gram news
Abdukarim Mirzayev | Rasmiy kanal channel avatar

Abdukarim Mirzayev | Rasmiy kanal

@abdukarim_mirzayev_tv

Jurnalist Abdukarim Mirzayevning Rasmiy kanali . . Reklama va tijoriy hamkorlik uchun; @foyda_liy

ProjectsUZPolitics

26,000subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Abdukarim Mirzayev | Rasmiy kanal

    26 Sept, 07:15

    Ko’rinmas tarozilar _@musaffotour bilan Umra safaringizni xotirjam va qulay tarzda amalga oshiring.
    1,140video21Open in Telegram
  • Abdukarim Mirzayev | Rasmiy kanal

    26 Sept, 06:40

    🍂КУЗНИ МУБОРАК УМРА САФАРИДА ЎТКАЗИШНИ ИСТАЙСИЗМИ?Кузнинг салқин ва ёқимли кунларида Musaffo Tour билан Умра зиёратини қулай ва хотиржам шароитларда адо этинг.🕋7 кун Мадинада 🕋7 кун Маккада 🌟Ҳарамга пиёда бориладиган қулай меҳмонхоналар ✅14 кунлик тўлиқ Умра пакети🗓 Энг яқин рейсларимиз: 1–8-15-22-29 октябрь💬Батафсил маълумот учун изоҳларда «+» белгисини қолдиринг.☎️ Мурожаат учун: 55-516-22-22
  • Abdukarim Mirzayev | Rasmiy kanal

    25 Sept, 10:33

    “Baraka daftari”ning uch sahifasini yozib bo‘ldik. 📒Hammasi oddiy bir savoldan boshlangan edi:“Shuncha mehnat qilamiz, nega topganimizda baraka yo‘q?”Anvar javob izlab daftarini ochdi. Uch hafta ichida esa unga uchta muhim qonun yozildi:1. Avval o‘zingga to‘la. 2. Xurjunning teshigini yama. 3. Yotgan pulni narx-navo yeydi, ishlagan pul o‘zi ko‘payadi.Ammo Anvarning daftari hali tugagani yo‘q…Har dushanba — yangi sahifa, yangi qonun.Bugun juma. Hali boshlamagan bo‘lsangiz, dushanbagacha Anvarga yetib olishga ulgurasiz. :)📒 1-qism: https://youtu.be/ndVua0UiOSs?si=HN_QwDh0KD1ellp4📒 2-qism: https://youtu.be/__K51uPvsms?si=iKESbqUSJGf59Y7m📒 3-qism: https://youtu.be/JCmvlnR4RIc?si=9dqDpJCQMHlmmw3S
    YouTubeBoy bo'lishning birinchi qonuni: Avval o'zingga to'la! | Baraka daftari 1-bo'lim | @XizrAbdulkarim​Assalomu alaykum! "Baraka daftari" — bu shunchaki loyiha emas, balki hayotimizdagi iqtisodiy qiyinchiliklarga halol yechim izlash yo'lidagi urinishdir. Birinchi qismda taksichi Anvarning hayoti misolida ko'pchiligimizni qiynaydigan savolga javob izlaymiz:…
  • Abdukarim Mirzayev | Rasmiy kanal

    24 Sept, 09:03

    10 ming askarni qutqargan birgina so‘z: “Thalatta!”Bu so‘z nimani anglatgan edi?Har bir sayohatning ko‘rinmas yuki bo‘ladi — o‘zimiz bilan olib yurgan savollarimiz.Bu gal Trabzonning yuksak tog‘lari, Sümela monastiri va Qora dengiz sohillarida inson, tarix va hayot haqida suhbatlashdik.Nega inson doim yuksaklikka intiladi? Sayohat bizni uyimizdan uzoqlashtirib, qanday qilib o‘zimizga yaqinlashtiradi?Trabzondan faqat manzaralarni emas, bir-birimizni ham yaxshiroq tanib qaytdik.Agar siz ham shunday suhbatlar, sayohatlar va fikrlaydigan insonlar davrasida bo‘lishni istasangiz — Intellektual Klubga qo‘shiling.🌐 intellektualklub.uz
    2,600video63Open in Telegram
  • Abdukarim Mirzayev | Rasmiy kanal

