Latest posts

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi | Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat
7 Sept, 14:45
forwarded from @piimauz
🇺🇿 “KELAJAK SOATI” — MUSTAQILLIK SABOQLARI🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda “Kelajak soati” mashg‘ulotlari davom etmoqda. Navbatdagi mashg‘ulotlar o‘quvchilarda Vatanga daxldorlik tuyg‘usini, milliy qadriyatlarga hurmatni va fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlashga qaratildi.✔️ 5–8-sinf o‘quvchilari “Mustaqillik yillari yutuqlari” mavzusida oila a’zolari bilan suhbatlashib, bildirilgan fikr va xulosalarni maktabdagi mashg‘ulotlarda muhokama qilmoqda.✔️ 9–11-sinf o‘quvchilari esa “Mening oilam — Vatanimning bir bo‘lagi” mavzusida o‘z oilasi davrasida fikr almashib, olingan xulosalarni sinfdoshlari bilan tahlil qilmoqda.Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi | Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat
1 Sept, 17:43
forwarded from @uzedu
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrigiAziz farzandlarim! Qadrli ustoz va murabbiylar! Hurmatli ota-onalar!Barchangizni Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ bayramiga uyg‘un va hamohang holda o‘tayotgan Bilimlar kuni bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman.Ushbu quvonchli ayyomda beg‘ubor nigohlarida hayrat va hayajon uchqunlari porlab, katta orzu-intilishlar bilan maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan 800 ming nafarga yaqin o‘g‘il-qizlarimizga, ota-onalar va pedagoglar jamoatchiligiga o‘zimning ezgu tilaklarimni bildiraman.Yangi o‘quv yili mamlakatimizning butun ta’lim tizimida, maktab, litsey, texnikum va oliygohlarimiz hayotida yangi ma’rifiy yuksalish yili bo‘lsin!Hurmatli bayram ishtirokchilari!Keyingi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirayotgan keng ko‘lamli
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi | Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat
24 Aug, 06:51
forwarded from @piimauz
#YagonaVatan35 #BirBayroqBirYurak #Mustaqillik35🇺🇿 YAGONA VATAN — YAGONA XALQ — YAGONA KELAJAK!🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim maskanlarida bayramona ruhni aks ettiruvchi ko‘rgazmali axborot lavhalari va raqamli axborot panellari o‘rnatilmoqda.🖌 Yangi 2026/2027-o‘quv yili arafasida amalga oshirilayotgan mazkur tashabbuslar ta’lim muassasalarida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va istiqlol qadriyatlarini yanada keng targ‘ib etish, yosh avlod qalbida ona yurt taqdiriga daxldorlik, birlik va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.🇺🇿Zero,
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi | Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat
23 Aug, 10:02
forwarded from @piimauz
#Mustaqillik_menga_nima_berdi🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida ijodiy chellenji davom etmoqda.🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi Kumush Mamadaliyeva Vatan haqidagi samimiy fikrlari, she’rlari va ezgu tilaklari bilan chellenjda ishtirok etmoqda.Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi | Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat
21 Aug, 10:14
forwarded from @piimauz
#Mustaqillik35🇺🇿 Yagona Vatan — yagona xalq — yagona kelajak!🌿 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan e’lon qilingan “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman” ijodiy chellenji davom etmoqda.🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Guliston shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari ham ushbu chellenjda faol ishtirok etib, tayyorlagan videoroliklari orqali Vatanga muhabbat, istiqloldan faxr, Mustaqillik bergan imkoniyatlarga shukronalik hamda Yangi O‘zbekiston kelajagiga bo‘lgan ishonchlarini ifoda etmoqda.Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Dire
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi | Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat
21 Aug, 07:30
forwarded from @piimauz
#Mustaqillik35🇺🇿 Yagona Vatan — yagona xalq — yagona kelajak!🎙 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqovaning “Farg‘ona” she’rini Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi bitiruvchisi Gulyora Hoshimjonova ijro etadi.She’r satrlarida ona yurtga mehr, uning betakror tarovati va Vatan bilan faxrlanish tuyg‘ulari tarannum etiladi.Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi | Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat
