Latest posts

Abdurazzoq Reads
13 Nov, 14:23
Meni IELTSdan dars berishimni bilarmidingiz?😅
Abdurazzoq Reads
13 Nov, 11:30edited
"Ichindagi ichindadur" kitobidan.@Abdurazzoq_Reads
Abdurazzoq Reads
12 Nov, 19:16edited
Ey ko'ngil!Haqqa ishqi yo'qning, ishqqa haqqi bormi?!Alhamdulillah, men tushunishga eng qiynalgan kitobim mutolaasi o'z nihoyasiga yetdi.Mavlono Rumiyga o'xshash yozuvchini hech qayerdan topmadim, chunki unaqasi yo'q.#Books2026 @Abdurazzoq_Reads
Abdurazzoq Reads
12 Nov, 18:51
"Nega jismingga bunchalik mehr berasan? Jisming bilan qanday aloqang bor? Sen usiz ham mavjudsan."Jaloliddin Rumiy@Abdurazzoq_Reads
Abdurazzoq Reads
12 Nov, 18:36
"Do'stning diydori dardlarga darmon erur."Arab maqoli@Abdurazzoq_Reads
Abdurazzoq Reads
12 Nov, 01:26
Tashlaydilar qozonga, Otashda erir jismi, Ma'lum bo'lar, tillami Yo tilla qoplangan mismi?Hakim Sanoiy@Abdurazzoq_Reads
Abdurazzoq Reads
11 Nov, 09:47
https://abdurazzoq.substack.com/p/mushtaraklikSubstackBizga bizdakalar yoqadi(mi?)O’xshatmasdan uchratmas...
Abdurazzoq Reads
11 Nov, 05:52
"Kimdir parda ortidan gapirsa, pardani sifatlarini bilmagan avom parda gapiryapti deb o'ylaydi."Jaloliddin Rumiy@Abdurazzoq_Reads
Abdurazzoq Reads
22 Sept, 17:36
https://abdurazzoq.substack.com/p/friendshipSubstackDo’st orttirishni buyuklardan o’rganamizBu inshoda do‘st orttirish va yaxshi do‘st bo‘lish haqida o‘zimning maslahatlarimni yozmoqchi edim.
Abdurazzoq Reads
22 Sept, 06:02
"Shunday odamlar borki, kimgadir yaxshilik qilsa, bu ishining qiymatini pulga chaqishga ham tayyor. Yana birlari bunday qilmasa ham, yaxshilik qilgan odamini oʻzidan qarzdor deb oʻylaydi va qilgan ishi haqida oʻylab yuradi. Boshqasi esa qaysidir maʼnoda oʻzining qilgan yaxshiligini bilmaydi, lekin meva bergan tok misol hech kimdan minnatdorlik kutmaydi. U poygada chopgan ot, ovda oʻljalarni topishga yordam bergan it, asal toʻplagan asalariga oʻxshaydi deyishing mumkin. Yaxshilik qilgan odam bu haqda tomga chiqib jar solmaydi, tok yana hosilga kirganidek, navbatdagi xayrli ishga oʻtadi. Mana shunaqa, qilgan yaxshiligini oʻzi ham bilmay qoladigan inson boʻlishni maqsad qilish kerak. Ha, boshqalarning jamiyat farovonligi uchun qilayotgan xatti-harakatlarimizdan xabardor boʻlishi va ularni bundan xabardor qilishni istash ijtimoiy fikrlaydigan odamga xosdir dersan. Toʻgʻri, ammo hozir men
Abdurazzoq Reads
21 Sept, 08:42
"Gaplarimga ruscha va inglizcha so‘zlarni aralashtirishim — bilimdonligimni emas, ona tilimda ham, xorijiy tillarda ham qoyillatib gapira olmasligimni bildiradi."Mohir aka
Abdurazzoq Reads
21 Sept, 08:41
Substack.com da bormisiz? 🔥Ha 🍓Yo'q
Abdurazzoq Reads
21 Sept, 07:17
Substack.com da bormisiz?🔥Ha 🍓Yo'q
Abdurazzoq Reads
20 Sept, 16:49
Yangi videodan parcha😄 (Hali chiqmadi)
Abdurazzoq Reads
20 Sept, 06:47
#Books2026Mavlono bilan yana bir suhbatimiz yakun topdi.Ochig'i, shuncha kitob o'qib, Rumiydek yozuvchini boshqa topa olmadim.@Abdurazzoq_Reads
Abdurazzoq Reads
20 Sept, 06:17
Masnaviydan.@Abdurazzoq_Reads
Abdurazzoq Reads
20 Sept, 04:22
Abbos al-Aqqod inson nafsining qanchalik ziddiyatli ekanini tasvirlarkan, shunday deydi:Go‘dakning orzusi — tezroq ulg‘aymoq, Cholning bor armoni — yoshlikka qaytmoq. Ishsizlar intizor yumush topishga, Ishlilar tayyordir ishdan qochishga. Boylar ham yashaydi tashvishga botib, Faqir ham xunobdir azobin totib. Farzand ko‘rganlarning ko‘ksi to‘la g‘am, Tirnoqqa zorlarning ko‘zlarida nam. Mag‘lub bo‘lgan inson doim hasratda, G‘olib ham yashamas tinch, farog‘atda. Xulosa shudirki, dunyo bir kamdir, Odamzot istagi bitmas olamdir. Chin baxtga yetadi shukr qilganlar, Noshukur kimsaning hamrohi g‘amdir!@Abdurazzoq_Reads
Abdurazzoq Reads
19 Sept, 10:02
“Erkinlikning so‘nggi sinovi shuki: maqtovda ham, haqoratda ham, yutuqda ham, mag‘lubiyatda ham bir xil inson bo‘lib qola olasizmi?”— Seneka@Abdurazzoq_Reads
Abdurazzoq Reads
19 Sept, 09:04
"Tez-tez falsafaga murojaat qilib, undan taskin izlayman. Uning ko‘magi bilan davlat ishlariga toqat qilaman va falsafiy ilmim sharofati ila boshqalar menga toqat qiladilar."Mark Avreliy@Abdurazzoq_Reads
Abdurazzoq Reads
18 Sept, 19:13
"Epiktet ta'biri bilan aytganda, odam shunchaki bir jasadni boshqarayotgan mitti ruhdir."Mark Avreliy@Abdurazzoq_Reads
Followers write to the bot, you answer by reply, your account stays hidden. Created in one tap.
How it works →Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
