Latest posts

Intellektual mulk yangiliklari
18 Sept, 11:33

Intellektual mulk yangiliklari
18 Sept, 05:25
#Adliya_xabari📃Foydali modelga patent berish🔹Xizmat nomi: Foydali modelga patent olish👫Ariza beruvchilar toifasi: Yuridik va jismoniy shaxslar🏢Vakolatli organ(lar): Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi🗂Xizmatdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:✅Foydali modelning uni amalga oshirish uchun yetarli boʻlgan darajada toʻliq ochib berilgan tavsifi; ✅Foydali model mohiyatini aks ettiruvchi va uning tavsifiga toʻla muvofiq boʻlgan foydali model formulasi; ✅Foydali model mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlganda chizmalar va boshqa materiallar; ✅Referat


Intellektual mulk yangiliklari
16 Sept, 12:36
#Adliya_xabari“Boysun do‘ppisi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi📍 “Boysun do‘ppisi” — Surxondaryo viloyati Boysun tumani hududida qadimdan tikib kelinadigan, dumaloq shaklli, piltado‘zi uslubida kashta bilan bezatilgan milliy bosh kiyimdir.🧵 Uning o‘ziga xosligi piltado‘zi kashta uslubi, geometrik naqshlari, yorqin ranglar uyg‘unligi hamda an’anaviy tikish usullarida namoyon bo‘ladi. Do‘ppida chilxol, chayongul, qo‘chqorshoxi, archa va ko‘zacha kabi naqshlar qo‘llaniladi.⚖️ “Boysun do‘ppisi”ning geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mahsulotning Boysun hududi bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilishga xizmat qiladi.✅ Natijada: ✅ “Boysun do‘ppisi” nomining huquqiy muhofazasi ta’minlanadi; ✅ mahs


Intellektual mulk yangiliklari
15 Sept, 06:27
#OAV_biz_haqimizda#Fakt24 | 14.09.2026Ixtirodan patentgacha: yangi tizim olimlarning imkoniyatini kengaytirmoqda🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Intellektual mulk yangiliklari
9 Sept, 08:10
forwarded from @adliyangiliklari
#Qonunchilikdagi_yangiliklar📌Geografik ko‘rsatkich va tovar kelib chiqqan joy nomi: ogohlantiruvchi tamg‘alarning yangi shakllari tasdiqlandi➡️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-sentyabrdagi 469-son qarori bilan geografik ko‘rsatkich va tovar kelib chiqqan joy nomi ogohlantiruvchi tamg‘alarining shakllari hamda tavsiflari tasdiqlandi.❗️Ma’lumot uchun: Ogohlantiruvchi tamg‘a — tovar yoki uning o‘rovida qo‘llaniladigan, mazkur belgi O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan geografik ko‘rsatkich yoki tovar kelib chiqqan joy nomi ekanini bildiruvchi maxsus belgidir.Ushbu tamg‘a iste’molchilarga mahsulotning muayyan geografik hudud bilan bog‘liqligi va tegishli intellektual mulk obyekti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilganini anglash imkonini beradi.


Intellektual mulk yangiliklari
8 Sept, 09:07
#Adliya_xabari⚖️ Intellektual mulk sohasiga munosib hissa qo‘shganlar rag‘batlantiriladi✅Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-sentabrdagi 471-son qarori bilan “Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni ta’sis etildi.📣 Ko‘krak nishoni mamlakatimizda intellektual mulk sohasini rivojlantirish, intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasini ta’minlash hamda jamiyatda intellektual faoliyat natijalariga hurmat hissini shakllantirishga munosib hissa qo‘shgan davlat va nodavlat tashkilotlari xodimlari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda tadbirkorlik subyektlariga beriladi.📌Nomzodlarni baholashda quyidagilar inobatga olinadi:✔️ intellektual mulk sohasini rivojlantirishga oid