    24 Sept, 06:01

    ⚡️Abdukarim Mirzayev Intellektual klubiga qo'shilishni xohlaysizmi?Bugun yurtimizda biznesmenlar va investorlar uchun ko‘plab klublar bor.Ammo ziyoli, tafakkurli va ma’naviy izlanishda bo‘lgan insonlar uchun bunday joy bormi?Shu savoldan kelib chiqib — biz ma’naviy sarmoya yig‘ishni istaganlar uchun Intellektual klub tashkil qildik.Bu klubda: 📚 Har oy tanlangan kitoblar muhokamasi, 💬 Maxsus mavzularda jonli suhbatlar, 🌿 O‘z kasbining ustalari bilan uchrashuvlar, ✔️ Jamoaviy sayohatlar o‘tkaziladi.Abdukarim Mirzayev intellektual klubi siz uchun ham qiziqmi?Agar siz ham ilmni, tafakkurni va chin do‘stlikni qadrlaydiganlar safida bo‘lishni istasangiz — quyidagi havola orqali klub bilan tanishib ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.➡️ Intellektualklub.uz ➡️ Intellektualklub.uz
    2,520video5Open in Telegram
  • Abdukarim Mirzayev | Rasmiy kanal

    22 Sept, 20:11

    🗣️ #FIKRAgar ba’zan hech bir sababsiz qalbing siqilsa, bilginki, ruhing Allohning zikrini istamoqda💬@Abdukarim_Mirzayev_kanali
    Image from a post by Abdukarim Mirzayev | Rasmiy kanalImage from a post by Abdukarim Mirzayev | Rasmiy kanal
  • Abdukarim Mirzayev | Rasmiy kanal

    22 Sept, 13:11

    forwarded from @musaffotour

    🕋 БЕПУЛ УМРАГА БОРИШ ИМКОНИЯТИ!Musaffo Tour сизга ҳеч қандай тўловсиз, атиги шу 3 та шартни бажариб Умра сафарига бориш имкониятини тақдим этади!⚠️Конкурс шартлари:✅Musaffo Tour Instagram саҳифасига обуна бўласиз.✅Инстаграмдаги конкурс видеоси остига изоҳ ёзиб, дўстларингиз ёки яқинларингизни белгилайсиз.✅Конкурс видеосини ўз Instagram Story’ингизга жойлайсиз ва @musaffotour саҳифасини белгилайсиз.✅ Мана шу 3 та шартни бажариб, бепул Умра қилиш имкониятини қўлга киритишингиз мумкин.🤲 Балки бу сафар Умра сафарига айнан СИЗ йўл оларсиз!
    2,720video52Open in Telegram
  • Abdukarim Mirzayev | Rasmiy kanal

    22 Sept, 05:02

    #hikoya 🎙• Qo‘lingiz ish bilan band bo‘lsa ham, qalbingiz ma’naviy ozuqadan bebahra qolmasin.• Sizni teran fikrlashga chorlovchi hikoya: Inson qachon sinadi? | Ibratli hikoya — Tinglang. — Tafakkur qiling.• Va albatta, uni qalbingizga yaqin bir inson bilan ulashing. ➡️Telegram | YouTube | X | Spotify
    2,700file8Open in Telegram
  • Abdukarim Mirzayev | Rasmiy kanal

    21 Sept, 15:27edited

    ⏰ Uchinchi qonunni yozib olish vaqti keldi.Anvar pulini boshqarishni o‘rgandi, xurjundagi teshiklarni ham topdi.Ammo Sobir hoji bu safar uni Chorsudagi eski do‘koniga boshlab bordi. U yerda 30 yildan beri saqlanayotgan narx daftarlari bor edi.Uch yil oldin 80 ming so‘m bo‘lgan go‘sht — bugun 130 ming. 2 ming so‘mlik non — 3 ming. Anvarning savoli oddiy edi: “Unda pul yig‘ishdan nima foyda?”Sobir hojining javobi esa daftarimizdagi uchinchi qonunga aylandi: 3-qonun: Yotgan pulni narx-navo yeydi, ishlagan pul o‘zi ko‘payadi.Ammo pulni ko‘paytirishning halol yo‘li qaysi?🩵 “Baraka daftari” — 3-qism chiqdi.Daftaringizni oling. Uchinchi sahifani birga yozamiz.
    Image from a post by Abdukarim Mirzayev | Rasmiy kanalImage from a post by Abdukarim Mirzayev | Rasmiy kanal
    2,25061Open in Telegram
  • Abdukarim Mirzayev | Rasmiy kanal

