gram news
AKADEMIK BURCHAK channel avatar

AKADEMIK BURCHAK

@akademik_burchak

Bizning burchakda ilm-fan bo‘yicha muhim va qiziqarli ma'lumotlarni kuzatib borishingiz mumkin. Kanal - ilmiy faoliyatga qiziquvchilar uchun yaxshi manzil...

ProjectsUZEducation

8,290subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • AKADEMIK BURCHAK

    22 Sept, 13:41

    forwarded from @phd_supp0rt

    🚫Oliy attestatsiya tizimida rahbarlik masalasi nega ochiq qolmoqda?O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, Ahmadbek Tadjiyevich Yusupov Oliy attestatsiya komissiyasi raisi lavozimidan ozod etilganiga to‘rt oydan oshgan bo‘lsa-da, ushbu lavozimga yangi rahbar tayinlangani haqida hozirga qadar ma’lumot e’lon qilinmagani ilmiy jamoatchilikda savollar uyg‘otmoqda.Oliy attestatsiya komissiyasi ilmiy darajalar va unvonlar berish, ilmiy tadqiqotlar sifatini baholash hamda attestatsiya jarayonlariga ishonchni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Shu sababli uning rahbarligi bilan bog‘liq masala minglab tadqiqotchilar, ilmiy rahbarlar va ilmiy kengashlar faoliyatiga daxldordir.⚡️Ilmiy salohiyatga ega, ushbu mas’uliyatni zimmasiga oladigan, tizimni chuqur tushunadigan munosib kadrlar yo‘qmi?At
    58531Open in Telegram
  • AKADEMIK BURCHAK

    21 Sept, 02:02

    🎓 DOKTORANTURA–2027 | QABUL YAQIN!PhD yoki DSc uchun hujjat topshirmoqchimisiz? Ilmiy maqola va tezislaringizni oxirgi kunga qoldirmang.📅 HUJJATLAR QABULI 🔴 15-SENTABR — boshlanadi 🔴 15-OKTABR — yakunlanadi💻 Hujjatlar: daraja.ilmiy.uz orqali onlayn topshiriladi.📚 NASHRLAR TAYYORMI?🔹 PhD uchun: ✅ kamida 1 ta ilmiy maqola ✅ kamida 2 ta konferensiya tezisi🔹 DSc uchun: ✅ kamida 3 ta ilmiy maqola ✅ kamida 2 ta konferensiya tezisi
    1,140111Open in Telegram
  • AKADEMIK BURCHAK

    21 Sept, 01:52

    Илмий унвон олиш учун Олий аттестация комиссиясига қандай ҳужжатлар тақдим этилиши керак?Илмий унвон олиш учун Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Олий аттестация комиссиясига тақдим этиладиган ҳужжатлар РЎЙХАТИ1. Муассаса раҳбари томонидан имзоланган муассаса бланкидаги йўлланма хат.2. Илмий унвон талабгорининг фаолияти бўйича маълумотнома.3. Илмий унвон талабгори тўғрисидаги объектив-маълумотнома.5. Ижтимоий-гуманитар фанлар соҳаларида фаолият олиб бораётган илмий унвон талабгори учун махсус имтиҳон топширганлиги ҳақидаги ҳужжат.Батафсил: https://telegra.ph/Ilmij-unvon-olish-uchun-Olij-attestaciya-komissiyasiga-%D2%9Bandaj-%D2%B3uzhzhatlar-ta%D2%9Bdim-ehtilishi-kerak-02-10Ps: PhD ҳамда DSc даражасини олган тадқиқотчилар учун фойдали бўлади.📍@akademik_burchak да қолинг 🛋
  • AKADEMIK BURCHAK

    20 Sept, 18:45edited

    ✅Insonni oldinga undaydigan eng katta energiya nima?🧠“Akademik suhbat” dasturining navbatdagi sonida, akademik Qahramon Rahimovich Allayev bilan energetikaning buguni va kelajagi, atom va qayta tiklanuvchi energiya, ilm-fan, ustoz-shogird an’anasi hamda yosh olimlarning oldindagi vazifalari haqida suhbat.📱 To‘liq videoni YouTube sahifamizda tomosha qiling: https://youtu.be/t1jjrbElOtk📍@akademik_burchak da bo‘ling 🛋
    911video1Open in Telegram
  • AKADEMIK BURCHAK

