gram news
Abu Ali Ibn Sino ixtisoslashtirilgan maktabi Buxoro filiali channel avatar

Abu Ali Ibn Sino ixtisoslashtirilgan maktabi Buxoro filiali

@abu_ali_ibn_sino_buxoro

🏫 Abu Ali Ibn Sino ixtisoslashtirilgan maktabi — Buxoro filiali 📚 Bilim, tarbiya va tafakkur birlashgan maskan Har bir kadr — bir hikoya. Har bir post — bir ilhom. Har bir o‘quvchi — kelajakning yorqi

ProjectsUZEducation

1,662subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Abu Ali Ibn Sino ixtisoslashtirilgan maktabi Buxoro filiali

    22 Sept, 15:02

  • Abu Ali Ibn Sino ixtisoslashtirilgan maktabi Buxoro filiali

    22 Sept, 15:02

    🇺🇿 ABU AlI IBN SINO NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB BUXORO FILIALIDA MAKTAB O’QUVCHILAR PREZIDENTLIGIGA SAYLOV O’TKAZILADI!📣 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Buxoro filialida Maktab o’quvchilar Prezidenti lavozimiga saylov uchun tanlangan nomzodlar ro‘yxati bilan tanishing!✨ Qadrli, tanlangan nomzodlar! O‘z liderlik qobiliyatingizni namoyon etish, tengdoshlaringiz manfaatlarini himoya qilish va maktab hayotida faol ishtirok etish uchun ajoyib imkoniyat!🗳️ Hurmatli o’quvchilar! Tashabbuskor, mas’uliyatli va yetakchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan nomzodlarni qo’llab- quvvatlashingizga ishonamiz! Telegram /Eco school bukhara Ibn Sino Instagram/ Eco school Ibn Sino Avitcenna You Tube /Facebook
    20241Open in Telegram
  • Abu Ali Ibn Sino ixtisoslashtirilgan maktabi Buxoro filiali

    22 Sept, 11:15

    🏢 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Buxoro filialiga Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining tegishli buyrug’iga asosan Izzatova Shaxnoza Maqsudovna ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shaxnoza Maqsudovnaning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyat tilaymiz. Telegram /Eco school bukhara Ibn Sino Instagram/ Eco school Ibn Sino Avitcenna You Tube /Facebook
    31091Open in Telegram
  • Abu Ali Ibn Sino ixtisoslashtirilgan maktabi Buxoro filiali

    22 Sept, 11:01

    🎓 KASBIY QIZIQISHLARNI ANIQLASH — KELAJAKKA QO‘YILGAN MUHIM QADAMAbu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Buxoro filialida maktab psixologi va maktab maslahatchisi hamkorligida 9–10-sinf o‘quvchilari bilan ularning kasbiy qiziqishlari, moyilliklari va kelajakdagi kasbiy yo‘nalishlarini aniqlashga qaratilgan psixologik trening tashkil etildi.🔹 Trening davomida o‘quvchilarning individual qiziqishlari, qobiliyatlari, kasbiy moyilliklari hamda o‘zini anglash jarayoniga alohida e’tibor qaratildi.🔹 Turli interfaol mashqlar va psixologik topshiriqlar orqali o‘quvchilarga kasb tanlashda o‘z qiziqishlari, qobiliyatlari va shaxsiy imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash muhimligi tushuntirildi.📌 Maqsad: o‘quvchilarda kasbiy o‘zligini anglashni rivojlantirish, individual imkoniyatlarini aniqlash va kelajakdagi ta’lim hamda kasbiy faoliyat yo‘nalishini ongli ravishda tanlashga
    27721Open in Telegram
  • Abu Ali Ibn Sino ixtisoslashtirilgan maktabi Buxoro filiali

    22 Sept, 03:41

    #kun_hikmati“Maqsadning aniqligi diqqatni tartibga soladi, muntazam harakat esa uni natijaga yaqinlashtiradi.”Katta orzularni aniq maqsadlarga, maqsadlarni esa kundalik kichik vazifalarga aylantiring.📚 Aniq maqsad + izchil harakat = rivojlanish. Telegram /Eco school bukhara Ibn Sino Instagram/ Eco school Ibn Sino Avitcenna You Tube /Facebook
    31441Open in Telegram
  • Abu Ali Ibn Sino ixtisoslashtirilgan maktabi Buxoro filiali