Intellektual mulk yangiliklari
8 Sept, 04:26
#Rasmiy_munosabatSo‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda B. Hamdamovning ijodiy merosiga mansub asarlardan foydalanish masalasi, xususan, uning farzandi tomonidan mazkur asarlarni mualliflik huquqi nuqtayi nazaridan himoya qilishga qaratilgan murojaatlar yuzasidan turli fikr va munozaralar bildirilmoqda.Shu munosabat bilan Adliya vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, mualliflik huquqi fan, adabiyot va san’at asarlariga ularning maqsadi, qadr-qimmati hamda ifodalanish shaklidan qat’i nazar tatbiq etiladi. Mualliflik huquqi asar yaratilgan paytdan boshlab yuzaga keladi va buning uchun asarni alohida ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi. Qonunchilikka ko‘ra, muallifning mulkiy huquqlari meros bo‘yicha o‘tadi. Shu sababli muallif vafot etganidan keyin uning asarlariga bo‘lgan tegishli


Intellektual mulk yangiliklari
24 Aug, 12:16edited
Ba’zi san’atkorlarga farosat kerak – Farida Afro'zNega shoirlar bugun qiyin ahvolda yashayapti? Ularning daromadi qayerdan keladi? Aslida ijodkorning mehnati qanday qadrlanishi kerak?Shoirlar qachon maddoh bo‘ladi? “Qaroqchi”da bugun adabiyotni tijoratga aylantiayotganlar, “o‘tinchi” shoirlar va bugungi adabiyotning muammolari haqida shoira Farida Afruz bilan ochiq suhbat.Videoni ko‘rish 👉 https://youtu.be/FmgFcjm0ABk
Intellektual mulk yangiliklari
22 Aug, 05:43
#Men_bilgan_adliya✅Adliya vazirligining intellektual mulk sohasiga oid huquqiy madaniyatni keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilishga qaratilgan “Qaroqchi” lloyihasi haqida qanday fikrdasiz?🔵Ushbu savolga O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, shoira va yozuvchi Farida Afro'z javob berdi.🔹 Batafsil 👉 videoda✅"Qaroqchi" loyihasining navbatdagi mehmoni Farida Afroʻz bilan to‘liq suhbatni tez orada tomosha qilishingiz mumkin.🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Intellektual mulk yangiliklari
18 Aug, 13:12
#Intellektual_mulk⚔️ Intellektual mulk nizolarini sudgacha, tezkor va kelishuv asosida hal etish imkoniyati kengaymoqdaAdliya vazirligi, Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti hamda Toshkent mediatsiya markazi hamkorligida respublika bo‘ylab “IP Mediation” loyihasiga start berilmoqda.⚖️ Loyiha intellektual mulk bilan bog‘liq nizolarni tomonlar uchun qulay, tezkor va o‘zaro kelishuv asosida hal etishga xizmat qiladi.✅ Bu esa huquq egalari va tadbirkorlar uchun nizolarni ortiqcha vaqt va xarajatlarsiz, murosaga asoslangan tartibda hal etishning yana bir samarali mexanizmini yaratadi.🎥 “IP Mediation” qanday ishlaydi? Batafsil — videoda.🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn
Intellektual mulk yangiliklari
18 Aug, 04:50
“Buxoro sho‘rdanaklari” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi📌 Buxoro sho‘rdanaklari — ko‘p asrlik o‘zbek milliy pazandachilik va dehqonchilik an’analari bilan bog‘liq bo‘lgan, o‘ziga xos ta’mi, sifati va tayyorlash usuli bilan ajralib turadigan an’anaviy mahsulotlardan biridir. Sho‘rdanak tayyorlash madaniyati Buxoro vohasida avloddan-avlodga o‘tib, bugungi kungacha saqlanib kelmoqda.🌿 “Buxoro sho‘rdanaklari”ning o‘ziga xos xususiyatlari hududning tabiiy-iqlim sharoiti, mahalliy xomashyo hamda uni tayyorlashning an’anaviy usullari bilan chambarchas bog‘liq. Tarixan ushbu mahsulot Buxoro vohasida tayyorlanib, turli hududlarga keng tarqalgan.⚖️ “Buxoro sho‘rdanaklari” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani ushbu nomning huquqiy muhofazasini ta’minlaydi.🔒 Natijada: ✅ mahsulotning Buxoro hududiga mansubligi va o‘ziga xos


