Latest posts

Anvarov’s blog
13 Nov, 16:39
Meni kim deb oʻylayapsizlar?- Biror marta online masterclassni pullik qilganmanmi?- Biror marta viloyatdagi, uzoqdagi obunachilarimni hafa qilganmanmi?- Biror marta online masterclassimda qatnashish uchun qandaydur shartlar bajartirganmanmi?Aslo yoʻq! Hech qachon!Seminarga kelolmaydigan uzoq-yaqindagi hamma obunachilarimga albatta xuddi oʻsha darsni online formatda oʻtib beraman.Hech qanday shartlarsiz. Hech qanday to’lovlarsiz!Ertaga kechki payt ro’yxatdan o’tish havolasini beraman. Darsni keyingi hafta shanba-yakshanbada oʻtib beraman.Siz esa shunchaki darsni qadriga yetib, bittadan olov bosib qo’ysangiz yetarli.@anvarovsblog
Anvarov’s blog
13 Nov, 15:59
Zo’r taklif bilan keldim:Yakshanba kungi “300+ obunachi bilan 2000$+ stabil daromad” nomli offline seminarimizga joylar yarim soatda to’lib qolganidan keyin shunaqa takliflar ko’p kelyapti.Seminarga ro’yxatdan o’tishga ulgurmaganla va uzoqdagilar seminarni online formatda ham sotib, dars o’tbering deyapti ko’pchilik.— Narxini arzongina qilib shu mavzuni yondirib online masterclass o’tib beraymi?Go deyish uchun — “❤️🔥”@anvarovsblog
Anvarov’s blog
13 Nov, 07:45
Shu yozgan ikkita postimga bir xil turdagi reaksiyalar bir xil sonda bosiladi.@anvarovsblog
Anvarov’s blog
13 Nov, 07:45
Shu yozgan ikkita postimga bir xil turdagi reaksiyalar bir xil sonda bosiladi.@anvarovsblog
Anvarov’s blog
13 Nov, 04:17
Talabalik stress. Ayniqsa qishda.
Anvarov’s blog
13 Nov, 03:57
— Nima bilan isinyapsizlar?
Anvarov’s blog
12 Nov, 14:37
Bilaman, seminar mavzusi haqida gapirsam, kelolmayotganlarga yoqmayapti, lekin menda oxirgi bir savol bor:— Siz seminarda qatnashyapsizmi, yo’q bo’lsa nega?• qatnashyapman — 🔥 • roʻyxatdan oʻtishga ulgurmadim — 🌚 • uzoqdaman, offline seminarga borolmayman — ❤️🔥@anvarovsblog
Anvarov’s blog
12 Nov, 11:32
Kechadan beri atrofimda to’polon. Hamma har qayerdan, kimdurlar orqali aloqaga chiqib yakshanba kungi seminarga bilet so’rayapti. Hattoki dadamni do’stini ishxonasidagi bo’lim boshlig’i “cherez-cherez” bo’lib aloqaga chiqib, dadamni do’sti orqali bilet so’rashdi. Qoyil!Ochiq gap: 100ta bilet bunaqa tez tugab qolishini o’zim ham kutmagandim. Juda qo’rqib-qo’rqib tashkil qilyotgandim. Lekin, baraka beraman desa hech gap emas. Ayam aytardi: duo qilganda ko’p mulk emas, mulkinga baraka so’ra derdilar, rost ekan)@anvarovsblog
Anvarov’s blog
20 Sept, 17:33
Bu jarayonni kuzatish yoqimli…Mentorlik dasturimizda nafaqat nazariy bilim o’rgatish va amaliyot qildirish, balki, o’quvchilarni darsdan tashqari qo’shimcha ko’ngilochar mashg’ulotlarini tashkil qilishga ham alohida urg’u beramiz.Mana shunday eventlar o’quvchilarni bir-birlariga yanada yaqinroq qiladi. Pikniklar, sport musobaqalari, hikinglardan keyin ular darsda ham o’zlarini erkinroq tutishadi, muhit juda ijobiy bo’ladi. Qolaversa, bu mashg’ulotlarda bir olam xotiralar yaraladi, darslarimiz tugaganda ham bir umr eslab yuradilar.Hamma o’quvchilarim kuchli, o’z sohasini katta mutaxassilari. Ularni mana shunday eventlarda birlashtirish va yayrab ilm olishlarini kuzatish men uchun juda yoqimli.@anvarovsblog
Anvarov’s blog
20 Sept, 17:00
• Yigitlar orasida futbol chempionatda bu turnirda birinchi marta qatnashayotgan “Mentorlik 6.0” jamoasi (eng yangi o’quvchilar) g’olib bo’ldilar.— Bu “🏆” tugma bilan tabriklab qo’yishingiz mumkin.@anvarovsblog
Anvarov’s blog
20 Sept, 16:55
🏆 Bugun kunning ikkinchi qismida Mentorlik dasturimiz qizlari uchun voleybol bo’yicha musobaqa. Yigitlarga esa futbol bo’yicha chempionat tashkil qildik.Ularda dasturimizning har bir patogidan bittadan jamoa qatnashdi: Mentorlik 1, 2, 3, 4, 5, 6 jamoalari.• Hamma o’quvchilar yayradi. Ertalab tabiat qo’ynida dars. Tushdan keyin esa sport musobaqalari bilan yakshanbamiz go’zal o’tdi. Muhit o’ta yoqimli)@anvarovsblog
Anvarov’s blog
20 Sept, 11:20

Anvarov’s blog
20 Sept, 10:39
