gram news
adtiuz_rasmiy channel avatar

adtiuz_rasmiy

@adtiuz_rasmiy

🏛 Andijon davlat tibbiyot instituti ®️ 1955-yilda asos solingan. 📍 Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy 📲 Telefon: (0-374) 223-94-60 ⌨️ Murojaat uchun: @adti_murojaat_portali_bot

ProjectsENHealth

11,100subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • adtiuz_rasmiy

    22 Sept, 15:37

    #tabrikYaqinlashib kelayotgan 1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Davolash fakultetining 134-guruh talabalari tomonidan aziz ustozlarimizga samimiy tilaklar yo‘llandi.Ustozlarga bo‘lgan cheksiz hurmat, ehtirom va minnatdorchiligimiz ifodalangan ushbu videorolikni e’tiboringizga havola etamiz.
  • adtiuz_rasmiy

    22 Sept, 14:27

    forwarded from @sharq24uz

    Халқаро илмий ҳамкорлик: Андижон тиббиёт институтида Россиялик олимлар билан учрашувАндижон давлат тиббиёт институтида Россиянинг В.А. Алмазов номидаги Миллий тиббий тадқиқот маркази вакиллари билан илмий-амалий учрашув ўтказилди.Тадбирда тиббиёт фанлари номзодлари, доцентлар Ирина Машченко ва Мария Шатохина иштирок этиб, институт ректори М. Мадазимов билан илмий, таълимий ҳамда амалий ҳамкорликни янада ривожлантириш масалаларини муҳокама қилди.Ташриф доирасида хорижлик мутахассислар Тиббий радиология кафедрасининг фаолияти, ўқув жараёни ва илмий-тадқиқот ишлари билан танишди. Шунингдек, клиник ординаторлар ва магистрантлар учун «МРТ: Клиник таҳлил қилиш» мавзусида очиқ маъруза ташкил этилди.Маъруза давомида замонавий МРТ диагностикаси имкониятлари ва мураккаб клиник ҳолатларни таҳлил қилиш усуллари бўйича илғор тажрибалар тақдим этилди. Якунда иштирокчилар ўзларини қизиқтирган
    Image from a post by adtiuz_rasmiyImage from a post by adtiuz_rasmiyImage from a post by adtiuz_rasmiyImage from a post by adtiuz_rasmiy
  • adtiuz_rasmiy

    22 Sept, 13:36

    Talabalar turar joyida profilaktik suhbat o‘tkazildiAndijon davlat tibbiyot institutining profilaktika inspektori G.Abduvohidova hamda Stomatologiya fakulteti tyutorlari ishtirokida talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan qiz talabalar bilan profilaktik suhbat tashkil etildi.Suhbatdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalar turar joyida ichki tartib-qoidalarga rioya etilishini ta’minlash, talabalarning huquq va majburiyatlari haqida tushuncha berish hamda ularning xavfsiz va osoyishta yashashlari uchun zarur tavsiyalarni yetkazishdan iborat bo‘ldi.Muloqot davomida talabalar turar joyining ichki tartib-qoidalari, kun tartibiga amal qilish, xonalarni ozoda va sarishta saqlash, umumiy foydalanish joylaridan to‘g‘ri foydalanish, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash hamda belgilangan talablarga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
    Image from a post by adtiuz_rasmiyImage from a post by adtiuz_rasmiyImage from a post by adtiuz_rasmiyImage from a post by adtiuz_rasmiy
  • adtiuz_rasmiy

    22 Sept, 13:35

    forwarded from @eduuz

    😚😋😛😝🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish – har birimizning burchimizdir” shiori asosida oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari hamda ularning ota-onalari o‘rtasida anonim so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.✅ Barchangizdan befarq bo‘lmagan holda, ushbu so‘rovnomada faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz.➡️ So‘rovnomada ishtirok etish⬅️Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
    Image from a post by adtiuz_rasmiyImage from a post by adtiuz_rasmiy
  • adtiuz_rasmiy

    22 Sept, 09:39

    TALABA XAVFSIZLIGI — MUHIM VAZIFA!15-sentabrdan 15-oktabrgacha davom etayotgan “Talaba xavfsizligi” oyligi doirasida Stomatologiya fakulteti tyutorlari hamda 1-kurs talabalari ishtirokida “Odam savdosining oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Tadbir davomida odam savdosining kelib chiqish sabablari, uning oldini olish choralari, firibgarlik va noqonuniy yollash holatlaridan himoyalanish, shuningdek, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Talabalarga shubhali takliflarga tanqidiy yondashish, shaxsiy ma’lumotlarni begona shaxslarga bermaslik, ish yoki o‘qish bilan bog‘liq takliflarning qonuniyligini tekshirish hamda xavfli vaziyatlarda tegishli mutasaddi tashkilotlarga murojaat qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
    Image from a post by adtiuz_rasmiyImage from a post by adtiuz_rasmiyImage from a post by adtiuz_rasmiyImage from a post by adtiuz_rasmiy
  • adtiuz_rasmiy