    21 Sept, 13:18

    Yangi “Baraka daftari” loyihamizdan xabaringiz bo‘lsa kerak.Hozirgacha ikki qonunni yozib oldik:1-qonun — Avval o‘zingga to‘la. 2-qonun — Xurjunning teshigini yama.Anvar topgan pulini boshqarishni, xarajatlarini nazorat qilishni boshladi. Xurjundagi “teshiklar” ham asta-sekin yamalyapti.Ammo Sobir hojining unga aytadigan uchinchi qonuni bor…U qanday qonun?📒 3-qism — bugun soat 20:00 da.Hali ko‘rmagan bo‘lsangiz, ungacha 1- va 2-qismlarni ko‘rib ulguring.📒 1-qism: Ko‘rish⁠ 📒 2-qism: Ko’rish
    YouTubeBoy bo'lishning birinchi qonuni: Avval o'zingga to'la! | Baraka daftari 1-bo'lim | @XizrAbdulkarim​Assalomu alaykum! "Baraka daftari" — bu shunchaki loyiha emas, balki hayotimizdagi iqtisodiy qiyinchiliklarga halol yechim izlash yo'lidagi urinishdir. Birinchi qismda taksichi Anvarning hayoti misolida ko'pchiligimizni qiynaydigan savolga javob izlaymiz:…
    2,24043Open in Telegram
  • Abdukarim Mirzayev | Rasmiy kanal

    20 Sept, 16:01

    O‘qituvchi uchun bir yillik mutolaa qo‘llanmasiHar hafta yangi mavzu. Har hafta yangi qahramon. Har hafta o‘quvchilar bilan yangi suhbat.📚 «Tarixni o‘zgartirgan mutafakkirlar» 30 kitoblik to‘plami o‘qituvchilar uchun ham darsdan tashqari mutolaani mazmunli tashkil qilishda yaxshi yordamchi bo‘la oladi.Bir o‘quv yili davomida bolalar Ibn Sino, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy va boshqa buyuk insonlarning hayoti bilan bosqichma-bosqich tanishib boradi.Kitobni o‘qish, sinfda muhokama qilish, xulosa va taassurotlarni bo‘lishish — shu tariqa oddiy mutolaani bir yillik sayohatga aylantirish mumkin.30 ta kitob. 30 ta hayot. 30 ta suhbat uchun mavzu.✍️ Abdukarim Mirzayev tavsiya qiladi.Nashriyotchi: @atlaskitob Kitob do’konlaridan so’rang.
    2,670video82Open in Telegram
  • Abdukarim Mirzayev | Rasmiy kanal

    19 Sept, 15:16

    Ba’zan insonning bugungi kimligini tushunish uchun uning ortida turgan uch insonga qarash kerak: ota, ona va ustoz.Dilmurod O‘rinov bilan suhbatda otadan qolgan tarbiya, onaning bir tomchi ko‘z yoshi, ustozning ishonchi va yillar o‘tsa ham unutilmagan ayrim xatolar haqida gaplashdik.Insonni pul va muvaffaqiyat emas, balki bergan so‘zi, vijdoni va ortidan qoladigan yaxshi nom ko‘proq tanitar ekan.🎙 To‘liq suhbatni Abdukarim Mirzayev YouTube kanalida tomosha qiling:📱 «Yoʻling qiyin boʻlsa, toʻgʻri yoʻldasan» | Dilkash
    2,960video13Open in Telegram
  • Abdukarim Mirzayev | Rasmiy kanal

    18 Sept, 13:45

    Oxirgi marta qachon kichkinagina bir narsadan chin dildan quvongansiz?Bolaligimizda bir muzqaymoq, yangi qalam yoki kutilmagan mehmon ham kunimizni o‘zgartirib yuborardi.Bugun esa ko‘proq narsaga egamiz. Ammo quvonishimiz nega qiyinlashib qoldi?Balki baxt kamaymagandir. Balki biz uni juda katta narsalardan izlay boshlagandirmiz…Nega borlarimiz qolib, yo‘qlarimizni sanaymiz? Qachondan oddiy ne’matlar oddiy bo‘lib qoldi?Bu gal baxt, shukr va qalb xotirjamligi haqida suhbatlashdik.📱 Ko‘ring. Balki suhbatdan keyin bugun yoningizdagi ayrim narsalarga boshqacharoq qararsiz.🔗 Havola: ➡️ https://youtu.be/5BHiboqtzBg
    YouTubeBAXTSIZLIKNING OTOPSIYASI | @YOLDAGIODAM#abdukarimmirzayev Abdukarim Mirzayev kanallarida madaniyat, sanʼat, ilm-fan va taʼlimga oid mavzularda o‘ziga xos yondashuvni ko‘rishingiz mumkin. Baʼzan jiddiy, baʼzan kulgili, lekin doimo qalbga ragʻbat va nekbinlik ulashuvchi bu kanallar o‘zining aniq…
  • Abdukarim Mirzayev | Rasmiy kanal