    21 Sept, 09:34

    ​✨ Ijodkor oʻquvchilarimiz bilan faxrlanamiz! ​Navbatdagi ajoyib moʻjizakor asar muallifi — 7-“White” sinf oʻquvchisi Moʻminova Svetlana! 🖌️✨ ​Svetlananing ushbu suratida Parijning bahoriy va sehrli havosi nihoyatda chiroyli aks ettirilgan. Yosh muloqotchi va sanʼatsevar oʻquvchimizning mehnatiga hamda isteʼdodiga tasanno! ​Sizga ham ushbu ijod namunasi yoqdimi? Izohlarda oʻz fikringizni qoldiring! 💬👇 Telegram /Eco school bukhara Ibn Sino Instagram/ Eco school Ibn Sino Avitcenna You Tube /Facebook
    375981Open in Telegram
  • Abu Ali Ibn Sino ixtisoslashtirilgan maktabi Buxoro filiali

    21 Sept, 06:43

    📚 “KELAJAK SOATI”Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Buxoro filialida bugungi “Kelajak soati” mashg‘uloti bo’lib o’tdi.🌱 Har bir katta natija kichik, ammo izchil qadamlardan boshlanadi. Bugungi bilim va harakat — ertangi muvaffaqiyatning poydevoridir.✨ Kelajak — uni kutayotganlarga emas, uni bilim, mehnat va qat’iyat bilan bunyod etayotgan yoshlarga tegishli! Telegram /Eco school bukhara Ibn Sino Instagram/ Eco school Ibn Sino Avitcenna You Tube /Facebook
    38263Open in Telegram
  • Abu Ali Ibn Sino ixtisoslashtirilgan maktabi Buxoro filiali

    21 Sept, 03:18

    #kun_hikmati“Ijobiy fikrlash muammoni yo‘qotmaydi, ammo unga nisbatan konstruktiv yondashuvni shakllantirishga yordam beradi.”Har qanday vaziyatda muammoning o‘zidan tashqari, undan qanday saboq olish mumkinligi haqida ham o‘ylash muhim.💡 Muammodan imkoniyat izlang, tajribadan xulosa chiqaring. Telegram /Eco school bukhara Ibn Sino Instagram/ Eco school Ibn Sino Avitcenna You Tube /Facebook
  • Abu Ali Ibn Sino ixtisoslashtirilgan maktabi Buxoro filiali

    20 Sept, 12:39

    forwarded from @sbaxodirovna

    #Yil_oʻqituvchisi #Gʻoliblar_aniqlandi💐 BUGUN USTOZLARIMIZ BILAN FAXRLANAMIZ!“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari orasida Agentligimiz tizimida faoliyat yuritayotgan ustozlarimiz borligi meni juda quvontirdi. Bu natija ortida ularning yillar davomida to‘plagan tajribasi, doimiy izlanishi va eng muhimi, o‘quvchilariga bergan bilimi hamda mehr-mashaqqati turibdi.Ustozning mehnatini faqat bir tanlov natijasi bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Uning eng katta yutug‘i — o‘quvchisining muvaffaqiyati, o‘ziga bo‘lgan ishonchi va kelajakda munosib o‘rin topishidir. Bugungi e’tirof esa ana shunday fidokorona mehnatning munosib qadrlanishidir.💐 Aziz ustozlarimiz, sizlarni chin qalbimdan tabriklayman! Har biringizning yutug‘ingizdan faxrlanaman. Bilimingiz, tajribangiz va mehnatingiz bilan hali ko‘plab yoshlarning hayotida unutilmas iz qoldirishingizga ishonaman. G‘oliblik muborak bo‘lsin!
  • Abu Ali Ibn Sino ixtisoslashtirilgan maktabi Buxoro filiali

    19 Sept, 14:09

  • Abu Ali Ibn Sino ixtisoslashtirilgan maktabi Buxoro filiali

    19 Sept, 14:08

    forwarded from @pmbuxoro

    #RahbarKubogi #sport_musobaqasi 🎯 "Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi rahbar kubogi" sport musobaqasi start oldi! ⚡️ Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab hamda maktab-internatlarida tahsil olayotgan 8-9-10-11-sinf o'quvchilari o'rtasida sportning mini futbol, shaxmat turlari bo'yicha "Agentlik rahbar kubogi" musobaqasi o'tkazilmoqda. 🔹 Mazkur musobaqa Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalari o'quvchi-yoshlarini sportga keng jalb etish, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va jamoaviy o'yinlar orqali sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishga qaratilgan. 🔹 Shuningdek, yoshlar o'rtasida sportga qiziqishni oshirish, ularning irodasini, jamoaviy ruhini va yetakchilik fazilatlarini rivojlantirishdir.
    42062Open in Telegram
  • Abu Ali Ibn Sino ixtisoslashtirilgan maktabi Buxoro filiali