20 Aug, 10:21
forwarded from @piimauz
#Mustaqillik35👍 Mustaqillik bayramiga samimiy tilaklar!🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida nishonlanayotgan Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan yurtimizga samimiy tilaklar yangramoqda.🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida faoliyat yuritayotgan koreyalik o‘qituvchi Park Eunbin ham O‘zbekiston xalqini ushbu qutlug‘ ayyom bilan muborakbod etib, yurtimizga tinchlik, farovonlik va taraqqiyot tiladi.Turli millat va madaniyat vakillarini birlashtirayotgan samimiy do‘stlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik — Yangi O‘zbekistonning muhim qadriyatlaridan biridir.Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi | Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat
19 Aug, 14:10
forwarded from @piimauz
🌱 “Smart Dala” — qishloq xo‘jaligi uchun innovatsion yechim!🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Al-Xorazmiy universiteti talabalari sun’iy intellekt (AI), dronlar va IoT texnologiyalarini yagona tizimga birlashtirgan “Smart Dala” loyihasini ishlab chiqishdi.Loyiha paxta yetishtirish jarayonida kasallik va zararkunandalarni erta aniqlash, hosilni asrash hamda fermerlarga tezkor ma’lumot va amaliy ko‘mak taqdim etishga qaratilgan.“Smart Dala” — zamonaviy texnologiyalarni qishloq xo‘jaligiga tatbiq etish orqali real muammolarga innovatsion yechim taklif etayotgan yoshlarimizning istiqbolli loyihalaridan biridir.Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi | Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat
18 Aug, 10:26
forwarded from @piimauz
#YagonaVatan35🇺🇿 Yagona Vatan — yagona xalq — yagona kelajak!🌿 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqovaning “Istiqlol muborak” she’rini Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 10-“D” sinf o‘quvchisi Odinaxon Nishonova ijro etadi.🇺🇿 Istiqlolimiz abadiy, Vatanimiz tinch, kelajagimiz porloq bo‘lsin!Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi | Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat
17 Aug, 05:04
forwarded from @piimauz
#Mustaqillik35🇺🇿 Yagona Vatan — yagona xalq — yagona kelajak!🎙 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning “Seningdirman” she’rini Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi bitiruvchisi Husnirabonu Sobirova ijro etadi.🇺🇿 Istiqlolimiz abadiy, Vatanimiz tinch, kelajagimiz porloq bo‘lsin!Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi | Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat
16 Aug, 16:12
forwarded from @piimauz
#YagonaVatan35🇺🇿 Mustaqillik menga nima berdi?Mustaqillik — shunchaki tarixiy sana emas. U bizga erkin orzu qilish, sifatli ta’lim olish, iste’dodimizni namoyon etish va Vatanimiz ravnaqi uchun o‘z hissamizni qo‘shish imkonini berdi.✨Bugungi avlod ana shunday keng imkoniyatlar zamonida ulg‘aymoqda. Har bir yutuq, har bir yangi g‘oya va ezgu maqsad — Mustaqillik bergan imkoniyatlarning yorqin ifodasidir.Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi | Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat
14 Aug, 05:11
forwarded from @piimauz
#YagonaVatan35🇺🇿35 yil — ulkan marralar sari yo‘l!Mustaqillik — xalqimizning eng katta boyligi, yoshlarimizning ezgu orzulari va katta imkoniyatlari manbai.🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi jamoasi “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘z yutuq va muvaffaqiyatlarini Mustaqillikning 35 yillik shonli tarixi bilan bog‘laydi.Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi | Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat
14 Aug, 05:11
forwarded from @otabek_khasanov
#31_sonHurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.#uzb35 #mustaqillik35 🌍Biz bilan kuzatib boring!🕊Telegram | 📸Instagram
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi | Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat
12 Aug, 13:14
forwarded from @piimauz
