Latest posts

28-Avgust Start | Qanday qilib hayajonlanmasdan chiroyli va ravon nutq qilish mumkin?
24 Sept, 03:34
⚡️Abdukarim Mirzayev Intellektual klubiga qo'shilishni xohlaysizmi?Bugun yurtimizda biznesmenlar va investorlar uchun ko‘plab klublar bor.Ammo ziyoli, tafakkurli va ma’naviy izlanishda bo‘lgan insonlar uchun bunday joy bormi?Shu savoldan kelib chiqib — biz ma’naviy sarmoya yig‘ishni istaganlar uchun Intellektual klub tashkil qildik.Bu klubda: 📚 Har oy tanlangan kitoblar muhokamasi, 💬 Maxsus mavzularda jonli suhbatlar, 🌿 O‘z kasbining ustalari bilan uchrashuvlar, ✔️ Jamoaviy sayohatlar o‘tkaziladi.Abdukarim Mirzayev intellektual klubi siz uchun ham qiziqmi?Agar siz ham ilmni, tafakkurni va chin do‘stlikni qadrlaydiganlar safida bo‘lishni istasangiz — quyidagi havola orqali klub bilan tanishib ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.➡️ Intellektualklub.uz ➡️ Intellektualklub.uz
28-Avgust Start | Qanday qilib hayajonlanmasdan chiroyli va ravon nutq qilish mumkin?
5 Sept, 13:55edited
🎙 Qo‘l harakatlari ham nutqqa ta’sir qiladiDo‘stlar, insonning qanday gapirishi faqat so‘zlariga bog‘liq emas. Uning qo‘l harakatlari ham tinglovchida ma’lum bir taassurot qoldiradi.✅ Masalan, qo‘l harakatlari balandroq, kengroq va faolroq bo‘lsa, inson auditoriyaga ishonchliroq va dominantroq ko‘rinishi mumkin.❌Ammo bu degani, qo‘lni qancha ko‘p harakatlantirsangiz, shuncha yaxshi degani emas.Aksincha, ortiqcha imo-ishoralar nutqni chalg‘itishi mumkin.🎯Muhimi — harakatning o‘zini emas, uni qachon va nima uchun ishlatayotganingizni bilish.Fikrga urg‘u bermoqchimisiz — harakatni kengaytiring. Jiddiy va xotirjam ko‘rinmoqchimisiz — harakatlarni biroz kamaytiring.Notiqlikda tana ham gapiradi. Uni ham boshqarishni o‘rganish kerak.