Intellektual mulk yangiliklari
17 Aug, 13:07edited
#Adliya_xabari⚔️ Muallif huquqini himoya qilish — millat ijodiy salohiyatini himoya qilishdir!✅ Har bir qo‘shiq, she’r, kitob, musiqa yoki boshqa ijodiy asar ortida muallifning mehnati, iste’dodi va intellektual salohiyati turadi. Muallif o‘z asaridan foydalanish va buning uchun haq olish huquqiga ega.📊 2025–2026-yillar davomida: 🔹 300 dan ortiq muallifning huquqlari himoya qilindi;⚖️ Bugungi huquqiy himoya tizimi mashhur ijodkorga ham, xalq artistiga ham, oddiy muallifga ham birdek ishlashi kerak. Chunki asosiy maqsad faqat huquqbuzarni jazolash emas, balki jamiyatda muallif mehnati va huquqlariga hurmat madaniyatini shakllantirishdir.✍️ Muallifning qalamiga hurmat — uning mehnatiga hurmat. Muallif mehnatiga hurmat esa milliy ijod va madaniyatga hurmatdir.🎥 Mualliflik huquqlari qanday himoya qilinmoqda? Batafsil — videoda.
Intellektual mulk yangiliklari
13 Aug, 11:01
#Adliya_xabari📍 Mahsulotning “manzili” ham uning qadrini belgilaydimi?✅Albatta. Chunki ayrim mahsulotlarning sifati va obro‘si aynan u yetishtirilgan hududning tabiati, iqlimi, an’analari va avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan tajribasi bilan chambarchas bog‘liq.❗️ Bunday mahsulot nomlarini geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ularning huquqiy himoyasini ta’minlaydi.✅Xo‘sh, bundan xalqqa nima foyda? ✅ hududga xos mahsulotlarning nomi va obro‘si huquqiy himoyaga olinadi; ✅ mahsulot nomidan noqonuniy foydalanishning oldi olinadi; ✅ mahalliy ishlab chiqaruvchilarning manfaatlari himoya qilinadi; ✅ iste’molchi mahsulotning haqiqiy kelib chiqishi va o‘ziga xos sifatiga ishonch hosil qiladi; ✅ mahalliy mahsulotlarni milliy brendga aylantirish va xalqaro bozorlarga olib chiqish uchun qo‘shimcha
Intellektual mulk yangiliklari
12 Aug, 08:32
forwarded from @adliyangiliklari
Internet orqali xarid qilish tajribasini o‘rganish bo‘yicha SO‘ROVNOMA 🛒📱📣 Hurmatli fuqarolar!Bugungi kunda internet saytlari, mobil ilovalar, internet-do‘konlar hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali tovar va xizmatlar xarid qilish keng tarqalmoqda.Mazkur so‘rovnoma internet orqali xarid qilish tajribasi, iste’molchilar duch kelayotgan muammolar, murojaat qilish amaliyoti hamda fuqarolarning o‘z huquqlarini bilish darajasini o‘rganish maqsadida o‘tkazilmoqda.So‘rovnoma natijalari elektron tijorat sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda foydalaniladi.👉 So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola :🔗 https://forms.gle/hvKsk5s4D2P5kyTTA🔒 So‘rovnoma anonim bo‘lib, olingan ma’lumotlar faqat umumlashtirilgan holda tahlil qilinadi. ❗️Sizning fikringiz biz uchun muhim🙌 Ishtirokingiz uchun rahmat!
1,070Open in Telegram
Intellektual mulk yangiliklari
7 Aug, 12:12
#Intellektual_mulk⚔️ Intellektual mulkni davlat roʻyxatidan oʻtkazish yanada qulay✅ Endilikda tovar belgilari, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa intellektual mulk obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun talabnomalarni Davlat xizmatlari markazlari orqali ham topshirish mumkin.❗️Intellektual mulk — sizning bilimingiz, mehnatingiz va kelajakka qoʻshgan hissangizdir. Uni qonun bilan himoya qiling.🎥 Batafsil maʼlumot — videoda.🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Intellektual mulk yangiliklari
6 Aug, 08:59
forwarded from @adliyangiliklari
#Adliya_xabari⚔️ Intellektual mulk haqidagi tasavvuringizni boyitish uchun tomosha qilishingiz kerak bo‘lgan 5 ta film🔹Intellektual mulk sohasini faqat qonunlar va huquqiy normalar orqali emas, balki real voqealar asosida suratga olingan filmlar orqali ham chuqurroq anglash mumkin.🔸Bunday filmlar ixtiro, mualliflik huquqi, patent, tovar belgisi va innovatsiyalar ortida qanday jarayonlar kechishi, qonunlar amalda qanday ishlashi hamda milliardlab dollarlik g‘oyalar va bizneslar qanday shakllanishini qiziqarli voqealar orqali namoyon etadi.📽 Shu mavzuda "Ko‘rishingiz kerak bo‘lgan 5 ta film" nomli rolik tayyorladik.✅ Videoni tomosha qiling va intellektual mulk olamini yangi nigoh bilan kashf eting!🌐 website 📱 facebook
Intellektual mulk yangiliklari
6 Aug, 07:12
forwarded from @adliyangiliklari
#Adliya_xabari⚔️ Intellektual mulk sohasidagi 10 ta apellatsiya ishi ko‘rib chiqildi✅Adliya vazirligi huzuridagi Apellatsiya kengashining navbatdagi yig‘ilishi Kengash raisi Muzraf Ikramov raisligida bo‘lib o‘tdi.📌 Yig‘ilishda intellektual mulk sohasida vakolatli organ tomonidan qabul qilingan qarorlar ustidan berilgan apellatsiya shikoyatlari va e’tirozlar ko‘rib chiqildi. Xususan, tovar belgilarini huquqiy muhofaza qilish bilan bog‘liq 10 ta ish muhokama qilindi.📊 Ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra: 🔹 6 ta ish yuzasidan Apellatsiya kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi; 🔹 2 ta ish javobgarlarning yig‘ilishda ishtirok eta olmaganligi sababli keyingi muddatga qoldirildi; 🔹 2 ta ish esa qo‘shimcha hujjatlar taqdim etish zarurati bois 1 oydan 3 oygacha muddatga kechiktirildi.⚖️ Ma'lumot uchun:


