gram news
ADLIYA YANGILIKLARI channel avatar

ADLIYA YANGILIKLARI

@adliyangiliklari

Adliya vazirligi 🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5 🌐 https://gov.uz/oz/adliya 📞1008 ☎️ (71)-207-04-38 📥 info@adliya.uz 📲 www.facebook.com/minjustuz 📲 www.youtube.com/c/Adliya 📲 www.instagram.com/adliyanews 🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat

ProjectsENLawVerified by Telegram

16,300subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • ADLIYA YANGILIKLARI

    23 Sept, 12:15

    #Adliya_xabari🏭 Andijonda tadbirkorlik subyekti faoliyati o‘rganildi✅ O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri A. Tashkulov Andijon tumanidagi “Maxsus sanoat zonasi”da joylashgan korxonalar faoliyati bilan tanishdi.🔹 Xususan, hududdagi “KVANJIN AUTOSYSTEMS” MChJ faoliyati o‘rganilib, korxonada mavjud muammo va masalalar yuzasidan tadbirkor bilan ochiq muloqot qilindi.📌 Xizmat safari davomida ishlab chiqarish jarayonlari, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar hamda ularning huquqiy muammolariga alohida e’tibor qaratildi.💬 Tadbirkor tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, aniqlangan muammolarni qonunchilik doirasida hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi.⚖️ Tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash va hal etishga ko‘maklashish — adliya organlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
    Image from a post by ADLIYA YANGILIKLARIImage from a post by ADLIYA YANGILIKLARIImage from a post by ADLIYA YANGILIKLARIImage from a post by ADLIYA YANGILIKLARI
  • ADLIYA YANGILIKLARI

    23 Sept, 09:35

    forwarded from @shmirziyoyev

    Davlatimiz rahbari Andijon viloyatida qiymati 9 milliard dollardan ziyod yangi obyektlarni ishga tushirdi va qurilishini boshlab berdi. — Глава нашего государства ввел в строй и дал старт строительству новых объектов в Андижанской области на более чем 9 миллиардов долларов.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
    1,220video41Open in Telegram
  • ADLIYA YANGILIKLARI

    23 Sept, 09:35

    forwarded from @shmirziyoyev

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi doirasida umumiy qiymati 9 milliard 400 million dollar boʻlgan 206 ta loyihani ishga tushirish va qurilishiga start berish marosimida ishtirok etdi. — В рамках поездки в Андижанскую область Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии ввода в строй и начала строительства 206 проектов на общую сумму 9 миллиардов 400 миллионов сумов.#Mirziyoyev #tashrif #Andijon #loyihalarPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
    Image from a post by ADLIYA YANGILIKLARIImage from a post by ADLIYA YANGILIKLARIImage from a post by ADLIYA YANGILIKLARIImage from a post by ADLIYA YANGILIKLARI
    1,04031Open in Telegram
  • ADLIYA YANGILIKLARI

    23 Sept, 07:50

    #Adliya_va_yoshlar #Rahbar_va_yoshlar❗️ Andijon viloyat adliya boshqarmasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.✅ Adliya vaziri A. Tashkulov Andijon viloyat adliya boshqarmasida tizimda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.🔹Uchrashuvda yosh xodimlarning taklif va tashabbuslari tinglandi, xizmat faoliyatida uchrayotgan muammolar muhokama qilindi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.🔹Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yosh xodimlarni yanada faol, tashabbuskor va mas’uliyatli bo‘lishga undadi. Unda yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, kasbiy rivojlanishi hamda faoliyatida yangi tashabbuslarni ilgari surishi yuzasidan fikr almashildi.🔹Adliya tizimida faoliyat yuritayotgan har bir yosh xodim — qonun ustuvorligi, adolat va inson qadrini ta’minlash yo‘lida munosib hissa qo‘shadigan, tizimning kelajakdagi salohiyatini belgilovchi kadrlardir.🌐website 📱facebook 📱instagram 📱linkedIn 📱youtube📱twitter
    Image from a post by ADLIYA YANGILIKLARIImage from a post by ADLIYA YANGILIKLARIImage from a post by ADLIYA YANGILIKLARIImage from a post by ADLIYA YANGILIKLARI
    1,98016331Open in Telegram
  • ADLIYA YANGILIKLARI

