gram news
Aqlli ikkichi channel avatar

Aqlli ikkichi

@aqlli_ikkichi

Muallif: Ravshan Turgunov. Biznes qilyapman. Xulosalarim va xatolarim sizga pul va vaqt tejab beradi.

ProjectsRUBusiness

8,930subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Aqlli ikkichi

    22 Sept, 16:48

    Bugun Safia asoschisi Bekzod aka bilan podcast oldik.Podcastni endi boshlayotganimda O‘zbekistonning eng yirik tadbirkorlari bilan suhbatlashaman, deb maqsad qilgan edim.Bugun shunday kunlar keldi. Lekin buning ortida 4 yillik katta mehnat yotibdi.Bugun 62-podcastni olyapmiz.Bugungi mehmonni podcastga taklif qilish uchun 2 yil davomida 15 marta yozib, chaqirgan ekanman.Men qilgan harakatlarim sonidan hech qachon afsuslanmayman. Faqat qilmagan harakatlarimdan afsuslanaman.Tomoshabin faqat tayyor podcastni ko‘radi. Uning ortida qancha vaqt, mehnat va urinishlar borligini esa ko‘rmaydi.Vaqt tez o‘tadi.Harakatlar soni natijani hal qiladi.
    1,470155Open in Telegram
  • Aqlli ikkichi

    20 Sept, 05:44

    Sizni AI ishsiz qoldirmaydi.Sizni AI’ni yaxshiroq ishlatadigan odam ishsiz qoldiradi.
    3,370191Open in Telegram
  • Aqlli ikkichi

    18 Sept, 15:24

    Matematikadan xabari borlar: “40-50 mln maosh topadiganlar statistikani buzib qo‘yadi” deyishyapti.Ya’ni, ko’p pul topadiganlar kamroq pul topadiganlarni maoshini statistikada kattaroq ko‘rsatib qo‘yadi. O’zi 2-3 ml topadi, statiskada 7 mln.Bu gapda jon bor. Unda o‘rtacha oylikni emas, median oylikni ko‘rasiz. 2025-yili u 5.3 mln bo‘lgan.Bu hh uz platformasini tahlili orqali aniqlangan ma’lumot ekan. Rasmiy statistika 2027-yildan ko’rsatiladi deyishyapti.
    3,79075Open in Telegram
  • Aqlli ikkichi

    18 Sept, 14:31

    Matematikani tushunmaydigan odamlar bilan gaplashish qiyin.Ular hissiyot va intuitsiya dunyosida yashaydi.Aytishicha, O'zbekistonda oylik atigi 3 mln so'm. Mayli — ma'lumot qayerdan?O'zi va tanishi shuncha oladi — demak butun davlat shunday topadi deb o'ylaydi.Lekin qara, statistika bor. O'rtacha maosh O'zbekiston bo'ylab 7 mln, Toshkentda 12 mln so'm.Tanishlar bunday oylik topmasa — demak statistika yolg'on.Muammo kichkina doira natijalarini katta doiraga qo'llashda.Bu — ahmoqlikning eng katta belgisi.
    3,840138Open in Telegram
  • Aqlli ikkichi

    16 Sept, 12:10

    Tadbirkorlik - bu kim kattaroq azob va qiyinchiliklarga chidab bera olishini tekshiradigan o’yin.
    4,220160Open in Telegram
  • Aqlli ikkichi

    15 Sept, 14:32edited

    Noto’g’ri biznes protsesslar usitda qurilgan bizneslar o’smaydi.Ishlash ketma-ketligi va standartlar yo’q bo’lsa, bu biznes kengaygan sari boshqarishga qiyin bo’ladi.Buning natijasida biznes egasi ko’proq va ko’proq ishlashni boshlaydi, lekin baribir ko’p narsani nazorat qila olmaydi.Buning sababi biznesning fundamenti noto’g’ri qurilganida.24-sentabr kuni biznes protsesslar tuzish bo’yicha Toshkentda seminar o’tkazyapmiz.U yerda shu mavzuga chuqur kiramiz va biznesga to’g’ri fundament qurishni o’rganmiz.Joylar soni 50ta, yozilish uchun havola
    4,75074Open in Telegram
  • Aqlli ikkichi