Intellektual mulk yangiliklari
5 Aug, 11:29
#Adliya_xabari⚔️“VERSAL” belgisi davlat roʻyxatidan oʻtkazildiToshkent shahrida faoliyat yuritayotgan "VERSAL" tantanalar saroyining xizmat ko‘rsatish belgisi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, huquqiy muhofazaga olindi.Tovar va xizmat ko‘rsatish belgisining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi ushbu brendning qonuniy himoyasini ta'minlaydi hamda uning egasiga bir qator muhim afzalliklarni beradi: ✅ tovar va xizmat ko‘rsatish belgisidan mutlaq huquq asosida foydalanish; ✅ boshqa shaxslar tomonidan aynan yoki adashtirish darajasida o‘xshash belgidan noqonuniy foydalanilishining oldini olish; ✅ brend obro‘si va ishbilarmonlik nufuzini huquqiy jihatdan himoya qilish; ✅ iste'molchilar orasida xizmatlarning ishonchliligi va tanib olinuvchanligini oshirish; ✅ franchayzing, litsenziya shartnomalari va boshqa tijorat bitimlarini tuzishda huquqiy



Intellektual mulk yangiliklari
4 Aug, 07:23
forwarded from @adliyangiliklari
#Adliya_xabari⚔️Yuzlab qo‘ng‘iroqlar. Minglab savollar. Bitta maqsad — fuqarolarga huquqiy ko‘mak ko‘rsatish.❗️Adliya vazirligining 1008 ishonch telefoni call-markazi faoliyati bilan tanishing.🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Intellektual mulk yangiliklari
3 Aug, 10:13
forwarded from @adliyangiliklari
#Adliya_xabari⚔️ Korrupsiyaga qarshi kurashish — barchamizning vazifamiz!❗️Pora talab qilish, noqonuniy xatti_harakatlar yoki boshqa korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz, bu haqda darhol xabar bering.📞 Ishonch telefoni: +998 71 207-04-64 (1321, 1322, 1323, 1324) 🤖 Telegram bot: @anticorbot🔒 Murojaat qiluvchining shaxsi va taqdim etilgan ma'lumotlarning maxfiyligi kafolatlanadi.⚔️Halollik va qonun ustuvorligini birgalikda ta'minlaylik!🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
