Latest posts

Abdulaziz Muhammad
4 Sept, 13:37
YANGI VIDEO E’LON QILINDI!“SIZNI BOY QILADIGAN 10 QADAM”Boylik faqat ko‘p pul topish emas. To‘g‘ri fikrlash, odatlar va kundalik qarorlar ham moliyaviy kelajagingizni belgilaydi.🎬 Yangi videomizda sizni moliyaviy jihatdan kuchliroq qilishga yordam beradigan 10 ta muhim qadam haqida gaplashdik.Siz aziz muxlislarimizga video manzur bo‘ladi degan umiddamiz!Videoni tomosha qiling va fikr-mulohazalaringizni kommentariyada yozib qoldiring. Sizning fikringiz biz uchun muhim!🎥 Videoni ko‘rish: https://youtu.be/0m6TBD_ju1k YouTube’da tomosha qilishYouTubeSizni boy qiladigan 10 qadamEnjoy the videos and music you love, upload original content, and share it all with friends, family, and the world on YouTube.
Abdulaziz Muhammad
1 Sept, 10:23
MAHR UCHUN ENG GO‘ZAL TANLOVBo‘lajak ayolingizga mahr sifatida tilla yoki qimmatbaho buyumdan ham ko‘ra, umr bo‘yi qadri ortib boradigan hadya bering. 📖Nafis bezakli yog‘och Qur’on qutisi — Qur’onni asrab-avaylash uchun yaratilgan, ko‘rkam va o‘ziga xos sovg‘a.Mahr uchun — ma’noli. Ayolingiz uchun — unutilmas. Oilaviy hayotingiz uchun — barakali ramz.Mahr — shunchaki beriladigan narsa emas. U sizning ayolingizga bergan ilk go‘zal va’dangiz.Qur’onu Karim: Yuqori va pastki muqova bezaklari 24 karat mikron oltin qoplama hamda qizil, yashil va feruza aqiq toshlari bilan bezatilgan. O‘lchami: 12,5 × 16,5 × 4 sm.Qur’onu Karim qutisi: Massiv yog‘ochdan tayyorlangan qutining qopqog‘i va yon yuzalari 24 karat mikron oltin qoplama, qizil, yashil va feruza aqiq toshlari bilan bezatilgan. O‘lchami: 23,5 × 20 × 9 sm.Qimmatbaho toshlar: Ushbu asarda turli o‘lchamlardagi jami 136 dona
Abdulaziz Muhammad
31 Aug, 13:53
forwarded from @ufq_podcast
🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🅰️ 2️⃣0️⃣➖0️⃣0️⃣🎙 “Ufq” podkastining ilk sonini tomosha qiling!Birinchi sonimiz mehmoni jurnalist Saidolimxon Turdiboyev bo‘ldi.Boshlovchilar Muhammad Temur A’zam va Sanjar Shams bilan bo‘lgan suhbatda futbol, jamiyatdagi muammolar, ustozga ehtirom, ilm va ma’rifatni targ‘ib qilish kabi muhim mavzular haqida fikr almashildi.20:00 dan boshlab tomosha qiling 😊
Abdulaziz Muhammad
26 Aug, 11:00
FAQAT 10 KUN! 10 TA BUYURTMACHI!Reklama berishni rejalashtirganlar uchun maxsus taklif! 🚀💥 Barcha reklama narxlariga — 50% CHEGIRMA!📅 Faqat 10 kun 👥 Faqat 10 ta buyurtmachi 💰 50% chegirmaMahsulotingiz, xizmatingiz yoki loyihangizni mening Instagram sahifam va Telegram kanalim orqali auditoriyaga taniting.⚠️ 10 ta buyurtmachi to‘lgach, 50% chegirma yakunlanadi.📩 Reklama buyurtma qilish uchun shu yerga yozing:👉 @abdulazizmuhammadiyy10 kun. 10 ta joy. 50% chegirma.