    22 Sept, 06:39

    forwarded from @eduuz

    #Qonunchilik_yangiliklariPedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladiHukumatning 2026-yil 17-sentyabrdagi 501-son qarori bilan pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi.👉 Matnli o‘qish: https://gov.uz/edu/news/view/222430Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
  • adtiuz_rasmiy

    22 Sept, 04:44

    XALQARO ILMIY HAMKORLIK YANADA MUSTAHKAMLANMOQDARossiya Federatsiyasining yetakchi tibbiyot ilmiy markazlaridan biri — V.A.Almazov nomidagi Milliy tibbiy tadqiqot markazi" vakillari, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Irina Aleksandrovna Mashchenko hamda tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Mariya Gennadyevna Shatoxina Andijon davlat tibbiyot institutiga keldi.Mehmonlar institut rektori M.Madazimov bilan uchrashib, ikki muassasa o‘rtasidagi ilmiy, ta’limiy va amaliy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.Tadbir davomida rossiyalik olimlar Tibbiy radiologiya kafedrasi faoliyati, o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot salohiyati hamda zamonaviy nur tashxisi imkoniyatlari bilan tanishdi.Shuningdek, klinik ordinatorlar va magistrantlar uchun «MRT: Klinik tahlil qilish» mavzusida ochiq ma’ruza tashkil etildi. Unda MRT diagnostikasining zamonaviy imkoniyatlari, murakkab klinik holatlarni tahlil
    Image from a post by adtiuz_rasmiyImage from a post by adtiuz_rasmiyImage from a post by adtiuz_rasmiyImage from a post by adtiuz_rasmiy
  • adtiuz_rasmiy

    22 Sept, 04:18

    forwarded from @eduuz

    #XalqaroAvtomobilsizKun22-sentyabr — “Xalqaro avtomobilsiz kun”22-sentyabr – Butunjahon avtomobilsiz kun munosabati bilan barchani bir kunga avtomobildan voz kechib, piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transporti kabi “yashil” transport vositalaridan foydalanishga chaqiramiz.Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/222389👉 На русском 👉 In EnglishFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • adtiuz_rasmiy

    22 Sept, 04:16

    Obodlik sari birgalikda!Mahalla — mehr-oqibat, hamjihatlik va birdamlik qadriyatlari mujassam bo‘lgan maskan. Uning obodligi esa har birimizning sa’y-harakatimizdan boshlanadi.Shu ezgu maqsad yo‘lida Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan Andijon shahridagi “Sholdirama” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bunyodkorlik va obodonlashtirish hashari tashkil etildi.Hashar davomida institut jamoasi vakillari mahalla hududini tozalash, atrof-muhitni obodonlashtirish hamda mavjud hududlarni tartibga keltirish ishlarida faol ishtirok etdi.
    Image from a post by adtiuz_rasmiyImage from a post by adtiuz_rasmiyImage from a post by adtiuz_rasmiyImage from a post by adtiuz_rasmiy
  • adtiuz_rasmiy

    22 Sept, 03:57

    forwarded from @sportlashamiz

    🔊Oliy ta'lim talabalari diqqatiga...📆Sentabr oyidan "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sport musobaqalariga #start berilmoqda.💪Siz ham ushbu sport musobaqalarida ishtirok etmoqchimisiz? Unda 5tashabbus.uz saytidan yoshingizga mos sport musobaqasidan ro'yxatdan o'ting va olimpiadamizda ishtirok eting.🤔Ro'yxatdan qanday o'taman deysizmi? Biz sizni qiynalmasligingiz uchun, ro'yxatdan o'tish videoqo'llanmasini yaratdik.🎥Mazkur videoda ro'yxatdan o'tish ketma-ketligi bilan batafsil tanishishingiz mumkin.Aynan mazkur kanalda barcha yangiliklar berib boriladi, ushbu kanalga obuna bo’lib barcha yangiliklardan birinchilardan bo’lib xabardor bo’ling.🇺🇿 Sportlashamiz - “Tezroq, balandroq-birgalikda”
  • adtiuz_rasmiy

    21 Sept, 17:53

    Andijon davlat tibbiyot institutida — dual ta’limAndijon davlat tibbiyot institutida ta’lim jarayonlari dual ta’lim tizimi asosida tashkil etilib, talabalar nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirgan holda egallamoqda.🩺 Dual ta’lim orqali talabalar: 🔹 auditoriyada nazariy bilimlarni o‘zlashtiradi; 🔹 klinik va amaliy mashg‘ulotlarda olgan bilimlarini mustahkamlaydi; 🔹 real tibbiy jarayonlarda ishtirok etib, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantiradi; 🔹 kelgusidagi mustaqil faoliyatga amaliy jihatdan tayyorlanadi.
  • adtiuz_rasmiy

