Latest posts

Uzbekneftgaz | Расмий канал
13 Nov, 15:31
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi boshchiligidagi ishchi guruhning Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida olib borgan o‘rganishlariga bag‘ishlangan videorolik.👋Bizni kuzating🌐web-sayt | 📹instagram |💬telegram | 📺youtube | 💬facebook
Uzbekneftgaz | Расмий канал
13 Nov, 15:00
Ishlar qog‘ozda emas, amalda tashkil etilsa kutilgan natija bo‘ladi- Abdug‘ani SanginovAyni paytda Abdug‘ani Sanginov boshchiligidagi Ishchi guruh ishtirokida Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida ishlab chiqarish jarayonlari, qish mavsumiga tayyorgarlik hamda kelgusi yil uchun belgilangan rejalar yuzasidan tahliliy yig‘ilish o‘tkazilmoqda.👉 Batafsil👋Bizni kuzating🌐web-sayt | 📹instagram |💬telegram | 📺youtube | 💬facebook
Uzbekneftgaz | Расмий канал
13 Nov, 11:35
“Zevarda” konida gaz qazib chiqarish barqarorligini taʼminlaydigan 4 ta kompressor stansiyasi qurilmoqda“Oʻzbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Abdugʻani Sanginov boshchiligidagi ishchi guruh “Zevarda” konida geologik-texnik tadbirlar hamda siquv kompressor stansiyalari qurilishi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini ham oʻrgandi.👉 Batafsil👉Bizni kuzatingweb-sayt | instagram |telegram | youtube | facebook
Uzbekneftgaz | Расмий канал
13 Nov, 10:35
Umrini yashab boʻlgan eski kondan yangi quduqlarBoshqaruv raisining Qashqadaryo viloyatiga tashrifi arafasida kecha kechqurun “Kultak” konidagi 39R-sonli qidiruv qudugʻidan sanoat ahamiyatidagi tabiiy gaz oqimi olindi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, quduqning kunlik debiti 300 ming kub metrni tashkil etmoqda.👉 Batafsil👉Bizni kuzatingweb-sayt | instagram |telegram | youtube | facebook
Uzbekneftgaz | Расмий канал
12 Nov, 14:48
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro neftni qayta ishlash zavodining joriy faoliyati va quvvatlarini kengaytirish boʻyicha rejalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о текущей деятельности Бухарского нефтеперерабатывающего завода и планах по расширению его мощностей.#Mirziyoyev #taqdimot #BNQIZ #modernizatsiyaPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Uzbekneftgaz | Расмий канал
12 Nov, 13:59
#Rahbar_va_yoshlarRahbarlar yoshlarni eshitdi: qanday masalalar koʻtarildi?“Oʻzbekneftgaz” AJ tizim tashkilotlarida yoshlar bilan ochiq muloqotlar boʻlib oʻtdi. “Rahbar va yoshlar” mavzusida tashkil etilgan uchrashuvlarda yosh mutaxassislar oʻzlarini qiziqtirayotgan masalalar, taklif va tashabbuslarini bevosita rahbarlarga yetkazish imkoniyatiga ega boʻldi.👉 Batafsil👉Bizni kuzatingweb-sayt | instagram |telegram | youtube | facebook
Uzbekneftgaz | Расмий канал
12 Nov, 10:01edited
#mavsumga_tayyorgarlikIshonchli ish — puxta tayyorgarlikdan boshlanadi“Uzbekistan GTL”da kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda.Texnologik uskunalar, muhandislik tarmoqlari va ishlab chiqarish infratuzilmasi mavsumga puxta shaylanmoqda: zarur texnik xizmat ko‘rsatish va profilaktik tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilmoqda.Asosiy maqsad — har qanday sharoitida ishlab chiqarish barqarorligini saqlash, texnologik xavfsizlik va uzluksiz faoliyatni ta’minlash.👉Bizni kuzatingweb-sayt | instagram |telegram | youtube | facebook
Uzbekneftgaz | Расмий канал
12 Nov, 04:04edited
#ochiq_savdoSiz izlagan avtomobil savdoda boʻlishi mumkin!“Oʻzbekneftgaz” AJ tizimidagi tashkilotlar balansida boʻlgan 34 ta yengil avtotransport vositalari belgilangan tartibda ochiq elektron auksion savdolariga chiqarilmoqda. Bu — avtomobil xarid qilishni rejalashtirayotganlar uchun ochiq savdoda ishtirok etish imkoniyati.Imkoniyatni qoʻldan boy bermang!Avtomobillarning holati, savdo shartlari va auksionda ishtirok etish tartibi haqida batafsil maʼlumotni havola orqali olishingiz mumkin.👉 Batafsil👉Bizni kuzatingweb-sayt | instagram |telegram | youtube | facebook