    19 Sept, 05:54

    forwarded from @bvmmtb

    #Диққат_эълон⏰ 2026-yilning 20-SENTABR kuni Respublika boʻylab “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi qabuli uchun saralash imtihonlari oʻtkaziladi!Imtihonlar:⏰1-smena — soat 09:30; ⏰2-smena — soat 13:30 da boshlanadi.🔰Saralash imtihonlari oʻtkaziladigan manzillar bilan tanishing:📍Andijon viloyati Manzil: Andijon shahar 41-maktab Oʻquvchilar ID raqami: havola.📍Buxoro viloyati Manzil: Buxoro shahar 35-maktab Oʻquvchilar ID raqami: havola.📍Jizzax viloyati (Zomin)
  • Abu Ali Ibn Sino ixtisoslashtirilgan maktabi Buxoro filiali

    19 Sept, 03:45

    #kun_hikmati✨ “O‘zini anglash — insonning kuchli va rivojlantirilishi zarur bo‘lgan jihatlarini tan olishidan boshlanadi.”O‘zini anglagan inson o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholaydi, xatolaridan xulosa chiqaradi va rivojlanish yo‘lini ongli ravishda belgilaydi.🌱 O‘zingizni anglang — imkoniyatlaringizni kashf eting! Telegram /Eco school bukhara Ibn Sino Instagram/ Eco school Ibn Sino Avitcenna You Tube /Facebook
  • Abu Ali Ibn Sino ixtisoslashtirilgan maktabi Buxoro filiali

    19 Sept, 00:21

    forwarded from @bvmmtb

    #sohaga_doir_hujjatlar📣 Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt toʻloviga 30 foiz chegirma beriladi✅ Davlatimiz rahbarining 2025-yil 15-sentabrda oʻqituvchi va murabbiylar bilan qilgan muloqoti davomida pedagoglarning davlat oliygohlariga oʻqishga kirgan farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz chegirma berilishi haqidagi taklif ilgari surilgan edi.🔹 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi tegishli qarori bilan mazkur imtiyoz amaliyotga joriy etildi. Unga koʻra:👉 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab — har yili davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari uchun toʻlov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida chegirma joriy etiladi.➖ Chegirma davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat bosqichida kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlariga tatbiq etiladi.Pedagogning bir nechta farzandi
  • Abu Ali Ibn Sino ixtisoslashtirilgan maktabi Buxoro filiali

    19 Sept, 00:20

    forwarded from @bvmmtb

    #diqqat_yangilik✅ Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi tegishli qaroriga asosan:➖ 2026-yildan boshlab — magistratura bosqichini bitirib, barcha fanlardan va attestatsiyadan “5” (aʼlo) baho (90 — 100 ball) koʻrsatkichiga ega boʻlgan hamda birinchi bor taʼlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — birinchi malaka toifasi toʻgʻridan-toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) berish amaliyoti joriy qilindi.❗️Ushbu imtiyoz Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining diplom.edu.uz platformasi orqali yuqoridagi qaror talablariga mosligi boʻyicha tavsiya etilgan diplomlar uchun amal qiladi.Murojaatlarni:➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining pedagog.uzedu.uz platformasi; ➖ Davlat xizmatlari markazlari; ➖ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborish mumkin:👉 Maʼlumot uchun: pedagog.uzedu.uz platformasi orqali murojaat yuborish quyidagi tartibda
  • Abu Ali Ibn Sino ixtisoslashtirilgan maktabi Buxoro filiali

    18 Sept, 04:36

    forwarded from @piimauz

    TA’LIM MUASSASALARIDAGI JARAYONLAR JOYIDA O‘RGANILDI🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Andijon viloyatiga amaliy tashrifi doirasida Asaka, Bo‘ston, Buloqboshi va Shahrixon tumanlarida bo‘lib, Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.Tashrif davomida o‘quv-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, pedagoglarning darslarga tayyorgarligi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar va to‘garaklar faoliyati o‘rganildi.Shuningdek, ta’lim muassasalarining obodonlashtirish holati, kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi hamda o‘quvchilarning sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.Maktab rahbariyati va pedagoglar bilan muloqot davomida ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish hamda mavjud masalalar yuzasidan fikr almashildi.Bizni kuzatin