    21 Sept, 17:44

    ADTI bitiruvchilari Qoraqalpog‘istondaMehmonlarni Kegeyli tumani hokimi o‘rinbosari Aydos Toremuratov, tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Xojambergenova Guljaxan hamda Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Seytjanov Aral kutib olib, tashrif davomida hamrohlik qildilar.Tashrif doirasida yoshlar Kegeyli tumanida bo‘lib, yaqinda davlatimiz rahbari tashrifi davomida e’tibor qaratilgan zamonaviy loyihalar bilan tanishdilar.Shundan soʻng talabalar tuman tibbiyot birlashmasida boʻlishdi va tuman hokimi bilan suhbatlashishdi.Jarayonlar batafsil videolavhada
  • adtiuz_rasmiy

    21 Sept, 17:35edited

    “YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!”Ana shu ezgu g‘oya ostida Andijon shahridagi Ekopark hududida Andijon davlat tibbiyot instituti talaba-yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Jarayondan videolavha
  • adtiuz_rasmiy

    21 Sept, 15:50

    “YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!”Ana shu ezgu g‘oya ostida Andijon shahridagi Ekopark hududida Andijon davlat tibbiyot instituti talaba-yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda yoshlarni ezgu tashabbus va bunyodkorlik g‘oyalari atrofida birlashtirishdan iborat bo‘ldi.Tadbir davomida talabalar oʻzlarini sheʼriy chiqishlari, musiqiy ijodlari va shaxmat-shashkada musobaqalarida bellashdi.G‘olib bo'lgan talabalarga institut rektorining tashakkurnomasi topshirildi.
    Image from a post by adtiuz_rasmiyImage from a post by adtiuz_rasmiyImage from a post by adtiuz_rasmiyImage from a post by adtiuz_rasmiy
  • adtiuz_rasmiy

    21 Sept, 15:45

    “YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!”Ana shu ezgu g‘oya ostida Andijon shahridagi Ekopark hududida Andijon davlat tibbiyot instituti talaba-yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda yoshlarni ezgu tashabbus va bunyodkorlik g‘oyalari atrofida birlashtirishdan iborat bo‘ldi.Tadbir davomida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor G.Xolmatova so‘zga chiqib, talaba-yoshlarni bo‘sh vaqtlarini unumli va mazmunli o‘tkazishga, turli ma’naviy-ma’rifiy hamda madaniy tadbirlarda faol ishtirok etishga chorladi.Dilrabo kuy-qo‘shiqlar, ko‘tarinki kayfiyat va samimiy muloqotlar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.Tadbir yakunida turli yo‘nalishlarda
    Image from a post by adtiuz_rasmiyImage from a post by adtiuz_rasmiyImage from a post by adtiuz_rasmiyImage from a post by adtiuz_rasmiy
  • adtiuz_rasmiy

    11 Sept, 13:03

    Xorijlik talabalar bilan ochiq muloqotAndijon davlat tibbiyot instituti rektori Madamin Madazimov talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan xorijlik talabalar bilan uchrashib, ularning yashash sharoiti, ta’lim jarayoni va kundalik hayoti bilan yaqindan tanishdi.Samimiy va ochiq muloqot davomida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xususan, yotoqxonalardagi qulayliklar, maishiy xizmatlar, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, sport va madaniy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatlari haqida fikr almashildi.Rektor talabalar bilan suhbat davomida ularning o‘qish jarayoni, institutdagi faoliyati hamda duch kelayotgan muammo va takliflari bilan qiziqdi. Xorijlik talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar.Muloqotda talabalar uchun ta’lim olish va yashash uchun qulay muhit yaratish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda zarur masalalarni amaliy hal etish muhimligi ta’kidlandi.
    Image from a post by adtiuz_rasmiyImage from a post by adtiuz_rasmiyImage from a post by adtiuz_rasmiyImage from a post by adtiuz_rasmiy
  • adtiuz_rasmiy

    11 Sept, 10:57

    Sog‘lom turmush tarzi — salomatlik garoviAndijon davlat tibbiyot instituti tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy-profilaktik xizmatlar sifatini o‘rganish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda amaliyot jarayonlarini tahlil etish maqsadida Izboskan va Bo‘ston tumanlarida o‘rganish ishlari olib borildi.❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇🌎sayt | ✈️Telegram |📷Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤Twitter
  • adtiuz_rasmiy