Uzbekneftgaz | Расмий канал
22 Sept, 13:32
#xalqaro_tanlovNeft-gaz sohasidagi xalqaro tanlov ilk bor O‘zbekistonda start oldiBugun Andijonda "O‘zbekneftgaz" AJ mezbonligida Rossiya neft-gaz kompaniyalar guruhi “Eng yaxshi kasb egasi” korporativ tanlovining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Bu yilgi tanlovning tarixiy ahamiyati shundaki, u ilk bor Rossiya hududidan tashqarida — O‘zbekistonda, “O‘zbekneftgaz” AJ hamkorligida “ANDIJANPETRO” MCHJ qo‘shma korxonasida o‘tkazilmoqda.👉 Batafsil👋Bizni kuzating🌐web-sayt | 📹instagram |💬telegram | 📺youtube | 💬facebook
Uzbekneftgaz | Расмий канал
22 Sept, 05:00
Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni qisqartirish va ekologik barqarorlikni
Uzbekneftgaz | Расмий канал
21 Sept, 08:04
Chinoz terminalida "favqulodda holat": jamoa sinovdan qanday o‘tdi?"Uzbekistan GTL" zavodining "GTL Chinoz terminali"da maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.Unda favqulodda holat haqida tezkor xabar berish, vaziyatni baholash, qutqaruv, tibbiy yordam va yong‘inni bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi. 70 nafar ishtirokchi jalb etilgan sinovda barcha tuzilmalarning hamjihat va tezkor harakati yuqori baholandi.👋Bizni kuzating🌐web-sayt | 📹instagram |💬telegram | 📺youtube | 💬facebook
Uzbekneftgaz | Расмий канал
19 Sept, 12:31
“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJning 25 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tadbirdan videolavha.👋Bizni kuzating🌐web-sayt | 📹instagram |💬telegram | 📺youtube | 💬facebook
Uzbekneftgaz | Расмий канал
19 Sept, 09:58
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istonga tashrifi: asosiy voqealarPrezident Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga kecha boshlangan tashrifi davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish, sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, ta’lim, tibbiyot hamda infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan qator loyihalar bilan tanishildi.Tashrif avvalida davlat rahbari marhum davlat va jamoat arbobi Kallibek Kamalovning xonadoniga borib, uning yaqinlariga ta’ziya izhor etdi. Shundan so‘ng Prezident Kegeyli tumanidagi “ADM Agro” korxonasining sanoatlashgan intensiv bog‘ini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, “Kegeyli baraka naslli parranda” korxonasi faoliyati bilan tanishib, hududda parrandachilik va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi imkoniyatlarni ko‘rdi. Kegeyli tumanida tashkil etilgan issiqxona majmuasida esa ehtiyojmand oilalarni
Uzbekneftgaz | Расмий канал
18 Sept, 10:59
#SarhisobBugungi geologiya qidiruv ishlari — ertangi zaxira: Seysmik qidiruvlar koʻlami 5,7 barobar oshdiJoriy yil yakuniga qadar 11 902 kvadrat kilometr maydonda 3D va 1 835 pogon kilometr masofada 2D seysmik qidiruv ishlarini bajarish belgilangan. Geologiya-qidiruv ishlarini jadallashtirishga qaratilgan ushbu koʻlam tarmoq tarixidagi eng yirik yillik rejalardan biri hisoblanadi.👉 BatafsilBizni kuzatingweb-sayt | instagram |telegram | youtube | facebook
Uzbekneftgaz | Расмий канал
18 Sept, 09:01