28-Avgust Start | Qanday qilib hayajonlanmasdan chiroyli va ravon nutq qilish mumkin?
4 Sept, 13:27
🎙Siz hayajoningizni boshqalar ham sezdi deb o‘ylaysizmi?Aslida esa hayajoningiz sizga ko‘ringanchalik boshqalarga bilinmasligi mumkin.Psixologiyada buni «shaffoflik illyuziyasi» deb atashadi.❌«Ovozim titradi». ❌«Gapim chalkashib ketdi». ❌«Qo‘llarimni qayerga qo‘yishni bilmayapman». ❌«Hamma mening hayajonlanganligimni sezdi».Biz ichimizdagi holatni boshqalar ham xuddi o‘zimizdek ko‘ryapti, deb o‘ylaymiz.Lekin auditoriya bularning aksariyatini umuman sezmasligi mumkin.Shuning uchun nutq paytida o‘zingizni emas, aytmoqchi bo‘lgan fikringizni kuzating.Hayajon bo‘lishi mumkin. Bu tabiiy.🎯 Muhimi, hayajon borligi emas. Unga qaramay gapirishni davom ettirish.
28-Avgust Start | Qanday qilib hayajonlanmasdan chiroyli va ravon nutq qilish mumkin?
4 Sept, 10:20edited
🎙 Notiqlikning siriDo‘stlar, yaxshi notiqni ko‘rib, ba’zan: «Unga bu qobiliyat tug‘ma berilgan», deb o‘ylaymiz.Aslida esa ravon nutq ortida ko‘p mashq,mehnat xatolar va tajriba bor.✅ Ovoz, diksiya, pauza, intonatsiya, fikrni aniq yetkazish — bularning barchasi vaqt o‘tishi bilan shakllanadi.⏳ Notiqlik bir kunda kelmaydi. U muntazam mehnat bilan paydo bo‘ladi.🎯Aynan shunday yondashuvni «Storytelling notiqlik kursimizda» o‘rganamiz.
28-Avgust Start | Qanday qilib hayajonlanmasdan chiroyli va ravon nutq qilish mumkin?
3 Sept, 14:02
🎙Nutqda intonatsiya nega muhim?Do‘stlar, hayotingizda shunday inson uchraganmi: u biror voqeani gapirib bersa, go‘yo film tomosha qilayotgandek bo‘lasiz.🎬 U gapiradi — ko‘z oldingizda voqealar jonlanadi. Tasavvuringizda obrazlar paydo bo‘ladi.Bu — so‘z, obraz va intonatsiyadan to‘g‘ri foydalanish mahorati.Agar inson qayerda urg‘u berishni, qayerda pauza qilishni va ovoz ohangini qanday o‘zgartirishni bilmasa, uning nutqi qanchalik ravon bo‘lmasin, tinglovchiga zerikarli tuyuladi.Chunki biz nutqni faqat so‘zlar orqali emas, ohang va hissiyot orqali ham qabul qilamiz.Bir xil jumlani turli intonatsiyada ayting — ma’nosi ham, ta’siri ham o‘zgaradi.✅ Shuning uchun intonatsiya — tinglovchining e’tiborini boshqarish vositalaridan biri.Yaxshi notiq nima deyishni biladi.
28-Avgust Start | Qanday qilib hayajonlanmasdan chiroyli va ravon nutq qilish mumkin?
3 Sept, 11:02
🎙Nutq ustida ishlashda eng muhim narsa — bu tizimDo‘stlar, yaxshi gapirishni istagan ko‘pinchilik bitta savol beradi:⏳«Qaysi mashqni qilsam, nutqim tezda o‘zgaradi?»Ammo nutqni bitta mashq bilan o‘zgartirib bo‘lmaydi.✅Avval tanadagi ortiqcha taranglikni yo‘qotish kerak. ✅To‘g‘ri nafas olishni o‘rganish kerak. ✅Tabiiy ovozni ochish kerak. ✅Diksiya va talaffuz ustida ishlash kerak. ✅Ovoz, ohang va pauzalarni boshqarishni o‘rganish kerak.Bularning har biri alohida ko‘nikma.🎬 Nutq ham boshqa ko‘nikmalar kabi vaqt, to‘g‘ri yondashuv va muntazam mashqni talab qiladi.Chunki yaxshi nutq — tasodifan paydo bo‘ladigan


28-Avgust Start | Qanday qilib hayajonlanmasdan chiroyli va ravon nutq qilish mumkin?
3 Sept, 07:07
Ovozdan to‘g‘ri foydalanish🎯Do‘stlar nutqda ovoz, ohang va pauza juda muhim.🎙Masalan, muhim fikrni aytishdan oldin biroz to‘xtab qolish — tinglovchining e’tiborini o‘sha fikrga qaratadi.Muhim gapdan keyingi pauza esa insonga aytilgan so‘zni anglab olish imkonini beradi.Yana bir xato — butun nutq davomida bir xil ohangda gapirish. Bunday nutq qanchalik mazmunli bo‘lmasin, tinglovchini tez charchatadi.✅ Shuning uchun ba’zan ovozni pasaytirish, ba’zan urg‘u berish, ba’zan esa shunchaki jim turish kerak.Yaxshi notiq faqat nima deyishni emas, qachon gapirish va qachon to‘xtashni ham biladi.
28-Avgust Start | Qanday qilib hayajonlanmasdan chiroyli va ravon nutq qilish mumkin?
2 Sept, 16:02
👆Bu holat insonlarning katta qismiga tanish.Yuzning qizarishi, nafas yetishmasligi, kaftlarning terlashi, ichki vahima — bular hayajon, tortinchoqlik va qo‘rquvning odatiy belgilaridir.Ammo bu holatlarning ortida ko‘pincha yana bir sabab bor.Atrofdagilarning o‘ylamay aytgan gaplari va asossiz tanqidlari.Masalan: 👉 Hayajoningizni bildirmaslik uchun ataylab xotirjam ovozda gapirdingiz. Rahbar esa: «Bu inson baland va ta’sirli gapira olmaydi», deb o‘yladi.👉 Hayajon sabab kerakli so‘zlarni topa olmadingiz. Hamkasblaringiz esa: «So‘z boyligi kam ekan», degan xulosaga keldi.👉 Bahsda fikringizni yetarlicha asoslab bera olmadingiz. Qarshingizdagi inson esa sizni yuzaki fikrlaydigan yoki hatto «ahmoq» deb baholadi.❌


