gram news
ACADEMIC LYCEUM.edu.uz channel avatar

ACADEMIC LYCEUM.edu.uz

@academiclyceum73

Академик лицейлар тизимига оид норматив-ҳуқуқий, ўқув-методик тавсиялар, янгиликлар бериб борилади. Каналга академик лицей раҳбар ва педагоглари, ўқувчилари, умумтаълим мактаблари ўқувчилари обуна бўлишлари мумкин.

ProjectsUZEducation

1,760subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • ACADEMIC LYCEUM.edu.uz

    22 Sept, 13:11edited

    НукусДПИ академик лицейи ўқитувчиси Гулчеҳра Бекниязова халқаро танловда ғолиб бўлдиАжиниёз номидаги Нукус давлат педагогика институти академик лицейининг физика фани ўқитувчиси Гулчеҳра Бекниязова Франциянинг Париж шаҳрида ўтказилган нуфузли «The Best Education Project International» халқаро танловида ғолиб бўлди.У мазкур халқаро танловда замонавий педагогик ёндашув – физикани ўқитишда реал ва виртуал лабораторияларни уйғунлаштиришга қаратилган инновацион илмий мақоласи билан қатнашиб, халқаро экспертлар томонидан юқори баҳоланди.Халқаро танлов якунида Гулчеҳра Бекниязова I даражали диплом, Халқаро фан, маданият ва санъат академияси (IASCA) томонидан олтин медаль, шунингдек, эсдалик нишони билан тақдирланди.
  • ACADEMIC LYCEUM.edu.uz

    22 Sept, 11:29

    2026-yil 22-sentabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti akademik litseyida kitob yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hamda Turin politexnika universiteti akademik litseyi hamkorligida tashkil etildi. Yarmarkaning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish va mutolaa orqali ma’naviy dunyosini boyitish. Tadbir davomida turli yo‘nalishdagi badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy va ma’rifiy kitoblar namoyish etildi. O‘quvchilar o‘zlari qiziqqan kitoblarini xarid qildilar.
  • ACADEMIC LYCEUM.edu.uz

    22 Sept, 11:29

    2026-yil 22-sentabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti akademik litseyida “Kitob — fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakili K. Mavlanov, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti prorektori A. Ashurov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi O‘zbektosh To‘raxonli, O‘IBDO I. To‘rayev, Devonxona mudirasi D. Usmanova, shuningdek, bir guruh litsey o‘quvchilari ishtirok etdilar. Tadbir davomida kitobning inson hayotidagi beqiyos o‘rni, uning bilim va tafakkurni rivojlantirishdagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. O‘quvchilarni mutolaa qilishga, kitob bilan do‘st bo‘lishga va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga undovchi fikrlar ilgari surildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, ishtirokchilarda
  • ACADEMIC LYCEUM.edu.uz

    22 Sept, 08:15

    🔹2026-yil, 22-sentyabr kuni Samarqand davlat texnika universiteti akademik litseyida 1-bosqich o‘quvchilar o‘rtasida yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, bilimga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Zakovat” intellektual bellashuvi tashkil etildi. 🔹Bellashuvda akademik litseyning 1-bosqich o'quvchilari faol ishtirok etdilar. 🔹Musobaqa davomida ishtirokchilarga tarix, adabiyot, madaniyat, san’at, aniq fanlar hamda umumiy dunyoqarashga oid mantiqiy va qiziqarli savollar berildi. 🔹Bellashuv jarayonida o‘quvchilar o‘zlarining bilim va tafakkur darajasini namoyon etib, jamoaviy ishlash, tezkor va aniq fikrlash, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar. Tadbir ko‘tarinki ruhda, sog‘lom raqobat va do‘stona muhitda o‘tkazildi. 🔹Qizg‘in va
  • ACADEMIC LYCEUM.edu.uz