Sahro bagʻrida zamonaviy maskan: Kon ishchilari uchun yana bir yangi yotoqxona"Oʻzbekneftgaz" AJda ishchi-xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, kundalik ehtiyojlarini taʼminlashga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.Xususan, Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi hududida “Neftgaz injiniring” MCHJ buyurtmasi asosida ishchi-xodimlar hamda muhandis-texnik mutaxassislar uchun150 oʻrinli zamonaviy yotoqxona majmuasining bunyod etilayotgani ham soha infratuzilmasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.Bugungi kunda obyektda qurilish-montaj ishlari jadal amalga oshirilmoqda. Jumladan, 1-blokda tom yopish, issiqlik izolyatsiyasi, tashqi panellarni oʻrnatish hamda ichki pardevorlarni barpo etish ishlari olib borilmoqda.Majmuadagi 2 ta yongʻinga qarshi va 2 ta toza suv rezervuari qurilishi toʻliq yakunlangan.Yangi yotoqxona zamonaviy, shinam va xavfsiz
Uzbekneftgaz | Расмий канал
18 Sept, 06:07edited
Korrupsiyaning narxi pul bilan emas, umr bilan o‘lchanadi.Bu illat uchun hukm — qatʼiy, jazo —muqarrar, ammo vijdon hukmi undan ham og‘ir va umrbod.Yo‘qotilgan vaqt ortga qaytmaydi, ishonch esa oson tiklanmaydi, pushaymonlik ham ba'zan hech narsani o'zgartirolmaydi.Mazkur hayotiy hikoya ana shu kech anglangan haqiqat haqida.👉Bizni kuzatingweb-sayt | instagram |telegram | youtube | facebook
Uzbekneftgaz | Расмий канал
18 Sept, 04:58edited
#Maxsus_reportaj📹“O‘zbekiston 24” telekanali jamoаsi Ustyurtda barpo etilgan “Uchsoy” shaharchasi haqida maxsus reportaj tayyorladi.👉Bizni kuzatingweb-sayt | instagram |telegram | youtube | facebook
Uzbekneftgaz | Расмий канал
17 Sept, 04:04edited
#Islohot_va_natijaDala mutaxassislari uchun yoʻltanlamas avtomobillar sotib olindiYil boshidan “Oʻzbekneftgaz” AJ tizimida boshlangan islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri — ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etayotgan xodimlar uchun munosib va zamonaviy mehnat sharoitlarini yaratish, bu orqali ish samaradorligini oshirishdan iborat.Bu yondashuv “Neftgaz injiniring” MCHJ faoliyatida ham amaliy natijalarda namoyon boʻlmoqda. Dala sharoitida ishlovchi mutaxassislar uchun qulay sharoit yaratish va ish jarayonlaridagi tezkorligini taʼminlash maqsadida korxonaga 4 ta zamonaviy yoʻl tanlamas avtomobil xarid qilindi.Yangi avtotransport vositalari dala ishlarini samarali tashkil etish, mutaxassislarning obyektlarga tezkor yetib borishi va ish jarayonlarining uzluksizligini taʼminlashga xizmat qiladi.👉Bizni kuzatingweb-sayt | instagram |telegram | youtube | facebook
Uzbekneftgaz | Расмий канал
16 Sept, 12:03
#Kuz_qish“Uzbekistan GTL”ning kuz-qishga tayyorgarligi oʻrganildi“Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdugʻani Sanginov rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda belgilangan vazifalar ijrosini joylarda oʻrganish maqsadida Boshqaruv raisining oʻrinbosarlari “Uzbekistan GTL” MCHJda boʻldi.Ishchi safar davomida zavodning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, ishlab chiqarish jarayonlarining barqarorligi va mavjud quvvatlardan samarali foydalanish holati joyida oʻrganildi.Shuningdek, joriy yilning 8 oylik ishlab chiqarish koʻrsatkichlari tahlil qilinib, erishilgan natijalar, mavjud muammolar va yil yakuniga qadar bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi.Ishlab chiqarish jarayonlarining uzluksizligini taʼminlash, mavjud imkoniyatlardan toʻliq foydalanish va belgilangan koʻrsatkichlarga erishish boʻyicha masʼullarga aniq topshiriqlar berildi.👉Bizni kuzatingweb-sayt | instagram
Uzbekneftgaz | Расмий канал
16 Sept, 05:28
#Ogohlik“Menga ovoz bering!” — Bu firibgarlar tuzogʻi!Tanishingizdan kelgan shubhali havolalarga kirmang va Telegram tasdiqlash kodini hech kimga bermang!Ikki bosqichli himoyani yoqing.Ogoh boʻling — Telegram akkauntingizni asrang!👉Bizni kuzatingweb-sayt | instagram |telegram | youtube | facebook
Followers write to the bot, you answer by reply, your account stays hidden. Created in one tap.
How it works →Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