    14 Sept, 09:05

    Xarakterimni kasbga aylantirganman.Bifshteks yesam ham, barcha harakatlarim oldindan hisoblangan.Guruch bilan pyure bir-biriga aralashib ketmasligi va kotlet garnirdan oldin tugab qolmasligi kerak.Bolaligimdan nemis tartibiga ega bo'lganman. Uyda hamma narsa joy-joyida, ishlar o'z vaqtida.O'zim bilmagan holda aynan shu sifat kerak bo'ladigan kasbni tanlagan ekanman.Hamma narsani tizimlashtirib yurar edim. Endi shu ishni boshqalarga qilib beryapman.Ideal holat. O'zimga yoqadigian ishni qilaman, bunga pul ham to’lashyapti.O'zingizni o'rganib chiqing — sizda unikal sifatlar va qobiliyatlar bor, topish kerak xolos.Tabiyatingizga to’g’ri keladigan ishni qiling, shunda 2x tezroq o'sasiz.
    4,810171Open in Telegram
  • Aqlli ikkichi

    12 Sept, 10:12

    Soliq bilan muammolaringiz bo’lmasa, siz hali katta pullar topmayapsiz.
    5,560200Open in Telegram
  • Aqlli ikkichi

    10 Sept, 12:19

    Odamlar sizni ko'rganda «tomi joyida emas» deyishi kerak.Hamma kabi yashab, katta natijaga erishib bo'lmaydi.Normal — bu hamma kabi bo'lish. Siz esa hamma kabi bo'lmasligingiz kerak.Shunday hayot kechirsangiz, odamlardan ajralib qolaverasiz.Yo'lda sizni tushunmaydilar. «Gʻalati» deb o'ylaydilar.Muammo yo'q — siz gʻalatisiz. Erishmoqchi bo'lgan natijangiz ham gʻalati bo'lishi kerak.Oddiy harakat — oddiy natija.Oddiylikdan qoching.
    9,850259Open in Telegram
  • Aqlli ikkichi

    7 Sept, 14:41

    Barcha muammolarni yechsa bo'ladi. O'limdan tashqari.O'tgan yili o'tkazgan shogirdligimizda Suxrob ismli yigit bizga biznesni tizimlashtirishni o'rgangani keldi.Shogirdlar orasida u eng iqtidorlilaridan biri edi. Shu sababli keyinchalik uni jamoamizga Team Lead sifatida qabul qildik.Qariyb bir yil birga ishladik. Tizimlashtirish loyihalarini amalga oshirdik. Suxrob tadbirkorlarning qiyinini oson qilib berdi.Ammo oradan ko'p o'tmay, unda saraton o'simtasi borligi ma'lum bo'ldi.Vaziyat qanchalik jiddiy ekanini to'liq anglamay, men unga vazifalar berishda davom etdim.Bir kuni u endi ishlashni davom ettira olmasligini aytdi va davolanish uchun tanaffus oldi.Oradan bir oy o'tib, u vafot etdi. Bunga uch oy bo'ldi.U bilan ishlayotgan paytimizda loyihalardagi texnik muammolar bizga juda katta ko'rinardi.Ammo vaqt o'tib, ularning barchasi hal bo'ldi. Aslida ular unchalik katta
    6,650310Open in Telegram
  • Aqlli ikkichi

    4 Sept, 13:13

    Doim bunday qiyin bo'lmaydi.18-23 yoshlarimda hozirgidan 2-3 barobar ko'p ishlar edim. Chunki hech narsam yo'q edi.O'sha payt bu jarayon abadiy davom etadigandek tuyular edi. 24/7 ishlash va doim qiyinchilik bilan yashash fikri meni qo'rqitgan.Lekin bitta narsani bilmagan edim — cumulative effekti.Oldin qilgan ishlaringiz natijasi 0 bo'lib qolmaydi. Keyingi ishlaringiz oldingi natijalar ustiga quriladi. Shu evaziga har yili osonlashaveradi.Zal buning yorqin misoli. Birinchi oy — eng qiyin. Bir yildan keyin tana o'zgaradi, boshida qiynagan mashg'ulotlar endi oson tuyuladi. Chunki har mashg'ulot oldingi mashg'ulotlar natijasi ustiga minadi. Ular yig'ilib kelgan.Mutaxassis bo'lib shakllanayotganda ham xuddi shunday. Shunchaki chidang. Vaqt o'tib osonlashadi.Faqat natijasi yig'iladigan ishlarni tanlang.
    6,920251Open in Telegram
  • Aqlli ikkichi