    22 Sept, 16:08

    #Adliya_xabari❗️Andijonda to‘lovga qobiliyatsiz deb e’tirof etilgan korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish holati tahlil qilindi.✅ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari, To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori N. Muxammadiyev tomonidan Andijon viloyatiga xizmat safari doirasida Andijonda to‘lovga qobiliyatsiz deb e’tirof etilgan korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish holati tahlil qilindi.🔹 Xususan, Paxtaobod tumanidagi “MEGA ZIROAT” MChJ, Xonobod shahridagi “WATER LIFE MINERAL” MChJ hamda boshqa to‘lovga qobiliyatsiz deb e’tirof etilgan korxonalarning faoliyati o‘rganildi.O‘rganish davomida korxonalarning moliyaviy holati, mavjud qarzdorliklarni bartaraf etish, ishlab chiqarish faoliyatini qayta tiklash hamda to‘lov qobiliyatini tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.Mas’ullarga korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish,
    Image from a post by ADLIYA YANGILIKLARIImage from a post by ADLIYA YANGILIKLARIImage from a post by ADLIYA YANGILIKLARIImage from a post by ADLIYA YANGILIKLARI
    1,25062Open in Telegram
  • ADLIYA YANGILIKLARI

    22 Sept, 14:49

    🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
    Image from a post by ADLIYA YANGILIKLARIImage from a post by ADLIYA YANGILIKLARIImage from a post by ADLIYA YANGILIKLARIImage from a post by ADLIYA YANGILIKLARI
    1,58033Open in Telegram
  • ADLIYA YANGILIKLARI

    22 Sept, 14:20

    #Adliya_xabariTDYUda Turkiya Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdiBugun 22-sentyabr kuni, Toshkent davlat yuridik universitetida Turkiya Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari Burak Djeyxan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Unda TDYU rektori B. Xodjayev, universitet rahbariyati va mas’ul xodimlari, shuningdek, Turkiya Respublikasi Adliya vazirligi hamda Prezident Administratsiyasining yuqori lavozimli vakillari ishtirok etdi.Uchrashuvda O‘zbekistonda yuridik ta’lim va ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, ta’lim sifatini oshirish, amaliyotga yo‘naltirilgan va dual ta’lim tizimini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.Shuningdek, tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan qator takliflar ilgari
    Image from a post by ADLIYA YANGILIKLARIImage from a post by ADLIYA YANGILIKLARIImage from a post by ADLIYA YANGILIKLARIImage from a post by ADLIYA YANGILIKLARI
  • ADLIYA YANGILIKLARI

    22 Sept, 14:01

    #Adliya_xabari❗️Paxtaobod tumanida adliya tizimi faoliyati o‘rganildi📍 O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiyevning Andijon viloyatiga xizmat safari davomida Paxtaobod tuman adliya bo‘limi va uning tuzilmalari faoliyati o‘rganildi.🔹 Xizmat safari davomida Davlat xizmatlari markazi, FHDY bo‘limi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi hamda adliya bo‘limida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va tezkorligi, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.🔹 Kompozit davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlari ham alohida tahlil qilinib, fuqarolarga yanada qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi.📌 Oʻrganish yakunida mas’ullarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
    Image from a post by ADLIYA YANGILIKLARIImage from a post by ADLIYA YANGILIKLARIImage from a post by ADLIYA YANGILIKLARIImage from a post by ADLIYA YANGILIKLARI
    1,690631Open in Telegram
  • ADLIYA YANGILIKLARI

    22 Sept, 13:29

    #Xalqaro_hamkorlik Turkiya delegatsiyasi “Adolat” milliy huquqiy axborot markaziga tashrif buyurdi Bugun, 22-sentyabr kuni Turkiya Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Burak Jeyhan boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi
    1,330video421Open in Telegram
  • ADLIYA YANGILIKLARI

    22 Sept, 13:25

    #Xalqaro_hamkorlikTurkiya delegatsiyasi “Adolat” milliy huquqiy axborot markaziga tashrif buyurdiBugun, 22-sentyabr kuni Turkiya Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Burak Jeyhan boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markaziga tashrif buyurdi.Uchrashuv davomida delegatsiya a’zolariga Markazning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, huquqiy axborotni aholiga tezkor va qulay shaklda yetkazish, qonunchilik hujjatlarini rasmiy e’lon qilish, sohani raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.Shuningdek, turk tomoniga Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi - Lex.uz, sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan “LexAI” platformasi hamda o‘z-o‘ziga yuridik xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan “Yurxizmat.uz” axborot tizimining imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.Tadb
    Image from a post by ADLIYA YANGILIKLARIImage from a post by ADLIYA YANGILIKLARIImage from a post by ADLIYA YANGILIKLARIImage from a post by ADLIYA YANGILIKLARI
    1,760442Open in Telegram
  • ADLIYA YANGILIKLARI