    20 Sept, 14:58

    ⚡️Oliy harbiy ta’lim muassasalarining boshqaruv, ilmiy va professor-o‘qituvchilar tarkibidagi lavozimlariga ilmiy darajaga (ilmiy unvonga) hamda kamida 5 yillik ilmiy va pedagogik ish tajribasiga ega bo‘lgan fuqarolarni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilishda ularga quyidagi harbiy unvonlar beriladi:▪️fan nomzodlari, falsafa doktorlariga (PhD) - "kapitan";▪️fan doktori (DSc), dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan fan nomzodi, falsafa doktorlariga (PhD) - "mayor";▪️professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan fan doktorlariga (DSc) - "podpolkovnik".📍@akademik_burchak da bo‘ling 🛋
  • AKADEMIK BURCHAK

    20 Sept, 03:02

    ⁉️O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida yangi magistratura mutaxassisligi bo‘yicha qabul tartibi belgilandiBu to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi.Unga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab “Diniy-ma’rifiy soha menejmenti” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha quyidagi tartiblar joriy etiladi:➖ O‘qish muddati bir yil bo‘lib, ta’lim faqat kunduzgi shaklda olib boriladi;➖ Qabul faqat diniy-ma’rifiy sohada kamida 2 yillik ish staji (tajribasi)ga ega bo‘lgan mutaxassislar orasidan amalga oshiriladi;➖ Nomzodlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasining tavsiyasiga asosan tanlab olinadi;➖ Qabul imtihonlari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita taqdim etgan nomzodlar o‘rtasida suhbat asosida (100 ballik tizimda) o‘tkaziladi;➖ Qabul natijasi suhbatda
    1,63031Open in Telegram
  • AKADEMIK BURCHAK

    19 Sept, 16:09

    forwarded from @phd_supp0rt

    🔬Олий таълимдан кейинги таълим қабулида ихтисосликлар кесимида талаб этиладиган хорижий тил сертификатлари рўйхати тасдиқланди.🔎Бу файлда қайси ихтисосликга қандай даражадаги сертификат кераклиги берилган:01.01.00 - Математика-B2 01.02.00 - Механика-B1 01.04.00 -Физика-B1📢 Каналга уланиш: @PhD_Supp0rt
  • AKADEMIK BURCHAK

    19 Sept, 14:32

    🎓 DOKTORANTURA–2027 | QABUL YAQIN!PhD yoki DSc uchun hujjat topshirmoqchimisiz? Ilmiy maqola va tezislaringizni oxirgi kunga qoldirmang.📅 HUJJATLAR QABULI 🔴 15-SENTABR — boshlanadi 🔴 15-OKTABR — yakunlanadi💻 Hujjatlar: daraja.ilmiy.uz orqali onlayn topshiriladi.📚 NASHRLAR TAYYORMI?🔹 PhD uchun: ✅ kamida 1 ta ilmiy maqola ✅ kamida 2 ta konferensiya tezisi🔹 DSc uchun: ✅ kamida 3 ta ilmiy maqola ✅ kamida 2 ta konferensiya tezisi
  • AKADEMIK BURCHAK

    18 Sept, 14:49edited

    Pedagoglarning davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirgan va tahsil olayotgan farzandlarining toʻlov-kontrakt summasiga chegirma berish va ehtiyojmand oila farzandlarini zamonaviy kasblarga oʻqitish chora-tadbirlari toʻgʻrisidaOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.09.2026 yildagi 501-son.📍@akademik_burchak da bo'ling 🛋
  • AKADEMIK BURCHAK

    18 Sept, 10:57

    玩吧,睡吧,毕业后一起捡破烂! (Oʻyna, uxla, bitirgach birga musor yigʻamiz!)Xitoy "taʼlim va ilm-fan"ga bor etiborini qaratdi, iqtisodiyotini avvalo shunga yoʻnaltirdi va xalqi ham birlashib, bu harakatga homiylik qildi. Natijada, Xitoy iqtisodiyoti dunyoni egalladi! 2-3 yil oldin bir maqolada, "dunyo olimlarining yarmi xitoyliklarga toʻgʻri keladi" degan jumlani oʻqigan edim.Xitoy oʻz taʼlim tizimini oʻzi yaratdi! Bu taʼlim dunyoni egallab bormoqda! Biz esa, 32 yil davomida 7-8 ta davlat taʼlim tizimini koʻchirishga urindik va hech qanday natijaga erisha olmadik, erisha olmaymiz ham!OʻZ MILIY TAʼLIM TIZIMIMIZMI YARATAYLIK!📍@akademik_burchak da bo'ling 🛋
    2,980132111Open in Telegram
  • AKADEMIK BURCHAK

