Latest posts

Botu Alimov
22 Sept, 03:43
🇺🇿 Mustaqillik — buyuk tariximiz davomi1991-yilda xalqimizning xohish-irodasi va qat’iyati bilan davlat mustaqilligimizni qo‘lga kiritdik.Istiqlolimiz ildizlari uch ming yildan ziyod davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamizga borib taqaladi. Xorazmiy, Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek va Navoiy kabi buyuk ajdodlarimiz jahon tafakkuriga ulkan hissa qo‘shgan.Amir Temur bobomiz barpo etgan davlat adolat va bunyodkorlik timsoli bo‘lgan. Jadid bobolarimizning ozodlik va istiqlol haqidagi ezgu orzulari esa bugun Yangi O‘zbekistonda ro‘yobga chiqmoqda.Mustaqillik bizga o‘zligimizni, ona tilimizni, milliy qadriyatlarimizni va tarixiy xotiramizni qaytardi. Biz buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari ekanimizni butun dunyoga namoyon etdik.— Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali
Botu Alimov
21 Sept, 08:54
Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi: bir el, yagona xalq bo‘lib, Qoraqalpog‘istonning ulkan imkoniyatlari va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarib, hudud taraqqiyoti va odamlarning farovon hayoti yo‘lida yanada yuksak marralarga erishamiz.Telegram| Instagram| Facebook
Botu Alimov
18 Sept, 15:57
“Mendirman o’sha”. Prezidentimiz va jonli ijroda kuylayotgan nukuslik yoshlar
Botu Alimov
18 Sept, 09:51
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻistonga tashrifi davomida “Kegeyli baraka naslli parranda” korxonasi faoliyati bilan ham tanishdi.📱 Telegram| 📱 Instagram| 📱 Facebook




Botu Alimov
18 Sept, 08:18
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasiga keldi. Safarni boshlashdan avval mamlakatimiz yetakchisi marhum davlat va jamoat arbobi Kallibek Kamalovning xonadoniga tashrif buyurdi.📱 Telegram| 📱 Instagram| 📱 Facebook




Botu Alimov
18 Sept, 08:04edited
Ba’zi voqealarni so‘z bilan tasvirlash qiyin. Ularni his qilish uchun esa tarixga nazar tashlash kifoya...Bu video — xalqimiz boshidan kechirgan sinovlar, ayriliqlar, dard va iztiroblar bilan birga, o‘zbek xalqining matonati, sabri va Vatanga bo‘lgan muhabbatini aks ettiradi.Har bir kadr ortida — bir taqdir. Har bir nigoh ortida — bir hikoya. Har bir avlod zimmasida esa — tarixni unutmaslik mas’uliyati.Bugungi tinch kunlarning qadriga yetish uchun kechagi kunlarni unutmasligimiz kerak.Tarixni bilgan xalq — o‘zligini anglaydi. O‘zligini anglagan xalq — kelajagini bunyod etadi.📱 Telegram| 📱 Instagram| 📱 Facebook
Botu Alimov
18 Sept, 07:47edited
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ladi.Ikki kunlik safar davomida davlatimiz rahbari sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, tibbiyot, transport, turizm va sport sohalaridagi loyihalar, aholi bandligini ta’minlash va mahallalarni obodonlashtirish borasidagi ishlar bilan tanishadi. Shuningdek, bir qator yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish rejalashtirilgan.Tashrif doirasida Qoraqalpog‘istonni kompleks rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkaziladi.📱 Telegram| 📱 Instagram| 📱 Facebook


Botu Alimov
16 Sept, 05:30
“Bilasizlarmi, Prezident bo‘lib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi!” — Shavkat MirziyoyevPrezident Janubiy Koreyaga davlat tashrifi doirasida vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.“Men mashinada ko‘p yuraman, ko‘chada bir-biri bilan muloqot qilib ketayotgan yoshlarni ko‘rib o‘ylayman: qani endi ular eng baxtli kunlari shu ekanini bilsalar… Bilasizlarmi, Prezident bo‘lib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi”, — dedi davlat rahbari.📱 Telegram| 📱 Instagram| 📱 Facebook
Botu Alimov
14 Sept, 04:29
forwarded from @manaviyat_markaz
✏️Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik" maqolasi e’lon qilindiKoreya Respublikasining yetakchi nashrlaridan biri — "The Chosun Daily"da Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik" sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.Maqolada O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi tarixiy rishtalar, bugungi alohida strategik sheriklik, savdo-investisiya aloqalari hamda munosabatlarni yangi texnologik bosqichga olib chiqish istiqbollariga alohida e’tibor qaratilgan.❗Maqolada qayd etilganidek–🔵so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi 5 barobarga oshgan;🔵Koreyaning