Abdulaziz Muhammad
26 Aug, 11:00

Abdulaziz Muhammad
19 Aug, 11:53
ERKAK HAYOTDA BILISHI KERAK BO‘LGAN 12 KO‘NIKMAErkaklik faqat kuchli bo‘lish yoki pul topish emas. Hayotda o‘zini, oilasini va qarorlarini boshqara olish ham erkakning mas’uliyatidir.1. Hissiyotlarini boshqarish G‘azablanganida baqirmaslik, xafa bo‘lganida noto‘g‘ri qaror qilmaslik. Hissiyotini his qilish, lekin uning quliga aylanmaslik.2. Og‘ir vaziyatda sovuqqon qolish Muammo paytida vahima emas, yechim izlash. Hamma sarosimaga tushganda vaziyatni xotirjam tahlil qila olish.3. Moliyaviy savodxonlik Pul topishning o‘zi yetarli emas. Byudjet tuzish, xarajatni nazorat qilish, jamg‘arish, investitsiya va qarzlarning mohiyatini tushunish kerak.4. “Yo‘q” deyishni bilish Hamma odamni rozi qilishga urinish — kuch emas. O‘z vaqti, qadriyati va chegaralarini himoya qila olish muhim.5. So‘zida turish Va’da berish oson. Aytilgan gapni bajarish esa xarakter masalasi. Ishonch aynan shu
Abdulaziz Muhammad
19 Aug, 09:42
Kezdim Halab ila Shomni Ayladim ilm talab Magarki ilm bir hichmish Illo adab illo adabKirdim ilm majlisiga Ayladim qildim talab Aytdilar ilm ortingda Illo adab illo adab
Abdulaziz Muhammad
18 Aug, 08:06
DARSDA KO‘P O‘TIRISH — KO‘P NARSA O‘RGANISH DEGANI EMAS.Ba’zan 2-3 soat dars qilamiz, lekin ertasi kuni kecha o‘qiganlarimizning yarmini eslay olmaymiz.Kitobni qayta-qayta o‘qiymiz — lekin mavzu yodda qolmaydi.Dars paytida hammasi tushungandek bo‘ladi, imtihonda esa savol qarshisida xayol bo‘shab qoladi.Muammo har doim ham ko‘p o‘qimayotganimizda emas.Ko‘pincha muammo — noto‘g‘ri o‘qiyotganimizda.Sifatli dars qilish uchun ko‘proq vaqt emas, to‘g‘ri usul kerak.Shu sababli yangi videomda dars qilish va o‘rganish jarayonini ancha samarali qilishga yordam beradigan 8 ta ilmiy usulni jamladim.8 usulni bu yerda aytmayman. 😉🎥 Sifatli Dars Qilishning 8 Ilmiy UsuliYouTube9. Sifatli Dars Qilishning 8 Ilmiy UsuliDARSDA KO‘P O‘TIRISH — KO‘P NARSA O‘RGANISH DEGANI EMAS. Ba’zan 2-3 soat dars qilamiz, lekin ertasi kuni kecha o‘qiganlarimizning yarmini eslay olmaymiz. Kitobni qayta-qayta o‘qiymiz — lekin mavzu yodda qolmaydi. Dars paytida hammasi tushungandek bo‘ladi…
Abdulaziz Muhammad
14 Aug, 09:50
forwarded from @qamarbooks
“Sening nigohingda yongandek bo‘ldim, Surating qarshisida so‘ngan bir shamman...”🌸 Adabiyotshunos Olim Oltinbek qalamiga mansub “Rauf Parfi shaxsiyati va she’riyati poetikasi” deb nomlangan ilmiy-tadqiqot va adabiy-tanqidiy asardir.🖌 “Rauf Parfi shaxsiyati va she’riyati poetikasi” — XX asr oʻzbek she’riyatining eng yorqin, isyonkor va betakror vakillaridan biri boʻlmish Rauf Parfi ijodiga bagʻishlangan mukammal ilmiy-tahliliy asar hisoblanadi.Kitobda shoirning she’riy dunyosi, uning badiiy-estetik qarashlari va oʻzbek she’riyatiga olib kirgan novatorlik tamoyillari chuqur adabiyotshunoslik rakursida tahlil qilinadi. 🩷• Muqovasi – yumshoq; • Sahifa – 296 bet; • Narxi - 60.000 soʻm.🚗 Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.• Xarid qilish uchun: ✍
Abdulaziz Muhammad
12 Aug, 10:05edited