    11 Sept, 10:57

    Sog‘lom hayot sari bir qadam!Andijon davlat tibbiyot institutida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda zararli odatlardan yiroq bo‘lishga chorlash maqsadida “Chekmasdan talabalik gashtini sur!” shiori ostida sport tadbirlari tashkil etildi.Tadbirlar davomida talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazib, sportning shaxmat, shashka va stol tennisi kabi turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi.Ayniqsa, shaxmat va shashka bahslarida talabalar o‘zlarining mantiqiy fikrlashi, tezkor qaror qabul qilishi va strategik yondashuvini namoyon etgan bo‘lsa, stol tennisi musobaqalarida chaqqonlik, epchillik va jismoniy faollik ustunlik qildi.Sport tadbirlari nafaqat sog‘lom raqobat muhitini yaratdi, balki talabalar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, jamoaviylik va faol hayot tarzini shakllantirishga ham xizmat qildi.Tadbir davomida yoshlar bilan sog‘lom turmush tarzining afzalliklari, chekish va boshqa zararli odatlarning inson salomatligiga salbiy ta’siri haqida tushuntirish ishlari ham olib borildi.❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇🌎sayt | ✈️Telegram |📷Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤Twitter
    Image from a post by adtiuz_rasmiyImage from a post by adtiuz_rasmiyImage from a post by adtiuz_rasmiyImage from a post by adtiuz_rasmiy
  • adtiuz_rasmiy

    11 Sept, 10:24

    forwarded from @vodiy1uzofficial

    #диққат 🟣Андижон давлат тиббиёт институти профессор ўқитувчилари томонидан аҳоли ўртасида тўғри овқатланиш, соғлом турмуш тарзи тарғиб қилинмоқдаАндижон давлат тиббиёт институти томонидан аҳоли ўртасида соғлом турмуш тарзини кенг тарғиб қилишга қаратилган тарғибот тадбирлари вилоятимизнинг 17 та шаҳар ва туманида ўтказилмоқда.Тадбирлар давомида аҳолига тўғри овқатланиш, жисмоний фаолликни ошириш, зарарли одатлардан воз кечиш ҳамда профилактик тиббий кўрикларда мунтазам иштирок этишнинг аҳамияти тушунтирилмоқда.Шунингдек, соғлом турмуш тарзига оид тавсиялар берилиб, тарғибот материаллари тарқатилмоқда. Жараёнларда институт профессор-ўқитувчилари, талабалари ва волонтёр ёшлар фаол иштирок этмоқда.👉 Vodiy1.uzга уланиш учун https://t.me/Vodiy1uzofficial. Водийнинг 1- рақамли каналига аъзо бўлинг
  • adtiuz_rasmiy

    11 Sept, 10:24

    Sog‘lom turmush tarzi — salomatlik garoviAndijon davlat tibbiyot instituti tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy-profilaktik xizmatlar sifatini o‘rganish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda amaliyot jarayonlarini tahlil etish maqsadida Izboskan va Bo‘ston tumanlarida o‘rganish ishlari olib borildi.Tadbir davomida institutning Davolash (amaliyot) ishlari bo‘yicha prorektori B.Mirzakarimov mazkur hududlardagi tibbiyot muassasalarida amaliyot o‘tayotgan bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashdi.Samimiy muloqot davomida talabalarning amaliyot jarayonida olayotgan bilim va ko‘nikmalari, kasbiy tayyorgarligi, bemorlar bilan ishlash tajribasi hamda kelgusidagi faoliyatiga tayyorgarlik darajasi haqida fikr almashildi.Uchrashuvda bo‘lajak shifokorlarga o‘z mutaxassisligi bo‘yicha nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, klinik ko‘nikmalarni muntazam takomillashtirish, bemorlar bilan xushmuomalalik va mas’uliyat asosida muloqot qilish, tibbiyot kasbining yuksak sharafi va mas’uliyatini chuqur his etish zarurligi alohida ta’kidlandi.Talabalar ham o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar berib, amaliyot jarayonida uchrayotgan holatlar, mavjud imkoniyatlar va takliflari bilan o‘rtoqlashdilar. Bildirilgan fikr va takliflar yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.Tadbir doirasida aholining tibbiy madaniyatini oshirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari ham tashkil etildi.Tadbirlar davomida aholiga to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollikni oshirish, zararli odatlardan voz kechish, kasalliklarning oldini olish va muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qiluvchi ko‘rgazmali materiallar tarqatildi.Mazkur jarayonlarda institut professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda faol volontyor yoshlarning ishtiroki tadbirlarning mazmunli va samarali o‘tishiga xizmat qildi.❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇🌎sayt | ✈️Telegram |📷Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤Twitter
    Image from a post by adtiuz_rasmiyImage from a post by adtiuz_rasmiyImage from a post by adtiuz_rasmiyImage from a post by adtiuz_rasmiy