    2 Sept, 11:30edited

    Katta shaharda baxtli bo'lish qiyin.Pekinda ikki yil yashadim. Doim nimadir xavotir berardi. O'rinsiz shoshilish. Nima uchunligini bilmasdim.Javobi oddiy chiqdi — ritm.Shahar 15 million kishi bilan juda tez yashardi. Men unchalik ko'nikmagandim.Toshkentda ham xuddi shu.MDH bo'yicha aholi soni bo'yicha uchinchi shahar. Ko'pchilik buni sezmaydi. Lekin ritm baland.Kichkina shahardan kelgan odamga qiyin.Men Toshkentda tug'ilib o'sganman. Lekin har kuz — xuddi shu.Yanada ko'proq odam, shovqin va xavotir.Katta shahar imkoniyat beradi. Lekin tinchlikni oladi.
    6,140194Open in Telegram
  • Aqlli ikkichi

    30 Aug, 15:05

    Bitta post oldin 0 dan boshlash haqida gaplashgandik.O‘shanda bitta yaxshi fikr aytildi: ba’zilar 0 dan emas, minusdan boshlaydi. Ya’ni 1-qavatdan emas, podvaldan tepaga chiqadi.Masalan: — o‘z uyi yo‘qlar; — to‘liq bo‘lmagan oilada katta bo‘lganlar; — 16–22 yoshidan oilani boqishga majbur bo‘lganlar; — oilaviy qarzlarni yopayotganlar.Ular hayotni minusdan boshlayotgan odamlar.Qolganlarning aksariyati esa shunchaki 0 dan boshlaydi. Shu sabab bu masalada ortiqcha drama qilishning hojati yo‘q.Yana bir toifa bor — o‘zini sun’iy ravishda minusga tushiradiganlar. Ya’ni hayotini o‘zi qiyinlashtiradiganlar.Masalan: — keraksiz kredit va qarzlar oladiganlar; — boshqalarga yoqish uchun yashaydiganlar; — pulni boshqarishni bilmaydiganlar;
    6,790131Open in Telegram
  • Aqlli ikkichi

    27 Aug, 12:05

    Erkinlikni xohlasangiz, stabillikdan voz kechishingiz kerak.Biznes yoki freelance qilasiz — qancha pul topishingiz noma’lum.Stabillikni xohlasangiz, erkinlikdan voz kechishingiz kerak.Har oy maosh olasiz, lekin kompaniya belgilagan ishlarni qilasiz.Bittada ikkalasini ham to‘liq tanlab bo‘lmaydi.Nimanidir olish uchun, nimanidir yo‘qotish kerak.Bittasi yaxshi, ikkinchisi yomon degan gap yo‘q.Shunchaki, o‘zingiz uchun muhimrog‘ini tanlang.Noma’lumlik bilan yashash qiyin bo‘lgani uchun, ko‘pchilik stabillikni tanlaydi.@aqlli_ikkichi
    8,430134Open in Telegram
  • Aqlli ikkichi

    25 Aug, 12:42

    Pulingiz yo‘qligida motivatsiya topish juda oson.Qorin och, yegingiz keladi. Majbur qimirlaysiz.Mashina&uy olganingizdan keyin esa eng haqiqiy o‘yin boshlanadi.Chunki B nuqtada turib, C nuqtani ko‘ra olmaslik - eng katta muammo.Atrofimda birinchi kichik muvaffaqiyatga erishib, keyin nima qilishni bilmay qolgan odamlar ko‘p.Hamma narsasi bor. Puli yetadi. Lekin bundan ko‘proq ishlashdan ma’no ko‘rmaydi.Agar hali A nuqtada bo‘lsangiz, sizga maslahat: • B nuqtani kichik pul bilan bog‘lamang. • C nuqtani oldindan o‘ylab qo‘ying.@aqlli_ikkichi
    7,310149Open in Telegram
  • Aqlli ikkichi