QIYOS: BAХTSIZLIK SABABIMI?Qiyos haqida doim yomon fikrda bo‘lmaganman.Chunki ilmda qiyos bor. Kimdir sendan ko‘proq ilmli bo‘lsa, unga qarab o‘rganasan. Qur’on yodlashda qiyos bor — boshqalar ko‘proq yodlaganini ko‘rib, sen ham harakat qilasan. Ibodatda, yaxshilik qilishda, saxovatda ham o‘zingdan yaxshiroqlarga qarab intilish bor. Bunday qiyos insonni o‘sishga undaydi. Ammo qiyosning yana bir turi bor. U esa insonni ichidan yemiradi: “Nega unda bor, menda yo‘q?” Iblis Odam alayhissalom bilan o‘zini qiyos qildi va: “Men undan yaxshiroqman”, degan kibrga bordi. Qobil ham Hobil bilan o‘zini qiyosladi. “Nega uniki qabul bo‘ldi-yu, meniki bo‘lmadi?” degan hasad va g‘azab oxir-oqibat uni dahshatli jinoyatga olib bordi.Bugun esa biz bu qiyosning oqibatlarini oilalarimizda ham ko‘ryapmiz.Er boshqa ayollarga qarab xotinini baholayapti. Ayol boshqa erkaklarga qarab eridan norozi
Abdulaziz Muhammad
11 Aug, 16:26

Abdulaziz Muhammad
11 Aug, 12:35
Hayotingizdagi tartibni nimadan boshlash kerak?Menimcha, javob juda oddiy: namozdan.Uyquni tartibga solish, ishlarni yo‘lga qo‘yish, vaqtni boshqarish, ilm olish, sport bilan shug‘ullanish, pul topish — bularning barchasini tartibga solishga harakat qilamiz.Lekin eng muhim narsani tartibga keltirmasak, qolganlarining tartibi uzoqqa bormasligi mumkin.Namozni hayotingizning markaziga qo‘ying.Har bir ishingizni namozlar orasiga joylashtiring. Namozni ishlaringizga moslashtirmang — ishlaringizni namozga moslashtiring.Chunki namozini tartibga keltirgan insonning hayotiga ham tartib kiradi.Muvaffaqiyatning eng katta sirlaridan biri esa — davomiylik.Oz bo‘lsa ham, davomiy bo‘lsin.📚 Ilmda — oz bo‘lsa ham, har kuni.
Abdulaziz Muhammad
10 Aug, 14:37

Abdulaziz Muhammad
6 Aug, 14:17
forwarded from @matn_ortida
Rauf Parfi ijodi bilan yaqindan tanishamiz! 🤩🎙 “Matn ortida” kitobxonlik klubimizning navbatdagi soni siz azizlarda oʻzgacha taassurot qoldirishiga ishonamiz.Ushbu sonda filologiya fanlari doktori Olim To‘laboyev mehmon bo‘ladi.✍️ Mehmonimiz bilan birga “O‘zbek adabiyotida Rauf Parfi fenomeni” mavzusida suhbatlashamiz.Klubning mazkur soni yangiliklarga boy bo‘lishiga shubha qilmaymiz.🔥 Uchrashuv 11-avgust, soat 20:00 da Chorsu filialimizda bo’lib o’tadi.Darvoqe, eng yaxshi savol egalariga “Qamar” kitoblar doʻkoni tomonidan 100 000 soʻmlik vaucher taqdim etiladi! 🤩👉 Ishtirok etishni istaganlar hoziroq ro’yxatdan o’tishlari mumkin. Joylar soni cheklangan!@matn_ortida
Abdulaziz Muhammad
3 Aug, 14:46
🕌 Садақаи жорияга ўз ҳиссангизни қўшинг!Самарқанд вилояти, Каттақўрғон туманида “Кичик мундиён” жоме масжиди қурилиши давом этмоқда. Пойдевор ва асосий қурилиш ишлари амалга оширилди.Айни пайтда ички-ташқи пардозлаш ишларини якунлаш ва томини ёпиш учун саховатли инсонларнинг кўмагига эҳтиёж бор.Ҳар бир эҳсонингиз, ҳар бир сўмингиз масжид қурилишининг тезроқ битишига ва кўплаб мусулмонларнинг ибодат қилишига сабаб бўлади. Бу хайрли ишда иштирок этиб, садақаи жория соҳиби бўлиш имкониятини қўлдан бой берманг.💳 Хайрия учун карта рақамлари:Uzcard (UnionPay) 6262 5700 4618 5247HUMO 9860 0303 2132 2619Uzcard (UnionPay) 6262 5704 6676 5312📞 Боғланиш учун:
Abdulaziz Muhammad
1 Aug, 17:38edited