    18 Sept, 01:27

    forwarded from @centerasiastudy

    🔬 Ilmiy maqolani o‘qishdan uning usulini qo‘llashgacha — yangi AI tizimi nima taklif qilmoqda?Tadqiqotchi uchun maqolani tushunish ishning bir qismi, xolos. Undagi usulni takrorlash uchun dasturiy kodni topish, sozlash va o‘z ma’lumotlariga moslashtirish kerak. Ba’zan bunga maqolani o‘qishdan ko‘proq vaqt ketadi.Nature jurnalida 16-sentabr kuni taqdim etilgan Paper2Agent tizimi aynan shu ishlarni yengillashtirishga qaratilgan. U maqola, kod va ma’lumotlarni birlashtirib, savollarga javob beradigan hamda tegishli tahlillarni bajara oladigan sun’iy intellekt yordamchisini yaratadi.Mualliflar tizimni genomika va hujayralarga oid ma’lumotlarda sinagan. Ayrim vazifalarda u dastlabki tadqiqot natijalarini takrorlash va usullarni yangi ma’lumotlarga qo‘llashga muvaffaq bo‘lgan.Lekin bu imkoniyat barcha maqolalarda ishlamaydi. Kodning ochiq emasligi, ma’lumotlar yetishmasligi va texnik
  • AKADEMIK BURCHAK

    17 Sept, 07:51

    #sayt #platforma #UDK #tadqiqotDeyarli barcha tadqiqotchilarda UDK raqamini tezroq qayerdan olish mumkin?! degan savol bor.Maqolangiz uchun bepul UDK raqamini quyidagi link orqali olasiz do‘stim!Havola: https://teacode.com/online/udcPs: Ushbu postni maksimal darajada ilmiy tadqiqotchilarga ulashing va kanalga taklif qiling📍@akademik_burchak da bo'ling 🛋
  • AKADEMIK BURCHAK

    16 Sept, 16:42

    Aqliy intellekt (Intellegence quotient, IQ) haqida nimalarni bilasiz?!Aqliy intellekt yoki IQ (Intelligence Quotient) – bu shaxsning aqliy qobiliyatlarini o'lchashga qaratilgan psixometrik ko'rsatkichdir. U asosan Alfred Binet va Theodore Simon tomonidan ishlab chiqilgan testlar yordamida o'lchanadi. IQ testlari shaxsning yoshiga nisbatan aqliy qobiliyatlarini baholaydi va natijalarni standartlashtirilgan ballarda ifodalaydi. Umuman olganda, IQ testlari tafakkur tezligi, xotira, til bilish qobiliyati, mantiqiy qobiliyat va boshqa aqliy qobiliyatlarni o'z ichiga oladi.Batafsil: https://telegra.ph/Aqliy-intellekt-Intellegence-quotient-IQ-haqida-nimalarni-bilasiz-03-30📍@akademik_burchak da bo‘ling 🛋
  • AKADEMIK BURCHAK

    16 Sept, 01:56

    Yosh olima ayollar uchun etiket juda muhimdirBu, ularning professional qarashlarini, o'zaro hamkorlik qilish qobiliyatini va jamoada hurmat topishlarini ta'minlaydi.Etiket quyidagilarni o'z ichiga oladi:kiyinish kodeksi professional muloqotda hurmat vaqtga rioya qilish jamoaviy ishda hamkorlik va ochiqlik shuningdek, ilmiy anjumanlar va uchrashuvlarda adab-axloq qoidalariga rioya qilish.✅Bu jihatlarni hisobga olish, ularning ilmiy va kasbiy rivojlanishida muhim o'rin tutadi.‼️Ps: Quyida har bir daraja uchun eng muhim ma'lumotlar jamlangan. Bizning faoliyatimizni qo‘llab-quvvatlash uchun postlarni maksimal darajada repost qilishga ko‘mak bering!Professor | DotsentPhD student | master's degree
    1,850file1Open in Telegram
  • AKADEMIK BURCHAK

    14 Sept, 13:55

    ⚡️Davlat magistratura kontrakti pulini to'lab berishi uchun xotin-qizlar nima qilishi kerak?Qonunchilikka ko'ra, magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar har yili 15-sentyabrgacha o‘zlari o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Bu sanadan kech qolganlarning kontrakti to‘lanmaydi. Talabgorlarning arizalari yig‘ilib OTM tegishli bo‘lgan vazirlikka yuboriladi.15-oktyabrgacha OTMlarning rektorlari talabgorlarning kontrakt pullarini to‘lab berish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi. ❗️Eslatma:super-kontrakt asosida o'qishga kiradigan talabalarga davlat kontraktini qoplab bermaydi. Imtiyozdan foydalanish uchun bazaviy kontrakt asosida o'qishga qabul qilingan bo'lish kerak.📍@akademik_burchak da bo‘ling🛋
  • AKADEMIK BURCHAK