#YagonaVatan35🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman” ijodiy chellenji e’lon qilinadi.Chellenj quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi:✅ #YagonaVatan35 chellenji — o‘quvchilarning Vatan haqidagi fikrlari, tabriklari va ezgu tilaklari;✅ “Mustaqillik menga nima berdi?” mavzusida 30–60 soniyalik videorolik;✅ “Bir bayroq – bir yurak” fleshmobi;✅ O‘quvchilar ijrosida Vatan haqidagi she’r yoki vatanparvarlik qo‘shig‘i;✅ Mustaqillik aks etgan binolar va manzillarda rasmga tushish;1,110Open in Telegram
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi | Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat
4 Aug, 10:06
forwarded from @piimauz
🐾 Mehr-oqibat va mas’uliyat — barkamol avlod tarbiyasining muhim mezoni🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni yuksak ma’naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda tabiatga, atrof-muhitga hamda barcha tirik mavjudotlarga nisbatan mehr-oqibat, mas’uliyat va g‘amxo‘rlik tuyg‘ularini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.Shu maqsadda mamlakatimizda ham hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatning oldini olish va insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlash borasida muhim huquqiy choralar ko‘rilmoqda.Joriy yilning 28-iyunidan boshlab hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgan shaxslarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonunchilik normalari kuchga kirdi.Endilikda bunday huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jarimalar miqdori
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi | Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat
3 Aug, 14:15
forwarded from @piimauz
🐾 Mehr-oqibat va mas’uliyat — barkamol avlod tarbiyasining muhim mezoniJoriy yilning 28-iyunidan boshlab hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan shaxslarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonunchilik normalari kuchga kirdi.Endilikda bunday huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jarimalar miqdori oshirildi, ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilishi, takror sodir etilgan holatlar uchun esa jinoiy javobgarlik belgilandi.Mazkur o‘zgarishlar nafaqat qonun ustuvorligini ta’minlash, balki jamiyatimizda insonparvarlik, mehr-shafqat va mas’uliyat kabi umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim maskanlarida o‘quvchilarga nafaqat zamonaviy bilim va ko‘nikmalar, balki tabiatga, atrof-muhitga hamda barcha tirik mavjudotlarga mehr va
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi | Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat
31 Jul, 05:31
🤩 “Mustaqillikning 35 yilligi – Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Yoshlar kuni” doirasidagi “Sport kuni” tadbirlari Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, sport, ixtisoslashtirilgan maktab hamda maktab-internatlarida yuqori saviyada tashkil etildi.⚽️ Tadbirlar doirasida futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat, estafeta hamda boshqa sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etilib, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti yaratildi. G‘olib jamoalar va faol ishtirokchilar rag‘batlantirildi.💪 Mazkur tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda jismoniy faolligini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.#YoshlarKuni #SportKuni #AgentlikMaktablari
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi | Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat
28 Jul, 14:09edited
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalari xodimlari va o‘quvchilari uchun yurtimizning tarixiy, madaniy va diqqatga sazovor maskanlariga sayohatlar tashkil etilmoqda.✈️ Mazkur sayohatlar orqali boy tarixiy-madaniy merosimiz bilan yaqindan tanishish, milliy qadriyatlarimizni chuqurroq anglash, o‘quvchi-yoshlarda Vatanga muhabbat va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash hamda yurtimizning go‘zal va betakror maskanlarini kashf etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda..📍 Sayohatlar respublikamizning turli hududlarida davom etmoqda va ular haqida batafsil ma’lumotlar bosqichma-bosqich yoritib boriladi.#IchkiTurizmKuni #YangiOzbekiston #AgentlikMaktablari #Vatanim #Sayohat Bizni kuzating 🌐Telegram
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