28-Avgust Start | Qanday qilib hayajonlanmasdan chiroyli va ravon nutq qilish mumkin?
2 Sept, 13:02
🎙Nutq — bu psixofizik jarayon. Unda fikr ham, his-tuyg‘u ham, tana ham bir vaqtda ishtirok etadi.Insonning ovozi va gapirish uslubiga qarab u haqida ko‘p narsani anglash mumkin.❌ Xavotirlangan va ichki jihatdan tarang bo‘lganimizda, nafas olishimiz buziladi, ovozimiz o‘zgaradi, gapirish qiyinlashadi. ✅ Xotirjam va o‘zi bilan muvozanatda bo‘lganimizda esa, nutqimiz erkin va ravon boladi.Do‘stlar, bu shunchaki qanday gapirishimiz masalasi emas. Bu hayotimizning ko‘p sohalariga ta’sir qiladi.Karyeramizga, oiladagi munosabatlarimizga, odamlar bilan muloqotimizga.🔴Chunki inson ichidagi gapni ayta olmasa, ko‘pincha shu bosimni o‘zida olib yuradi.Shuning uchun nutq ustida ishlash — faqat chiroyli gapirishni o‘rganish emas. Bu o‘zingizni erkinroq


28-Avgust Start | Qanday qilib hayajonlanmasdan chiroyli va ravon nutq qilish mumkin?
2 Sept, 10:08edited
🎙 Oddiy, sodda va jozibali nutq.Do‘stlar, yaxshi gapirish degani murakkab so‘zlarni ko‘p ishlatish degani emas.Aksincha, inson qanchalik murakkab fikrni oddiy va tushunarli qilib yetkaza olsa, uning nutqi shunchalik kuchli bo‘ladi.Masalan: ❌ «Bugungi kunda mavjud vaziyatni tahlil qiladigan bo‘lsak...» ✅ «Hozirgi vaziyatga qarasak...» ❌ «Men ushbu masala yuzasidan o‘z fikrimni bildirmoqchiman.» ✅ «Bu haqda o‘z fikrimni aytmoqchiman.»Farqiga e’tibor bering.Ikkinchi variantlar qisqa, tabiiy va quloqqa yoqimli eshitiladi.Shuning uchun nutqingizni chiroyli qilish uchun har safar murakkabroq gapirishni o'rniga. Oddiy gapiring. Aniq gapiring. Lekin fikringizni ta’sirli yetkazing.🎯Jozi
28-Avgust Start | Qanday qilib hayajonlanmasdan chiroyli va ravon nutq qilish mumkin?
1 Sept, 13:18
Ko‘zlar – siz haqingizda gapiradi!🎯Nutq paytida birinchi aynan ko'zlar insonning e’tiborni tortadiAlbatta, nutq paytida suhbatdoshning ko‘zlariga qancha vaqt qarash bo‘yicha yagona qoida yo‘q.Ammo 60–70% vaqt davomida ko‘z bilan aloqa qilish – tabiiy va samimiy muloqot uchun yaxshi mezon hisoblanadi.Shuningdek, «taktik qarash» degan tushuncha ham mavjud.✅ Ko‘zni insonga qarating va ichingizda sanang – bir – ikki – uch , so‘ng qarashni bir soniya yon tomonga buramiz, keyin yana insonga qaraymiz – bir – ikki – uch va qarash yana yon tomonga ketadi,Ko‘pchilik uchun ko‘z bilan aloqa qilish qiyin. Lekin, buning ustida ishlash muhum va kerak!


28-Avgust Start | Qanday qilib hayajonlanmasdan chiroyli va ravon nutq qilish mumkin?
1 Sept, 08:10edited
🎙Omma oldida nutq qilishdan qo‘rqishni qanday to‘xtatish mumkin?Do‘stlar,nutq dan qo‘rqish turli yoshdagi va turli mavqedagi insonlarda uchraydi. Ammo hamma ham bu ustida ishlashga harakat qilavermaydi.Aslida esa o‘ziga ishonch, odamlar bilan erkin muloqot qilish va o‘z fikrini bemalol ifodalash — tug‘ma qobiliyat emas.‼️ Bular rivojlantirish mumkin bo‘lgan ko‘nikmalar.Inson o‘z nutqi va muloqoti ustida ishlagan sari, avval qiyin tuyulgan suhbatlar ham asta-sekin oddiy holga aylanadi.Shuning uchun o‘zingizga “men gapira olmayman” degan hukmni chiqarishga shoshilmang.Bugun qiyin bo‘layotgan narsa — ertaga mashq va tajriba orqali siz uchun odatiy holga aylanadi.🎯 Muhimi, o‘zgarishni kutish emas — uni boshlash.