    14 Sept, 17:39

    Assalomu alaykum. Ba’zan muammo qancha pul topayotganimizda emas. Xurjunimizning qayeridandir teshik bo‘lishida. “Baraka daftari”ning ikkinchi sahifasida Anvar bir hafta davomida yozgan xarajatlarini hisoblab chiqdi. • 8 million so‘m daromad. Ammo 1 million
    YouTubeBoy bo'lishning ikkinchi qonuni: Xurjunni yama | Baraka daftari 2-bo'lim | @XizrAbdulkarimAssalomu alaykum, hurmatli doʻstlar! "Baraka daftari" loyihasining ikkinchi sahifasidamiz. Anvar bir hafta davomida har bir xarajatini daftariga yozib bordi — va natija uni hayratda qoldirdi: sakkiz million soʻm ishlagan, ammo bir millioni "izsiz" sarflanib…
    5,5901210Open in Telegram
  • Abdukarim Mirzayev | Rasmiy kanal pinned a photo

    14 Sept, 17:39

  • Abdukarim Mirzayev | Rasmiy kanal

    14 Sept, 15:06edited

    Assalomu alaykum.Ba’zan muammo qancha pul topayotganimizda emas. Xurjunimizning qayeridandir teshik bo‘lishida.“Baraka daftari”ning ikkinchi sahifasida Anvar bir hafta davomida yozgan xarajatlarini hisoblab chiqdi.• 8 million so‘m daromad. Ammo 1 million so‘m qayerga ketganini o‘zi ham bilmaydi...• Sobir hoji esa unga eski bir hikmatni eslatdi: “Xurjun teshik bo‘lsa, qancha solsang ham to‘lmaydi.” Bizning xurjunimiz qayeridan teshilgan?• Tejamkorlik bilan baxillikning farqi nimada? Va “Zarur — Kerak — Havas” degan uchta so‘z xarajatlarimizni qanday o‘zgartirishi mumkin?Daftaringizni oching. Bu gal xurjundagi teshiklarni birga qidiramiz.🩵 “Baraka daftari” — 2-qism
    Image from a post by Abdukarim Mirzayev | Rasmiy kanalImage from a post by Abdukarim Mirzayev | Rasmiy kanal
    4,920135Open in Telegram
  • Abdukarim Mirzayev | Rasmiy kanal

    14 Sept, 06:53

    Insondan buni tortib ololmaysiz. ____ @poyqadam_uz — halollik va sifat uyg’unligi
    4,940video85Open in Telegram
  • Abdukarim Mirzayev | Rasmiy kanal

    13 Sept, 15:16

    Ba’zan insonning bugungi kimligini tushunish uchun uning ortida turgan uch insonga qarash kerak: ota, ona va ustoz.Dilmurod O‘rinov bilan suhbatda otadan qolgan tarbiya, onaning bir tomchi ko‘z yoshi, ustozning ishonchi va yillar o‘tsa ham unutilmagan ayrim xatolar haqida gaplashdik.Insonni pul va muvaffaqiyat emas, balki bergan so‘zi, vijdoni va ortidan qoladigan yaxshi nom ko‘proq tanitar ekan.🎙 To‘liq suhbatni Abdukarim Mirzayev YouTube kanalida tomosha qiling:📱 «Yoʻling qiyin boʻlsa, toʻgʻri yoʻldasan» | Dilkash
    4,750video62Open in Telegram
  • Abdukarim Mirzayev | Rasmiy kanal

    13 Sept, 05:13edited

    Taslim bo’lmagan odam hikoyasi. ____ @poyqadam_uz — halollik va sifat uyg’unligi
    4,210video113Open in Telegram
  • Abdukarim Mirzayev | Rasmiy kanal

    12 Sept, 15:03

    Otasi seyfni ochib: “O‘g‘lim, istaganingcha ol. Lekin bu pulni men ishlab topganman. Men bugun borman, ertaga yo‘qman”, dedi.O‘sha kundan keyin o‘g‘il otasining pulidan boshqa olmadi. Toshkentga kelib mashina yuvdi, bozorda ishladi, Chilonzor pod’ezdlariga e’lon yopishtirdi...Bu gal “Dilkash” mehmoni — quruvchi va tadbirkor Dilmurod O‘rinov.Suhbat davomida ota, ona va ustozdan qolgan izlar haqida ko‘p gaplashdik. • Onaning bir tomchi ko‘z yoshi qanday qilib ikki yillik va’daga aylandi? • Nega inson bolalik uyini buzib tashlaganidan yillar o‘tib ham afsuslanishi mumkin? • Va nega hayotimizda uchta ko‘rinmas hakam — ota, ustoz va vijdon — biz bilan birga yuradi?Bu suhbat biznes yoki qurilish haqidagina emas. Ota merosi, onaning roziligi, ustozning ishonchi, berilgan so‘z va insonni tarbiyalaydigan og‘riqlar haqida.Ba’zi suhbatlar tugaydi, ammo undagi ayrim gaplar inson bilan
    Image from a post by Abdukarim Mirzayev | Rasmiy kanalImage from a post by Abdukarim Mirzayev | Rasmiy kanal