Botu Alimov
14 Sept, 04:03
Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Prezident Shavkat Mirziyoyev Serbiyaga tarixiy tashrifni amalga oshirdi. Davlatimiz rahbari madaniy merosni asrash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdi. Toshkentda 400 ta mahallani kompleks obodonlashtirish rejalashtirilmoqda.📱 Telegram| 📱 Instagram| 📱 Facebook
Botu Alimov
10 Sept, 10:10
Buyuk istiqlolimiz ildizlari uch ming yildan ziyod bo‘lgan davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi – Shavkat Mirziyoyev"Biz 1991-yilda xalqimizning xohish-irodasi va qat’iyati bilan o‘z davlat mustaqilligimizni qo‘lga kiritdik. Aslida buyuk istiqlolimiz ildizlari uch ming yildan ziyod bo‘lgan davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi.Birinchi va Ikkinchi Renessans davrida Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Mir Alisher Navoiy kabi buyuk allomalarimiz bashariyat tafakkuri xazinasini boyitgan.Sohibqiron Amir Temur bobomiz barpo etgan davlat esa adolat va bunyodkorlik timsoli sifatida tarix zarvaraqlaridan munosib o‘rin olgan.Vatan ozodligi va milliy istiqlol yo‘lida jonini fido qilgan Behbudiy, Munavvarqori, Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon kabi jadid
Botu Alimov
8 Sept, 12:12
Oliy darajada O‘zbekiston – Serbiya muzokaralari bo‘lib o‘tdi.📱 Telegram| 📱 Instagram| 📱 Facebook
Botu Alimov
8 Sept, 12:09
O‘zbekiston va Serbiya yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarni hamkorlikning yangi bosqichiga olib chiqdilarBelgraddagi Serbiya saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning yuzma-yuz va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.📱 Telegram| 📱 Instagram| 📱 Facebook


5,550Open in Telegram
Botu Alimov
7 Sept, 17:23
Prezidentimiz rafiqasi hamrohligida rasmiy tashrif bilan Serbiyaga keldi.
Botu Alimov
6 Sept, 13:56
forwarded from @liderlar_kitobi_fan
✍️Rustam QosimovOlgan bilim va ko‘nikmalaringiz aslo so‘nib qolmasin — islohotlar zamirida o‘z ustingizda doimiy ishlash, tahlil qilish qobiliyatini rivojlantirish yotadi.#ustozimning_oʻgitlari
Botu Alimov
6 Sept, 10:06
🎬 BAHODIR YALANGTO‘SHTarix — bu shunchaki o‘tmish emas. Tarix — bugungi kunimizga kimlar qanday iz qoldirganini eslatib turadigan xotira.Yalangto‘sh Bahodir — o‘z davrining qudratli sarkardasi, yurt himoyachisi va Samarqand taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk siymolardan biri.🎞 “Bahodir Yalangto‘sh” filmi orqali biz nafaqat tarixiy voqealarni, balki jasorat, vatanparvarlik, sadoqat va xalq taqdiri uchun kurash kabi qadriyatlarni his qilamiz.Bu film — ajdodlarimizning mardligi va buyuk tariximiz haqida.
Botu Alimov
4 Sept, 10:24edited
#loyiha“Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusida “Ma’rifat karvoni” loyihasiga start berildi.
Botu Alimov
4 Sept, 08:34
BIRLASHIB, BUYUK TARIX YARATAMIZ!Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida ziyolilar, olimlar va ma’naviyat targ‘ibotchilari bir maqsad yo‘lida jam bo’ldi.“Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusidagi “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy loyihasiga start berildi.Asosiy maqsad — Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida belgilangan strategik vazifalarni aholiga sodda, xalqchil va hayotiy misollar asosida yetkazish, ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarni zamonaviy yondashuvlar asosida keng targ‘ib qilish. Bugungi seminar-trening — katta ma’rifiy harakatning boshlanishi.Seminarda trenerlar guruhlari shakllantirilmoqda.📱 Telegram| 📱 Instagram| 📱 Facebook




Botu Alimov
4 Sept, 05:06
#34_sonHurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.#uzb35 #mustaqillik35📱 Telegram| 📱 Instagram| 📱 Facebook
Botu Alimov
3 Sept, 09:26
Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa to‘lanadi.Mehnatga layoqatsiz ehtiyojmand oilalarga “passiv daromad” keltiradigan ijtimoiy paket uchun joriy yil 300 milliard so‘m ajratilgan.Bunday yordam olgan 11 ming oilaning yarmida daromad sezilarli oshgani qayd etildi.Bir haftada ushbu tizimni davom ettirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.– Kelasi yildan reyestrga kirgan oila farzandlarining davlat va xususiy bog‘cha badali, o‘quv markazi to‘lovi, yo‘lkirasi hamda oliygohdagi yotoqxona xarajati vaucher orqali qoplab beriladi, – dedi davlatimiz rahbari.Vaucher 12 oy muddatga beriladi va ehtiyojmand oila Ijtimoiy reyestrdan chiqarilganidan keyin ham amal qiladi.📱 Telegram| 📱 Instagram| 📱 Facebook

Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