28-Avgust Start | Qanday qilib hayajonlanmasdan chiroyli va ravon nutq qilish mumkin?
1 Sept, 04:03
🎙 Notiqlikda 3 ta muhim tushuncha: Ethos, Logos, Pathos.Qadim yunon notiqligida tinglovchiga ta’sir qilishning uchta asosiy yo‘li bor:1️⃣ Ethos — ishonch. Tinglovchi sizga va siz aytayotgan gapga ishonishi kerak.2️⃣ Logos — mantiq. Fikringiz dalil, sabab va aniq misollar bilan asoslangan bo‘lishi kerak.3️⃣ Pathos — hissiyot. Inson faqat mantiq bilan emas, his-tuyg‘u bilan ham qaror qiladi.Demak, yaxshi notiq faqat chiroyli gapirmaydi.🎯U ishonch uyg‘otadi, mantiq bilan tushuntiradi va hissiyot orqali ta’sir qiladi.Ethos + Logos + Pathos — kuchli nutqning uch ustuni.
28-Avgust Start | Qanday qilib hayajonlanmasdan chiroyli va ravon nutq qilish mumkin?
31 Aug, 13:02
🎙 Bir haqiqatni aytaman.❌ Nutqni 5 daqiqada butunlay o‘zgartirib yuboradigan sehrli mashq yo‘q.Yillar davomida shakllangan hayajon, o‘ziga ishonchsizlik, nutqdagi kamchiliklarni birgina mashq bilan yo‘qotib bo‘lmaydi.Agar kimdir sizga “5 daqiqada hayajondan qutulasiz” desa, bunga ehtiyotkorlik bilan qarang.Do‘stlar, biz boshqa narsalarda ham shundayku:✅ Yaxshi daromadga erishish uchun avval o‘rganamiz, keyin tajriba orttiramiz.✅ Tanani yaxshi holatga keltirish uchun bir-ikki marta mashq qilish emas, muntazam shug‘ullanish kerak.🎯 Nutq bilan ham xuddi shunday.Agar siz ravon, erkin va ishonchli gapirishni istasangiz, birgina “sirli mashq”ning o‘zi yetarli emas.Buning uchun tizimli yondashuv va muntazam
28-Avgust Start | Qanday qilib hayajonlanmasdan chiroyli va ravon nutq qilish mumkin?
31 Aug, 08:35
🎙 Nutq — bu shunchaki gapirish emas.Nutq — bu fikr, his-tuyg‘u va tanamiz birgalikda ishtirok etadigan jarayon.Insonning ovozi va gapirish uslubiga qarab, u haqida ko‘p narsani anglash mumkin.😬 Hayajonlangan va tarang holatda nafasimiz buziladi, ovozimiz ham o‘zgaradi.🤗 Xotirjam va o‘zimiz bilan uyg‘un bo‘lganimizda esa nutqimiz erkin va yengil chiqadi.Bu esa hayotimizning ko‘p jihatlariga ta’sir qiladi. ✅ Karyeramizga. ✅ Odamlar bilan munosabatimizga. ✅ Oiladagi muloqotimizga.🎯Chunki inson o‘z fikrini erkin ifoda qila olmasa, ichidagi ko‘plab hislarni ham o‘zida olib yuradi.Shuning uchun nutq ustida ishlash — faqat chiroyli gapirishni o‘rganish emas.Bu o‘zingizni erkinroq
28-Avgust Start | Qanday qilib hayajonlanmasdan chiroyli va ravon nutq qilish mumkin?
31 Aug, 04:02
🎙Toza va to'g'ri ovoz uchun bitta oddiy mashqDo‘stlar, chiroyli gapirish uchun murakkab so‘zlardan foydalanish shart emas.Aksincha, oddiy, aniq va to‘g‘ri gapirish — yaxshi nutqning asoslaridan biri.❌ Ortiqcha so‘zlar, “eee”, “haligi”, “anaqa”lar fikrni xiralashtiradi.❌ Juda uzun va chalkash gaplar esa tinglovchini charchatadi.🎯Toza nutq — ko‘p gapirish emas. Kerakli gapni aniq aytishdir.
28-Avgust Start | Qanday qilib hayajonlanmasdan chiroyli va ravon nutq qilish mumkin?
30 Aug, 12:20
🧐 Nutq nima uchun bizga kerak?Nutq — hayotimizdagi eng muhim vositalardan biri.Ishga kirishda — o‘zingizni qanday tanishtirishingiz muhim.Biznesda — fikringizni qanday yetkazishingiz muhim.Yig‘ilishda — o‘z fikringizni erkin ayta olishingiz kerak.Farzand tarbiyasida esa — ba’zan so‘zdan ko‘ra ohang kuchliroq ta’sir qiladi.🏹 Xullas, biz har kuni gapiramiz. Ammo hamma ham o‘z fikrini kerakli darajada yetkaza olmaydi.Chunki gapirishni hamma biladi, ammo ta’sir qilib gapirishni hamma ham bilmaydi.Fikrni aniq aytish, tinglovchini zeriktirmaslik, ovoz va ohangdan to‘g‘ri foydalanish — bularning barchasi o‘rganiladigan ko‘nikmalar.Yaxshi nutq — insonning o‘zini qanday namoyon qilishidir.