    21 Sept, 10:04edited

    Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti akademik litseyi o‘quvchilari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida o‘quvchilar kutubxonaning boy kitob fondi, zamonaviy imkoniyatlari hamda kitobxonlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, kutubxonaning faoliyati va mavjud imkoniyatlari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldi. O‘quvchilar uchun tashkil etilgan ushbu tashrif ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi. Kitob o‘qigan insonning dunyoqarashi keng, tafakkuri teran bo‘ladi.
  • ACADEMIC LYCEUM.edu.uz

    20 Sept, 08:14

    🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti akademik litseyi hamda Nordic xalqaro universiteti hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma ta’lim dasturi foundation o‘quvchilari va pedagoglari O‘zbekistondagi Nordic xalqaro universitetiga tashrif buyurdilar.📚 Tashrif davomida universitet rektori tomonidan o‘quvchilarga ta’lim olish imkoniyatlari, universitet hayoti, yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim dasturlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. O‘quvchilar universitetda tahsil olish jarayoni va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.🏫 Shuningdek, o‘quvchilar ota-onalari bilan birgalikda universitetning o‘quv binolari, auditoriyalari va boshqa infratuzilma obyektlari bo‘ylab sayohat qilib, ta’lim muhitini yaqindan ko‘zdan kechirdilar.
  • ACADEMIC LYCEUM.edu.uz

    18 Sept, 15:04

    Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti akademik litseyida “Uch avlod uchrashuv” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi— nuroniylarning boy hayotiy tajribasi va bosib o‘tgan umr yo‘llarini yosh avlodga ibrat sifatida yetkazish, o‘quvchilarda milliy qadriyatlarga hurmat, kattalarga ehtirom va hayotiy maqsadlarga intilish tuyg‘ularini shakllantirishdan iborat. Tadbirda Nuroniylar jamg‘armasi Kengashi faoli Dilmurod Oblayev, Olmazor tumani Nuroniylar jamg‘armasi raisi Mirpo‘latov Mirziyot ota Mirakbarovich, Olmazor tumani Nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli “Shuhrat” medali sohibi Tohir Turdievich Latipov, va Toshkent davlat texnika universiteti “Sanoat iqtisodiyoti va menejment” kafedrasi professori, akademik litsey YOBIBDO‘si I.M. To‘raev hamda bir guruh litsey o‘quvchilari ishtirok etdilar. Uchrashuvda nuroniylar yoshlarga ta’lim, kasb, odob-axloq va Vatanga
  • ACADEMIC LYCEUM.edu.uz

    17 Sept, 13:53

    MILLIY SERTIFIKAT IMTIHONLARIGA TAYYORGARLIK - BILIM VA NATIJA SARI MUHIM QADAM! Andijon davlat tibbiyot instituti akademik litseyida o‘quvchi-yoshlarning bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirish, ularning fanlardan egallagan bilimlarini sinovdan o‘tkazish hamda milliy sertifikat imtihonlariga puxta tayyorlash maqsadida milliy sertifikat imtihonlari tashkil etildi va o‘tkazildi. Imtihon jarayonida o‘quvchilar o‘z bilimlarini real imtihon sharoitiga yaqin muhitda sinab ko‘rish, mavjud bilim darajasini aniqlash hamda kelgusida yanada yuqori natijalarga erishish uchun zarur tajribaga ega bo‘ldilar. Bunday sinov imtihonlari o‘quvchilarda mas’uliyat, mustaqil fikrlash, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash hamda imtihon jarayonida o‘z bilim va imkoniyatlarini to‘liq namoyon etish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Maqsadimiz — bilimli, raqobatbardosh va yuqori natijalarga erisha oladigan
  • ACADEMIC LYCEUM.edu.uz

    17 Sept, 10:28

    #intellekt _ Namangan davlat pedagogika instituti akademik litseyida o‘quvchilar o‘rtasida 1-tur "ZAKOVAT" intellektual o‘yini o‘tkazildi. Litseyning 10 ta jamoasi ishtirok etdilar. G‘olib jamoalarga akademik litsey maʼmuriyati tomonidan I-II-III- darajali diplom va badiiy adabiyotlar topshirildi.
    48731Open in Telegram