Bugun siz uchun juda muhim mavzuda yangi video tayyorladim.“Odamlar nima deydi?” degan qo’rquv sabab necha marotaba o’zingiz istagan hayotni yashamay qoldingiz?Ko’pchilikning orzularini iste’dodsizlik emas, aynan boshqalarning fikridan qo’rqish o’ldiradi.Bu videoda: ✅ Nega odamlarning gapiga qaram yashash baxt keltirmasligi. ✅ Erkin va xotirjam yashashning 8 ta muhim siri. ✅ Hayotingizni o’zgartirishi mumkin bo’lgan amaliy tavsiyalar haqida gaplashdim.Agar siz ham: — qaror qabul qilishda ikkilanayotgan bo’lsangiz, — tanqiddan qo’rqsangiz, — yoki nihoyat o’zingiz uchun yashashni istasangiz,bu videoni albatta ko’ring.🎬 Premyera boshlandi. Sizning fikringiz men uchun qiziq.YouTube7. Erkin va hur yashashning 8 ta siriKanalimiz rivojiga o'z hissangizni qo'shmoqchi bo'lsangiz Abdulaziz Muhammad YouTube kanaliga obuna bo'lish ➤ https://bit.ly/Abdulaziz_Muhammad #AbdulazizMuhammad #Islam #Bilim ---------------------------------------------------------------------------…
Abdulaziz Muhammad
30 Jul, 15:09
Ba’zi videolar shunchaki kontent emas. Ular vaqt o’tsa ham qadrini yo’qotmaydigan xotiralardir.YouTube sahifamdagi shunday videolardan biri — oyijonim bilan bo’lgan samimiy suhbat.Har safar bu videoni ko’rsam, qalbim yumshaydi. Undagi har bir so’z, har bir nasihat men uchun juda qadrli.Agar hali tomosha qilmagan bo’lsangiz, albatta ko’ring. Balki sizga kerak bo’lgan bir hikmat, bir javob yoki ota-onangizning qadrini yanada chuqurroq his qilishingizga sabab bo’lar.🎥 Video: https://youtu.be/yFGF1a4PRPs?si=9iXeOXxcqn92fwyzYouTubeFarzandni kitobga oshno etishning siri nimada? Ota-ona nimalarga e’tibor berishi kerak?Bu va boshqa savollarga javobni “Bog’bon” ko’rsatuvining navbatdagi sonida tomosha qiling! Kitobxon va tarjimon Abdulaziz Muhammad @AbdulazizMuhammad hamda ularning onalari bilan samimiy suhbat. Qalbga yaqin kanalingiz Bintu Sodiqda!Abdulaziz Muhammad pinned «SHAXSIY KONSULTATSIYA HAQIDA Ancha vaqtdan beri siz aziz kuzatuvchilarimdan: “Shaxsiy masalamda siz bilan maslahatlashmoqchi edim.” “Biznesim bo‘yicha fikringizni olsam bo‘ladimi?” “Farzandimni kitobga qanday qiziqtirsam bo‘ladi?” “Bir soat suhbatlashib…»
26 Jul, 12:44

Abdulaziz Muhammad
26 Jul, 12:22
SHAXSIY KONSULTATSIYA HAQIDAAncha vaqtdan beri siz aziz kuzatuvchilarimdan:“Shaxsiy masalamda siz bilan maslahatlashmoqchi edim.”“Biznesim bo‘yicha fikringizni olsam bo‘ladimi?”“Farzandimni kitobga qanday qiziqtirsam bo‘ladi?”“Bir soat suhbatlashib, yo‘nalish olsam bo‘ladimi?”— degan murojaatlar kelib turardi.Imkonim va vaqtim bo‘lganida qo‘limdan kelgancha yordam berishga, bilganlarim va tajribam doirasida muammolarga yechim ko‘rsatishga harakat qilardim.Oxirgi vaqtlarda bunday murojaatlar ancha ko‘paydi.Shu sababli o‘ylab ko‘rib, bilimim va amaliy tajribam yetadigan ayrim yo‘nalishlarda individual konsultatsiya uchun alohida vaqt ajratishga qaror qildim.
Abdulaziz Muhammad
26 Jul, 11:58
https://youtu.be/tHHjj-zcPcI?si=uesXeKtSnWlfXbShYouTubeTongda qilmasligingiz kerak bo’lgan 8 ta xato odatKanalimiz rivojiga o'z hissangizni qo'shmoqchi bo'lsangiz Abdulaziz Muhammad YouTube kanaliga obuna bo'lish ➤ https://bit.ly/Abdulaziz_Muhammad #AbdulazizMuhammad #Islam #Bilim ---------------------------------------------------------------------------…
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