🍓 Bugun ertalab “Mentorlik 6.0” o’quvchilarim bilan tabiat qo’ynida piknik qildik.Bloglari va natijalarini tahlil qildik, ovqatlandik, mafia va ko’ptok o’yinlari o’ynadik keyin esa gitarada qo’shiq aytib lirik chekinish qildik)Gitarali yigitdan jonli ijro eshitmoqchi bo’lsangiz, bitta gitara reaksiya bosing)@anvarovsblog
Anvarov’s blog
19 Sept, 13:26
Million-millionlar ichida topganim🥹Gap ayolim haqida emas, mana shu televizorni pulti haqida ketyapti☺️.Yangi televizorni ochsam, ichidan pulti chiqmadi. Exx deb, Uzumdan buyurtma qildim, tushmadi, bozordan olib keldim, tushmadi. Oxiri bugun Malikaga borib, shu brendni hamma pultlarini olib keldim, orasidan bittasi tushib, ishlab ketdi-eee. Yomonam xursandman. Uylangan kunimam bunchalik xursand bo’lmaganman desam, ovqatsiz qolaman😊.@anvarovsblog
Anvarov’s blog
19 Sept, 07:05
Toshkentni nahorgi oshiga tushunmayman. Soat 11:00’da bo’ladi. Nahorgi oshmas, tushlikda bu. Menimcha, nahorgi osh deb erkalab aytishsa kerak bu tushlikni)@anvarovsblog
Anvarov’s blog
18 Sept, 02:13edited
Dadam har doim “Sahar uyg’onib, quyosh chiqishidan avval darvozani va uy eshiklarini ochib qo’y” deydilar. E’tibor qilgan bo’lsangiz, yoshi katta odamlarimizda shunday odat bor. Sababi:• Saharda eshikni ochib qo’yish — xonadon vakillari uyg’onganini bildiradi. Ya’ni, uyimizga biror zarur ish bilan kelishi mumkin bo’lgan odamlar (mehmon, qarindosh, qo’shni) eshik ochiqligini ko’rib, hijolat tortmasdan uy egalarini chaqirishi uchun ham eshiklar ochib qo’yilgan. • Saharda baraka bor. Bizni erta tongimizga baraka so’rab duo qilingan. Mana shu barakadan nasibador bo’lish uchun ham har tong quyoshdan avval uyg’onib, ish/o’qishlarimizni boshlashimiz kerak. • Saharda havo toza bo’ladi. Odatda shu vaqtda uyni darvozasi va eshik, oynalarini ochib qo’yib uyni salqinlatish va uyga havo kiritish mumkin.Avval hech ahamiyat bermasdim. Endi bir xonadonda oila rahbari bo’lib. Mana shunday amallarga
Anvarov’s blog
17 Sept, 06:14
MuhammadHalidni qo’ldan chiqardilar, exxx shuncha kutganilar)@anvarovsblog
Anvarov’s blog
16 Sept, 17:52
Hammada o’qish boshlandi, bizda esa tugayapti)Bugun Mentorlik 6.0’da ikkita guruhga bitiruv darsi bo’ldi, 2.5 soat o’tdim, hozir tugatdik.!May oyida dars boshlangan edi, 2.5 oyga reja qilingan dastur naqd 4 oy davom etdi. Juda qiziq bo’lgani uchun tugatgimiz ham kelmadi.O’quvchilarda esa natija daxshat! Hozirni o’zida 70%+ o’quvchi natija qilgan, daromadga chiqqan.Mentorlik 6.0’da 6ta guruh bor, bugun 1 va 2 guruhlar darslari tugadi. Asta-asta qolganlarini ham yakunlab, Mentorlik 7.0’ga tayyorlanamiz, nasib.Bitta “💸” bosselar, sizlarga ham bu yo’nalishda qimmat tavsiyalar beraman)@anvarovsblog
Anvarov’s blog
16 Sept, 13:39
Ishdan chiqib singlimni pilatesdan, ayolimni o’qishidan oldim. Uchalamiz uyga qaytyapmiz.Family🫂@anvarovsblog
Anvarov’s blog
16 Sept, 12:04
Ikki kun oldin Vey Syuinni “Harvard metodi” kitobini o’qishni boshladim. Juda foydali kitob ekan.Bu haftadan men, ayolim, singlim hammamiz o’qish va ishlarimizni boshladik. Asta-asta o’zimni ideal grafigimga tushvolyapman. Ishga erta kelib, erta qaytyapman.Bu kitobda ham aynan shunday odatlar haqida juda yaxshi gaplar yozilgan ekan. Harvardda eng muhim fan vaqtni boshqarish fani ekan va undagi eng asosiy qoida: quyoshdan erta uyg’onish va ish/o’qishni shu vaqtda boshlash ekan.Oldinda turgan 1 oyga maqsad qo’ydim: oilamizda hammamiz asta-asta grafigimizni to’g’rilab, quyoshdan erta uyg’onib, keyin uxlamaslikni odat qilamiz. Sal qiyin, lekin odatlansa bo’ladi. Nasib qilsin!— Siz odatda nechada uyg’onib, kuningizni boshlaysiz? • quyoshdan avval turib, keyin yana uxlayman — 🔥 • quyoshdan avval turib, keyin uxlamayman — ❤️🔥 • 6-7-8’da turaman — 🍓 • 9’dan keyin turaman — 🌚@anvar
Followers write to the bot, you answer by reply, your account stays hidden. Created in one tap.
How it works →Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