28-Avgust Start | Qanday qilib hayajonlanmasdan chiroyli va ravon nutq qilish mumkin?
30 Aug, 08:02
🎙 Ovozingiz va nutqingizni o‘zgartirib bo‘lmaydi, deb o‘ylaysizmi?Keling, bir keng tarqalgan fikr haqida gaplashamiz.Ko‘pchilik o‘z nutqidan norozi bo‘lsa, o‘ziga darhol yorliq qo‘yadi:🏷️ «Ovozım juda baland yoki past.» 🏷️ «Men chiroyli gapira olmayman.» 🏷️ «Odamlar bilan gaplashish men uchun qiyin.»Aslida esa nutq va ovozimizga ko‘plab omillar ta’sir qiladi.Bolalikda:❌ «Baland gapirma!» deyishadi — bola sekin gapirishga o‘rganadi. ❌ «Ko‘p gapirma, jim tur» deyishadi — u o‘z fikrini bildirishdan qo‘rqadigan bo‘lib qoladi. ❌ Atrofdagilarning tanqidi va bosimi — insonning o‘z ovoziga bo‘lgan ishonchiga ta’sir qiladi.Yillar davomida boshqalarga


28-Avgust Start | Qanday qilib hayajonlanmasdan chiroyli va ravon nutq qilish mumkin?
30 Aug, 04:02
Hayajonning sababiDo‘stlar, odamlar oldida gapirish kerak bo‘lsa, ko‘pchilikning ichida bir xil savol paydo bo‘ladi:🎙“Nega men bunchalik hayajonlanyapman?”Aslida hayajonning o‘zi muammo emas. Muhimi — uning sababini tushunish.Ko‘pincha biz: — nima deyishimizni aniq bilmaymiz; — xato qilib qo‘yishdan qo‘rqamiz; — boshqalar biz haqimizda nima deb o‘ylashidan xavotir olamiz; — yetarlicha mashq qilmagan bo‘lamiz.Shunda miya vaziyatni xavf sifatida qabul qiladi. Nafas o‘zgaradi, yurak tez uradi, ovoz titraydi, fikrlar esa chalkashib ketadi.✅Shuning uchun “hayajonlanma” deb o‘zingizga buyruq berishning o‘zi yetarli emas.Hayajonni yengish uchun avvalo uning sababini tushunish, keyin esa nafas, tana, fikr va nutq ustida ishlash kerak.
28-Avgust Start | Qanday qilib hayajonlanmasdan chiroyli va ravon nutq qilish mumkin?
29 Aug, 12:03
🎙 Aniq talaffuz uchun bitta oddiy mashqDo‘stlar, ravon nutq uchun faqat tez gapirishning o‘zi yetarli emas. Har bir tovushni aniq talaffuz qilish ham muhim.Buning uchun sizga bitta oddiy mashq:🔴 Bir tup tut, tutning tagida bir tup turp. Bir tup turp, tutning tagida turibdi kabi tez aytishlarni tanlang va ularni avval tezlikka emas, aniqlikka e’tibor berib ayting.Har bir tovushni aniq chiqaring. Keyin asta-sekin tezlikni oshiring.Muhimi — so‘zlarni «yutib yubormaslik».👉 Mashqni diktofonga yozib, keyin o‘zingiz tinglab ko‘ring. Qaysi tovushlarda qiynalayotganingizni darhol sezasiz.Chiroyli nutq tez gapirish emas. Chiroyli nutq — har bir so‘zni tinglovchiga aniq yetkazishdir.
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
