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga Prezident sovg‘alari topshirildi. Bolakayning tarbiyachisi Gulbahar Saparovaga esa Jo‘qorg‘i Kenges Prezidiumi qarori bilan «Vatan fidoyisi» ko‘krak nishoni berildi.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
    Image from a post by Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanaliImage from a post by Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanaliImage from a post by Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanaliImage from a post by Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
    58911Open in Telegram
  • Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali

    26 Sept, 05:32

    #diqqat #tarqating‼️ Gazlashmagan hududlar uchun elektr energiyasiga imtiyozli tariflar 2027-yil fevral oyidan amal qila boshlaydi!📌 Farmonda ilk bor gazlashmagan hududlar uchun elektr energiyasiga imtiyozli tariflarni joriy etish vazifasi belgilangan.Unga ko‘ra, 2027-yil fevral oyigacha:🔹 elektrlashtiriladigan iste’molchilar;🔹 tabiiy gaz ta’minoti mavjud bo‘lmagan va isitish maqsadida elektr energiyasidan foydalanib kelayotgan iste’molchilar uchun elektr energiyasining imtiyozli tariflari belgilanadi.❗️ Yangi uy qurayotganlar uchun: uylarni isitish tizimini elektr energiyasidan foydalanishga ham moslab loyihalashtirish tavsiya etiladi.@haqiqatonline_24✅Telegram 📹YouTube💬Fecebook 🌐Website📸InstagramKanalga ulanish👈
    Image from a post by Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanaliImage from a post by Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
  • Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali

    22 Sept, 12:42

    #kiberxvfsizlikTelegramdan "Menga ovoz bering" kabi xabarlar kelsa:🔗 Shubhali havolaga kirmang!🔐 Tasdiqlash kodini bermang!📞 Xabar yuborgan odamni tekshiring!“Bitta bosish — akkauntingiz xavfsizligiga ta’sir qilishi mumkin. Ogoh bo‘ling!”✅Telegram 📹YouTube💬Fecebook 🌐Website📸InstagramKanalga ulanish👈
  • Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali

    22 Sept, 12:29edited

    #jarayon #kuz_qish⚡️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: ELEKTR TA’MINOTI BARQARORLIGI TA’MINLANMOQDAZangiota tumanida kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish, mavjud elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.Xususan, “Turkiston” hududi, “Ramadan” MFYda elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida Zangiota tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 167 dona temir-beton tayanch o‘rnatilib, 5,150 kilometr SIP kabel tarmog‘i tortildi.Mazkur ishlar elektr tarmoqlarining texnik barqarorligini oshirish, eskirgan tarmoqlarni yangilash hamda kuz-qish mavsumida iste’molchilarga elektr energiyasini ishonchli yetkazib berishga xizmat qiladi.Ayni yo‘nalishdagi ishlar tuman hududida belgilangan reja asosida davom ettirilmoqda.✅Telegram 📹YouTube💬Fecebook 🌐Website📸InstagramKanalga ulanish👈
    425video1Open in Telegram
  • Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali

    22 Sept, 10:40

    #RASMIY_MUNOSABAT🌐Ijtimoiy tarmoqlarda “Bolalarimizni maktabga ham berolmayapmiz” sarlavhasi ostida tarqalgan murojaat yuzasidan Zangiota tumani hokimligi mas’ullari hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari tomonidan murojaatda ko‘rsatilgan hududda o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganish davomida “Obod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Navruz” massivida istiqomat qiluvchi aholi bilan uchrashuv o‘tkazilib, murojaatda ko‘tarilgan masala yuzasidan fuqarolarning fikr va murojaatlari tinglandi.O‘rganish natijasida “Navruz” massivida maktab yoshidagi jami 51 nafar o‘quvchi mavjudligi hamda ularning barchasi majburiy ta’lim bilan to‘liq qamrab olingani aniqlandi.Jumladan, 42 nafar o‘quvchi tumandagi 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida, 7 nafari 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida, 1 nafari maxsus maktabda, yana 1 nafari Toshkent shahridagi umumiy o‘rta
    Image from a post by Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanaliImage from a post by Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanaliImage from a post by Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanaliImage from a post by Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
  • Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali

    22 Sept, 10:33

    ❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish
  • Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali

    22 Sept, 10:02

    #jarayonBUDJET TUSHUMLARI BO‘YICHA 3-CHORAK REJASI IJROSI MUHOKAMA QILINDIZangiota tumani hokimi Erkin Rustamov hamda tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Davlatbek Sulaymonov boshchiligida mahalliy budjet daromadlarini shakllantirish, belgilangan tushumlar rejasining ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.Unda tuman mas’ullari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.Yig‘ilishda joriy yilning III choragi uchun mahalliy budjet daromadlari bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarining ijrosi atroflicha tahlil qilindi. Tushumlarni ta’minlashda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda budjet oldidagi majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, hududlar va mas’ul tashkilotlar kesimida mavjud
    Image from a post by Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanaliImage from a post by Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanaliImage from a post by Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanaliImage from a post by Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
  • Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali

    22 Sept, 09:54

    #RASMIY_MUNOSABAT🌐Ijtimoiy tarmoqlarda Kun.uz sayti orqali tarqalgan “15-sentabr kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 39-maktab qarshisida piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan ona va bolani Chery rusumli avtomobil haydovchisi urib yuborgan. Viloyat YHXB voqeaning ertasi kuni «Piyodalarning sog‘lig‘i yaxshilangani sababli shifoxonadan ruxsat berilgani» haqida ma’lumot bergan. Biroq ona 16-sentabr kuni ahvoli og‘irlashgani uchun shifoxonaga yotqizilgan”, deb tarqalgan xabar yuzasidan Zangiota tuman tibbiyot birlashmasi ma’muriyati quyidagilarni ma’lum qiladi.Zangiota tuman tibbiyot birlashmasi markaziy qabul bo‘limining EMERGENCY DEPARTMENT qismiga yo‘l-transport hodisasiga uchragan ona va bola Damas rusumli, davlat raqami 10 J 226 KB bo‘lgan avtomashinada 2026-yil 15-sentabr kuni soat 07:45 lar atrofida shoshilinch ravishda olib kelingan.1986-yilda tug‘ilgan S.X. travmatolog
    Image from a post by Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanaliImage from a post by Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
  • Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali

    22 Sept, 07:48

    🎓 Пенсия ҳақида билим — келажак учун муҳим кўникма💬 Пенсия тизими қандай ишлайди? Давлат пенсияси қандай шаклланади? Жамғариб бориладиган пенсия нима? Ижтимоий суғурта бизга қачон ва қандай ёрдам беради?📚 «Аҳоли фаровонлигини таъминлаш ва пенсия таъминоти тизимини ислоҳ қилиш чора-тадбирлари тўғрисида»ги Президент Фармони лойиҳасида 2027/2028-ўқув йилидан бошлаб иқтисодиёт, молия ва ижтимоий таъминот йўналишларида таҳсил олаётган ёшлар учун: 🔵 давлат пенсия тизими; 🔵 жамғариб бориладиган пенсия тизими; 🔵 ижтимоий суғурта асослари бўйича махсус ўқув модулларини босқичма-босқич жорий этиш таклиф этилмоқда.🔖 Мазкур йўналишдаги ишларни Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги, Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ҳамда Иқтисодиёт ва молия вазирлиги ҳамкорликда амалга ошириши режалаштирилмоқда.✔️ Мақсад — ёшларнинг меҳнат фаолиятини бошлашидан олдин пенсия ва ижтимоий
    Image from a post by Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanaliImage from a post by Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
  • Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali

    22 Sept, 04:40

    #Kiberxavfsizlik⚠️ BEPUL WI-FI KO‘RDINGIZMI? SHOSHILMANG!🌐 Noma'lum va himoyalanmagan Wi-Fi tarmoqlari orqali shaxsiy ma'lumotlaringiz xavf ostida qolishi mumkin.🔓 Muhim akkauntlarga kirish yoki bank operatsiyalarini amalga oshirishda ochiq tarmoqlardan foydalanmang.🛡 Avval tekshiring — keyin ulaning! Ogohlik kiberxavfsizlik garovi!✅Telegram 📹YouTube💬Fecebook 🌐Website📸InstagramKanalga ulanish👈
  • Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali

    22 Sept, 04:34

    E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Davlat mulkini ijaraga oling!🔹Angren shaharida 14 ta (Ko'rish) 🔹Bekobod shaharida 9 ta (Ko'rish) 🔹Nurafshon shahrida 6 ta (Ko'rish) 🔹Olmaliq shahrida 23 ta (Ko'rish) 🔹Chirchiq shahrida 7ta (Ko'rish) 🔹 Yangiyo'l shahrida 3 ta (Ko'rish) 🔹Bekobod tumanida 5 ta (Ko'rish) 🔹Bo'stonliq tumanida 2 ta (Ko'rish) 🔹Zangiota tumanida 5 ta (Ko'rish) 🔹Ohangaron tumanida 9 ta (Ko'rish) 🔹Parkent tumanida 17 ta (Ko'rish) 🔹Chinoz tumanida 3 ta (Ko'rish) 🔹Yuqorichirchiq tumanida 5 ta (Ko'rish) 🔹Quyichirchiq tumani 9 ta (Ko'rish) 🔹Qibray tumani 9 ta (Ko'rish) 🔹Piskent tumani 13 ta (Ko'rish) 🔹Ohangaron shahri 4 ta (Ko'rish) 🔹O'rtachirchiq tumani 2 ta (Ko'rish)
    Image from a post by Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanaliImage from a post by Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
  • Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali

    22 Sept, 01:27

    forwarded from @sshmirziyoyeva

    Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdik.O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildik.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman.—Сегодня в Нью-Йорке началась 81-я сессия Генеральной Ассамблеи ООН. На её полях встретилась с Генеральным секретарём организации Антониу Гутерришем.Обсудили все важнейшие направления, которые Узбекистан и ООН развивают вместе.В это сложное для международной системы время благодарю господина Гутерриша за столь сильное
    Image from a post by Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanaliImage from a post by Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanaliImage from a post by Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanaliImage from a post by Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
  • Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali

    21 Sept, 15:18

    ♟G‘ALABAAAAAAAAAAA!!!!🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasi 🇮🇳Hindiston ustidan g‘alaba qozondi va Shaxmat olimpiadasida yakkapeshqadam bo‘lib oldi!Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov hamda Shamsiddin Vohidov durang o‘z partiyalarida o‘ynadi.Barchasi Nodirbek Yakubbayev hamda Nihol Sarin o‘rtasidagi jangda hal bo‘ldi. Qiyin vaziyatda qolgan Nodirbek raqibiga tuzoq qo‘ydi va g‘alabani ilib ketdi! Nodirbek — qahramon!!!
    Image from a post by Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanaliImage from a post by Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanaliImage from a post by Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
    7487421Open in Telegram
  • Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali

    21 Sept, 14:17

    forwarded from @rasmiy_axborot_official

    👩🏻‍🏫 Turizm va mehmondo'stlik sohasi uchun yangi onlayn ta'lim platformasi ishga tushdiXalqaro turizm akademiyasining Samarqand kampusi turizm va mehmondo‘stlik sohasi mutaxassislari uchun rasmiy onlayn ta’lim platformasi hamda mobil ilovasini ishga tushirdi.Endi tinglovchilar istalgan joyda, o‘zlariga qulay vaqtda zamonaviy kasblarni o‘rganish imkoniyatiga ega.📌 Onlayn ta’lim yo‘nalishlari:🔷Front Office — mehmonlarni kutib olish va joylashtirish, bron qilish hamda mijozlar bilan xalqaro standartlar asosida ishlash. 🔷Housekeeping — mehmonxona xo‘jaligini yuritish, xonalar tozaligi va sanitariya-gigiyena talablarini professional darajada boshqarish.🗣️Platforma imkoniyatlari: 🔵amaliy va tushunarli video