    24 Aug, 12:10

    2–3 kishi testosteron mavzusini o‘z talqinida tushuntiryapti va hamma bunga ishonib qolyapti.Ko‘chada kimdan so‘ramang, o‘zini emotsional yoki “ayol kabi” tutadigan odamlarning testosteroni past, o‘ziga ishongan va qomati chiroyli insonlarning testosteroni esa baland, degan fikrni eshitasiz.Demak, ular — “haqiqiy erkaklar”.Murakkab mavzularni haddan tashqari soddalashtirib yuborish bilan kun kechiryapmiz. Vaholanki, bu nazariyaning noto‘g‘riligi birgina internet qidiruvi bilan ham ma’lum bo‘lishi mumkin.Lekin masala testosteronda emas. Masala bundan chuqurroq.Mustaqil tadqiqot qilishni bilmaydigan odamning hayoti juda qiyin kechadi.Biror gapni eshitib, darhol ishonib qolish va mavzuni mustaqil o‘rganib ko‘rmaslik noto‘g‘ri xulosalar va noto‘g‘ri fikrlashga olib keladi.Ishonuvchan odam bo‘lish xavfli.Chunki sizni aldash ham, sizdan foydalanish ham oson bo‘ladi.@aqlli_ikk
    7,030165Open in Telegram
  • Aqlli ikkichi

    18 Aug, 13:19

    Apple mahsulotlarining O‘zbekistondagi eng yirik sotuvchilaridan biri — Smartlife rebrending qildi.Menga yangi dizayn yoqdi.Men texnikani bozordan emas, doim Smartlife’dan xarid qilaman. Chunki bozorlarda ko‘p aldanganman.Tarmoqlar rivojlangan sari biz, xaridorlar, faqat yutamiz. Servis yaxshilanadi, narxlar tushadi, yolg‘on kamayadi.Ibrohimjon akaga butun mamlakat bo‘ylab 100 ta filial tilab qolaman.
    7,380116Open in Telegram
  • Aqlli ikkichi

    18 Aug, 13:19

    forwarded from @smartlashamiz

    6,98039Open in Telegram
  • Aqlli ikkichi

    17 Aug, 18:14

    Yirik kompaniyalar o‘rtasida doim kuchli raqobat bo‘lgan.Avvallari ular raqobatda ustun kelish uchun turli usullardan foydalangan.Har biri aynan o‘z yondashuvi eng samarali deb hisoblagan.Bugun esa vaziyat boshqacha.Deyarli barcha yirik kompaniyalarning asosiy quroli bitta - AI.Yoki hamma adashyapti.Yoki hamma nimanidirni tushundi.@aqlli_ikkichi
    6,010104Open in Telegram
  • Aqlli ikkichi

    12 Aug, 14:05

    «Muvaffaqiyatli insonlar doim risk qiladi»Degan gapni ko‘p eshitganmiz. Bu gapga qo‘shilmaslikning iloji yo‘qdek. Lekin bugun shu fikrga biroz teskari bo‘lgan nazariyani taqdim qilaman.Yangi nazariya: «Risk qilish o‘ta muhim, lekin faqat kerakli joylarda risk qilgan yaxshi».Keraksiz joyda risk qilib, arzimagan mukofot uchun katta yo‘qotishga uchrashingiz mumkin.Agar katta yo‘qotish ehtimoli atigi 1% bo‘lsa ham, lekin bu yo‘qotish sizni sindirib qo‘yishi mumkin bo‘lsa, u yerda risk qilmagan yaxshi.Masalan:1) Yo‘lda mashinani xavfli haydaydiganlar. Toshkent tirbandliklarida xavfli haydab, manzilga 2–3 daqiqa tezroq yetib borishingiz mumkin. Lekin buning evaziga avtohalokatga uchrash xavfini sezilarli darajada oshirasiz.2) Yo‘lni noto‘g‘ri joydan kesib o‘tadiganlar. Zebra yo‘q joydan yo‘lni kesib o‘tib, 1 daqiqa vaqtingizni tejashingiz mumkin. Lekin mashina urib ketish xavfi
    7,830108Open in Telegram