    22 Sept, 13:23

    #Jarayon
    1,300video211Open in Telegram
  • ADLIYA YANGILIKLARI

    22 Sept, 12:27

    #Adliya_xabari🇺🇿🇹🇷O‘zbekiston va Turkiya adliya vazirliklari o‘rtasida huquqiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi✔️Bugun, 22-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulov Turkiya adliya vaziri o‘rinbosari Burak Djeyxan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.📌Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi huquqiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, mediatsiya, nizolarni muqobil hal etish (ADR), advokatura, davlat hisobidan yuridik yordam va yuridik kadrlar malakasini oshirish yo‘nalishlarida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.❗️Shuningdek, O‘zbekistonda mediatsiya institutini rivojlantirish, ADR tizimini raqamlashtirish va sohada ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar Turkiya delegatsiyasi tomonidan e’tirof etildi.Kelgusida ikki mamlakat mutaxassislari o‘rtasida muntazam ekspert muloqotlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma seminarlar, o‘quv dasturlari va tajriba almashuvlarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi.🇺🇿Maqsad — O‘zbekistonda huquqiy hamkorlikni yanada kengaytirish, mediatsiya va nizolarni muqobil hal etish mexanizmlarini rivojlantirish hamda ilg‘or tajribani amaliyotga joriy etish.🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
    Image from a post by ADLIYA YANGILIKLARIImage from a post by ADLIYA YANGILIKLARIImage from a post by ADLIYA YANGILIKLARIImage from a post by ADLIYA YANGILIKLARI
    501311Open in Telegram
  • ADLIYA YANGILIKLARI

    22 Sept, 11:11

    #Adliya_xabari🎬 “MATONAT MALIKASI” — HAYOT VA MATONAT TIMSOLIToshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Namangan akademik litseyga atoqli huquqshunos, fidoyi ustoz va jamoat arbobi Halima Muhitdinovaning nomi berildi. H.K.Muhitdinovaning xotirasini abadiylashtirish maqsadida akademik litseyda olimaning byusti o'rnatildi hamda muzeyi tashkil etildi.Shu bilan birga atoqli huquqshunosning ibratli hayoti va sermazmun faoliyatiga bag‘ishlangan “Matonat malikasi” nomli hujjatli film yaratildi.Mazkur filmda Halima Muhitdinovaning huquqshunoslik sohasidagi ko‘p yillik faoliyati, ilm-ma’rifat va ta’lim rivojiga qo‘shgan hissasi, hayot yo‘li hamda el-yurt oldidagi xizmatlari aks ettirilgan.🎞 “Matonat malikasi” — nafaqat bir insonning hayot yo‘li, balki o‘z kasbiga sadoqat, ilmga fidoyilik, matonat va Vatanga xizmat qilishning yorqin namunasi haqida hikoya qiluvchi hujjatli asardir.🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
    Image from a post by ADLIYA YANGILIKLARIImage from a post by ADLIYA YANGILIKLARIImage from a post by ADLIYA YANGILIKLARIImage from a post by ADLIYA YANGILIKLARI
    2,380video42Open in Telegram
  • ADLIYA YANGILIKLARI

    22 Sept, 07:50

    🚶‍♂️ 22-sentabr — Xalqaro avtomobilsiz harakatlanish kuni🌱 Bugun butun dunyoda ekologik toza transport vositalaridan foydalanish, piyoda yurish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan Xalqaro avtomobilsiz harakatlanish kuni nishonlanmoqda.🚲 Mazkur sana munosabati bilan mamlakatimizda ham turli targ‘ibot va sport tadbirlari tashkil etildi.⚖️ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xodimlari ham ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, tadbirlarda faol ishtirok etdi.🌿 Bunday tashabbuslar sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.#XalqaroAvtomobilsizHarakatlanishKuni #Adliya #Ekologiya #SoglomTurmushTarzi #22Sentabr🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
    2,770video74Open in Telegram
  • ADLIYA YANGILIKLARI

    22 Sept, 07:16edited

    #Adliya_xabari🇺🇿🤝🇨🇳 XALQARO HAMKORLIK — HUQUQIY TARAQQIYOTNING MUHIM OMILIToshkent viloyati adliya boshqarmasida Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Adliya departamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish, shuningdek, advokatura institutining investorlarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi o‘rni yuzasidan fikr almashildi.📌 Ta’kidlanganidek, bugungi kunda Toshkent viloyatida Xitoy Xalq Respublikasi ishtirokidagi 1 500 ga yaqin korxona savdo, sanoat, xizmat ko‘rsatish, qurilish va qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda faoliyat yuritmoqda.⚖️ Muloqotda investorlarga malakali yuridik yordam ko‘rsatish, shartnomaviy munosabatlarni huquqiy jihatdan mustahkamlash, ularning huquqlarini sud va arbitraj jarayonlarida himoya qilishda advokaturaning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tib, tomonlar huquqiy sohada o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirish va tajriba almashishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.🤝 Muloqot yakunida kelgusidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishib olindi.🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
    Image from a post by ADLIYA YANGILIKLARIImage from a post by ADLIYA YANGILIKLARIImage from a post by ADLIYA YANGILIKLARIImage from a post by ADLIYA YANGILIKLARI
    2,25031Open in Telegram