    13 Sept, 15:57

    🎓Magistratura/PhD dasturlariga topshirish: Statement of Purpose (SOP) ni qanday yozish kerak? 🎓Maqsadni ifodalovchi xat yoki Statement of Purpose (SOP) ni yozish - bu Master's/PhD dasturiga topshirishda muhim qismdir. Bu sizning ilmiy qiziqishingizni, kelajakdagi kasbiy maqsadlaringizni va siz topshirayotgan Master's/PhD dasturi uchun siz qay darajada mos kelishingizni ifodalashga imkon beradi. Quyida SOP ni qanday yozish bo'yicha umumiy qo'llanma yozdim:1. O'zingizni tinglovchini tushuning: Yozishni boshlashdan oldin murojaat qilayotgan dasturingizni haqida o’rganish va uning falsafasi, maqsadi, ilmiy yo'nalishlari va umumiy muhitini tushunish muhimdir.2. Qiziqarli kirish bilan boshlang: Sizning o’zingizni tanishtirishingiz o'quvchining diqqatini tortishi kerak, bu muhim. O’zingiz kim, sohangiz nima va bu sohaga qiziqishingizni va uni nimaga tanlaganingizni ajratib ko'rsating.
    TelegramAKADEMIK BURCHAK🎓Magistratura/PhD dasturlariga topshirish: Statement of Purpose (SOP) ni qanday yozish kerak? 🎓 Maqsadni ifodalovchi xat yoki Statement of Purpose (SOP) ni yozish - bu Master's/PhD dasturiga topshirishda muhim qismdir. Bu sizning ilmiy qiziqishingizni, kelajakdagi…
  • AKADEMIK BURCHAK

    13 Sept, 15:33

    Қадим-қадим ўзбек маданиятининг Ўрта Осиёга кўрсатган таъсирини кўҳна Византиянинг қадимги Русга кўрсатган таъсири билан қиёслаш мумкин. Советгача бўлган даврларда ва совет даврида ҳам Ўзбекистон бизнинг Шарқдаги сўзимиз ва юзимиз бўлиб келган… Биз Туркистон тоғлари ва кенг чўлларида бирга яшаймиз. Болаликдан қадим тарих ва маданиятга эга ўзбек халқига ҳурмат руҳида тарбияланганмиз. Ўзбек халқи ўзининг гўзал миллий хусусиятлари билан ҳеч қандай шак-шубҳасиз барча тан олган шундай ҳурматга лойиқ. ©️Чингиз АйтматовProfessor | DotsentPhD student | master's degree
  • AKADEMIK BURCHAK

    13 Sept, 08:57

    📌 GPA qanday hisoblanadi?GPA (Grade Point Average) – bu o‘rtacha baho ko‘rsatkichi bo‘lib, u talabalar bilim darajasini baholash uchun ishlatiladi. O‘zbekiston universitetlarida GPA odatda 4 yoki 5 ballik tizim asosida hisoblanadi.✅ GPA hisoblash formulasi:GPA = (Baholar × Kredit soati) / Jami kredit soati💎Misol: Agar talaba 3 ta fan o‘qigan bo‘lsa: • Matematika – Baho: 4.0, Kredit: 3 • Fizika – Baho: 3.0, Kredit: 2 • Ingliz tili – Baho: 3.5, Kredit: 3➡️GPA = (4.0×3 + 3.0×2 + 3.5×3) ÷ (3+2+3) = 3.56⚠️ Muhim:➡️ Davlat universitetlarida 100 ballik yoki 5 ballik tizim ishlatilishi mumkin, va bu 4 ballik GPA tizimiga aylantiriladi.
  • AKADEMIK BURCHAK

    13 Sept, 03:55

    Профессор Баҳодир Каримов:— Бугун ёқланаётган аксарият диссертациялар аввалгиларнинг такрори ёки хориждаги қайсидир олимлар асарларининг ўзбек тилига ўгирилган нусхалари бўлиб қоляпти...📍@akademik_burchak да бўлинг🛋
    2,090video1032Open in Telegram
  • AKADEMIK BURCHAK

    11 Sept, 13:51

    Bu shunchaki daraxt emas, Bu odamlar uchun saboq.Bu daraxt Vengriyadagi Bükk tog' tizmasidagi yo'l yonida o'sadi.Kanalga ulanish👇 @akademik_burchak